Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi
Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1994-yilning 1-iyulidan boshlab quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
SSSR Ministrlar Sovetining “Sovet xalqining Ulugʻ Vatan urushida qozongan Gʻalabaning 45 yilligi bayram qilinishi munosabati bilan oʻtkaziladigan tadbirlar toʻgʻrisida” 1990-yil 14-apreldagi 375-son qarori yuzasidan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1990-yil 14-maydagi 209-son qarorining 9-bandi va Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Prezidentining “Sovet xalqining Ulugʻ Vatan urushida qozongan Gʻalabasining 45 yilligi bayram qilinishi munosabati bilan Ulugʻ Vatan urushi nogironlariga, qatnashchilariga, baynalmilalchi jangchilarga va halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning oilalariga beriladigan qoʻshimcha imtiyozlar toʻgʻrisida” 1990-yil 8-maydagi Farmoni;
Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Jumhuriyati Prezidentining “Jumhuriyat yoshlarining armiyaga chaqirilishi va ularning harbiy xizmatni oʻtashni takomillashtirish choralar toʻgʻrisida” gi Farmonini amalga oshirish haqida” 1990-yil 28-sentabrdagi 319-son qarori 4-bandining uchinchi xatboshi;
Oʻzbekiston SSJ Vazirlar Kengashining “Shahar marshrutli avtobuslari va elektr transporti haydovchilarining imtiyozli huquq bilan pensiyaga chiqishlari toʻgʻrisida” 1990-yil 4-oktabrdagi 325-son qarori.