1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.04.01 (Кучини йукотган) Maktabgacha ta'lim tashkilotlari / 13.01.61.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik oʻquv kurslarida oʻqitish, ularga menejerlik sertifikatini berish va nomzodlarni lavozimga tayinlash tizimini joriy etish toʻgʻrisida
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktori lavozimiga yuqori malakali, zamonaviy boshqaruv koʻnikmalariga ega boʻlgan kadrlarni tayinlash tizimini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha taʼlim va tarbiya]
1. 2025-yil 1-yanvardan boshlab Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti (keyingi oʻrinlarda — tashkilot) direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik oʻquv kurslarida oʻqitish va ularga maxsus portal orqali menejerlik sertifikatini elektron shaklda berish tizimi joriy qilinsin.
2. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.04.00 Ustamalar, qoʻshimcha toʻlovlar va koeffitsiyentlar]
a) 2025-yil 1-sentabrdan boshlab menejerlik sertifikatiga ega boʻlgan tashkilot direktoriga ushbu sertifikatning amal qilish muddati davomida lavozim maoshiga har oylik 30 foiz qoʻshimcha ustamalar toʻlanadi;
b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari tomonidan menejerlik sertifikatiga ega boʻlgan nomzodlar orasidan tashkilot direktori lavozimiga nomzodlar zaxirasi shakllantiriladi.
Bunda tashkilot direktori vakant lavozimlariga nomzodlar faqat sertifikati mavjud boʻlgan va ushbu kichik bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan nomzodlar zaxirasiga kiritilgan kadrlar orasidan tanlab olinadi;
v) Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari direktori lavozimiga nomzodlar uchun tarbiya jarayonlarini samarali boshqarish boʻyicha kontent materiallarini ishlab chiqishda koʻmaklashadi.
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik oʻquv kurslarida oʻqitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
menejerlik oʻquv kursini tashkil etish tartibi;
nomzodlarga sertifikat berish uchun yakuniy sinovlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi.
4. Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X.U. Umarova zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 27-avgust,
531-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-avgustdagi 531-son qaroriga
1-ILOVA
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik oʻquv kurslarida oʻqitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha taʼlim va tarbiya]
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) tizimidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — tashkilot) direktori lavozimiga nomzodlarni (keyingi oʻrinlarda — nomzodlar) menejerlik oʻquv kurslarida oʻqitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.17.00 Olimpiadalar. Tanlovlar]
2. Ushbu Nizom asosida menejerlik sertifikatiga ega boʻlgan nomzodlarga tashkilot direktori lavozimi uchun tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi.
Tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan direktorlar (keyingi oʻrinlarda — direktorlar) har 5 yilda bir marotaba ushbu Nizom talablariga muvofiq menejerlik sertifikatini olishi talab etiladi.
3. Nomzodlarning boshqaruv sohasiga oid bilim va koʻnikmalarini baholash hamda baholash natijasi boʻyicha davlat namunasidagi menejerlik sertifikati elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va QR-kod qoʻyilgan holda elektron shaklda beriladi.
4. Mazkur Nizom talablari nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktori lavozimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
5. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
menejerlik oʻquv kursi (keyingi oʻrinlarda — oʻquv kursi) — nomzodlarni tayyorlash uchun tasdiqlangan oʻquv rejasi va dasturlari asosida ishlab chiqilgan mashgʻulotlar tizimi;
menejerlik sertifikati (keyingi oʻrinlarda — sertifikat) — tashkilot direktori lavozimida ishlash huquqini beruvchi hujjat;
maxsus portal — Vazirlikning nomzodlarni roʻyxatdan oʻtkazish, oʻquv kursi talablari va muddatlari haqida hamda oʻquv kursi bilan bogʻliq boshqa maʼlumotlar joylashtiriladigan elektron dasturiy tizimi;
oʻquv rejasi — oʻquv kursida oʻqitiladigan oʻquv modullari, ularga ajratilgan soatlar, oʻqitish muddatlari va shakllari belgilab berilgan hujjat;
oʻquv dasturi — har bir oʻquv mavzusining mazmuni, mashgʻulot shakli, tinglovchilar tomonidan oʻzlashtirilishi lozim boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalar hajmi belgilab berilgan hujjat;
yakuniy sinov — oʻquv kursi oxirida oʻtkaziladigan yakuniy nazorat, amaliy topshiriqlar ijrosini baholash jarayoni.
