Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining
ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi qoʻshimchalar kiritilsin:
tadbirkorlik subyektlariga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni ragʻbatlantirish yuzasidan yuqori barqarorlik reytingi toifasidagi tadbirkorlik subyektlarining faoliyatida soliq tekshiruvlari oʻtkazilmasligi;
ushbu toifadagi tadbirkorlik subyektlariga qoʻshilgan qiymat soligʻi summasining oʻrni bir kun muddatda tekshiruvlarsiz qoplanishi (qaytarilishi) munosabati bilan ularning faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarini oʻzaro muvofiqlashtirish.
2. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil manfaatdor vazirlik hamda idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi raisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
1. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-avgustdagi 489-son qarori bilan tasdiqlangan Qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi
nizomda:
2-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi boʻyicha “AAA” toifadagi tadbirkorlik subyektlariga (davlat korxonalari hamda ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushi mavjud boʻlgan yuridik shaxslar bundan mustasno) soliqning salbiy farq summasi bir kun muddatda tekshiruvlarsiz ushbu Nizomga 11-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq qoplanadi (qaytariladi)”;
quyidagi mazmundagi 11-ilova bilan toʻldirilsin:
2. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning
2-bandi quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi boʻyicha “AAA” toifadagi tadbirkorlik subyektlarida (davlat korxonalari hamda ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushi mavjud boʻlgan yuridik shaxslar bundan mustasno) soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi (jinoiy ishlar doirasida oʻtkaziladigan tekshiruvlar bundan mustasno)”.