1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimi soddalashtirilganligi, byurokratik toʻsiqlar qisqartirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Elektron shaklda foydalaniladigan davlat xizmatlarining salmogʻini oshirish, davlat xizmatlarini koʻrsatishga doir tartiblarni soddalashtirish hamda qonunchilik hujjatlarining oʻzaro muvofiqligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
elektron raqamli imzoning amal qilish muddatini tugatish asoslarini belgilash;
bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga qabul qilish uchun rasmiylashtirilgan yoʻllanmalarni maktabgacha taʼlim tashkilotiga axborot tizimi orqali yuborish tartibini joriy etish;
ayrim davlat xizmatlaridan foydalanish uchun marhumning yaqin qarindoshlariga ariza bilan murojaat qilish vakolatini berish;
avtomobil transportida yoʻlovchilarni tashish faoliyatiga litsenziya olish hamda oʻzini oʻzi band qilgan shaxsni davlat soliq xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtkazish xizmatlaridan kompozit shaklda foydalanish tartibini joriy etish.
2. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi:
oʻzini oʻzi band qilgan shaxsni davlat soliq xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtkazishda foydalaniladigan axborot tizimidagi maʼlumotlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga taqdim etilishining uzluksizligini taʼminlasin;
Adliya vazirligi tomonidan vafot etgan shaxslar haqida taqdim etilgan maʼlumotlar asosida marhumning amalda boʻlgan elektron raqamli imzo kalitlarining amal qilishini tugatish choralarini koʻrsin.
3. Raqamli texnologiyalar vazirligi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A.J. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 3-iyul,
380-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 3-iyuldagi 380-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali toʻgʻrisidagi nizomning 13-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“13. Elektron davlat xizmatini koʻrsatish reglamentlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentida:
a) 3-bandning ikkinchi xatboshisidagi “maktabgacha taʼlim boʻlimi” soʻzlari “maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 7-bandning birinchi xatboshisi, 16-bandning beshinchi xatboshisi, 20, 25 va 27-bandlardagi tegishli kelishikdagi “Maktabgacha taʼlim vazirligi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Maktab va maktabgacha taʼlim vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“8. Ota-onalar, ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (farzandlikka oluvchilar, vasiylar va homiylar), bolalarning yaqin qarindoshlari (bobosi, buvisi, voyaga yetgan akasi yoki opasi) yoki uchinchi shaxslar (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchilar) yoʻllanmalar olish uchun Davlat xizmatlari markazlariga oʻzlari kelib murojaat qiladilar yoki elektron shaklda davlat xizmatlaridan foydalanish uchun otasi yoki onasi (farzandlikka oluvchisi) mustaqil ravishda YIDXPda roʻyxatdan oʻtadilar.
Davlat xizmatidan kompleks tarzda foydalanish uchun Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga tugʻilishni qayd etish bilan bir vaqtda murojaat qilish mumkin.
Bolani YIDXP orqali tashkilotga navbatga qoʻyish (soʻrovnomadagi telefon raqamini oʻzgartirish) faqat uning otasi yoki onasi (farzandlikka oluvchisi) tomonidan amalga oshiriladi”;
birinchi xatboshidagi “Maktabgacha taʼlim vazirligining” soʻzlari “Maktab va maktabgacha taʼlim vazirligining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Ariza beruvchi bolani tashkilotga qabul qilish shartlari, amalga oshiriladigan toʻlovlar, oʻzaro huquq-majburiyatlarni oʻzida aks ettiruvchi ommaviy ofertani tasdiqlaydi”;
e) 10-band quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“soʻrovnoma yuborilgandan soʻng uni istalgan vaqtda bekor qilish”;
“Bunda har bir kiruvchi SMS-xabar uchun toʻlovlar ariza beruvchi Davlat xizmatlari markazlari orqali ariza yuborganda — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan, YIDXP orqali murojaat qilganda — Raqamli texnologiyalar vazirligining Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan belgilangan miqdorda amalga oshiriladi”;
z) quyidagi mazmundagi 181-band bilan toʻldirilsin;
“181. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun bergan soʻrovnomasidagi telefon raqamini istalgan vaqtda oʻzgartirishi mumkin. Ariza beruvchi soʻrovnomadagi telefon raqamini oʻzgartirish boʻyicha Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelgan holda yoki YIDXP orqali elektron murojaat qiladi. Bunda soʻrovnomadagi telefon raqami yangi kiritiladigan telefon raqamiga keladigan tasdiqlash kodini kiritish yoʻli bilan oʻzgartiriladi”;
“agar bolalar egizak boʻlsa, bir vaqtda egizaklarning soʻrovnomalari (guruhda ikkinchi bolaga boʻsh oʻrin boʻlmagan taqdirda, guruhning quvvatini oshirish hisobiga)”;
k) 21-bandning uchinchi xatboshisidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi va viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalari” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“22. MTBAT tomonidan bolalarni tashkilotga joylashtirish boʻyicha yoʻllanma shakllanganligi haqidagi xabarnomalar tanlangan tashkilotga va ariza beruvchining telefon raqamiga yuboriladi”;
“23. Bolalarni tashkilotga qabul qilish ariza beruvchi xabarnomadagi tasdiq kodini taqdim etgan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida tashkilotning buyrugʻini chiqarish orqali rasmiylashtiriladi.
