Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-son “Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2012-yil 29-dekabrdagi 175-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2456, 2013-yil 13-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 20-son, 260-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalarining ichki tartib qoidalarining
180-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.