Mis xomashyosini chuqur qayta ishlash bilan bogʻliq faoliyatni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qarorning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada mis xom ashyosini chuqur qayta ishlashni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 19-fevraldagi PQ-77-son qarori ijrosini taʼminlash hamda birja savdolarida realizatsiya qilinayotgan mis katodi va mis katankasidan koʻp pogʻonali qoʻshilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.11.00 Metallurgiya]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada mis xom ashyosini chuqur qayta ishlashni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 19-fevraldagi PQ-77-son qaroriga muvofiq:
Mis xom ashyosini chuqur qayta ishlash korxonalari faoliyatini oʻrganish boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda — komissiya) tashkil etilganligi;
komissiyaga birja savdolari orqali mis xom ashyosini xarid qilayotgan mahalliy korxonalar faoliyatini oʻrganish vazifasi yuklanganligi;
yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni tashkil etgan mahalliy korxonalarni baholash mezonlari hamda birja savdolari orqali mis xom ashyosini xarid qiladigan mahalliy korxonalar roʻyxatini shakllantirish, ularni roʻyxatdan chiqarish hamda ularning faoliyatini monitoring qilish tartibini ishlab chiqish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Mis xom ashyosini chuqur qayta ishlash faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar roʻyxatini shakllantirish, yuritish va ularni roʻyxatdan chiqarish hamda ularning faoliyatini monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
3. “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda birja savdolari orqali mis xom ashyosini xarid qilayotgan mahalliy korxonalar faoliyati ushbu qarorning 2-bandiga muvofiq tasdiqlangan tartib talablaridan kelib chiqib, xatlovdan oʻtkazilishini tashkil etsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Yuqori texnologiyali ishlab chiqarish jarayonini joriy etgan elektrotexnika sanoati korxonalarining roʻyxatini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2023-yil 10-maydagi 194-son qarorining 2-bandi hamda qarorga 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 17-oktabr,
682-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-oktabrdagi 682-son qaroriga 1-ILOVA
Mis xom ashyosini qayta ishlash faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar roʻyxatini shakllantirish, yuritish va ularni roʻyxatdan chiqarish hamda ularning faoliyatini monitoring qilish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
1. Mazkur Nizom mis xom ashyosini chuqur qayta ishlash faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar roʻyxatini shakllantirish, yuritish va ularni roʻyxatdan chiqarish hamda ularning faoliyatini baholash va monitoring qilish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.11.00 Metallurgiya]
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
axborot tizimi — “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi rasmiy veb-saytida yaratilgan elektron axborot tizimi;
birja savdolari — “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” aksiyadorlik jamiyatining elektron savdo maydonchasida sotuvga chiqariladigan mis katodi va mis katankasini (keyingi oʻrinlarda — mis xom ashyosi) xarid qilish jarayoni;
komissiya — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada mis xom ashyosini chuqur qayta ishlashni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 19-fevraldagi PQ-77-son qarori bilan tasdiqlangan Mis xom ashyosini chuqur qayta ishlash korxonalari faoliyatini oʻrganish boʻyicha komissiya;
mahalliy korxonalar — mis xom ashyosini chuqur qayta ishlash uchun oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun birja savdolarida mis xom ashyosini xarid qilish, qayta ishlash hamda ulardan tayyor mahsulot ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi yoki mis xom ashyosini chuqur qayta ishlash boʻyicha yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etgan yuridik shaxslar;
mis xom ashyosini chuqur qayta ishlash — xarid qilingan mis xom ashyosidan qoʻshilgan qiymatga ega mahsulotlar (ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar va materiallar) ishlab chiqarish faoliyati;
mis xom ashyosini chuqur qayta ishlash faoliyatini amalga oshiruvchi mahalliy korxonalar — mis xom ashyosini chuqur qayta ishlash faoliyati bilan birga mis xom ashyosini chuqur qayta ishlashni joriy etgan mahalliy korxonalar faoliyatini baholash mezonlariga muvofiq 40 va undan yuqori ball toʻplagan mahalliy korxonalar;
tarmoq korxonasi — elektrotexnika mahsulotlari va ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchi hamda iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichi (IFUT) kodining 24.44 sinfiga hamda IFUT kodining 26 va 27 boʻlimlariga mos keladigan yuridik shaxslar;
(2-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
(2-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
(2-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
qayta ishlash korxonalari roʻyxati — mis xom ashyosini chuqur qayta ishlash faoliyatini joriy etgan va birja savdolarida mis xom ashyosini xarid qilish huquqiga ega boʻlgan mahalliy korxonalar roʻyxati.
