1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.01 Umumiy qoidalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.04.04 (Кучини йўқотган) Muomaladagi tovarlarning garovi / 03.10.99.00 (Кучини йўқотган) Garov;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.01.00 Umumiy qoidalar;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.06.00 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik yigʻimi;
5.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.01.00 Umumiy masalalar;
6.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.02.00 Qimmatli qogʻozlar bozorining umumiy qoidalari;
7.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.13.00 Savdo, tadbirkorlik va moliya sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik;
8.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.01.00.00 Sudga oid umumiy masalalar va sud tuzilishi. Sud islohoti;
9.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.02.00.00 Sud tizimi / 17.02.03.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha sudi, fuqarolik ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari;
10.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari;
3.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish;
4.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar);
5.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar;
6.Moliya / Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori;
7.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Sud tuzilishi;
8.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Maʼmuriy javobgarlik]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUNLARIGA OʻZGARTIRIShLAR VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonunlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilsin:
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.09.00.00 Maʼmuriy javobgarlik / 16.09.13.00 Savdo, tadbirkorlik va moliya sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Maʼmuriy javobgarlik]
I. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda):
moddaning nomi “yuritish tartibini” degan soʻzlardan keyin “shuningdek toʻlov intizomini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
uchinchi qismning tavsif qismi “shu jumladan debitorlik qarzining muddati oʻtkazib yuborilgan hollarda buzish hamda korxonalarning hisob raqamida tegishli mablagʻlar boʻlgani holda toʻlovlarni amalga oshirishning belgilangan muddatlari tijorat banklarining shuʼbalari tomonidan buzilishi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
II. Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 84-modda; 1992-yil, № 10, 397-modda; 1993-yil, № 6, 242-modda) 19-moddasi quyidagi mazmundagi 4-1-band bilan toʻldirilsin:
“4-1. Tijorat banklari shuʼbalarining rahbarlari tomonidan toʻlovlar oʻz vaqtida oʻtkazilmagan va ularning gumashtalik hisob raqamlari qoniqarsiz ahvolda boʻlgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki ularga nisbatan quyidagi jazolarni qoʻllanishi mumkin:
bank shuʼbasining qonunga xilof harakati natijasida olingan qoʻshimcha daromadi miqdorida undan jarima puli undirish;
korxonalarning hisob raqami orqali toʻlovlar oʻtkazilishi kechikishiga muntazam ravishda yoʻl qoʻyib kelayotgan shuʼba tugatilishini tijorat bankidan talab qilish, basharti yuqorida qayd etilgan talabni bajarishdan asossiz ravishda bosh tortilgan taqdirda, bank operatsiyalarini bajarishi uchun mazkur bankka berilgan litsenziyani qaytarib olish”.
(III, IV va V-boʻlimlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi 397-I-son Qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.01.00 Umumiy qoidalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.02.00 Qimmatli qogʻozlar bozorining umumiy qoidalari]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar);
2.Moliya / Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori]
VI. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 5-mayda qabul qilingan “Qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalardan olinadigan soliq toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 5, 132-modda) 4-moddasi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlarida turistik faoliyat bilan shugʻullanuvchi yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar, tashkil etilgan paytdan boshlab dastlabki foyda olgunga qadar boʻlgan davrda, ammo davlat roʻyxatidan oʻtgan paytidan eʼtiboran uzogʻi bilan uch yil muddatga”.
(VII-boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi 397-I-son Qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son)
(VIII-boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998-yil 30-apreldagi 599-I-son Qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 83-modda)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.04.04 (Кучини йўқотган) Muomaladagi tovarlarning garovi / 03.10.99.00 (Кучини йўқотган) Garov]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Majburiyat huquqi. Majburiyatlarning alohida turlari]
IX. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Garov toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 17-modda; 1994-yil, № 11-12, 285-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda) 4-moddasi 1-bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Ashyolar, qimmatli qogʻozlar, pul mablagʻlari, shaxsiy yordamchi xoʻjalik yuritish, yakka tartibda uy-joy qurish uchun kim oshdi savdosi asosida olingan yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik huquqi, shuningdek savdo va xizmat koʻrsatish sohasi obyektlari, turar joy binolari ular joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda, boshqa mol-mulk va mulkiy huquqlar garov narsasi boʻlishi mumkin”.
(X-boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 6-dekabrdagi 311-II-son Qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 11-modda)
XI. Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 19-noyabrda qabul qilingan “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 1, 43-modda; 1993-yil, № 5, 236-modda; 1994-yil, № 11-12, 285-modda):
“davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish shakllarini mehnat jamoasining manfaatlarini hisobga olgan holda aniqlash”;
2) 4-moddaning 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Davlat tasarrufidan chiqarilishi, xususiylashtirilishi va sotib olinishi mumkin boʻlmagan korxonalar va mol-mulk turlari hamda guruhlarining roʻyxati, shuningdek davlat tasarrufidan chiqarilishi va xususiylashtirilishi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan amalga oshiriladigan obyektlar hamda korxonalarning roʻyxati Oliy Majlis tomonidan belgilanadi”;
3-banddagi “ikki oy ichida” degan soʻzlar “oʻn kun ichida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
modda quyidagi mazmundagi 4-band bilan toʻldirilsin:
“4. Davlat korxonasini ochiq tipdagi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi yoki uning hududiy organi tomonidan qabul qilinadi”;
4) 8-moddaning 2-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Davlat korxonasi ochiq tipdagi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotganda korxona rahbari davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga doir hujjatlarni tayyorlash uchun ishchi komissiya tuzadi. Komissiya bir oylik muddatda zarur hujjatlarni tayyorlab, davlat mulki obyektini tasarruf etuvchiga taqdim etadi. Zarur hujjatlar roʻyxatini Vazirlar Mahkamasi belgilaydi”;
5) 9-moddaning 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish obyektining sotuv narxini davlat mulki obyektlarini tasarruf etuvchi belgilaydi. Sotuv narxini belgilashda obyektning davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish vaqtidagi qiymatiga asoslaniladi hamda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish oʻtkazilayotgan paytda qaror topgan haqiqiy bahosi hisobga olinishi lozim”;
“respublika va mahalliy davlat boshqaruv organlari nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi yoki uning hududiy organlari”.
(XII-boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son Qonuniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.11.00.00 (Кучини йукотган) Mahalliy soliqlar va yigʻimlar / 07.11.06.00 (Кучини йукотган) Yuridik shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik yigʻimi]
[TSZ:
1.Moliya / Soliqlar (yigʻimlar, bojlar)]
XIII. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslardan roʻyxatga olganlik uchun undiriladigan yigʻim va bunday shaxslarni roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 1, 12-modda) 3-moddasining ikkinchi qismidagi “15 kundan kechiktirmay” degan soʻzlar “uch kunlik muddatda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
XIV. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 10, 267-modda):
1) 43-modda birinchi qismidagi “uning oʻrinbosarlari” degan soʻzlar “uning birinchi oʻrinbosari, oʻrinbosarlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 51-modda ikkinchi qismidagi “va uning oʻrinbosarlari” degan soʻzlar “uning birinchi oʻrinbosari, oʻrinbosarlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
sarlavhasidagi hamda birinchi qism birinchi xatboshisidagi “Raisining oʻrinbosarlari” degan soʻzlar “Raisining birinchi oʻrinbosari, oʻrinbosarlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“Oliy xoʻjalik sudining Raisi yoʻqligida uning vakolatini Raisning birinchi oʻrinbosari, birinchi oʻrinbosar ham yoʻqligida esa, Raisning oʻrinbosari amalga oshiradi”.