1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini davlat tomonidan qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlashga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish va ushbu jarayonga tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish imkoniyatlarini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 31-yanvardagi PQ-49-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish, sohani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-yanvardagi PQ-49-son qaroriga muvofiq 2025-yil 1-yanvardan boshlab:
nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun tijorat banklarining oʻz mablagʻlari hisobidan bozor foiz stavkalarida milliy valyutada ajratiladigan, qiymati 20 milliard soʻmgacha boʻlgan kreditlar boʻyicha, foiz stavkasining Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshadigan, lekin uning 1,5 baravaridan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun Davlat budjeti hisobidan kompensatsiya taqdim etilishi;
nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari uchun binolarni yangidan qurgan yoki oʻzining bino va inshootlarida umumiy oʻrta taʼlim faoliyatini yoʻlga qoʻygan tadbirkorlik subyektlariga 5 yil muddatga ushbu taʼlim tashkilotlari faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan kommunal xarajatlarining 50 foizi Davlat budjetidan qoplab berilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
Nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun ajratilgan kreditlarning bir qismini qoplash uchun kompensatsiya taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Nodavlat umumiy oʻrta taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga kommunal xarajatlarining bir qismini Davlat budjetidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
3. Mazkur qaror 2025-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X.U. Umarova zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 10-oktabr,
660-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-oktabrdagi 660-son qaroriga
1-ILOVA
Nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun ajratilgan kreditlarning bir qismini qoplash uchun kompensatsiya taqdim etish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun tijorat banklarining oʻz mablagʻlari hisobidan ajratilgan kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining Kredit foiz xarajatlarini kompensatsiya qilish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) hisobidan qoplash tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
kompensatsiya — tijorat banklarining oʻz mablagʻlari hisobidan ajratilgan kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya) tomonidan Jamgʻarma hisobidan ajratiladigan mablagʻlar;
kompensatsiya oluvchi — nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun kredit olgan tadbirkorlik subyekti;
kredit — nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti faoliyatini yoʻlga qoʻyish, shu jumladan uning bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va moddiy-texnika bazasini shakllantirish maqsadlari uchun milliy valyutada ajratiladigan qiymati 20 mlrd soʻmgacha boʻlgan kredit;
skoring tahlil — qarzdorning kredit qobiliyatini baholash tizimi;
nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti — tegishli litsenziya asosida nodavlat umumiy oʻrta taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyekti;
“TADBIRKOR” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Tadbirkor” AT) — elektron raqamli imzo (ERI)dan foydalangan holda quyidagilarni amalga oshirish imkonini beruvchi axborot tizimi:
Kompaniyaning moliyaviy yordamlaridan foydalanish boʻyicha buyurtmalarni qabul qilish va ular yuzasidan qabul qilingan qarorlarni murojaat etuvchiga elektron tarzda yetkazish;
Kompaniya moliyaviy yordamlaridan foydalanishga oid elektron shartnomalar va hisobotlarni tuzish;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi, tijorat banklari va boshqa davlat tashkilotlari axborot (maʼlumot) bazasi bilan maʼlumotlar almashish;
tijorat banklari va ularning mijozlari tomonidan real vaqt rejimida buyurtmalarning koʻrib chiqilishi hamda bajarilishi holatini kuzatib borish;
asosiy stavka — buyurtma taqdim etilgan sanadagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi;
buyurtma — kompensatsiya oluvchining soʻrovnomasi asosida tijorat banki tomonidan kompensatsiya olish maqsadida loyiha va kredit parametrlarini koʻrsatgan holda, “Tadbirkor” AT orqali shakllantirilgan hamda ERI bilan tasdiqlangan ariza;
soʻrovnoma — kompensatsiya oluvchi tomonidan kompensatsiya olish maqsadida “Tadbirkor” AT orqali shakllantirilgan, ERI bilan tasdiqlangan hamda tijorat bankiga yuborilgan soʻrovnoma.
3. Kompensatsiya Kompaniya va tijorat banki oʻrtasida tuziladigan bosh kelishuv (keyingi oʻrinlarda — Kelishuv)ga asosan taqdim etiladi.
