1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Toshkent shahrida boks va gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktablari faoliyatini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Aholining boks va gimnastikaga boʻlgan qiziqishini yanada oshirish, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish tizimini takomillashtirish, xalqaro talab va standartlar asosida professional sportchilarni tayyorlash orqali milliy terma jamoalarimizning nufuzli musobaqalarda yuqori natijalarga erishishini taʼminlash maqsadida:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.02 Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim]
1. Boks boʻyicha Bahodir Jalolov hamda Gimnastika boʻyicha Oksana Chusovitina sport mahorati maktablari Sport vazirligi tizimidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tizimiga oʻtkazilsin.
Boks boʻyicha Bahodir Jalolov sport mahorati maktabi — Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi, Gimnastika boʻyicha Oksana Chusovitina sport mahorati maktabi — Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi (keyingi oʻrinlarda — ixtisoslashtirilgan sport maktablari) etib qayta nomlansin.
2. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova):
a) uch oy muddatda:
ixtisoslashtirilgan sport maktablari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
ixtisoslashtirilgan sport maktablarining yangilangan ustavlarini ishlab chiqib, belgilangan tartibda qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazsin;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 542-sonli “Tadbirkorlik subyektlari boʻlmagan ayrim yuridik shaxslarni tashkil etish va tugatishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Musayev) bilan birgalikda ixtisoslashtirilgan sport maktablarining maʼmuriy-boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlar jadvalini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
b) 2024-yil 1-sentabrga qadar:
ixtisoslashtirilgan sport maktablari uchun maqbullashtirilgan oʻquv rejalarini ishlab chiqsin. Bunda Oʻzbekiston tarixi va ingliz tili fanlarining chuqurlashtirilgan holda oʻqitilishiga hamda umumlashgan tabiiy fan va sport psixologiyasining zamonaviy usullarda oʻrgatilishiga alohida eʼtibor qaratsin;
ixtisoslashtirilgan sport maktablariga xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda ikkinchi xorijiy tilni oʻrgatishni yoʻlga qoʻysin;
Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabida taʼlim-tarbiya jarayonlarini samarali tashkil etish uchun unga oʻquv binosi ajratish va tegishli shart-sharoitlar yaratish choralarini koʻrsin;
natijaga yoʻnaltirilgan maqsadga erishish hamda sport sohasidagi taʼlimning uzviyligi va uzluksizligini taʼminlash uchun har bir tuman va shahardan kamida 3 tadan eng namunali davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tanlab olib, gimnastika xonalarini tashkil qilsin hamda maktabgacha yoshdagi bolalar gimnastika bilan shugʻullanishlari uchun zarur sharoitlar yaratsin;
Sport vazirligi (A. Ikramov) bilan birgalikda maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida gimnastika boʻyicha musobaqalar oʻtkazish va gʻoliblarini Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga qabul qilish tartibini tasdiqlasin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish]
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
ixtisoslashtirilgan sport maktablarida oʻquv-tarbiya jarayoni 5 — 11-sinflar doirasida maxsus taʼlim dasturlari boʻyicha tashkil etiladi;
Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga talab va takliflardan kelib chiqib, 7 — 11 yoshdagi oʻquvchi-sportchilarni ham 1 — 4-sinflarga oʻqishga qabul qilishga ruxsat etiladi;
ixtisoslashtirilgan sport maktablarining qabul jarayonlariga xalqaro va mahalliy trener-seleksionerlar jalb qilinadi;
oʻquvchi-sportchilarga taʼlim berish jarayoni har birida oʻquvchilar soni 12 nafardan kam boʻlmagan, biroq 24 nafardan ortiq boʻlmagan sinflarda amalga oshiriladi;
ixtisoslashtirilgan sport maktabi oʻquvchilarining umumiy cheklangan soni 168 nafar etib belgilanadi.
