Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 30-avgustdagi 434-son
qaroriga quyidagi qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritilsin:
4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik servis xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlgan jismoniy shaxslarning buyurtmanomalari boʻyicha, shuningdek, birlashmaning oʻz mablagʻlari va bank kreditlari hisobidan mebellar bilan jihozlangan kam qavatli obyektlarni loyihalashtirish va foydalanishga tayyor holda qurish “Toshxorijiyqurilish” davlat-aksionerlik qurilish birlashmasiga yuklatilsin.
Mablagʻ bilan taʼminlovchi banklar Diplomatik servis xizmatiga ularning 1994-1995-yillardagi hisob-kitoblariga muvofiq miqdorlarda kredit resurslari bersinlar”;
6-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Toshkent shahar hokimligining yuqorida qayd etilgan maqsadlar uchun “Toshxorijiyqurilish” birlashmasiga yer maydonlari ularning sifatiga, qanday erda joylashganligiga va muhandislik kommunikatsiyalari bilan taʼminlanganligiga bogʻliq ravishda toʻlovlarning tabaqalashtirilgan miqdorlari joriy etilishi hisobga olingan holda ajratilishi toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin”;
8-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Toshxorijiyqurilish” birlashmasiga birlashmaning oʻz mablagʻlari va bank kreditlari hisobidan qurilgan kottejlarni koʻchmas mulk birjasida sotishga yoki Oʻzbekiston fuqarolariga, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga ijaraga berishga ruxsat berilsin. Bunday hollarda uy-joylar jismoniy shaxslarga ularning mavjud uy-joy sharoitlaridan qatʼi nazar, sotiladi”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ushbu masala boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni tayyorlasin hamda bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.