Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining
96-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2020-yil 1-iyundagi 2020-22-son qarori (roʻyxat raqami 3256, 2020-yil 30-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2020-y., 10/20/3256/1046-son) bilan tasdiqlangan Undirilishi umidsiz deb eʼtirof etilgan soliq qarzini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
Muqaddimadagi “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonuniga” degan soʻzlar “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Qonuniga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2.
4-band “yakka tartibdagi tadbirkor” degan soʻzlardan keyin “yoki jismoniy shaxs” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
ikkinchi xatboshidagi “bankrotlik” degan soʻz “toʻlovga qobiliyatsizlik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“jismoniy shaxsning mol-mulkini sotish tartib-taomilini tamomlash toʻgʻrisidagi sud ajrimi, bundan sud ajrimida majburiyatlardan ozod etish qoidasi qoʻllanilmasligi koʻrsatilgan holatlar hamda toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish tamomlanganidan keyin sud tomonidan qarzdor jismoniy shaxsni majburiyatlardan ozod etish haqidagi qoida qoʻllanilmasligi toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan holatlar mustasno.”.