Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi
Qonunini bajarish yuzasidan hamda mehnatni muhofaza qilishni davlat tomonidan boshqarishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi zimmasiga mehnatni muhofaza qilish boʻyicha quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirish yuklansin:
mulkchilik va xoʻjalik yuritish shakllaridan qatʼi nazar, barcha korxonalar uchun mehnatni muhofaza qilish boʻyicha normativ bazani ishlab chiqish va mehnatni muhofaza qilish sohasidagi yagona talablarni tuzish;
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha davlat kompleks va boshqa maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va ularning bajarilishini nazorat qilish;
jamoani va ishlovchilarni yakka tartibda himoyalash vositalari hamda ishlab chiqarish muhitini nazorat qilish asboblarini yaratish, ularni ishlab chiqarish va ular bilan taʼminlanganlik ustidan nazorat oʻrnatish;
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha davlat nazoratni olib borish va hamma joyda qonunchilik va boshqa normativ hujjatlarga rioya qilinishini tekshirish, Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi vakolatiga kiritilgan masalalar bundan mustasnodir.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi mehnatni muhofaza qilishni davlat tomonidan boshqarish masalalarida bosh organ sifatida belgilansin.
Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi oʻz vakolati doirasida mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha qabul qilgan qarorlar, faoliyat turlari va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, uyushmalar, birlashmalar, muassasalar, tashkilotlar va korxonalar, mahalliy boshqaruv organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi shartdir.
3. Mehnat vazirligi tarkibida Mehnatni muhofaza qilish boshqarmasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat vazirligida, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat, ish bilan taʼminlash hamda aholini ijtimoiy himoya qilish boshqarmalarida belgilangan xodimlar soni doirasida tegishli boʻlinmalar tuzilsin.
4. Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan holda Toshkent mehnatni muhofaza qilish ilmiy-tadqiqot instituti Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tizimiga kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi bir oy muddatda mehnatni muhofaza qilish muammolari boʻyicha tadqiqotlar dasturini, ularni mablagʻ bilan taʼminlash hajmlarini aniqlash uchun, fan va texnika davlat qoʻmitasi taqdim etsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi ikki oy muddatda manfaatdor organlar bilan kelishilgan holda Mehnatni muhofaza qilish boshqarmasi toʻgʻrisidagi
Nizom loyihasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin.