Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 30-oktabrdagi 17-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3470, 2023-yil 31-oktabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.11.2023-y., 10/23/3470/0816-son) bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarida korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash
uslubiyotining “Vakolatlar, huquq va majburiyatlar bilan bogʻliq boʻlgan korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar” yoʻnalishidagi “Manfaatlar toʻqnashuvi”ning “Tushunchasi” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Normativ-huquqiy hujjatda shaxsning shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorligi uning oʻz lavozim yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga taʼsir koʻrsatayotgan yoxud taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari, qonuniy manfaatlari oʻrtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan (mavjud manfaatlar toʻqnashuvi) yoki yuzaga kelishi mumkin boʻlgan (ehtimoliy manfaatlar toʻqnashuvi) vaziyatlarni oldini olish choralari koʻrilishi lozim.”.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq 2024-yil 6-dekabrdan eʼtiboran kuchga kiradi.