1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik toʻgʻrisidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Nukus yoshlar texnoparki faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida
Iqtidorli yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish, ularni innovatsion tadbirkorlikka keng jalb qilishda zamonaviy shart-sharoit yaratish, mamlakat ilm-fanining xalqaro miqyosidagi raqobatbardoshligini taʼminlash, mavjud innovatsion infratuzilmalarning salohiyatini yanada mustahkamlash hamda ularning innovatsion salohiyatini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.04.00 Agentliklar, inspeksiyalar va boshqa idoralar]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) har yili kamida bir marta:
tegishli hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning yechimiga qaratilgan yangi turdagi mahsulot va texnologik yechimlarning prototiplarini yaratish uchun alohida startap loyihalar tanlovini eʼlon qilsin;
qoida tariqasida, xar yili oktabr oyida Orolboʻyi mintaqasida ekologik muammolar yechimiga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish yuzasidan konferensiya oʻtkazsin;
iqtisodiyot sohalaridagi korxonalar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda joriy etishga tayyor loyihalar koʻrgazmasini tashkil etsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.02.00 Fan va fan-texnika faoliyati sohasini boshqarish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.16.00 Tanlovlar. Koʻriklar. Festivallar]
2. Belgilansinki:
Agentlik tomonidan Nukus yoshlar texnoparki va hududlarda tashkil etilayotgan Yoshlar texnoparklaridagi (keyingi oʻrinlarda — texnoparklar) muvaffaqiyatli startap loyihalarini qoʻllab-quvvatlash, xalqaro miqyosida rivojlantirish maqsadida ularning mualliflarini robototexnika, mexatronika, axborot texnologiyalari, sunʼiy intellekt, qurilish va qishloq xoʻjaligi yoʻnalishlari boʻyicha har yili qisqa muddatli xorijiy stajirovkaga yuborish boʻyicha alohida tanlov tashkil etiladi;
Agentlik tomonidan ilmiy-innovatsion akselerator va biznes-inkubatorlarni tashkil etish asosida tashabbuskor talaba yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga yoʻnaltirish maqsadida 2025-yildan boshlab texnoparklarda “InnoX” biznes-inkubator dasturi yoʻlga qoʻyiladi;
Agentlik texnoparklar faoliyatini takomillashtirish maqsadida “InnoX” biznes-inkubator dasturi gʻoliblarining ilmiy gʻoya, startap va ilmiy loyihalarini “Boʻlajak olim” tanlovi doirasidagi mablagʻlar hisobidan moliyalashtiradi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.09.00 Ilmiy tekshirish muassasalarining moddiy-texnik bazasi]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
ikki oy muddatda texnoparklarning startap loyihalari mualliflarini xorijiy stajirovkaga yuborish boʻyicha tanlov shartlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
texnoparklarni zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash, xodimlari mehnatiga haq toʻlash, bino va inshootlarini saqlash, shuningdek, mazkur qarorda belgilangan vazifalarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish choralarini koʻrsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 20-avgust,
522-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-avgustdagi 522-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 22-maydagi 304-son qaroriga 2-ilovada:
“Hujjatlar ilmiy tashkilot va taʼlim muassasalari qabul komissiyasi tomonidan 15-sentabrdan 15-oktabrgacha boʻlgan davrda Yagona elektron tizim yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.”;
“41. Mustaqil izlanuvchilikka talabgor quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan ilmiy tashkilot yoki taʼlim muassasasiga Yagona elektron tizim yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi:”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Respublika hududlarida Yoshlar texnoparklarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 22-maydagi 313-son qarorida:
a) 1-banddagi “Innovatsion rivojlanish vazirligi” soʻzlari “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “Innovatsion rivojlanish vazirligi” soʻzlari “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshidagi “Innovatsion rivojlanish vazirligi” soʻzlari “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“hududlardagi yoshlarni innovatsion faoliyatga keng jalb qilish va ularning gʻoyalarini takomillashtirish hamda yangi bosqichga olib chiqish maqsadida inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarini tashkil etish”;
“Texnoparklar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tizimidagi davlat muassasasi hisoblanadi”;
uchinchi xatboshidagi “Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi” soʻzlari “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “Innovatsion rivojlanish vazirligi” soʻzlari “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“2020 — 2024-yillarda respublika hududlarida Yoshlar texnoparklarini bosqichma-bosqich tashkil etish reja-jadvali (keyingi oʻrinlarda — reja-jadval) 1-ilovaga muvofiq;”;
d) 5-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Innovatsion rivojlanish vazirligining” soʻzlari “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 6-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “innovatsion rivojlanish vaziri” soʻzlari “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi direktori” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sh.R. Rajabbayev zimmasiga yuklansin”;
z) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2020 — 2024-yillarda respublika hududlarida Yoshlar texnoparklarini bosqichma-bosqich tashkil etish
REJA-JADVALI
T/r
Hudud nomi
Joylashish joyi
Amalga oshirish muddati
1.
Andijon viloyati
Andijon shahar
2021-yil
2.
Toshkent viloyati
Ohangaron shahar
3.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Nukus shahar
2022-yil
4.
Samarqand viloyati
Samarqand shahar
5.
Sirdaryo viloyati
Guliston shahar
6.
Navoiy viloyati
Navoiy shahar
2023-yil
7.
Buxoro viloyati
Buxoro shahar
2024-yil
8.
Namangan viloyati
Namangan shahar
9.
Fargʻona viloyati
Fargʻona shahar
10.
Xorazm viloyati
Urganch shahar
11.
Jizzax viloyati
Jizzax shahar
12.
Surxondaryo viloyati
Termiz shahar
13.
Qashqadaryo viloyati
Qarshi shahar
”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.08.2024-y., 09/24/522/0634-son; 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son)