2-bob. Oʻquv kurslarini tashkil etish
6. Oʻquv kurslari ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq tashkil etiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha taʼlim va tarbiya;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish]
7. Oʻquv kurslari Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) tomonidan tashkil etiladi.
8. Oʻquv kurslari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar maxsus portalga joylashtiriladi.
9. Nomzodlar maxsus portal orqali elektron shaklda roʻyxatdan oʻtadi hamda oʻquv kursida oʻqish uchun ariza topshiradi.
Bunda nomzodlar kamida bakalavr darajasiga hamda tashkilot direktorlari uchun belgilangan malaka talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
10. Taʼlimda menejment yoki taʼlimda boshqaruv mutaxassisligi boʻyicha magistr darajasiga ega boʻlgan nomzodlar oʻquv kursida oʻqimasdan sertifikat olish boʻyicha yakuniy sinov jarayonlarida ishtirok etishlari mumkin.
Taʼlimda menejment yoki taʼlimda boshqaruv ixtisosligi boʻyicha ilmiy darajaga ega boʻlgan nomzodlar uchun sertifikat ularning arizasiga asosan toʻgʻridan-toʻgʻri beriladi.
11. Arizalar kalendar yil davomida uzluksiz qabul qilinadi.
12. Oʻquv kurslariga jalb etilgan nomzodlar roʻyxati ularning arizalari asosida Institut tomonidan shakllantiriladi hamda tasdiqlanadi.
13. Nomzodlar oʻquv kurslarida ular bilan Institut oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida oʻqitiladi hamda baholanadi.
14. Oʻquv kurslari 20 — 30 nafar tinglovchilardan iborat akademik guruhlarda tashkil etiladi.
Tinglovchilar kontingenti yetarli boʻlmagan taqdirda, shu jumladan, rus tilida dars oʻtiladigan guruhlarda tinglovchilar soni, istisno tariqasida, kamida 15 nafar etib belgilanishi mumkin.
15. Oʻquv kurslarida oʻqish talabini bildirgan nomzodlar va direktorlar xohish hamda istaklaridan kelib chiqqan holda, navbatdan tashqari oʻquv kurslari tashkil etilishi mumkin.
Navbatdan tashqari oʻquv kursida oʻqitish toʻlov miqdori Institut tomonidan belgilanadi va bunda oʻqish talabini bildirganlar nomzod sifatida oʻquv kurslarida ishtirok etadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
16. Direktorlarning oʻquv kurslarida ishtirok etishi boʻyicha reja-taqsimot har yili 1-dekabrga qadar Institut tomonidan shakllantiriladi hamda Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
17. Oʻquv kurslarining oʻquv rejasi va dasturlari Institut tomonidan ishlab chiqiladi, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan ekspertizadan oʻtkaziladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
18. Oʻquv kurslarining davomiyligi 144 soatni tashkil qilib, bir oy davomida oʻqitiladi. Kursdagi auditoriya mashgʻulotlarining eng yuqori hajmi haftasiga 36 soat etib belgilanadi.
19. Oʻquv mashgʻulotlari nazariy, amaliy va tashkilot amaliyotidan iborat boʻladi. Nazariy va amaliy mashgʻulotlar Institutda, tashkilot amaliyoti esa tashkilot hamda taʼlim boshqaruvini amalga oshiradigan tashkilotlarda oʻtkaziladi.
20. Nomzodlarning ixtiyoriy tanlovi asosida oʻquv kurslari ishlab chiqarishdan ajralgan yoki ajralmagan (masofaviy, onlayn) holda tashkil etilishi mumkin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.04.00 Intizomiy javobgarlik / 05.05.04.01 Intizomiy jazolar]
21. Nomzod quyidagi holatlarda oʻquv kursidan chetlashtiriladi:
oʻquv intizomini va ichki tartib-qoidalarni buzganligi uchun;
oʻquv kursidagi dars mashgʻulotlarini uzrli (kasalligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi, yaqin qarindoshining vafoti) sabablarsiz 18 soat va undan ortiq qoldirgani uchun;
salomatligi tufayli (tibbiy komissiya maʼlumotnomasi asosida);
nomzodga nisbatan sud hukmi asosida;
vafot etganligi sababli.
22. Oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan nomzodlar sertifikat berish boʻyicha yakuniy sinovlarga qoʻyiladi.
3-bob. Oʻquv kurslarini moliyalashtirish
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha taʼlim va tarbiya]
23. Oʻquv kurslarida bir nafar nomzod uchun oʻqitish xarajatlarining toʻlov miqdori asoslangan kalkulyatsiyasiga muvofiq Vazirlik bilan kelishilgan holda Institut tomonidan tasdiqlanadi.
Bunda moliya yili davomida qonunchilik hujjatlariga muvofiq ish haqi miqdorlari va shartlari oʻzgargan hollarda, bir nafar nomzod uchun toʻlov miqdori qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
24. Tasdiqlangan oʻqitish xarajatlari uchun toʻlov miqdori nomzodlardan undiriladi va ushbu mablagʻlar Institutning budjetdan tashqari jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.
Ishdan ajralgan holda oʻquv kurslarda ishtirok etish uchun nomzodlarning oʻqish davrida ularning ish haqi miqdorlari saqlab qolinmaydi va safar xarajatlari qoplab berilmaydi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.04.00.00 Budjet tizimining umumiy qoidalari]
25. Reja-taqsimotga kiritilgan direktorlarni oʻqitish xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Vazirlikka ajratilgan budjet mablagʻlari hisobidan Institutning xarajatlar smetasida nazarda tutilgan holda amalga oshiriladi.
26. Direktorlarning oʻquv kursiga jalb etiladigan professor-oʻqituvchilarning sonini belgilashda, Pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazlari uchun belgilangan bir nafar oʻqituvchi hisobiga toʻgʻri keladigan tinglovchilar soni nisbatining cheklangan normativlari qoʻllaniladi.
27. Direktorlarning oʻqish davrida ularning asosiy ish joyi boʻyicha lavozimi va amaldagi oʻrtacha ish haqi miqdorlari saqlab qolinadi.
28. Ishdan ajralgan holda oʻquv kurslarida ishtirok etish uchun yuborilgan direktorlar uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xizmat safari bilan bogʻliq xarajatlar ularning asosiy ish joyidan qoplanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 424-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi hududida xizmat safarlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2015-yil 19-oktabrdagi 92-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablagʻlar berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2730, 19.11.2015-y.).
29. Direktorlar birinchi marta menejerlik sertifikatini olgandan soʻng keyingi menejerlik oʻquv kurslarida oʻqish va menejerlik sertifikatini olishda nomzod sifatida ishtirok etadi.
Bunda 2025-yil 1-yanvarga qadar direktor lavozimida ishlab kelayotgan xodimlarni oʻqitish va sertifikat olish bilan bogʻliq xarajatlar Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
4-bob. Nomzodlarga sertifikat berish uchun yakuniy sinovlarni tashkil etish va oʻtkazish
30. Nomzodlar uchun yakuniy sinovlarni oʻtkazish jadvallarini ishlab chiqish, tasdiqlash, sinovlarni oʻtkazish, ularning natijalarini eʼlon qilish Institut tomonidan amalga oshiriladi.
31. Yakuniy sinovlarni oʻtkazish sanasi sinovlar oʻtkaziladigan kundan kamida yetti kun oldin eʼlon qilinadi.
Institut yakuniy sinov oʻtkaziladigan sana va joy toʻgʻrisidagi maʼlumotni maxsus portal orqali nomzodning shaxsiy kabinetiga yuboradi.
32. Agar nomzod turli sabablarga koʻra yakuniy sinovda ishtirok eta olmaydigan boʻlsa, Institutga yakuniy sinov oʻtkaziladigan kundan kamida uch kun oldin yozma yoki elektron shaklda murojaat etishi lozim.
