toggle_night_mode
Hujjat 19.08.2024 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Toshkent shahrida “International inclusive hub” xalqaro tayanch inklyuziv professional taʼlim markazi faoliyatini yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida
Imkoniyati cheklangan yoshlarning maktabdan tashqari qoʻshimcha taʼlim olishlari, kasb-hunar oʻrganishlari uchun boshqa tengdoshlari bilan teng imkoniyatlar yaratish hamda ularning mehnat bozorida raqobatbardosh kadr boʻlib yetishib chiqishlarini va jamiyatga integratsiyalashuvini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining imkoniyati cheklangan yoshlarga inklyuziv sharoitda boshqa tengdoshlari bilan birgalikda professional taʼlim berish maqsadida Agentlik muassisligida davlat taʼlim muassasasi shaklidagi “International inclusive hub” xalqaro tayanch inklyuziv professional taʼlim markazini (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
imkoniyati cheklangan yoshlarni jamiyatga integratsiya qilish boʻyicha tadqiqotlar olib borish, har tomonlama moslashuv uchun inklyuziv sharoit yaratish boʻyicha dasturlar ishlab chiqish;
inklyuziv taʼlim tizimini rivojlantirish, imkoniyati cheklangan yoshlarni taʼlim olish va kasbga oʻrgatish hamda ularni bandligini taʼminlashga koʻmaklashish;
ilgʻor xorijiy tajriba asosida imkoniyati cheklangan yoshlarni boshqa tengdoshlari bilan birgalikda xalqaro standartlar asosida boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus professional taʼlim dasturlarida oʻqitish;
inklyuziv sharoitda imkoniyati cheklangan yoshlarning boshqa tengdoshlari bilan birgalikda oʻz isteʼdodlarini keng namoyon qilishlari uchun toʻgaraklar faoliyatini tashkil etish;
umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim hamda professional taʼlim muassasalari uchun inklyuziv oʻquv dasturlari va uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqish hamda ularni taʼlim jarayoniga tatbiq etishga koʻmaklashish;
alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasalarida tashkil etilgan oʻquvchilarni kasbga oʻqitish kurslariga uslubiy yordam koʻrsatish va kasbiy taʼlim berish jarayonini muvofiqlashtirish.
Bunda Markazga ushbu bandda nazarda tutilgan asosiy vazifalarni bajarish doirasida ishlab chiqilgan tovar va xizmatlarni budjet tashkilotlari hamda ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi miqdori ellik foizdan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlariga toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida sotish va xizmat koʻrsatish huquqi beriladi.
3. Quyidagilar:
“International inclusive hub” tayanch inklyuziv professional taʼlim markazi tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
“International inclusive hub” tayanch inklyuziv professional taʼlim markazining namunaviy shtat birliklari va mehnatga haq toʻlash miqdorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Agentlik direktoriga Markaz tuzilmasiga xodimlarning belgilangan cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
4. Belgilansinki:
a) Markaz faoliyati boʻyicha:
taʼlim jarayoniga boshlangʻich professional taʼlim yoshidan 30 yoshgacha hamda toʻgaraklarga 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar jalb etiladi. Bunda taʼlim oluvchilarning kamida 30 foizini imkoniyati cheklangan shaxslar tashkil etadi;
Markazda guruhlar kamida 12 nafar oʻquvchilardan shakllantiriladi. Bunda zarur hollarda buyurtmachilarning takliflari asosida guruhdagi oʻquvchilar soni 12 nafardan kam boʻlishi mumkin;
Markazning shtat birliklari sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarni maqbullashtirish munosabati bilan boʻshayotgan shtatlar hisobidan shakllantiriladi;
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga hamda xorijiy valyutadagi shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi;
pedagog kadrlar hamda soha boʻyicha mutaxassislar mehnatiga soatbay haq toʻlagan holda toʻgʻridan-toʻgʻri fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida jalb etiladi;
Markaz pedagog kadrlarining oʻquv yuklamasini hamda boshqa mutaxassislar meʼyorlarini Agentlik, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan kelishgan holda belgilaydi;
Markaz tomonidan professional taʼlim dasturlarini tamomlagan yoshlarga davlat namunasidagi diplom hamda toʻgarak bitiruvchilariga sertifikat beriladi;
b) Markaz xodimlari boʻyicha:
markaz rahbari, pedagog kadrlari va boshqa xodimlari mehnatiga professional taʼlim tizimidagi mehnatga haq toʻlash miqdori va shartlari asosida haq toʻlanadi;
mashgʻulotlarni oʻtkazganlik uchun mehnatga soatbay haq toʻlash dars beruvchining ilmiy darajasi va unvoni, malaka toifasidan kelib chiqib, belgilangan tartibda hisoblanadi;
Markazda taʼlim-tarbiya jarayoni bilan bevosita shugʻullanuvchi rahbar xodimlar, pedagogik xodimlar, psixologlar, ijtimoiy xodimlar, mutaxassislar, ishlab chiqarish taʼlimi ustalari, mehnat taʼlimi oʻqituvchilari va yordamchi tarbiyachilarning lavozim maoshlariga 100 foiz miqdorida, qolgan barcha xodimlarning lavozim maoshlariga 50 foiz miqdorda budjet mablagʻlari hisobidan ustamalar toʻlanadi;
Markazning barcha xodimlariga budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan qoʻshimcha har oylik 200 foizgacha oylik mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasi miqdorida ustama haqi toʻlanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Markaz huzurida tarkibida kengash raisi, rais oʻrinbosari va boshqa aʼzolardan iborat 11 kishilik “International inclusive hub” tayanch inklyuziv professional taʼlim markazining jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi Vasiylik kengashi tashkil etilsin.
“International inclusive hub” tayanch inklyuziv professional taʼlim markazining Vasiylik kengashi tarkibi va kengash toʻgʻrisidagi nizom Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Markazga:
rivojlangan xorijiy davlatlarning tajribalari va xalqaro taʼlim dasturlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilgan malaka talablari, oʻquv rejasi va fan dasturlari asosida taʼlim jarayonini tashkil etishga;
Keyingi tahrirga qarang.
Markaz faoliyat turlari boʻyicha tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) ishlab chiqarish va sotishdan tushadigan mablagʻlarni xodimlar va oʻquvchilarni ragʻbatlantirish hamda Markaz faoliyatini rivojlantirish uchun sarflashga ruxsat etilsin.
7. Markazning faoliyati uchun zarur boʻlgan xorijiy konsalting tashkilotlari, xalqaro va mahalliy ekspert va mutaxassislar Agentlik tomonidan jalb etilishi mumkin.
8. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Davlat budjeti mablagʻlari;
Markazda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni sotishdan tushgan mablagʻlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning grantlari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
9. Belgilansinki:
Markaz faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlar 2024-yilda sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarni maqbullashtirish hisobidan boʻshaydigan mablagʻlar hamda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan Agentlik uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida, 2025-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi;
Markazga 1 ta mikroavtobusni saqlash uchun limit ajratiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Agentlik:
bir oy muddatda Markaz ustavini tasdiqlash va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda malakali kadrlar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin;
Markazga 1 ta mikroavtobus xarid qilish uchun Agentlikning Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Iqtisodiyot va moliya vazirligi bir oy muddatda AT “Aloqabank”ning (keyingi oʻrinlarda — Bank) boshqaruv organlari yigʻilishlarida:
Bankka tegishli Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumani, “Navnihol” MFY Tepamasjid koʻchasidagi 4-uyda joylashgan “IT-PARK” hududidagi binoning 8 va 9-qavatlarini barcha zarur jihozlar bilan birgalikda (keyingi oʻrinlarda — aktivlar) vaqtincha tekin foydalanish huquqi bilan Markazga berish;
aktivlarni saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni (kommunal xizmatlar, telekommunikatsiya, joriy va kapital taʼmirlash, tozalash va boshqa xizmatlar uchun toʻlovlar) Bank tomonidan qoplash masalasi koʻrib chiqilishini taʼminlasin.
Belgilansinki, Bank tomonidan aktivlarni Markazga tekin foydalanish huquqi asosida berilganda, ushbu aktivlar Bank uchun soliq solish obyekti boʻlib hisoblanmaydi.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 19-avgust,
518-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-avgustdagi 518-son qaroriga
1-ILOVA
“International inclusive hub” tayanch inklyuziv professional taʼlim markazi
TUZILMASI
Keyingi tahrirga qarang.

