toggle_night_mode
Hujjat 20.09.2024 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6034-son Farmoniga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish haqida
Sud tizimida sudyalarning oʻzini oʻzi boshqarish tamoyilini samarali joriy etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6034-son Farmoniga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 20-sentabr,
PF-142-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-sentabrdagi PF-142-son Farmoniga

ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6034-son Farmoniga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha
1. 9-bandi quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“Sudyalarning oʻzini oʻzi boshqarish tamoyilini toʻlaqonli joriy etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining oʻrinbosarlari — sudlov hayʼatlari raislari faoliyati yoʻnalishini Oliy sud raisining taqdimnomasiga binoan Oliy sud Plenumi tomonidan tasdiqlash tartibi joriy etilsin”.

2. 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-son Farmoniga

1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining

TUZILMASI

Rais

Rais kotibiyati

(maslahatchi, bosh konsultant, katta konsultant)

3

Raisning birinchi oʻrinbosari — sudlov hayʼati raisi

Rais oʻrinbosari — sudlov hayʼati raisi

Rais oʻrinbosari — sudlov hayʼati raisi

Rais oʻrinbosari — sudlov hayʼati raisi

Plenum kotibi

Odil sudlov sohasidagi qonunchilikni tahlil qilish departamenti

16

Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati

12

Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati

20

Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati

22

Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati

14

Oliy sud huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti va uning hududiy boʻlimlari

Hayʼat kotibiyati

6

Hayʼat kotibiyati

12

Hayʼat kotibiyati

15

Hayʼat kotibiyati

7

“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Axborotnomasi” hamda

“Kuch adolatda” gazetasining birlashgan tahririyati

Ijro apparati

Apparat rahbari

Kadrlar boshqarmasi

10

Murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi

14

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va axborot xavfsizligini taʼminlash boshqarmasi

10

Jamoatchilik bilan hamkorlik markazi

6

Ishlar boshqarmasi

11

Tashkiliy-nazorat boshqarmasi

15

Buxgalteriya

4

Birinchi boʻlim

1

Xalqaro-huquqiy boʻlim

4

Jami boshqaruv xodimlari shtat birliklari soni — 208 ta, shu jumladan sudyalar — 73 ta.

Izoh: yordamchi xodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan meʼyorlar asosida aniqlanadi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.09.2024-y., 06/24/142/0734-son)