toggle_night_mode
Hujjat 28.10.2024 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
Hududlardan onkologiya va gematologiyaga ixtisoslashtirilgan yoʻnalishlari boʻyicha respublikaning bosh tibbiyot tashkilotlariga temir yoʻl yoki aviatransport vositalari orqali bepul keluvchi bemorlar uchun yoʻl chiptalarini rasmiylashtirishga asos boʻluvchi maxsus vaucher shaklini tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 24-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3564]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-oktabrdagi 643-son “Gematologik va onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarni yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Hududlardan onkologiya va gematologiyaga ixtisoslashtirilgan yoʻnalishlari boʻyicha respublikaning bosh tibbiyot tashkilotlariga temir yoʻl yoki aviatransport vositalari orqali bepul keluvchi bemorlar uchun yoʻl chiptalarini rasmiylashtirishga asos boʻluvchi maxsus vaucher shakli ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan kelishgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. XUDAYAROV
Toshkent sh.,
2024-yil 16-oktabr,
32-son
Kelishildi:
Transport vaziri I. MAXKAMOV
2024-yil 10-oktabr
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2024-yil 16-oktabrdagi 32-son buyrugʻiga
ILOVA
Hududlardan onkologiya va gematologiyaga ixtisoslashtirilgan yoʻnalishlari boʻyicha respublikaning bosh tibbiyot tashkilotlariga temir yoʻl yoki aviatransport vositalari orqali bepul keluvchi bemorlar uchun yoʻl chiptalarini rasmiylashtirishga asos boʻluvchi maxsus
VAUCHER SHAKLI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRLIGI

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardan temir yoʻl yoki aviatransport vositalari orqali bepul kelishi uchun maxsus vaucher ________-son (___.___.___)

1. Vaucherni tasdiqlagan tashkilot nomi

2. Familiyasi, ismi, otasining ismi :

3. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami

4. Tugʻilgan sanasi:

5. Doimiy yashash joyi:

6. Foydalanishi mumkin boʻlgan transport turi

Temir yoʻl

Aviatransport

7. Yoʻllanma raqami

8. Vaucherning tasdiqlangan sanasi

20___ yil “___”___________________________

Eslatma:

1. Onkologik va gematologik bemorlarga onkologiya va gematologiyaga ixtisoslashtirilgan yoʻnalishlar boʻyicha respublikaning bosh tibbiyot tashkilotlarida davolanish uchun yoʻllanma berilgan taqdirda:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Surxondaryo, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlaridan bemorning tanlovi asosida temir yoʻl yoki aviatransport vositalari orqali kelishi bilan bogʻliq;

Andijon, Namangan, Fargʻona, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Buxoro viloyatlaridan temir yoʻl orqali kelishi bilan bogʻliq xarajatlar tegishliligi boʻyicha mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan toʻliq qoplab beriladi.

2. Bemor yoki uning qonuniy vakili respublika bosh tibbiyot tashkilotlarida davolanish uchun yoʻllanmani va vaucherni hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjatni unga Toshkent shahriga kelishi uchun zarur boʻlgan kundan uch ish kuni oldin temir yoʻl va/yoki aviatransport kassalariga taqdim qiladi va temir yoʻl va/yoki aviatransport kassalarida ushbu ish kuni davomida yoʻl chiptalari bepul rasmiylashtiriladi.

Bunda:

yoʻl chiptalari “Afrosiyob” elektropoyezdlari, “Sharq”, “Nasaf”, “Oʻzbekiston” yoʻlovchi poyezdlari hamda havo kemasi uchun tejamkor “econom”, shuningdek bemor yoki uning qonuniy vakili xohishiga koʻra shaharlararo qatnovchi yoʻlovchi poyezdi tarkibida harakatlanuvchi yoʻlovchi vagonlar uchun platskart yoki kupe toifasi boʻyicha rasmiylashtiriladi;

bemor yoki uning qonuniy vakili ixtiyoriga koʻra qoʻshimcha toʻlov asosida tejamkor “econom” toifasiga kirmaydigan yoʻl chiptalari rasmiylashtirilishi mumkin.

3. Agar bemor yoki uning qonuniy vakili temir yoʻl va/yoki aviatransport kassalariga ushbu eslatmaning 2-bandi birinchi xatboshisida koʻrsatilgan muddatdan kech murojaat qilgan taqdirda, transport tashkiloti ushbu bemorning Toshkent shahriga kelishi uchun zarur boʻlgan kunga yoʻl chiptalarini rasmiylashtirishga agar ushbu yoʻnalishda yoʻl chiptalari qolmagan boʻlsa, majbur hisoblanmaydi.

QR-kod skaner qilinganda, ushbu hujjatning nusxasi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining rasmiy axborot resursidan https://ssv.uz generatsiya qilinadi.

Boshqa axborot resurslaridan shakllantirilgan hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga tegishli emas.

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.10.2024-y., 10/24/3564/0858-son; 17.08.2026-y., 10/26/3926/0850-son)