Direktor

Ekspert kengashi

Oʻquv-uslubiy, kasbga yoʻnaltirish va ilmiy ishlar boʻyicha direktorning birinchi oʻrinbosari

Moliya-iqtisod va xoʻjalik ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari

Kadrlar bilan ishlash boʻyicha yetakchi mutaxassis

Innovatsion dastur va loyihalarni ishlab chiqish boʻlimi

4

Moliya-iqtisod va marketingni shakllantirish boʻyicha bosh mutaxassis

1

Bosh yuriskonsult

1

Axborot xizmati boʻlimi

1

Toʻgarak mashgʻulotlarini tashkil etish va nazorat qilish boʻlimi

2

Raqamli texnologiyalarni joriy etish boʻyicha yetakchi mutaxassis

1

Administrator

1

Kasbga oʻqitish jarayonini tashkil etish va nazorat qilish boʻlimi

2

Bosh hisobchi

1

Psixolog

1

Ijtimoiy xodim

1

Izoh.
1. Markaz boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni — 20 nafar.
2. Professor-oʻqituvchilar soni guruhlar soni va oʻquv yuklamasidan kelib chiqib belgilanadi.
3. Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar qonunchilik hujjatlarida boshqaruv xodimlar uchun nazarda tutilgan normativlar asosida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-avgustdagi 518-son qaroriga
2-ILOVA
“International inclusive hub” tayanch inklyuziv professional taʼlim markazining namunaviy shtat birliklari va mehnatga haq toʻlash
MIQDORLARI
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Tarkibiy boʻlinmalar va lavozimlar nomi