Uzrli sababga koʻra (kasalligi yoki oila aʼzolarining vafot etganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etganda) yakuniy sinovlarda qatnasha olmagan nomzod yakuniy sinov boshlangan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida ushbu holatni tasdiqlovchi hujjatlarni Institutga bevosita yoki elektron shaklda taqdim etishi lozim.
Bunda nomzodning navbatdagi yakuniy sinovga kiritilishi taʼminlanadi.
33. Yakuniy sinov topshiriqlari Vazirlik tomonidan tasdiqlangan dasturlar asosida Institut tomonidan yetakchi olimlar va malakali mutaxassislar, shuningdek, nodavlat tashkilotlar vakillarini shartnoma asosida jalb qilgan holda ishlab chiqiladi.
34. Ishlab chiqilgan yakuniy sinov topshiriqlari asosida Institut tomonidan yakuniy test va keys savollari bazasi shakllantiriladi.
35. Yakuniy sinovlar sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya qilgan holda oʻtkaziladi.
36. Nomzodlar uchun yakuniy sinovlar ularning bevosita ishtirokida maxsus jihozlangan xonalarda elektron shaklda oʻtkaziladi.
37. Yakuniy sinovlar 25 ta test, keys hamda amaliy topshiriqlardan iborat boʻladi.
38. Test sinovlari uchun 50 ball, keys topshiriqlari uchun 10 ball va amaliy topshiriqlar uchun 40 ball (jami 100 ball) beriladi.
70 ball va undan yuqori natija koʻrsatgan nomzodlar yakuniy sinovni muvaffaqiyatli topshirgan hisoblanadi va ularga sertifikat beriladi. Bunda nomzodlar har bir yoʻnalish boʻyicha kamida 50 foiz ball yigʻishi talab etiladi.
Test sinovlari va keys topshiriqlarini bajarish uchun jami 80 daqiqa vaqt beriladi.
Amaliy topshiriqlar nomzod tomonidan ijodiy ish shaklida taqdim etiladi va imtihon komissiyasi tomonidan baholanadi.
Amaliy topshiriqlarni baholash va imtihon komissiyasini tashkil etish va oʻtkazish tartibi Vazirlik tomonidan belgilanadi.
39. Belgilangan ballni toʻplay olmagan nomzodlar bir yil ichida navbatdagi bitta yakuniy sinovda ishtirok etish huquqiga ega.
Birinchi marta yakuniy sinovdan oʻta olmagan direktorlar ikki oy ichida bir marta yakuniy sinovda ishtirok etishi mumkin. Ushbu muddat ichida yakuniy sinovda ishtirok etmagan yoki ikkinchi yakuniy sinovda ham belgilangan ballni toʻplay olmagan direktorlar belgilangan tartibda lavozimidan ozod etiladi.
Nomzodlar va direktorlar navbatdagi yakuniy sinovda ishtirok etish uchun maxsus portal orqali elektron shaklda ariza beradi.
Navbatdagi yakuniy sinovda ishtirok etish uchun nomzodlar va direktorlardan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida toʻlov undiriladi.
Ikkinchi marta ham yakuniy sinovlarda belgilangan ballni toʻplay olmagan nomzodlar qayta oʻquv kursida oʻqiganidan soʻng yakuniy sinovlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladi.
40. Nomzodlar yakuniy sinovlarni topshirishga pasport (identifikatsiya ID-kartasi) yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat asosida qoʻyiladi.
Pasporti (identifikatsiya ID-kartasi) yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjati boʻlmagan yoxud test sinoviga kechikkan nomzodlar test sinoviga kelmagan deb hisoblanadilar va navbatdagi test sinovini topshirishga ruxsat etilgan nomzodlar roʻyxatiga oʻtkaziladi.
41. Nomzod uzrsiz sababga koʻra yakuniy sinovda ishtirok etmagan boʻlsa, u yakuniy sinovdan oʻtmagan hisoblanadi.
42. Yakuniy sinovlar jarayonida xolis kuzatuvchilarning ishtirok etishiga ruxsat beriladi.
Bunda xolis kuzatuvchilar sifatida Vazirlik tizimidagi masʼul xodimlar, nodavlat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishlari mumkin.