4. Sport vazirligi (A. Ikramov):
a) Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi (O. Kasimov), Oʻzbekiston Boks federatsiyasi (S. Poʻlatov) va Oʻzbekiston Gimnastika federatsiyasi (G. Muminova) bilan birgalikda ixtisoslashtirilgan sport maktablariga oʻquvchi-sportchilarni seleksiya qilish va tayyorlash boʻyicha quyidagi ilmiy yondashuvlarni amalga oshirishda Agentlikka koʻmaklashsin:
hududlardagi sport taʼlim tashkilotlarida sport bilan muntazam shugʻullanib kelayotgan va aholining jismoniy tayyorgarligini baholash tizimida yuqori natijalarga erishgan iqtidorli yoshlarni seleksiya qilishda mobil laboratoriyalardan foydalanishni yoʻlga qoʻyish;
bosqichma-bosqich genetik saralash uslublaridan foydalanish;
qabul jarayonlarida jismoniy tayyorgarlik boʻyicha imtihonlardan tashqari ijodiy imtihon olishni (psixologik va mantiq bilan bogʻliq testlardan foydalanishni) yoʻlga qoʻyish;
sport mashgʻulotlari davomida oʻquvchi-sportchilar bilan individual ishlashni kuchaytirish, shu jumladan ularning vazni va boshqa jismoniy xususiyatlarini inobatga olib, alohida mashgʻulot yuklamalari hamda uslublarini joriy etish;
jismoniy mashqlar hamda mobil laboratoriya yordamida oʻquvchi-sportchilarning natijalarini oʻquv yili davomida muntazam ravishda monitoring qilib borish;
oʻquvchi-sportchilarning nazariy bilimini oshirishga alohida eʼtibor qaratgan holda, ularning situatsion holatlarga yechimlar boʻyicha bilimlarini mustahkamlash;
oʻquvchi-sportchi va murabbiylarni xalqaro talablarga koʻra hamda zamonaviy uslublar asosida tayyorlashni yoʻlga qoʻyish maqsadida ixtisoslashtirilgan sport maktablarida faoliyat yuritayotgan trenerlarni bosqichma-bosqich xalqaro sertifikatsiyadan oʻtkazish;
b) 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab:
ixtisoslashtirilgan sport maktablarini ularning haqiqiy ehtiyojidan kelib chiqib, sport jihozlari bilan taʼminlash;
ixtisoslashtirilgan sport maktablari oʻquvchi-sportchilarining mahalliy va xalqaro musobaqalardagi ishtirokini tashkil etish;
har yili mahalliy va xorijiy sport ustalari, trener hamda mashhur sportchilar ishtirokida mahorat darslarini oʻtkazish choralarini koʻrsin.
5. Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) bilan birgalikda ikki oy muddatda ixtisoslashtirilgan sport maktablari oʻquvchi-sportchilari va trenerlari sogʻligʻini muntazam nazorat qilish hamda ularga bepul tibbiy yordam koʻrsatish tartibini tasdiqlasin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.06.00 Ijtimoiy va boshqa sohalarni moliyalashtirish;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
6. Belgilansinki:
ixtisoslashtirilgan sport maktablarida qoʻshimcha oʻquv va sport toʻgaraklari tashkil etiladi hamda terma jamoalarning oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari, respublika va xalqaro miqyosdagi nufuzli sport musobaqalari oʻtkazib boriladi;
Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabida oʻquvchi-sportchilarning sutkalik oziq-ovqat normasi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari oʻquvchilari uchun tasdiqlangan meʼyorlarga muvofiq, Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabida esa — gimnastika sport turlari boʻyicha davlat sport-taʼlim tashkilotlarida shugʻullanuvchi oʻquvchi-sportchilar uchun tasdiqlangan oziq-ovqat meʼyorlariga muvofiq belgilanadi;
ixtisoslashtirilgan sport maktablari oʻquvchi-sportchilarining ovqatlanishi autsorsing usulida Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan tashkil etiladi;
ixtisoslashtirilgan sport maktablari oʻquvchi-sportchi va trenerlarining tadbirlarga, mahalliy va xalqaro musobaqalarga tayyorgarligi hamda ishtiroki bilan bogʻliq barcha xarajatlar har yili Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasida nazarda tutib boriladi hamda Sport vazirligiga ajratiladigan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi;
ixtisoslashtirilgan sport maktablari oʻquvchi-sportchilari Oʻzbekiston chempionati va kubogi musobaqalarida alohida jamoa sifatida toʻgʻridan-toʻgʻri ishtirok etadi;
ixtisoslashtirilgan sport maktablari tizimida boks va gimnastika boʻyicha trenerlar maktabi tashkil qilinadi;
2024-yil 1-sentabrdan boshlab ixtisoslashtirilgan sport maktablari xodimlariga Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasi hisobidan har oylik 100 foizgacha ustama toʻlash tartibi joriy etiladi. Bunda ushbu ustamalarni ixtisoslashtirilgan sport maktablari xodimlariga toʻlash tartibi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi;
ixtisoslashtirilgan sport maktablari direktorlari, direktor oʻrinbosarlari hamda fan oʻqituvchilariga umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun qoʻllaniladigan qoʻshimcha toʻlovlar, ragʻbatlantirish shartlari va imtiyozlari tatbiq etiladi;
ixtisoslashtirilgan sport maktablari faoliyatini saqlash bilan bogʻliq xarajatlar 2024-yilda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlari doirasida moliyalashtiriladi, 2025-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
7. Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasiga (O. Kasimov) Sport vazirligi (A. Ikramov), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (X. Umarova) bilan birgalikda 2027/2028 oʻquv yiliga qadar ixtisoslashtirilgan sport maktablarining xalqaro vakolatli sport tashkilotlari tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkazilishini tashkil etish tavsiya etilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
9. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Sport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri X.U. Umarova hamda sport vaziri A.I. Ikramov belgilansin.
Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 22-iyun,
PF-94-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-iyundagi PF-94-son Farmoniga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmoniga 1-ilovaning “13. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi” boʻlimi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
13. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
4 149
4 149
shu jumladan vazir oʻrinbosarlari soni
5
5
1.
Maktabgacha taʼlim agentligi
66
66
shu jumladan direktor oʻrinbosarlari soni
3
3
2.
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi
73
73
shu jumladan direktor oʻrinbosarlari soni
1
1
”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-79-son Farmonida:
b) 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining tashkiliy tuzilmasi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi
Respublika taʼlim markazi
A. Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti
“Boshlangʻich taʼlim” jurnali tahririyati” davlat korxonasi, “Til va adabiyot taʼlimi”, “Prepodavaniye yazika i literaturi”, “Language and literature teaching” jurnallari tahririyati” davlat korxonasi, “Maʼrifat” va “Uchitel Uzbekistana” gazetalari tahririyati, “Xalq taʼlimi” jurnali tahririyati” davlat korxonasi, “Tong yulduzi” gazetasi tahririyati, “Klass” gazetasi tahririyati, “Gʻuncha” jurnali tahririyati, “Gulxan” jurnali tahririyati
“Taʼminot va logistika xizmati” DUK
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti va uning huzuridagi akademik litsey, Respublika pedagogik taʼlim resurs markazi (kutubxona), Oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi, Namangan va Xoʻjayli xizmat koʻrsatish va servis texnikumlari, Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti va uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali
“Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” DUK
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
“Oʻzbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi” MChJ, “Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi” MChJ
Pedagogik mahorat markazlari
Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi
“Mehrli maktab” davlat taʼlim muassasasi, Respublika sogʻlomlashtirish oromgohi
“Barkamol avlod” respublika bolalar maktabi
Respublika oʻgʻil bolalar oʻquv-tarbiya muassasasi, Respublika qiz bolalar oʻquv-tarbiya muassasasi
Oʻzbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati
Respublika bolalar kutubxonasi
Respublika oʻquvchi yoshlar markazi
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi
Taʼlim sohasidagi islohotlarga koʻmaklashish jamgʻarmasi
Maktabgacha taʼlim agentligi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari
Hududiy boshqarmalar tasarrufidagi umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Taʼlim markazi
Bolalar kutubxonalari
Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari
Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari
Maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari
”;
v) 4-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Maktabgacha taʼlim agentligining tashkiliy tuzilmasi
Maktabgacha taʼlim agentligi
Toshkent shahridagi “A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat budjeti oliy taʼlim muassasasi filiali
“Imkon” reabilitatsiya markaziga ega davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari
“Axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazi” MChJ
Jahon banki bilan hamkorlikda “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish guruhi
Pedagogika kollejlari
Eksperimental davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari
Toshkent shahridagi Puchon universiteti
“Ilk Qadam” (IQ) jurnali tahririyati” DUK
Ixtisoslashtirilgan loyiha-izlanish instituti