Mehnatga haq toʻlash miqdori

Izoh

1

Direktor

Bazaviy tarif stavkasi

Professional taʼlim muassasasi direktorining 1-guruhda keltirilgan bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

2

Oʻquv-uslubiy, kasbga yoʻnaltirish va ilmiy ishlar boʻyicha direktorning birinchi oʻrinbosari

Bazaviy tarif stavkasi

Professional taʼlim muassasasi direktori oʻrinbosarining 1-guruhda keltirilgan bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

3.

Moliya-iqtisod va xoʻjalik ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari

Bazaviy tarif stavkasi

Professional taʼlim muassasasi direktori oʻrinbosarining 1-guruhda keltirilgan bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

4.

Moliya-iqtisod va marketingni shakllantirish boʻyicha mutaxassis

Bazaviy tarif stavkasi

Professional taʼlim muassasasining 1-guruhda keltirilgan bosh hisobchi bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

5.

Bosh hisobchi

Bazaviy tarif stavkasi

Professional taʼlim muassasasining 1-guruhda keltirilgan bosh hisobchi bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

6.

Kadrlar bilan ishlash boʻyicha yetakchi mutaxassis

9

Yagona tarif setkasi razryadi asosida.

7.

Bosh yuriskonsult

14

Yagona tarif setkasi razryadi asosida.

8.

Psixolog

Bazaviy tarif stavkasi

Professional taʼlim muassasasi psixologining bazaviy tarif stavkasiga tenglashtiriladi.

9.

Raqamli texnologiyalarni joriy etish boʻyicha yetakchi mutaxassis

9

Yagona tarif setkasi razryadi asosida.

Axborot xizmati boʻlimi

10.

Axborot xizmati boʻlimi boshligʻi

Bazaviy tarif stavkasi

Professional taʼlim muassasasi direktori oʻrinbosarining 1-guruhda keltirilgan bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

11.

Bosh mutaxassis

Bazaviy tarif stavkasi

Professional taʼlim muassasasining yetakchi oʻqituvchisi bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

Innovatsion dastur va loyihalarni ishlab chiqish boʻlimi

12.

Boʻlim boshligʻi

Bazaviy tarif stavkasi

Professional taʼlim muassasasining bosh oʻqituvchi bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

13.

Bosh mutaxassis

Bazaviy tarif stavkasi

Professional taʼlim muassasasining yetakchi oʻqituvchisi bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

14.

Yetakchi mutaxassis

Bazaviy tarif stavkasi

Professional taʼlim muassasasining katta oʻqituvchisi bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

Toʻgarak mashgʻulotlarini tashkil etish va nazorat qilish boʻlimi

15.

Boʻlim boshligʻi

Bazaviy tarif stavkasi

Professional taʼlim muassasasining bosh oʻqituvchisi bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

16.

Bosh mutaxassis

Bazaviy tarif stavkasi

Professional taʼlim muassasasining yetakchi oʻqituvchisi bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

Kasbga oʻqitish jarayonini tashkil etish va nazorat qilish boʻlimi

17.

Boʻlim boshligʻi

Bazaviy tarif stavkasi

Professional taʼlim muassasasining bosh oʻqituvchisi bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi

18.

Bosh mutaxassis

Bazaviy tarif stavkasi

Professional taʼlim muassasasining yetakchi oʻqituvchisi bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

Pedagog va uslubchilar

19.

Ijtimoiy xodim

Bazaviy tarif stavkasi

Professional taʼlim muassasasining yetakchi oʻqituvchisi bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

20.

Administrator

Bazaviy tarif stavkasi

Professional taʼlim muassasasining “Uslubchisi” bazaviy tarif stavkasi miqdoriga tenglashtiriladi.

Izoh. Agentlik tomonidan tarkibiy boʻlinmalar va lavozimlar nomi hamda mehnatga haq toʻlash miqdorlariga Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.09.2024-y., 09/24/518/0709-son; 09.11.2024-y., 09/24/741/1098-son; 01.03.2025-y., 09/25/125/0203-son; 25.12.2025-y., 09/25/817/1208-son)