2-bob. Kompensatsiya taqdim etish shartlari va tartibi
4. Kompensatsiya ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq ajratiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
5. Kompensatsiya olish uchun kompensatsiya oluvchi quyidagi talablarga javob berishi lozim:
a) Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtgan va faoliyatini amalga oshirayotgan boʻlishi;
b) tugatilish bosqichida boʻlmasligi;
v) kompensatsiya oluvchiga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilmaganligi;
d) Kompaniya moliyaviy yordamlaridan foydalanishga oid amaldagi shartnomasi boʻlmasligi;
e) “yomon” kredit tarixiga va Kompaniya yordamlari boʻyicha salbiy tarixga ega boʻlmasligi (“Kredit-axborot tahlil markazi” Kredit byurosi maʼlumoti asosida aniqlanadi).
6. Kompensatsiya faqat “Tadbirkor” AT orqali yuborilgan buyurtma asosida taqdim etiladi.
7. Kompensatsiya kredit foiz stavkasining asosiy stavkadan oshadigan, lekin uning 1,5 baravaridan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun “1+2” tamoyili asosida uch yildan ortiq boʻlmagan muddatga taqdim etiladi.
8. Oldin ajratilgan kredit boʻyicha Kompaniyadan kompensatsiya olgan nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining yangi krediti boʻyicha quyidagi hollarda yana kompensatsiya ajratilishi mumkin:
muqaddam olingan kredit shartnomasi boʻyicha kredit qarzdorligi toʻliq qaytarilganda;
muqaddam olingan kredit shartnomasi bekor qilinganda yoki haqiqiy emas deb topilganda;
muqaddam olingan kredit shartnomasi boʻyicha Kompaniya tomonidan kompensatsiya ajratishni toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda.
9. Muqaddam Kompaniyadan moliyaviy yordam olgan nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari Kompaniyaga berilgan buyurtmalar asosida soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) boʻyicha aniqlanadi.
10. Kompensatsiya murojaat sanasida tijorat banklarining skoring tizimidan ijobiy xulosa olgan, kreditlar va soliqlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud boʻlmagan nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining kreditlari boʻyicha ajratiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
11. Kompensatsiya oluvchining kompensatsiya olish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni ilova qilingan holda taqdim etilgan soʻrovnomasi hamda tijorat bankining buyurtmasi kompensatsiya berish uchun asos hisoblanadi.
Tijorat bankining hududiy filiali tomonidan kredit berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, kompensatsiya oluvchining kompensatsiya olish boʻyicha soʻrovnomasi buyurtma shakliga keltirgan holda ikki ish kuni ichida koʻrib chiqish uchun tijorat bankiga joʻnatiladi.
Tijorat banki buyurtmaning tegishli normativ-huquqiy hujjatlar, bank kredit siyosati va mazkur Nizomga muvofiqligini koʻrib chiqadi, xato va kamchiliklar aniqlanganda ularni bartaraf etishni soʻrab buyurtmani hududiy filialga qaytaradi.
Hududiy filialning masʼul xodimi buyurtmaga tegishli oʻzgartirish kiritib, tijorat bankiga koʻrib chiqish uchun qayta yuboradi.
Toʻgʻri shakllantirilgan buyurtmani tijorat banki 2 ish kuni ichida Kompaniyaga yuboradi.
Soʻrovnoma hamda buyurtmada koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻliqligi va haqqoniyligi uchun kredit oluvchi va tijorat bankining uni imzolagan mansabdor shaxsi javobgar hisoblanadi.
Kompaniya buyurtmani koʻrib chiqish jarayonida zarurat boʻlgan taqdirda, qoʻshimcha maʼlumot va hujjatlarni tijorat bankidan talab qilish huquqiga ega.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
12. Buyurtma va unga ilova qilingan hujjatlar Kompaniyaga tushgan sanadan boshlab uch ish kuni ichida Kompaniya tomonidan koʻrib chiqiladi hamda mazkur Nizomda belgilangan talablardan kelib chiqib, kompensatsiya ajratish yoki kompensatsiya ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Rad etilgan buyurtma tijorat bankiga bir ish kuni ichida kompensatsiya ajratishni rad etish sabablari koʻrsatilgan holda qaytariladi.
Kompaniya tomonidan kompensatsiya ajratilishi rad etilganligi toʻgʻrisidagi xabarnomani olgan tijorat banki bir ish kuni ichida bu haqda hududiy filialini xabardor qiladi.