3. Mis xom ashyosini chuqur qayta ishlash faoliyatini amalga oshiruvchi qayta ishlash korxonalari roʻyxati mazkur Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq shakllantiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
5. Mis xom ashyosini chuqur qayta ishlashni joriy etgan mahalliy korxonalar faoliyati mazkur Nizomga 4-ilovadagi mezonlarga muvofiq baholanadi.
(2-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
3-bob. Mis xom ashyosini chuqur qayta ishlash faoliyatini amalga oshiruvchi mahalliy korxonalar
1-§. Qayta ishlash korxonalari roʻyxatini shakllantirish
26. Komissiya mis xom ashyosini chuqur qayta ishlash faoliyatini amalga oshiruvchi mahalliy korxonalar faoliyatini oʻrganish natijalariga koʻra qayta ishlash korxonalari roʻyxatini shakllantiradi hamda uni tasdiqlaydi. Mazkur roʻyxatga faqat mahalliy korxonalar kiritiladi.
27. Mahalliy korxonalar elektron raqamli imzodan foydalangan holda, axborot tizimi orqali ishchi organga ariza bilan ixtiyoriy murojaat qiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.11.00 Metallurgiya]
28. Ariza quyidagi hujjatlar PDF, PNG yoki JPEG formatda ilova qilingan holda taqdim etiladi:
murojaatchi toʻgʻrisida maʼlumot (pochta manzili, STIR va telefon (faks) raqami);
mahalliy korxona tomonidan ishlab chiqarilishi oʻzlashtirilgan mahsulot nomi va tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining 10 ta belgili kodi (TIF TN) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
29. Mis xom ashyosini chuqur qayta ishlash boʻyicha yangi quvvatlarni barpo etgan mahalliy korxonalarga loyiha ishga tushirilgan dastlabki chorak uchun mazkur Nizomning 28-bandi boʻyicha oʻzlashtirilayotgan yoki oʻzlashtirilishi rejalashtirilgan mahsulotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etishga ruxsat beriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.11.00 Metallurgiya]
30. Ishchi organ murojaat kelib tushgan kundan boshlab bir ish kunida murojaat ushbu Nizomning 28-bandi talablari asosida taqdim etilganligini tekshiradi va natijasi boʻyicha:
hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan taqdirda, kamchiliklarni bartaraf etish uchun hujjatlarni murojaatchiga qaytaradi va bu haqda uni xabardor etadi;
hujjatlar toʻliq taqdim etilgan taqdirda, komissiyaga mahalliy korxonani roʻyxatga kiritish masalasini koʻrib chiqish haqida soʻrovnoma yuboradi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.11.00 Metallurgiya]
31. Komissiya soʻrovnoma kelib tushgan kundan boshlab oʻn ish kunida murojaat etgan mahalliy korxonaning faoliyatini oʻrganib chiqadi.
Bunda komissiya kotibi tomonidan belgilab berilgan kamida bir nafardan iborat Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining tegishli mutaxassislari joyiga chiqqan holda oʻrganishni tashkil etishi mumkin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.11.00 Metallurgiya]
32. Oʻrganish 4-ilovada koʻzda tutilgan mezonlar asosida quyidagi koʻrsatkichlar boʻyicha amalga oshiriladi:
mis xom ashyosini eritish pechining mavjudligi hamda qayta ishlashning keyingi bosqichi texnologik uskunalari mavjudligi;
faoliyat koʻrsatayotgan xodimlar soni hamda mahsulot muvofiqligini nazorat qilish va tadqiqotlar oʻtkazishga oid moddiy-texnik bazaning mavjudligi.
