Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi OʻRQ-748-son “Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 31-martdagi 01-02/13-20-son qarori (roʻyxat raqami 3296, 2021-yil 4-may) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2021y., 10/21/3296/0410-son) bilan tasdiqlangan Dastlabki, davriy va toʻliq boʻlmagan bojxona yuk deklaratsiyalarini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
5-banddan “tovar yuk joʻnatuvchi mamlakatda ortilganligini tasdiqlovchi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
“Agar ushbu Nizomning 40-bandi toʻrtinchi xatboshisida koʻrsatib oʻtilgan shartli chiqarib yuborilgan tovarlar uchun taqdim etilmagan muvofiqlik sertifikatini yoki sanitariya-epidemiologiya xulosasini olish talab etilsa, ushbu tovarlardan foydalanish, ularni uchinchi shaxslarga berish, shu jumladan ularni sotish yoki oʻzga usulda boshqa shaxsga oʻtkazish orqali berish taqiqlanadi, mazkur tovarlarni olib kirishga doir cheklovlar ushbu tovarlarning sifati va xavfsizligi tekshirilishi munosabati bilan belgilangan hollarda esa har qanday shaklda foydalanish (ishlatish) taqiqlanadi.”.