13. Tijorat banki yoki uning hududiy filiali kompensatsiya ajratilganligi toʻgʻrisida qarorni olgandan soʻng besh ish kuni ichida kompensatsiya ajratilishi toʻgʻrisida qarz oluvchini xabardor qiladi.
14. Tijorat banki yoki uning hududiy filiali va kompensatsiya oluvchi oʻn kun ichida kompensatsiya berish toʻgʻrisidagi shartnomani ERI orqali imzolaydilar.
Kompensatsiya berish toʻgʻrisidagi shartnoma oʻn kun muddatda ERI orqali imzolanmagan taqdirda, shartnoma tuzilmagan va majburiyat yuzaga kelmagan hisoblanadi.
15. Kompensatsiya berish toʻgʻrisidagi shartnoma ERI orqali imzolangandan soʻng rasman kuchga kiradi va tomonlarning majburiyati yuzaga kelgan hisoblanadi.
16. Notoʻgʻri va (yoki) haqiqiy boʻlmagan maʼlumotlarning taqdim qilinishi natijasida kompensatsiya toʻlaganligi, shuningdek, tijorat banki va kompensatsiya oluvchi tomonidan majburiyatlar oʻz vaqtida bajarilmaganligi uchun Kompaniya javobgar hisoblanmaydi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
17. Kompensatsiya quyidagi tartibda toʻlanadi:
kreditdan foydalanishning birinchi yilida kompensatsiya tijorat banki tomonidan taqdim etilgan reyestr asosida oyma-oy hisobot oyidan keyingi oyning 25-sanasigacha toʻlab beriladi;
kreditdan foydalanishning ikkinchi va keyingi yillarida kompensatsiya kompensatsiya oluvchi tomonidan yangi oʻquvchi va ish oʻrinlarini yaratishga oid majburiyatlarning bajarilishiga qarab har yili bir marotaba 1-avgustga qadar toʻlab beriladi.
Bunda:
kompensatsiya oluvchi tomonidan yangi oʻquvchi va ish oʻrinlarini yaratishga oid majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, keyingi yillar uchun kompensatsiya toʻlab berilmaydi;
kompensatsiya oluvchi tomonidan yangi oʻquvchi va ish oʻrinlarini yaratishga oid majburiyatlarning bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan olinadi.
3-bob. Kompensatsiyalarning hisobini yuritish tartibi
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
18. Tijorat banki nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlariga kreditlarning qoldiqlari boʻyicha hisoblangan foizlardan kelib chiqqan holda kompensatsiya reyestrini (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) tuzadi. Bunda tijorat banki:
nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlariga ajratilgan kreditlarning maʼlumotlarini “Tadbirkor” ATga integratsiya qilinishini;
Reyestrning Kompaniya talablariga muvofiq elektron tarzda shakllantirilishini;
ERI orqali imzolangan Reyestrni “Tadbirkor” AT orqali Kompaniyaga yuborilishini taʼminlaydi.
19. Tijorat banki Reyestrning barcha hisob-kitoblarini istalgan muddatga onlayn rejimda Kompaniyaga taqdim etish imkoniyati boʻlgan dasturiy taʼminotga ega boʻlishi lozim.
20. Kompensatsiya tijorat banki tomonidan “Tadbirkor” AT orqali beriladigan Reyestr asosida ajratiladi.
Tijorat banklari Reyestriga kiritilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi va toʻliqligi uchun javobgar hisoblanadi.
21. Kompensatsiya mablagʻlari tijorat banki tomonidan taqdim etilgan Reyestr asosida bir vaqtning oʻzida bir qancha kredit shartnomalari boʻyicha tijorat bankining 29801 — “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” tranzit hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. Oʻz navbatida, tijorat banki tranzit hisobvaragʻiga tushgan mablagʻlarni oʻn ish kunida har bir kompensatsiya oluvchi uchun alohida ochilgan “16325” hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
Belgilangan muddatda tranzit hisobvaragʻidagi mablagʻ har bir kompensatsiya oluvchi uchun alohida ochilgan “16325” hisobvaragʻiga oʻtkazilmagan taqdirda, qoldiq mablagʻ tijorat banki tomonidan Kompaniyaga qaytariladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
22. Kompaniya quyidagi holatlarda kompensatsiya berishni toʻxtatib turadi:
kreditning asosiy qarzi va foiz toʻlovlari boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlik yuzaga kelgan sanadan ushbu qarzdorlik bartaraf etilgunga qadar;
kompensatsiya oluvchi va tijorat bankining buyurtmasida notoʻgʻri va (yoki) yolgʻon maʼlumotlar aniqlanganda;
tijorat banki tomonidan Kompaniyadan ruxsat olinmasdan kredit parametrlari oʻzgartirilganda.