Maktabgacha taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari
Tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari
Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari
”;
g) 5-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligining tashkiliy tuzilmasi
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi
Ixtisoslashtirilgan maktablar
Ijod maktablari
Prezident maktablari
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi
“Yangi Oʻzbekiston” universiteti
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi
Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi
Isʼhoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti
Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi
Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi
Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi
Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablar
Isʼhoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi
“Renessans” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi
Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi
Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi
Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi
”;
d) 6-ilovaning 17-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-yanvardagi “Yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-18-son Farmoniga 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sport vazirligining tashkiliy tuzilmasi
Sport vazirligi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport boshqarmalari
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning Nukus va Fargʻona filiallari
Sport turlarini rivojlantirish respublika markazlari
Gimnastika sport turlariga tayyorlash markazlari
“Raqamlashtirish va sertifikatlash markazi” MChJ
Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi
Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari
Oʻzbekiston karateni rivojlantirish markazi
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda uning Nukus, Samarqand va Fargʻona filiallari
Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi
Ogʻir atletika markazi
Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti
Respublika velosport mahorat maktab-internati
Sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari
Oʻzbekiston dzyudo akademiyasi
Sportning eshkak eshish va gimnastika boʻyicha ixtisoslashtirilgan respublika bolalar-oʻsmirlar olimpiya zaxirasi sport maktablari
Ixtisoslashtirilgan sport maktablari
Xalqaro shaxmat akademiyasi
Sport maktablari
Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyi
”.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-martdagi “Boks boʻyicha Bahodir Jalolov sport mahorati maktabini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-162-son qarorida:
a) nomidagi “Boks boʻyicha Bahodir Jalolov sport mahorati” soʻzlari “Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“1. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimida Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi (keyingi oʻrinlarda — boks maktabi) tashkil etilsin”;
“boks maktabi direktori, uning oʻrinbosarlari, pedagog xodimlar, trener-oʻqituvchilar, yoʻriqchi-uslubchilar, tarbiyachilar mehnatiga haq toʻlash hamda maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, pedagog xodimlar va tarbiyachilar mehnatini ragʻbatlantirish Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 275-son qaroriga muvofiq”;
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligining Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari”;
birinchi xatboshidagi “Yoshlar siyosati va sport” soʻzlari “Sport” soʻzi bilan almashtirilsin;
“g” kichik banddagi “Xalq taʼlimi” soʻzlari “Maktabgacha va maktab taʼlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-martdagi “Gimnastika boʻyicha Oksana Chusovitina sport mahorati maktabini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-163-son qarorida:
a) nomidagi “Gimnastika boʻyicha Oksana Chusovitina sport mahorati” soʻzlari “Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“1. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimida Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi (keyingi oʻrinlarda — gimnastika maktabi) tashkil etilsin”;
“gimnastika maktabi direktori, uning oʻrinbosarlari, pedagog xodimlar, trener-oʻqituvchilar, yoʻriqchi-uslubchilar, tarbiyachilar mehnatiga haq toʻlash hamda maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, pedagog xodimlar va tarbiyachilar mehnatini ragʻbatlantirish Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 275-son qaroriga muvofiq”;
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligining Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari”;