Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Qurilish, transport va aloqa kompleksi faoliyatini takomillashtirish hamda uning ish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Kapital qurilish boʻlimining transport va aloqa shuʼbasi negizida Vazirlar Mahkamasi apparati xodimlarining umumiy sonini 2 nafarga koʻpaytirgan holda 5 xodimdan iborat mustaqil Transport va aloqa boʻlimi tashkil etilsin.
2. Kapital qurilish, transport va aloqa boʻlimi Qurilish, binokorlik materiallari sanoati va kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimiga aylantirilsin.
3. Kompleks rahbari R. R. Yunusov oʻn kun muddatda Qurilish, binokorlik materiallari sanoati va kommunal xizmat koʻrsatish boʻlimi hamda Transport va aloqa boʻlimi toʻgʻrisidagi nizomni belgilangan tartibda tasdiqlasin.