Mazkur bandda nazarda tutilgan holatlar natijasida ortiqcha olingan kompensatsiya mablagʻi tijorat banki tomonidan besh ish kuni ichida Kompaniyaga qaytariladi.
Ortiqcha olingan mablagʻ belgilangan muddatda qaytarilmagan taqdirda, ular keyingi toʻlovlar hisobidan ushlab qolinadi.
Tijorat banki kompensatsiya berishni toʻxtatib turish sabablari bartaraf etilganligi haqida Kompaniyani xabardor qilgan sanadan boshlab kompensatsiyani hisoblash qayta tiklanadi.
Toʻxtatilgan davr uchun kompensatsiya taqdim etilmaydi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
23. Kompaniya quyidagi holatlarda kompensatsiya berishni toʻxtatadi:
kompensatsiya oluvchi tomonidan kredit summasi toʻliq qaytarilganda;
kredit shartnomasining amal qilishi toʻxtatilganda;
kredit belgilangan maqsadlar uchun ishlatilmaganda;
mazkur Nizom talablariga zid ravishda kompensatsiya olinganda;
kompensatsiya ajratish toʻgʻrisidagi shartnomaning amal qilishi toʻxtatilganda.
Kompaniya qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa holatlarda ham kompensatsiya berishni toʻxtatishi mumkin.
Mazkur bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilarida koʻrsatilgan holatlar aniqlanganda, kompensatsiya shartnomasi bir tomonlama bekor qilinadi.
Toʻlangan kompensatsiya mablagʻlari tijorat banki tomonidan besh ish kuni ichida Kompaniyaga qaytariladi. Ushbu mablagʻlar belgilangan muddatda qaytarilmagan taqdirda, ular tijorat bankiga navbatdagi kompensatsiya uchun oʻtkaziladigan umumiy toʻlov summasidan ushlab qolinadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
24. Tijorat banki kompensatsiya oluvchining faoliyati yuzasidan bir yilda kamida bir marta monitoring olib boradi hamda kompensatsiya berishni toʻxtatib turish va toʻxtatishni nazarda tutuvchi holatlar aniqlanganda bu haqda Kompaniyani besh ish kuni ichida xabardor qiladi.
25. Kompaniya kompensatsiya berishni toʻxtatib turish va toʻxtatish uchun asos boʻladigan holat aniqlanganidan soʻng besh ish kuni ichida kompensatsiya berishni toʻxtatib turish (toʻxtatish) toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
26. Tijorat banki har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga kompensatsiya mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisida hisobotlar taqdim etadi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
27. Kompensatsiya berilgan nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining reyestri Kompaniya tomonidan elektron shaklda yuritiladi.
28. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun ajratilgan kreditlarning bir qismini qoplash uchun kompensatsiya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Kredit foiz xarajatlarini kompensatsiya qilish jamgʻarmasi hisobidan nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun ajratilgan kreditlarning bir qismini qoplash uchun kompensatsiya berish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Kredit oluvchi
(Nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti)
Tijorat banki yoki uning hududiy filialiga kredit ajratish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qiladi.
Zaruratga koʻra
2-bosqich
Tijorat bankining hududiy filiali
Tijorat bankining hududiy filiali tomonidan kredit ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, kompensatsiya oluvchining kompensatsiya olish haqidagi soʻrovnomasini buyurtma shakliga keltiradi hamda koʻrib chiqish uchun tijorat bankiga yuboradi.
2 ish kuni ichida
3-bosqich
Tijorat banki
1. Tijorat banki buyurtmaning normativ-huquqiy hujjatlar, bank kredit siyosati va mazkur Nizomga muvofiqligini koʻrib chiqadi, xato va nomuvofiqliklar aniqlanganda ularni bartaraf etishni soʻrab buyurtmani hududiy filialga qaytaradi.
2. Shakllantirilgan buyurtmani Kompaniyaga yuboradi.
2 ish kuni ichida
4-bosqich
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ,
Tijorat banki
1. Tijorat banki tomonidan yuborilgan buyurtma va tegishli hujjatlarni koʻrib chiqadi hamda kompensatsiya ajratish yoki kompensatsiya ajratishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
3 ish kuni ichida
2. Kompaniya tomonidan rad etilgan buyurtma tijorat bankiga rad etish sabablari koʻrsatilgan holda qaytariladi.
1 ish kuni ichida
3. Kompaniya tomonidan kompensatsiya ajratilishi rad etilganligi toʻgʻrisidagi buyurtmani olgan tijorat banki hududiy filialini xabardor qiladi.
1 ish kuni ichida
4. Tijorat banki yoki uning hududiy filiali kompensatsiya oluvchiga kompensatsiya ajratilishi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
5 ish kuni ichida
5-bosqich
Tijorat banki,
Kompensatsiya oluvchi
Kompaniya tomonidan kompensatsiya ajratilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, tijorat banki yoki uning hududiy filiali va kompensatsiya oluvchi kompensatsiya berilishi toʻgʻrisida shartnomani elektron raqamli imzo bilan imzolaydi.
10 kun ichida
6-bosqich
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ
Tijorat banki tomonidan taqdim etilgan reyestr asosida kompensatsiya toʻlovlarini amalga oshiradi.
Birinchi yilda hisobot oyidan keyingi oyning 25-sanasiga qadar,
keyingi ikki yil davomida har yili bir marotaba 1-avgustga qadar
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-oktabrdagi 660-son qaroriga
2-ILOVA
Nodavlat umumiy oʻrta taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga kommunal xarajatlarining bir qismini Davlat budjetidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, oʻquvchilarga munosib shart-sharoitlar yaratish maqsadida nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari uchun binolarni yangidan qurgan yoki oʻzining bino va inshootlarida umumiy oʻrta taʼlim faoliyatini yoʻlga qoʻygan tadbirkorlik subyektlariga kommunal xarajatlarining bir qismini qoplash uchun Davlat budjeti hisobidan kompensatsiya taqdim etish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
axborot tizimi — Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlariga kommunal toʻlovlar uchun kompensatsiya toʻlab berish jarayonlarini amalga oshirish imkoniyatini beruvchi dasturiy taʼminoti;
kompensatsiya — nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotiga kommunal toʻlovlar uchun Davlat budjeti hisobidan qoplab beriladigan mablagʻ;
kommunal toʻlovlar — elektr energiyasi va tabiiy gaz (isitish) xizmatlaridan foydalanish xarajatlari;
nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti — nodavlat umumiy oʻrta taʼlim xizmatlarini koʻrsatish uchun binolarni yangidan qurgan yoki oʻzining bino va inshootlarida taʼlim faoliyatini yoʻlga qoʻygan, tegishli litsenziyaga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlari.
2-bob. Kompensatsiyalarni hisoblash va toʻlash tartibi
3. Nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlariga Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan kommunal xarajatlarning bir qismini qoplab berish uchun kompensatsiyalar toʻlash mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Kompensatsiyani toʻlash boʻyicha buyurtmanomalar mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq axborot tizimi orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
5. Nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlariga kommunal toʻlovlar uchun kompensatsiyalar mazkur tashkilot nodavlat umumiy oʻrta taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati uchun litsenziyaga ega boʻlgan davrida, oʻquv yili hamda yozgi qoʻshimcha imtihon va mashgʻulotlar davri mobaynida hisoblanadi va toʻlanadi.
Bunda kompensatsiyalar har bir nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotiga kompensatsiya ajratilishi boshlanganidan 5 yil davomida toʻlab beriladi.
6. Nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlariga hisobot oyida foydalangan kommunal toʻlovlari narxining 50 foizi miqdorida Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan kompensatsiya toʻlanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
7. Nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlariga toʻlanadigan elektr energiyasi xizmatlaridan foydalanish xarajatlari uchun kompensatsiyaning yillik maksimal summasi quyidagi formula asosida axborot tizimi orqali hisob-kitob qilinadi:
EEK = DMX / UOʻS / IKS * 0,5
EKM = EEK * IKS
Bunda:
EEK — elektr energiyasi xizmatlaridan foydalanish xarajatlari uchun bir nafar oʻquvchiga toʻlanadigan kompensatsiyaning kunlik qatʼiy miqdori;
DMX — 9 soatlik ish rejimidagi davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlariga tegishli moliya yilida Davlat budjetidan elektr energiyasi xizmatlaridan foydalanish xarajatlari uchun ajratilgan mablagʻlarning umumiy summasi;
UOʻS — davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining axborot tizimida roʻyxatga olingan umumiy bolalar soni;
IKS — joriy yilda ish kunlari soni;
EKM — elektr energiyasi xizmatlaridan foydalanish xarajatlari uchun toʻlanadigan kompensatsiyaning yillik maksimal miqdori.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
8. Nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotiga toʻlanadigan tabiiy gaz (isitish) xizmatlaridan foydalanish xarajatlari uchun kompensatsiyaning yillik summasi quyidagi formula asosida hisob-kitob qilinadi:
TGK = DMX / UOʻS / IKS * 0,5
GKM = TGK * IKS
Bunda:
TGK — tabiiy gaz xizmatlaridan foydalanish xarajatlari uchun bir nafar oʻquvchiga toʻlanadigan kompensatsiyaning kunlik qatʼiy miqdori;
DMX — 9 soatlik ish rejimidagi davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlariga tegishli moliya yilida Davlat budjetidan tabiiy gaz xizmatlaridan foydalanish xarajatlari uchun ajratilgan mablagʻlarning umumiy summasi;
UOʻS — davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining axborot tizimida roʻyxatga olingan umumiy bolalar soni;
IKS — joriy yilda ish kunlari soni;
GKM — tabiiy gaz xizmatlaridan foydalanish xarajatlari uchun toʻlanadigan kompensatsiyaning yillik maksimal miqdori.
9. Tabiiy gazdan foydalanish xarajatlari uchun kompensatsiya toʻlovlari barcha nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotiga, ularda markazlashgan tabiiy gaz taʼminoti mavjud boʻlishi yoki boʻlmasligidan qatʼi nazar, toʻlanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
10. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda har yili 1-may holatiga koʻra bir nafar oʻquvchiga toʻgʻri keladigan elektr energiyasi va tabiiy gaz (isitish) xizmatlaridan foydalanish xarajatlari boʻyicha bir kunlik kompensatsiya miqdorini tasdiqlaydi.
Bunda elektr energiyasi va tabiiy gaz (isitish) xizmatlaridan foydalanish uchun kommunal toʻlovlar narxlari oshirilgan taqdirda kompensatsiya miqdori mos ravishda oshiriladi.
11. Nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari taʼlim oluvchilar va pedagog xodimlar toʻgʻrisidagi toʻgʻri, toʻliq va ishonchli maʼlumotlarni axborot tizimida belgilangan tartibda shakllantiradi.
12. Kompensatsiyalar nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Yagona elektron dasturiga (erp.maktab.uz) kiritilgan oʻquvchilar sonidan kelib chiqib hisoblanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish;
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
13. Kommunal toʻlovlar uchun kompensatsiyalar nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining axborot tizimi orqali Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga bir yilda bir marotaba yuborgan arizasi asosida hisobot oyidan keyingi oyning 10-kuniga qadar hisoblanadi.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan kommunal toʻlovlari uchun kompensatsiya beriladigan nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari boʻyicha reyestrni va kommunal toʻlovlarini moliyalashtirish uchun buyurtmanomalar axborot tizimi orqali Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etiladi.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi ikki ish kuni ichida taqdim etilgan reyestr va buyurtmanomaga asosan kommunal toʻlovlari uchun kompensatsiyalarni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining tegishli gʻazna hisobvaragʻiga belgilangan tartibda oʻtkazib beradi.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi ikki ish kuni ichida Davlat budjetidan ajratilgan kompensatsiyalarni nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining tijorat bankidagi hisobvaragʻiga oʻtkazib beradi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
17. Nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotiga qoplab beriladigan oylik kompensatsiyalarni toʻlash uchun taqdim etilgan maʼlumotlarning asosliligi va toʻgʻriligiga taʼlim tashkilotining direktori shaxsan javobgar hisoblanadi.
18. Nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti tomonidan oylik kompensatsiya toʻlovlarini qoplash uchun axborot tizimiga kiritilgan maʼlumotlar va hujjatlarning soxtaligi aniqlanganda, taʼlim tashkilotining direktori va tegishli xodimlari qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻladi hamda ushbu tashkilot elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlari uchun Davlat budjeti hisobidan oylik kompensatsiya toʻlovlari qoplab beriladigan nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining qatoridan chiqariladi.
19. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Nodavlat umumiy oʻrta taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga kommunal xarajatlarining bir qismini Davlat budjetidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz xizmatlari uchun Davlat budjetidan kompensatsiya ajratish va toʻlashning
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti
1. Axborot tizimida oʻquvchilar roʻyxatini belgilangan tartibda shakllantiradi.
2. Axborot tizimiga tashkilot va uning xodimlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritadi.
Oʻquvchining qonuniy vakili yoki xodim bilan mehnat shartnomasi tuzilgan kundan keyingi ish kunidan boshlab
2-bosqich
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
Nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining xodimlari va oʻquvchilari hamda kommunal toʻlovlari boʻyicha elektron shaklda maʼlumotlarni yigʻadi, toʻlanadigan kompensatsiya miqdorlarini hisoblaydi.
Hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha
3-bosqich
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
Elektron shaklda reyestr va buyurtmanomalarni shakllantiradi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining tegishli axborot tizimlariga yuboradi.
Hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha
4-bosqich
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Davlat budjetidan kompensatsiyalar ajratish boʻyicha axborot tizimida shakllantirilgan buyurtmanomalar asosida zarur mablagʻlarni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining tegishli gʻazna hisobvaragʻiga belgilangan tartibda oʻtkazib beradi.
2 ish kuni ichida
5-bosqich
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
Nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining tijorat bankidagi hisobvaragʻiga kompensatsiyalarni belgilangan tartibda oʻtkazib beradi.
2 ish kuni ichida
Nodavlat umumiy oʻrta taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga kommunal xarajatlarining bir qismini Davlat budjetidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
___________________ nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotiga ajratiladigan kompensatsiyalar uchun
BUYURTMANOMA
Tashkilot STIRi
___________
Faoliyat yuritish manzili
___________
T/r
Oʻquvchining F.I.O
Hisobot oyidagi ish kunlari soni
Oʻquvchilar va xodimlar soni
Elektr va tabiiy gaz isteʼmoli uchun ajratiladigan mablagʻ
(5 ust+12 ust)
Shundan:
Elektr energiyasi uchun kompensatsiya miqdori
Elektr uchun
Tabiiy gaz uchun
(suyultirilgan gaz yoki koʻmir mahsulotlari)
1 kVt/soat narxi
Hisobot oyida haqiqiy xarajat
(kVt)
Haqiqiy isteʼmol uchun hisoblangan summaning 50 foizi
(6 ust *7 ust *50%)
Bir nafar oʻquvchiga kompensatsiyaning kunlik qatʼiy miqdori
Kompensatsiyaning oylik maksimal summasi
(3 ust*9 ust)
Bir nafar oʻquvchiga kompensatsiyaning kunlik qatʼiy miqdori
Kompensatsiya summasi
(3 ust*11 ust)
a
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
1.
2.
...
Jami
Nodavlat umumiy oʻrta taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga kommunal xarajatlarining bir qismini Davlat budjetidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Kommunal xarajatlar uchun Davlat budjeti hisobidan oylik kompensatsiya toʻlovlari qoplab beriladigan __________________ dagi nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining
REYESTRI
20__ yil _______ oyi uchun
ming soʻm
T/r
Nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti nomi
(toʻliq koʻrsatiladi)
Manzili
STIR
Bank rekvizitlari
Tabiiy gaz
Elektr energiyasi
Jami qoplab beriladigan summa
Toʻlangan summa
Qoplab beriladigan summa
Toʻlangan summa
Qoplab beriladigan summa
Jami:
x
x
20__ yil “__” __________
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2024-y., 09/24/660/0822-son)