Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarida ekologik vaziyatni yaxshilash, muqobil energiya resurslaridan samarali foydalanishni taʼminlash va ragʻbatlantirish, shuningdek, “Ekologik transport” tizimini bosqichma-bosqich joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining
ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
quyosh fotoelektr stansiyalarini binolarning tom va fasad qismiga oʻrnatish boʻyicha loyiha hujjatlarini davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazish talabini bekor qilish;
atrof-muhitga yuqori va oʻrta darajadagi taʼsir koʻrsatuvchi sanoat korxonalari va ularga tutash hududlarda “yashil belbogʻlar” barpo etish va koʻkalamzorlashtirish tadbirlarini amalga oshirishni belgilash;
“Ekologik transport” tizimini bosqichma-bosqich joriy etishning muddatlarini belgilash.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
1.
Vazirlar Mahkamasining “Atrof-muhitga taʼsirni baholash mexanizmini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2020-yil 7-sentabrdagi 541-son
qarorida:
a) 1-ilovaning “Atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning III toifasiga kiradigan (past darajada xavfli) faoliyat turlari” boʻlimi
52-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“52. Quvvati 100 MVtgacha boʻlgan issiqlik, shuningdek, foto, shamol elektr stansiyalari (binolarning tom va fasad qismida oʻrnatishga moʻljallangan quyosh fotoelektr stansiyalari bundan mustasno) va boshqa yondirish qurilmalari”;
b) 2-ilovaning
43-bandi quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“atrof-muhitga taʼsir koʻrsatishning I va II toifalariga mansub sanoat korxonalari loyiha hujjatlarida oʻz va tutash hududlarida “yashil belbogʻ”lar barpo etilishi va koʻkalamzorlashtirish tadbirlarining nazarda tutilganligi”;
2. Vazirlar Mahkamasining “Atmosfera havosiga transport vositalarining salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2024-yil 29-martdagi 166-son
qarorida:
“a” kichik banddagi “2024-yil 1-iyundan” soʻzlari “2025-yil 1-martdan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-bandning
“a” kichik bandidagi “2024-yil 1-iyundan” soʻzlari “2025-yil 1-martdan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“a” kichik banddagi “2024-yil 1-iyunga” soʻzlari “2025-yil 1-aprelga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“v” kichik banddagi “ikki oy muddatda” soʻzlari “2025-yil 1-yanvarga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin.