1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligining ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 14-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3551]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 319-son “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligining ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir J. MIRZAMAHMUDOV
Toshkent sh.,
2024-yil 8-iyul,
90-son
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirining 2024-yil 8-iyuldagi 90-son buyrugʻiga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligining ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
1. Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi “Oʻzdavenergonazorat” boshligʻining 2008-yil 9-sentabrdagi 168-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1864, 2008-yil 10-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 40-41-son, 419-modda) bilan tasdiqlangan Reaktiv quvvat kompensatsiyasi boʻyicha ishlarni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 28-bandidagi “2018-yil 12-yanvardagi 22-son” degan soʻzlar “2024-yil 31-maydagi 319-son” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2017-yil 6-martdagi 2-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2871, 2017-yil 31-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 13-son, 211-modda) bilan tasdiqlangan Elektr energiyasini elektr tarmoqlari boʻylab uzatish va taqsimlashda texnologik yoʻqotishlarning normativlarini hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning 17-bandidagi “2018-yil 12-yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalarining 75-bandiga” degan soʻzlar “2024-yil 31-maydagi 319-son qarori bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalarining 93-bandiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi hamda Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasining 2018-yil 7-fevraldagi 3 va 2-son qaroriga (roʻyxat raqami 3005, 2018-yil 4-may) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2018-y., 10/18/3005/1167-son) bilan tasdiqlangan Energiya resurslarini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish doirasida elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olishning zamonaviy asboblarini oʻrnatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 5 va 17-bandlaridagi “2018-yil 12-yanvardagi 22-son” degan soʻzlar “2024-yil 31-maydagi 319-son” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 10/24/3551/0660-son; 28.10.2025-y., 10/25/2871-2/0990-son)