Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-avgustdagi 538-son “Davlat organlari va tashkilotlarining arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi ekspert komissiyalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlash haqida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi bosh direktorining 2011-yil 22-dekabrdagi 89-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2317, 2012-yil 23-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 3-4-son, 33-modda) bilan tasdiqlangan Elektron arxiv toʻgʻrisidagi namunaviy nizomning 14-bandi
uchinchi xatboshisidagi “tegishli davlat arxivining Ekspert tekshirish komissiyasiga” degan soʻzlar “tegishli “Oʻzarxiv” agentligining markaziy ekspert-tekshirish komissiyasi, arxiv ishi hududiy boshqarmalarining ekspert-tekshirish komissiyasi va Oʻzbekiston milliy arxivlarining ekspert tekshirish-uslubiy komissiyasiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.