Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 5-sentabrdagi OʻRQ-955-son “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi
Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 10-iyundagi 29/B-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1983, 2009-yil 16-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 29-son, 341-modda) bilan tasdiqlangan Paxta tozalash ishlab chiqarishi xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalarining
49-bandidagi “davlat boshqaruvi organlari” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.