43. Yakuniy sinov boshlanishidan oldin Institutning masʼul xodimi quyidagilarni amalga oshirishi lozim:
nomzodlarni sinovlarni oʻtkazish tartibi va sinovning davom etish vaqti haqida xabardor qilish;
nomzodlar tomonidan aloqa vositalarini oʻchirish va topshirishini taʼminlash;
sinov jarayonida foydalanish taqiqlangan barcha predmetlarni oʻz ixtiyorlari bilan topshirishini taklif etish;
sinov oʻtkazilayotgan toʻliq vaqt davomida belgilangan tartiblarga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlash;
sinovni oʻtkazish tartibini buzgan nomzodlarni tegishli dalolatnoma tuzgan holda sinovdan chetlashtirish.
44. Yakuniy sinov vaqtida normativ-huquqiy hujjatlardan, maʼlumot va maxsus adabiyotdan foydalanish, soʻzlashish, oʻzaro axborot almashish, aloqa vositalardan foydalanish, sinov materiallari yoki ularning mazmuniga oid boʻlgan maʼlumotlarni olib chiqish taqiqlanadi.
Mazkur talablarni buzgan nomzodlar sinovni topshirmagan deb hisoblanadi va ularning koʻrsatgan natijalari baholanmaydi.
45. Yakuniy sinovni oʻtkazish jarayoni videoyozuvda qayd qilinadi. Videoyozuv Institutda bir yil davomida saqlanadi.
46. Nomzodlarning yakuniy sinov natijalari sinovlar oʻtkazilgan kuni maxsus portal orqali eʼlon qilinadi.
47. Sertifikat 5 yil davomida amal qiladi. Nomzodlar sertifikatning amal qilish muddati davomida amal qilish muddatini uzaytirish maqsadida qayta menejerlik sertifikatini olish boʻyicha yakuniy sinovlarda ishtirok etishlari mumkin.
48. Institut menejerlik sertifikatlarining elektron hisobini yuritish yuzasidan javobgar hisoblanadi.
49. Yakuniy test sinovlari va keys topshiriqlari bazasini shakllantirish, sinovlarni tashkil etish va oʻtkazish Vazirlik belgilaydigan tizim tashkiloti tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Bunda yakuniy test sinovlari va keys topshiriqlarini oʻtkazish uchun Institut tomonidan Vazirlik tomonidan belgilanadigan tizim tashkilotiga yakuniy sinovlarda ishtirok etgan har bir nomzod uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida mablagʻlar oʻtkaziladi.
5-bob. Yakuniy sinov natijalari yuzasidan apellyatsiya berish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.03.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) siyosiy huquq va erkinliklar / 01.06.03.04 Ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi]
50. Yakuniy sinov natijalaridan norozi boʻlgan nomzodlar natijalar eʼlon qilingan vaqtdan boshlab besh ish kuni mobaynida apellyatsiya komissiyasiga maxsus portal orqali elektron shaklda ariza (shikoyat) berishlari mumkin.
51. Apellyatsiya komissiyasi yakuniy sinov boshlangandan keyin ikki kun ichida Institut rektorining buyrugʻi asosida 5 yoki 7 nafardan iborat tarkibda tuziladi.
52. Apellyatsiya komissiyasining tarkibi va ish tartibi apellyatsiya komissiyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi buyruqda belgilanadi.
Apellyatsiya komissiyasining murojaatlarni masofadan turib onlayn tarzda koʻrib chiqish muddatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar maxsus portalga joylashtiriladi.
53. Ariza (shikoyat) roʻyxatga olingandan soʻng ikki hafta mobaynida apellyatsiya natijasi maxsus portal orqali ariza (shikoyat) beruvchiga xabardor qilinadi.
54. Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga yakuniy sinov jarayonlarini oʻtkazishda ishtirok etgan shaxslar kiritilmaydi.
55. Apellyatsiya komissiyasi muammoli holatlarga aniqlik kiritish maqsadida jamoatchilik asosida malakali mutaxassislarni jalb etishi mumkin.
56. Apellyatsiya komissiyasi yigʻilishida komissiya aʼzolarining uchdan ikki qismi ishtirok etsa, uning qabul qilgan qarori qonuniy kuchga ega boʻladi.
