Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ichki bozorni yuqori sifatli bolalar oziq-ovqat mahsulotlari bilan toʻldirish, ular narxlarining asossiz ravishda oshishiga yoʻl qoʻymaslik va aholining ijtimoiy muhofaza qilinishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Nestle—Oʻzbekiston” qoʻshma korxonasi ishlab chiqarayotgan bolalar sut mahsulotlari, koʻrsatib oʻtilgan qoʻshma korxona tomonidan ishlab chiqarilgan bolalar sut mahsulotlari oxirgi isteʼmolchi uchun ishlab chiqaruvchi korxonaning ulgurji-sotish narxiga koʻpi bilan 25 foiz miqdorida cheklangan savdo ustamasi qoʻllangan holda sotilgan taqdirda qoʻshilgan qiymat soligʻidan 2003-yil 1-yanvardan boshlab ozod qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda Savdo tashkilotlari tomonidan “Nestle-Oʻzbekiston” qoʻshma korxonasi ishlab chiqarayotgan bolalar sut mahsulotlariga cheklangan savdo ustamalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni bir hafta muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda “Nestle—Oʻzbekiston” qoʻshma korxonasi ishlab chiqarayotgan bolalar sut mahsulotlariga chakana sotish narxlarini shakllantirishda belgilangan cheklangan savdo ustamalariga savdo korxonalari tomonidan rioya etilishi ustidan qattiq nazoratni taʼminlasin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari M.Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.