Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Vazirlar Mahkamasining “Yarmarka savdosini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 13-noyabrdagi 391-son
qaroriga 1, 3 va 4-ilovalarga qisman oʻzgartirishlar kiritish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
“Oʻzbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyasi Savdoni tashkil etish va ulgurji yarmarkalar faoliyatini muvofiqlashtirish departamentining nooziq-ovqat tovarlar boshqarmasi boshligʻi S.L. Xojiberganov Yarmarka savdolari oʻtkazish boʻyicha respublika kengashining kotibi etib tasdiqlansin, M.R. Azamatov bu vazifadan ozod qilinsin;
“Oʻzbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyasi Savdoni tashkil etish va ulgurji yarmarkalar faoliyatini muvofiqlashtirish departamentining oziq-ovqat tovarlari boshqarmasi boshligʻi N.T. Ahmadjonov Oziq-ovqat tovarlari boʻyicha yarmarka qoʻmitasining kotibi etib tasdiqlansin, M.M. Hakimov bu vazifadan ozod qilinsin;
“Oʻzbeksavdo” aksiyadorlik kompaniyasi Savdoni tashkil etish va ulgurji yarmarkalar faoliyatini muvofiqlashtirish departamentining nooziq-ovqat tovarlar boshqarmasining yetakchi mutaxassisi R.Sh. Abdullayev Yengil sanoat tovarlari boʻyicha yarmarka qoʻmitasining kotibi etib tasdiqlansin, S.S. Azizov bu vazifadan ozod qilinsin.