Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirining
“Taʼlim muassasalari, korxonalar, turar joy dahalarining asosiy jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va (yoki) sport inshootlari bilan eng kam taʼminlanish normativlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-sentabrdagi OʻRQ-957-son “Maʼmuriy islohotlar doirasida taʼlim sohasida davlat boshqaruvi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirining 2014-yil 14-avgustdagi 3-son “Taʼlim muassasalari, korxonalar, turar joy dahalarining asosiy jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va (yoki) sport inshootlari bilan eng kam taʼminlanish normativlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2614, 2014-yil 10-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 37-son, 478-modda)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
“Taʼlim muassasalari, korxonalar, turar joy dahalarining asosiy jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va (yoki) sport inshootlari bilan eng kam taʼminlanish normativlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1) buyruqning
nomi va
1-bandidagi “Taʼlim muassasalari” degan soʻzlar “Taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) buyruqning
muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:”.
1) normativlarning
ilova belgisi va
nomidagi “Taʼlim muassasalari” degan soʻzlar “Taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
nomidagi “taʼlim muassasalarining” degan soʻzlar “taʼlim tashkilotlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
matnidagi “taʼlim muassasasining” degan soʻzlar “taʼlim tashkilotining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) III boʻlimning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“III. Oʻrta maxsus, professional taʼlim tashkilotlarining asosiy jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va (yoki) sport inshootlari bilan eng kam taʼminlanish normativlari”;
4) IV boʻlimning nomidagi “taʼlim muassasalarining” degan soʻzlar “taʼlim tashkilotlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
5) VI boʻlimning izoh qismidagi “Taʼlim muassasalarining” va “taʼlim muassasalari” degan soʻzlar tegishli ravishda “Taʼlim tashkilotlarining” hamda “taʼlim tashkilotlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.