1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni taʼminlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.08.00 Tabiiy muhitni himoya qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik;
3.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish;
2.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ichki ishlar organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-avgustdagi “Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni tashkil etish tizimini isloh qilish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-189-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, ichki ishlar organlarining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish faoliyatiga doir ayrim tashkiliy masalalarni tartibga solish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 12-iyul,
PQ-253-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-iyuldagi PQ-253-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-dekabrdagi “Jamoat xavfsizligini taʼminlash samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4075-son qarorining 6-bandida:
a) “a” kichik band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlari tomonidan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlikka tortish choralari koʻrilishi natijasida jarima sifatida undirilgan mablagʻlarning 10 foizi miqdordagi pul mablagʻlari”;
v) “v” kichik band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlikka tortish choralarini koʻrgan ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlarini jarima sifatida undirilgan mablagʻlarning 10 foizi miqdordagi pul mukofoti bilan ragʻbatlantirish”;
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-171-son qarorining 8-ilovasi quyidagi mazmundagi 21 va 22-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
“
21.
Ichki ishlar organlari profilaktika (bosh, katta, kichik) inspektorlari tomonidan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlikka tortish choralari koʻrilishi natijasida jarima sifatida undirilgan mablagʻlar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-avgustdagi PF-189-son Farmoni
90
10 % — Ichki ishlar vazirligi huzuridagi huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini rivojlantirish jamgʻarmalari
22.
Ichki ishlar organlari patrul-post xizmati xodimlari tomonidan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlikka tortish choralari koʻrilishi natijasida jarima sifatida undirilgan mablagʻlar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-avgustdagi PF-189-son Farmoni
90
10 % — Ichki ishlar vazirligi jamoat tartibini saqlash tizimini rivojlantirish jamgʻarmalari
”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-sentabrdagi “Xavfsiz shahar” yagona integratsiyalashgan tizimlarini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-318-son qaroriga 2-ilovaning “V. “Xavfsiz shahar” tizimlarini rivojlantirish markazi davlat muassasasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash” boʻlimi chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2024-y., 07/24/253/0507-son)