Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 14-iyuldagi 355-son qarori bilan tasdiqlangan Chakana savdo korxonalarida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarni sotish qoidalari (3-ilova)ning 4-bandi ikkinchi xatboshiga oʻzgartirishlar kiritilsin va u quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Dislokatsiyaga moddiy-texnik bazasi mazkur Qoidalarning 5-7-bandlari talablariga muvofiqligi boʻyicha tegishlicha “Savdo” hududiy aksiyadorlik kompaniyalarida, Toshkent shahar hokimligining Savdo, xizmatlar koʻrsatish sohasi va isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish departamentida ekspertizadan oʻtgan savdo korxonalari kiritiladi”.
2. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 23-oktabrdagi 485-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida alkogolli ichimliklar va pivo bilan chakana savdo qilishi
qoidalari (2-ilova)ga quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Alkogolli ichimliklar va pivoni chakana sotish, shu jumladan, alkogolli ichimliklar va pivoni quyib sotish tegishli hokimliklar tomonidan berilgan maxsus ruxsatnomasi asosida amalga oshiriladi.
Ruxsat guvohnomasida savdo korxonasining manzili, ish soatlari, sotiladigan ichimliklar turi, sotish turi (oʻzi bilan olib ketishga yoki quyib) hamda boshqa zarur maʼlumotlar aniq koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Ruxsat guvohnomasi hokimliklar tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar savdo tashkilotlari tomonidan tuzilgan hamda ularning rahbarlari tomonidan tasdiqlangan dislokatsiyalar asosida beriladi. Alkogolli ichimliklar va pivo sotiladigan savdo obyektlarining dislokatsiyasi majburiy tartibda hududiy ichki ishlar organlariga va sanepidemstansiyalarga maʼlumot uchun taqdim etiladi”;
“lotoklarda (joylashtirilishi hokimliklar va sanepidemstansiya organlari bilan kelishiladigan izometrik idishlardan quyib sotilishi mumkin boʻlgan pivodan tashqari) va avtomashinalarda, oʻquv yurtlari, diniy muassasalar va machitlar, bolalar muassasalari yonida, shuningdek, bevosita davolash-profilaktika va sport sogʻlomlashtirish muassasalari hududida joylashgan chakana savdo obyektlarida (umumiy ovqatlanish obyektlaridan tashqari), oʻquv yurtlari va ishlab chiqarish korxonalari oshxonalarida oʻquv va ishlab chiqarish jarayonida, diskotekalarda quvvati 30 va undan ortiq daraja boʻlgan spirtli ichimliklarni, shuningdek, xususiy uylarda tashkil etilgan umumiy ovqatlanish korxonalarida soat 22 dan boshlab”.