57. Apellyatsiya komissiyasi tomonidan nomzodning murojaati koʻrib chiqilgandan soʻng xulosalash jarayonida bevosita yoki masofadan turib onlayn tarzda ishtirok etishi mumkin.
58. Apellyatsiyani koʻrib chiqish natijasi boʻyicha apellyatsiya komissiyasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
toʻplangan ballarni oʻzgarishsiz qoldirish;
toʻplangan ballarni oʻzgartirish;
yakuniy sinovni qayta oʻtkazish.
59. Apellyatsiya komissiyasi qarori nusxasi ariza (shikoyat) beruvchiga apellyatsiya komissiyasi qarori chiqqan kundan eʼtiboran uch kun muddatda maxsus portal orqali taqdim etiladi.
60. Takroriy apellyatsiyaga yoʻl qoʻyilmaydi.
Nomzodlar apellyatsiya komissiyasining qarori yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
61. Yakuniy sinovda ijobiy natijaga erishgan nomzodga yakuniy sinov natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab bir hafta mobaynida Institut rektorining buyrugʻi asosida mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda sertifikat beriladi.
Nomzod sertifikatni shaxsiy kabineti orqali yuklab olishi mumkin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar]
62. Sertifikatlar reyestri Institut tomonidan maxsus portal orqali yuritiladi.
Institutning sertifikat berish toʻgʻrisidagi buyrugʻining sanasi va tartib raqami;
hisobga olish seriyasi va tartib raqami;
berilgan sanasi;
amal qilish muddati.
63. Sertifikatning haqiqiyligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni maxsus portal orqali tekshirish imkoniyati yaratiladi.
7-bob. Nomzodlarni saralash va lavozimga tayinlash
64. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boshqarmalar) tashkilot direktori vakant lavozimi uchun “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy apparat kompleksidan foydalangan holda besh ish kuni muddatga eʼlon beradi.
65. Tashkilot direktori vakant lavozimiga ochiq tanlov uchun kelib tushgan nomzodlarning hujjatlari hududiy boshqarmalar tomonidan ikki ish kuni davomida koʻrib chiqiladi va tashkilot direktori vakant lavozimiga taqdim etilgan nomzodlarning hujjatlarini tegishli tashkilotning Kuzatuv kengashiga taqdim etadi.
66. Kuzatuv kengashi ikki ish kuni davomida tashkilot direktori vakant lavozimiga taqdim etilgan nomzodlarni saylash yuzasidan yigʻilish oʻtkazadi va bir nafar nomzodni ovoz berish yoʻli bilan saylaydi.
Yigʻilish yakuni boʻyicha bayonnoma rasmiylashtiriladi va bayonnoma hamda nomzodning hujjatlari tegishli hududiy boshqarmaga yetkaziladi.
67. Hududiy boshqarma nomzodning hujjatlarini oʻrganish natijasi boʻyicha ikki ish kuni davomida nomzod bilan mehnat shartnomasini tuzadi hamda tashkilot direktori lavozimiga tayinlash toʻgʻrisidagi buyruqni rasmiylashtiradi.
68. Institut tomonidan ariza beruvchilar toʻgʻrisidagi shaxsiy maʼlumotlarning maxfiyligi taʼminlanadi. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan rasmiy murojaat boʻlgan taqdirda, ariza beruvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etiladi.
69. Mazkur Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
70. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik oʻquv kurslarida oʻqitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Oʻquv kurslarini tashkil etish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Nomzodlar
1. Menejerlik oʻquv kurslarida oʻqish uchun maxsus portal orqali roʻyxatdan oʻtadi.
Doimiy
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
2. Menejerlik oʻquv kurslarida oʻqish uchun roʻyxatdan oʻtgan nomzodlar bilan shartnomalar tuzadi.
Doimiy
2-bosqich
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
1. Shakllantirilgan roʻyxat asosida nomzodlar va direktorlar uchun menejerlik oʻquv kurslarini oʻtkazish jadvalini tasdiqlaydi va eʼlon qiladi.