Bolalarni tashkilotga qabul qilish tashkilotning yoki buyruq rasmiylashtirishda ishtirok etuvchi boshqa idoralarning aybi bilan kechikkanda, yoʻllanma oʻz kuchida qoladi.
Bolalarni tashkilotlarga xabarnomasiz qabul qilish taqiqlanadi, ushbu Reglamentning 20 va 21-bandlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno”;
“Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilish ishlarini amalga oshirish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddati
1-bosqich
Maktab va maktabgacha taʼlim vazirligi
Maktabgacha taʼlim axborot tizimi hamda rasmiy veb-saytida oʻz tizimidagi tashkilotlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning joylashtirilishini va ularning muntazam onlayn tarzda yangilab borilishini taʼminlash
Doimiy ravishda
2-bosqich
Ariza beruvchi
Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qilish yoki davlat xizmatlaridan foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtish
Xohishiga koʻra
3-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
Soʻrovnomani maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimiga kiritish
1. 1 soat ichida
2. Avtomatik tarzda
4-bosqich
Maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimi
a) bolaning tashkilotga qabul qilinganligi boʻyicha yoʻllanma shakllanganligi haqidagi xabarnomani rasmiylashtirish — koʻrsatilgan tashkilot guruhida boʻsh joy mavjud boʻlsa;
b) soʻrovnomani tegishli ravishda umumiy yoki imtiyozli roʻyxatga kiritish, shuningdek, navbatga qoʻyilganligi haqida xabarnomani rasmiylashtirish — koʻrsatilgan tashkilot guruhida boʻsh joy mavjud boʻlmasa;
v) xabarnomani tanlangan tashkilotga va ariza beruvchining telefon raqamiga yuborish.
Avtomatik tarzda
5-bosqich
Ariza beruvchi
Bolalarni tashkilotga qabul qilish boʻyicha xabarnomadagi tasdiq kodini tashkilotga taqdim etish.
Xabarnoma shakllangandan soʻng 15 ish kunida
6-bosqich
Maktabgacha taʼlim tashkiloti
Tasdiq kodi asosida bolani tashkilotga qabul qilish boʻyicha buyruq chiqarish.
Tasdiq kodi tashkilotga taqdim etilgandan soʻng 2 ish kunida
”.
3. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 10-maydagi 348-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat xizmatlari markazlari yoki onlayn tarzda (masofadan turib) rasmiy axborot resurslari orqali elektron raqamli imzo kalitini roʻyxatga olish va elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentida:
“Bunda Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, soʻrovnoma ariza beruvchining shaxsi biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) usuli orqali tasdiqlanadi.
Yagona portal yoki rasmiy axborot resursi orqali murojaat qilingan hollarda, murojaat qiluvchi mustaqil ravishda ushbu Maʼmuriy reglamentga 2-ilovaga muvofiq elektron shaklda davlat xizmatlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi soʻrovnomani toʻldiradi hamda shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) orqali oʻz shaxsi va maʼlumotlarini tasdiqlaydi”;
“Yagona portal yoki rasmiy axborot resursi orqali toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllangan ERI kalitining sertifikatini berish toʻgʻrisidagi soʻrovnoma vakolatli organning axborot tizimiga kelib tushadi”;
“11. Vakolatli organning axborot tizimida Davlat xizmatlari markazi tomonidan yuborilgan va Yagona portal yoki rasmiy axborot resursi orqali kelib tushgan maʼlumotlar koʻrib chiqilib, real vaqt rejimida ERI kalitining sertifikati rasmiylashtiriladi yoki ERI kalitining sertifikatini berish asosli ravishda rad etiladi”;
d) 17-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisidan “(shu jumladan, soʻrovnomada koʻrsatilgan mobil aloqa abonent raqami murojaat qiluvchiga tegishli emasligi)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
e) quyidagi mazmundagi 281-band bilan toʻldirilsin:
“281. ERI kaliti sertifikatining amal qilishi quyidagi holatlarda tugatiladi:
ERI kalitining egasi vafot etganda;
ERI kaliti egasi ERI kaliti sertifikatining amal qilish muddatini tugatish boʻyicha murojaat qilganda;
yuridik shaxs tugatilganda.