33. Murojaatda keltirilgan mahsulotni ishlab chiqarish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oʻz tasdigʻini topmaganda, komissiya kotibi besh ish kunida murojaatni ishchi organga qaytaradi. Bunda murojaatni oʻrganib chiqqan komissiya aʼzolarining xulosasi ilova qilinishi lozim.
34. Ishchi organ komissiya kotibi tomonidan qaytarilgan murojaat kelib tushgan sanadan boshlab bir kun muddatda axborot tizimi orqali murojaatchini u bu haqda xabardor qiladi.
35. Murojaatda keltirilgan mahsulotni ishlab chiqarish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oʻz tasdigʻini topgan taqdirda, oʻrganish natijalari komissiyaning navbatdagi yigʻilishi doirasida koʻrib chiqiladi hamda yakuni boʻyicha mahalliy korxonani qayta ishlash korxonalari roʻyxatiga kiritish yuzasidan tegishli qaror qabul qilinadi.
2-§. Qayta ishlash korxonalari roʻyxatini yuritish
36. Ishchi organ komissiyaning tegishli qarori bilan tasdiqlangan qayta ishlash korxonalari roʻyxatini mazkur Nizomga 7-ilovada keltirilgan jadvalga muvofiq yuritadi.
37. Qayta ishlash korxonalari roʻyxatiga kiritilgan mahalliy korxonalar har chorak yakuni boʻyicha mazkur Nizomga 8-ilovada keltirilgan maʼlumotlarni axborot tizimi orqali ishchi organga taqdim etib boradi.
38. Mahalliy korxonalar axborot tizimi orqali taqdim etilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi va haqqoniyligi uchun javobgar hisoblanadi.
39. Ishchi organ mahalliy korxonalarning axborot tizimi orqali taqdim etgan maʼlumotlarini tahlil qiladi hamda natijalarini komissiyaning navbatdagi yigʻilishida koʻrib chiqish uchun kiritadi.
40. Komissiya qayta ishlash korxonalari roʻyxatiga kiritilgan mahalliy korxonalarni qayta oʻrganish, ushbu roʻyxatdan chiqarish yoki roʻyxatda qoldirish masalalariga oid qaror qabul qilish huquqiga ega.
3-§. Qayta ishlash korxonalari roʻyxatidan chiqarish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.11.00 Metallurgiya]
41. Quyidagi hollar mahalliy korxonalarni qayta ishlash korxonalari roʻyxatidan chiqarish uchun asos boʻladi:
mahalliy korxonaning ixtiyoriy arizasiga asosan;
mahalliy korxona tugatilganda;
mahalliy korxonalar faoliyati mazkur Nizomga 32-bandida keltirilgan talablarga javob bermagan holatlarda;
mazkur Nizomning 37-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlarni har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning yigirma beshinchi sanasiga qadar ishchi organga taqdim etmagan hollarda.
42. Komissiya mazkur Nizomning 36-bandida nazarda tutilgan maʼlumotlarni oʻrganib chiqadi hamda natijalariga koʻra mahalliy korxonalar mazkur Nizomning 31-bandida keltirilgan talablarga javob bermagan holatlarda, mahalliy korxonalarni qayta ishlash korxonalari roʻyxatidan chiqarish haqida qaror qabul qiladi.
43. Ishchi organ mahalliy korxonani mahalliy korxonalar roʻyxatidan chiqarish haqida qaror qabul qilingandan soʻng, uch ish kunida ushbu haqida mahalliy korxonalarni axborot tizimi orqali xabardor qiladi.
4-§. Qayta ishlash korxonalari roʻyxatiga kiritilgan mahalliy korxonalar faoliyatini monitoring qilish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.11.00 Metallurgiya]
44. Ishchi organ har chorak yakuni boʻyicha mazkur Nizomga 8-ilovada keltirilgan maʼlumotlarni qayta ishlash korxonalari roʻyxatiga kiritilgan mahalliy korxonalarning har biridan axborot tizimi orqali qabul qilib oladi hamda ushbu maʼlumotlarni tahlil qiladi va natijalari haqida komissiyaga axborot kiritadi.
Bunda oxirgi hisobot davri yakuni boʻyicha mis xom ashyosini chuqur qayta ishlash hajmi yoki eksport qilish hajmi kamaytirilganligi aniqlangan hollarda:
ishchi organ komissiya kotibining tegishli topshiriq xatiga asosan mis xom ashyosini chuqur qayta ishlash hajmini yoki ushbu mahsulotlarni eksport qilish hajmini kamaytirgan mahalliy korxonalarni joyiga chiqqan holda monitoring qiladi;
monitoring natijalariga koʻra mazkur Nizomga 4-ilovadagi mezonlarga muvofiq tahliliy materiallarni tayyorlaydi hamda komissiyaning navbatdagi yigʻilishi kun tartibida koʻrib chiqish uchun kiritadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.11.00 Metallurgiya]
45. Komissiya mazkur Nizomning 44-bandida nazarda tutilgan tahliliy materiallarni koʻrib chiqadi hamda natijalariga koʻra mis xom ashyosini chuqur qayta ishlash hajmini yoki ushbu mahsulotlarni eksport qilish hajmini asossiz kamaytirgan mahalliy korxonalarni qayta ishlash korxonalari roʻyxatidan chiqarish haqida qaror qabul qiladi. Bunda qayta ishlash korxonalari roʻyxatidan chiqarish masalasini keyingi hisobot davri yakuni bilan qayta koʻrib chiqishga yoʻl qoʻyiladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
46. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
47. Tarmoq korxonalari roʻyxatiga yoki qayta ishlash korxonalari roʻyxatiga kiritishni rad etish yoki ushbu roʻyxatlardan chiqarish toʻgʻrisidagi tegishli qarorlardan norozi boʻlgan tarmoq korxonasi yoki mahalliy korxonalar tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab bir oy muddatda komissiya nomiga shikoyat qilish huquqiga ega.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
Mis xom ashyosini chuqur qayta ishlash faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar roʻyxatini shakllantirish, yuritish va ularni roʻyxatdan chiqarish hamda ularning faoliyatini monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
(2-ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
Mis xom ashyosini chuqur qayta ishlash faoliyatini amalga oshiruvchi qayta ishlash korxonalari roʻyxatini shakllantirish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Chora-tadbirlar
Bajarish muddati
1-bosqich
Mahalliy korxonalar
Elektron raqamli imzodan foydalangan holda, axborot tizimi orqali ishchi organga ariza bilan ixtiyoriy murojaat qiladi.
Ixtiyoriy
2-bosqich
Ishchi organ (“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi)
Murojaat kelib tushgan kundan boshlab murojaat tegishli talablar asosida taqdim etilganligini tekshiradi va natijasi boʻyicha: hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan taqdirda, kamchiliklarni bartaraf etish uchun hujjatlarni murojaatchiga qaytaradi;
hujjatlar toʻliq taqdim etilgan taqdirda, komissiyaga mahalliy korxonani qayta ishlovchi korxonalar roʻyxatiga kiritish masalasini koʻrib chiqish haqida soʻrovnoma yuboradi.
bir ish kunida
3-bosqich
Mis xom ashyosini chuqur qayta ishlash korxonalari faoliyatini oʻrganish boʻyicha komissiya
Mahalliy korxonaning faoliyatini oʻrganib chiqadi.
Bunda komissiya kotibi tomonidan belgilab berilgan kamida bir nafardan iborat mutasaddi vazirlik va idoralarning tegishli mutaxassislari joyiga chiqqan holda oʻrganishni tashkil etishi mumkin.