Oʻquv kursi boshida
2. Nomzodlar va direktorlar uchun menejerlik oʻquv kurslarini tashkil etadi.
Har oy davomida
3. Nomzodlar va direktorlarni tasdiqlangan dasturlar asosida oʻqitadi.
Oʻquv kursi davomida
4. Menejerlik oʻquv kurslari uchun yakuniy sinovni oʻtkazish jadvallarini tasdiqlaydi va muvaffaqiyatli ishtirok etgan nomzodlar va direktorlarni yakuniy sinovlarga yoʻnaltiradi.
Oʻquv jarayoni yakunida
3-bosqich
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
1. Kurs yakuni boʻyicha yakuniy sinovni oʻtkazadi.
2. Yakuniy sinov natijalari yuzasidan nomzodlar va direktorlarning apellyatsiya shikoyatlarini koʻrib chiqadi.
3. Sinov natijalariga koʻra menejerlik oʻquv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan QR-kod qoʻyilgan menejerlik sertifikatini beradi.
Har oʻquv kursi yakunida
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik oʻquv kurslarida oʻqitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktori lavozimiga nomzodlar uchun menejerlik sertifikatining davlat namunasi
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-avgustdagi 531-son qaroriga
2-ILOVA
Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutining
TUZILMASI
Ilmiy kengash
Direktor
Ilmiy kotib
Direktorning ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha oʻrinbosari
Direktorning umumiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari
Bosh hisobchi
Xodimlar bilan ishlash boʻyicha bosh mutaxassis
Milliy tarbiya, mutafakkirlar va jadidlarning pedagogik taʼlimotlari ilmiy-tadqiqot boʻlimi
2
Inklyuziv taʼlim-tarbiya metodikasi ilmiy-tadqiqot boʻlimi
2
“Mahalla — oila — maktab hamkorligi” ilmiy-tadqiqot boʻlimi
2
Yuriskonsult
Xalqaro pedagogik tajribalar ilmiy-tadqiqot boʻlimi
2
Matbuot kotibi
“Ota-onalar universiteti” va tarbiyaviy jarayonlarning metodik taʼminoti ilmiy-tadqiqot boʻlimi
3
Milliy tarbiya jarayonlarini tashkil etish va boshqarish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot boʻlimi
“Tarbiyaviy ishlar metodikasi” jurnali, “Fizika, matematika va informatika” ilmiy-metodik jurnali, “Uzluksiz taʼlim” ilmiy-metodik jurnali**
Ilmiy va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash ilmiy-tadqiqot boʻlimi
3
Milliy tarbiyaning raqamli pedagogik taʼminoti ilmiy-tadqiqot boʻlimi
3
Izoh: Xodimlarning umumiy cheklangan soni — 33 nafar, shundan, maʼmuriy boshqaruv xodimlari — 8 nafar, ilmiy xodimlar — 20 nafar.
* Maʼmuriy boshqaruv xodimlari — 2 nafar va ilmiy xodimlar — 3 nafar.
** Budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga moliyalashtiriladi.
Ilmiy yordamchi, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni ilmiy tashkilotlar uchun belgilangan normativlar boʻyicha aniqlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-avgustdagi 531-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 19-maydagi 312-son qarorining 9-bandi beshinchi xatboshisidagi “2024/2025” raqamlari “2025/2026” raqamlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat ilmiy tashkilotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bazaviy moliyalashtirishga oʻtkazish toʻgʻrisida” 2021-yil 26-maydagi 326-son qarorida:
a) 1-ilovaning II boʻlimi 1-pozitsiyasi chiqarib tashlansin;
b) 2-ilovaning II boʻlimi 22-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 681-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik oʻquv kurslarida oʻqitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
“10. Taʼlimda menejment yoki taʼlimda boshqaruv mutaxassisligi boʻyicha magistr darajasiga ega boʻlgan nomzodlar oʻquv kursida oʻqimasdan, sertifikat olish boʻyicha yakuniy sinov jarayonlarida ishtirok etishlari mumkin.