Mazkur bandning ikkinchi va toʻrtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan holatlarda ERI kaliti sertifikatining amal qilishi ERI kaliti egasining murojaatlarisiz tugatiladi”;
“Davlat xizmatlari markazlari yoki onlayn tarzda (masofadan turib) rasmiy axborot resurslari orqali elektron raqamli imzo kalitini roʻyxatga olish va elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1a-ILOVA
Yagona portal yoki rasmiy axborot resursi, shuningdek, mobil ilovada shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) tizimi bilan tasdiqlash orqali davlat organlari va tashkilotlari hamda tijorat banklari tomonidan koʻrsatiladigan barcha turdagi xizmatlardan erkin foydalanishni taʼminlaydigan elektron raqamli imzo kalitining sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddati
1-bosqich
Murojaat qiluvchi
1. ERI kaliti sertifikatini olish uchun soʻrovnomani va unga ilova qilinadigan hujjatlarni Yagona portal yoki rasmiy axborot resursi orqali vakolatli organga shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) tizimi bilan tasdiqlab yuborish.
Xohishiga koʻra
2. Davlat xizmatini koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlash.
Murojaat qilinganda
2-bosqich
Vakolatli organ
1. Taqdim etilgan maʼlumotlarni koʻrib chiqish.
2. ERI kalitlarini roʻyxatga olish va ERI sertifikatini rasmiylashtirish yoki rad etish xabarnomasini tayyorlash.
3. ERI kaliti sertifikatini reyestrga kiritish va SMS-xabar shaklida ERI sertifikatining olinganligini tasdiqlash toʻgʻrisida axborot joʻnatish.
4. Rasmiylashtirilgan ERI kaliti sertifikatini yoki asoslangan sabablarga koʻra rad etish xabarnomasini murojaat qiluvchiga yuborish.
Avtomatik tarzda
3-bosqich
Murojaat qiluvchi
1. Yagona portal yoki rasmiy axborot resursidagi shaxsiy kabinetdan ERI kaliti sertifikatini yoki asoslangan sabablarga koʻra rad etish xabarnomasini olish va olinganligini tasdiqlash.
2. ERI kalitining sertifikatini hamda chop etishga moʻljallangan elektron hujjat shaklidagi nusxasini yuklab olganligi haqida tasdiqlagan holda vakolatli organni xabardor qilish.
1 soat ichida
”;
z) 2-ilovadagi soʻrovnomaning “2-1-4” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jismoniy shaxsning biometrik pasport (ID-karta) seriyasi va raqami yoki JShShIR maʼlumotlari”.
4. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-iyuldagi 636-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomobil transportida yoʻlovchilarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro, shuningdek, yuklarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash yuzasidan davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentining 15-bandida:
a) quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Ariza beruvchi ushbu davlat xizmati boʻyicha soʻrovnoma toʻldirayotganda, oʻzini oʻzi band qilgan shaxsni davlat soliq xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtkazish xizmatidan kompozit usulda foydalanishi mumkin”;
5. Vazirlar Mahkamasining “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qaroriga 1-ilovada:
b) 15-bandning ikkinchi xatboshisi “ERI bilan tasdiqlangan xabarnoma” soʻzlaridan keyin “(PDF shakldagi dalolatnoma ilova qilingan holda)” jumlalari bilan toʻldirilsin;
v) 2-ilovaning “I (jis.) Ariza beruvchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:” boʻlimi quyidagi mazmundagi 21-22-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
“
21. F.I.O. (vafot etgan shaxs nomidan uning yaqin qarindoshlari murojaat qilganda):
22. Vafot etgan shaxsning va ariza beruvchining pasport maʼlumotlari (seriyasi va raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (mavjud boʻlsa):
”.
6. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomda:
a) 10-ilovaning 5-pozitsiyasi uchinchi ustuni quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan toʻldirilsin:
“g) muassis bitta shaxsdan iborat boʻlsa, tahririyat ustavi (nizomi)”;
b) 16-ilovaning 5-pozitsiyasi uchinchi ustunidagi “b” kichik band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“b) ov qurolini saqlash va olib yurish uchun amaldagi ruxsatnomaning nusxasi (jismoniy shaxslar uchun) vakolatli organ tomonidan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali mustaqil ravishda soʻrab olinadi”;
8-pozitsiyaning uchinchi ustunidagi “15 ish kuni” soʻzlari “10 kun” soʻzlari bilan almashtirilsin;
9-pozitsiyaning uchinchi ustuni quyidagi mazmundagi “v” kichik band bilan toʻldirilsin:
“v) avtotransport vositasini bir vaqtning oʻzida ikki turdagi gaz (siqilgan tabiiy va suyultirilgan gaz) yoqilgʻisida ishlash uchun qayta jihozlash taqiqlanadi”;
12-pozitsiyaning uchinchi ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Avtomototransport vositasi qayta jihozlangan deb tan olinadigan oʻzgarishlar roʻyxati:
I. Avtomototransport vositasini bir turdan boshqa turga oʻzgartirish:
yengil turdan furgon turiga;
yengil turdan pikap turiga (kuzovini almashtirish sharti bilan);
yengil turdan yuk turiga (bortli, bortli-tentli);
yengil turdan maxsus turga;
yengil turdan refrejirator turiga;
yengil turdan yuk (bortli, bortli-tentli, tentli-furgon, bortli tentli furgon, yuk-furgon, izotermik furgon) turiga;
yengil (miniven) turidan mikroavtobus turiga;
yengil (miniven) turidan maxsus-Tez tibbiy yordam turiga;
yengil turdan maxsus-Tez tibbiy yordam turiga;
yengil turdan maxsus-harakat xavfsizligini taʼminlash turiga;
mikroavtobus turidan yuk-furgon turiga;
mikroavtobus turidan yuk-bortli turga;
mikroavtobus turidan yuk-bortli-tentli turga;
mikroavtobus turidan yuk-yoʻlovchi turiga;
mikroavtobus turidan maxsus turga;
avtobus turidan yuk-furgon turiga;
avtobus turidan yuk-bortli turga;
avtobus turidan yuk-bortli-tentli turga;
avtobus turidan yuk-yoʻlovchi turiga;
avtobus turidan maxsus turga;
avtobus turidan maxsus-axlat tashuvchi turiga;
avtobus turidan yuk furgon-izotermik turiga;
avtobus turidan yuk-refrejirator turiga;
avtobus turidan yuk bortli-tentli-furgon turiga;
avtobus turidan maxsus evakuator turiga;
avtobus turidan furgon turiga;
avtobus turidan maxsus-Tez tibbiy yordam turiga;
mikroavtobus turidan maxsus-Tez tibbiy yordam turiga;
avtobus turidan maxsus evakuator-manipulyator turiga;
avtobus turidan yuk-manipulyator turiga;
avtobus turidan yuk-oʻzi agʻdaruvchi turiga;
avtobus turidan maxsus tsisterna (xavfsiz yuklar, masalan, suv, sut mahsulotlari kabi) turiga;
beton-qorgich turidan yuk bortli tentli furgon turiga;
beton-qorgich turidan izotermik furgon turiga;
beton-qorgich turidan maxsus turiga;
beton-qorgich turidan maxsus tsisterna (xavfsiz yuklar, masalan, suv, sut mahsulotlari kabi) turiga;
qoʻshimcha oʻrindiq oʻrnatish yoki kamaytirish (olib tashlash);
avtotransport vositasiga ishlab chiqargan korxona tomonidan koʻzda tutilmagan antenna, sirena, ratsiya oʻrnatish;
ehtiyot (zaxira) gʻildiragini belgilanmagan joyda (orqa eshikka) oʻrnatish;
maxsus transport vositalariga yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqcha va (yoki) maxsus tovushli ishoralar beruvchi moslamalar oʻrnatish;
avtotransport vositasiga gaz ballon va jihozlarini oʻrnatish.
Raqamlangan agregatni (dvigatel, shassi, kuzov, rama) ayni shu marka va modeldagi avtomototransport vositasiniki bilan almashtirish yoki tayyorlovchi tashkilotlarning foydalanishga oid hujjatlarida nazarda tutilgan avtomototransport vositasining boshqa qismini (qismlarini) almashtirish avtomototransport vositasini qayta jihozlash hisoblanmaydi”.
7. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-noyabrdagi 613-son qarori bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomani elektron shaklda rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentining 13-bandi quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi maʼlumotlar bazasi orqali ariza beruvchining qarzdorlik holati tekshirilib, qarzdorlik mavjudligi aniqlangan taqdirda”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2024-y., 09/24/380/0487-son)