Oʻn ish kunida
4-bosqich
Komissiya kotibi
Murojaatda keltirilgan mahsulotni ishlab chiqarish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oʻz tasdigʻini topmagan holatda, komissiya kotibi murojaatni ishchi organga qaytaradi.
Besh ish kunida
5-bosqich
“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi
Axborot tizimi orqali murojaat rad etilganligi haqida murojaatchini xabardor qiladi.
Bir kun muddatda
6-bosqich
Mis xom ashyosini chuqur qayta ishlash korxonalari faoliyatini oʻrganish boʻyicha komissiya
Murojaatda keltirilgan mahsulotni ishlab chiqarish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oʻz tasdigʻini topgan taqdirda, mahalliy korxonani qayta ishlovchi korxonalar roʻyxatiga kiritish yuzasidan tegishli qaror qabul qiladi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
Mis xom ashyosini chuqur qayta ishlash faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar roʻyxatini shakllantirish, yuritish va ularni roʻyxatdan chiqarish hamda ularning faoliyatini monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
(4-ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
Mis xom ashyosini chuqur qayta ishlashni joriy etgan mahalliy korxonalar faoliyatini baholash
MEZONLARI
T/r
Koʻrsatkichlar
Taqdim etiladigan ballar
1.
Mis xom ashyosini eritish pechining mavjudligi
20
2.
Qayta ishlashning keyingi bosqichi texnologik uskunalari
35
qalaylash dastgohlari
6
yirik tortish dastgohlari
3
oʻrta tortish dastgohlari
3
mayda tortish dastgohlari
3
oʻtkazuvchi simlarni bukish uchun uskunalar
3
ekstruziyalovchi uskunalar
3
shakl berish, prokatlash uskunalari
3
presslash uskunalari
3
tunnel shaklidagi pechkalar
3
boshqa turdagi texnologik uskunalar majmui
5
3.
Mehnat shartnomasi asosida faoliyat koʻrsatayotgan xodimlar soni
20
10 nafargacha
10
10 tadan 20 tagacha
13
20 tadan 40 tagacha
15
40 ta va undan ortiq
20
4.
Mahsulot muvofiqligini nazorat qilish va tadqiqotlar oʻtkazishga oid moddiy-texnik bazaning mavjudligi
25
ishlab chiqarishda xalqaro standartlar joriy etilganligi
10
ishlab chiqarilgan mahsulotlar sifatini tekshirish uchun sinov laboratoriya uskunalari mavjudligi
5
ishlab chiqarilgan mahsulotlarning sifatini nazorat qilish boʻyicha texnik nazorat xodimlari mavjudligi
5
markirovkalash uskunasi yoki ishlab chiqarilgan mahsulotlarga markirovka qilish joriy etilganligi
5
Jami:
100
Izoh. Mis xom ashyosini chuqur qayta ishlash korxonalari faoliyatini oʻrganish boʻyicha komissiya zaruratga koʻra ushbu mezonlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishi mumkin.
Mezonlarga asosan 40 ball toʻplagan yuridik shaxslar birja savdolarida mis xom ashyosini xarid qilish huquqiga ega boʻlgan mahalliy korxonalar roʻyxatiga kiritiladi.
Ushbu Mezonlar mahalliy korxonalar tomonidan soliq va statistika organlariga taqdim etiladigan davriy hisobotlari asosida toʻldiriladi.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
Mis xom ashyosini chuqur qayta ishlash faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar roʻyxatini shakllantirish, yuritish va ularni roʻyxatdan chiqarish hamda ularning faoliyatini monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
(7-ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
Birja savdolarida mis xom ashyosini xarid qilish huquqiga ega boʻlgan qayta ishlash korxonalari
Mis xom ashyosini chuqur qayta ishlash faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar roʻyxatini shakllantirish, yuritish va ularni roʻyxatdan chiqarish hamda ularning faoliyatini monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
(8-ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-martdagi 94-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2024-y., 09/24/682/0830-son; 10.03.2026-y., 09/26/94/0218-son; 10.06.2026-y., 06/26/108/0579-son)