Taʼlimda menejment yoki taʼlimda boshqaruv ixtisosligi boʻyicha ilmiy darajaga ega boʻlgan nomzodlar uchun sertifikat ularning arizasiga asosan toʻgʻridan-toʻgʻri beriladi”;
“11. Arizalar kalendar yil davomida uzluksiz qabul qilinadi”;
g) quyidagi mazmundagi 141-band bilan toʻldirilsin:
“141. Oʻquv kurslarida oʻqish talabini bildirgan nomzodlar va direktorlar xohish va istaklaridan kelib chiqqan holda, navbatdan tashqari oʻquv kurslari tashkil etilishi mumkin.
Navbatdan tashqari oʻquv kursida oʻqitish toʻlov miqdori Institut tomonidan belgilanadi va bunda oʻqish talabini bildirganlar nomzod sifatida oʻquv kurslarida ishtirok etadi”;
“22. Oʻquv kurslarida bir nafar nomzod uchun oʻqitish xarajatlarining toʻlov miqdori asoslangan kalkulyatsiyaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan kelishilgan holda Institut tomonidan tasdiqlanadi”;
“32. Yakuniy sinov topshiriqlari Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan dasturlar asosida Institut tomonidan yetakchi olimlar va malakali mutaxassislar, shuningdek, nodavlat tashkilotlar vakillarini shartnoma asosida jalb qilgan holda ishlab chiqiladi”;
ikkinchi xatboshi “sertifikat beriladi.” soʻzlaridan keyin “Bunda nomzodlar har bir yoʻnalish boʻyicha kamida 50 foiz ball yigʻishi talab etiladi.” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“38. Belgilangan ballni toʻplay olmagan nomzodlar bir yil ichida navbatdagi bitta yakuniy sinovda ishtirok etish huquqiga ega.
Birinchi marta yakuniy sinovdan oʻta olmagan direktorlar ikki oy ichida bir marta yakuniy sinovda ishtirok etishi mumkin. Ushbu muddat ichida yakuniy sinovda ishtirok etmagan yoki ikkinchi yakuniy sinovda ham belgilangan ballni toʻplay olmagan direktorlar belgilangan tartibda lavozimidan ozod etiladi.
Nomzodlar va direktorlar navbatdagi yakuniy sinovda ishtirok etish uchun maxsus portal orqali elektron shaklda ariza beradi.
Navbatdagi yakuniy sinovda ishtirok etish uchun nomzodlar va direktorlardan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida toʻlov undiriladi.
Ikkinchi marta ham yakuniy sinovlarda belgilangan ballni toʻplay olmagan nomzodlar qayta oʻquv kursida oʻqiganidan soʻng yakuniy sinovlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladi”;
k) 44-banddagi “olti oy” soʻzlari “bir yil” soʻzlari bilan almashtirilsin;
l) quyidagi mazmundagi 471-band bilan toʻldirilsin:
“471. Yakuniy test sinovlari va keys topshiriqlari bazasini shakllantirish, sinovlarni tashkillashtirish va oʻtkazish Vazirlik belgilaydigan tizim tashkiloti tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Bunda yakuniy test sinovlari va keys topshiriqlarini oʻtkazish uchun Institut tomonidan Vazirlik tomonidan belgilanadigan tizim tashkilotiga yakuniy sinovlarda ishtirok etgan har bir nomzod uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida mablagʻlar oʻtkaziladi”;
m) 48-banddagi “yozma yoki” soʻzlari “maxsus portal orqali” soʻzlari bilan almashtirilsin;
n) 51-band “apellyatsiya natijasi” soʻzlaridan keyin “maxsus portal orqali” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
o) 57-band “uch kun muddatda” soʻzlaridan keyin “maxsus portal orqali” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
p) 60-bandning birinchi xatboshisi “Markaz tomonidan” soʻzlaridan keyin “maxsus portal orqali” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
1-bosqichning “Muddatlar” ustunidagi “5-sanasiga qadar” soʻzlari “Doimiy” soʻzi bilan almashtirilsin;
2-bosqichning “Tadbirlar” ustunidan “jamoada ishlash va ota-onalar bilan muloqot qilish, boshqaruv, moliyaviy hisob-kitoblarni amalga oshirish hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari koʻnikmalari boʻyicha” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 09/24/531/0664-son; 01.03.2025-y., 09/25/130/0199-son; 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)