toggle_night_mode
Hujjat 22.06.2024 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Raqamli kriminalistika sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Soʻnggi yillarda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish doirasida elektron tijorat va raqamli xizmatlardan foydalanishda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda.
Shu bilan birga, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etilayotgan jinoyatlarni oʻz vaqtida aniqlash va samarali tergov qilish maxsus raqamli usul va vositalardan foydalanishni, raqamli dalillar bilan ishlash texnikasini ishlab chiqishni, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash hamda bu borada tizimli ilmiy-tadqiqot bazasini yaratishni taqozo etmoqda.
Mamlakatimizda jinoyatlarni oʻz vaqtida va toʻla fosh etish, javobgarlikning muqarrarligi tamoyilini soʻzsiz amalga oshirishning samarali mexanizmlarini yaratish, shu jumladan, shaxsning aybini ilmiy-texnik jihatdan asoslangan ishonchli dalillar bilan isbotlash jarayonlarini yanada takomillashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Akademiya) quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin:
raqamli kriminalistika sohasida innovatsion tadqiqotlar olib borish, katta hajmdagi maʼlumotlar (“Big Data”), sunʼiy intellekt va boshqa ilgʻor texnologiyalarni tahlil qilib, amaliyotga joriy etish;
huquqni muhofaza qiluvchi organlarga jinoyatlarning raqamli izlarini aniqlash, olib qoʻyish, saqlash va tadqiq qilish boʻyicha tezkor-qidiruv tadbirlari, tergovga qadar tekshiruv va tergov harakatlarini oʻtkazishda raqamli kriminalistika jihatidan amaliy yordam berish;
raqamli ekspertizaning zamonaviy texnologiyalari va vositalarini joriy etish;
jinoyatlarni tergov qilish doirasida raqamli maʼlumotlarni izlaydigan, toʻplaydigan va tahlil qiladigan, shuningdek, kripto-aktivlar, “bulutli texnologiyalar” va boshqalardan foydalangan holda sodir etilgan jinoyatlarni aniqlaydigan zamonaviy texnologiyalar va vositalarni joriy etish;
kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirishda ishtirok etish, xorijiy hamkorlar bilan birgalikda ilmiy-texnik va innovatsion loyihalarni amalga oshirish;
kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish boʻyicha bilim va koʻnikmaga ega malakali kadrlar tayyorlash;
raqamli kriminalistika boʻyicha sud ekspertizalarini oʻtkazish metodikalarini ishlab chiqish va takomillashtirib borish;
raqamli texnologiyalar yordamida sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish va ularni tergov qilish amaliyotidagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
2. Akademiya zimmasiga yuklangan qoʻshimcha vazifalar ijrosini samarali tashkil etish maqsadida Akademiyaning Raqamli kriminalistika ilmiy-uslubiy markazi negizida Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) tashkil etilsin.
3. Belgilansinki:
Institut Akademiya tuzilmasiga kiradi va yuridik shaxs maqomisiz tashkil etiladi;
Institut tarkibida Ixtisoslashtirilgan raqamli tadqiqot markazi, Raqamli tergovga koʻmaklashish boʻlimi, Uslubiy yordam koʻrsatish boʻlimi va Raqamli kriminalistika laboratoriyasi kabi boʻlinmalar faoliyat olib boradi;
Institut faoliyatini toʻlaqonli yoʻlga qoʻyish maqsadida qoʻshimcha 10 ta shtat birligi ajratiladi;
Institut faoliyatini budjet hisobidan saqlash bilan bogʻliq xarajatlar 2024-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Bosh prokuraturaga ajratiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi, 2025-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
4. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot institutining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot institutining faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. 2024-yil 1-avgustdan Institutga quyidagi huquqlar berilsin:
raqamli kriminalistika boʻyicha sud ekspertizalari va tadqiqotlarni oʻtkazish;
jinoyatlarning raqamli izlarini aniqlash, olib qoʻyish, saqlash va tadqiq qilish hamda oʻrganilgan maʼlumotlar boʻyicha xulosalar tayyorlash;
raqamli kriminalistika sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislarni zamonaviy raqamli kriminalistika ekspertiza turlari boʻyicha masofaviy va anʼanaviy tarzda oʻqitish;
raqamli kriminalistika faoliyatini amalga oshirish hamda maxsus kriminalistika laboratoriyalari ishini samarali tashkil etish uchun shartnoma asosida malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilish;
ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari doirasida hamda texnik vosita va butlovchi ehtiyot qism sifatida foydalanish uchun Ichki ishlar vazirligida yuritiladigan raqamli axborot tashuvchi qurilmalar (mobil telefon, smartfon, planshet, kompyuter texnikasi, videoregistrator, qattiq disk, flesh xotira va tashqi jamlagichlar) kolleksiyasidan foydalanish;
ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borish uchun zarur boʻlgan statistik va boshqa axborotni vazirliklar va idoralardan bepul asosda soʻrab olish.
6. Institut:
sud-ekspertlik faoliyati qamrovini kengaytirish maqsadida 2024-yil yakuniga qadar katta hajmdagi maʼlumotlar (“Big Data”) ekspertizasi oʻtkazilishini yoʻlga qoʻysin;
boshqa davlat sud-ekspertiza muassasalari bilan birgalikda raqamli texnologiyalardan foydalangan holda sodir etiladigan jinoyatlar boʻyicha raqamli dalillarni tadqiq qilish yuzasidan ekspertiza turlarini yaratish choralarini koʻrib borsin.
7. Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmatining davlat sirlari bilan bogʻliq boʻlmagan maʼlumotlarni oʻz ichiga qamrab oluvchi “Raqamli dalillar yagona reyestri” idoralararo avtomatlashtirilgan tizimining (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) sinov versiyasini 2025-yil 1-martga qadar, 2025-yil 1-avgustga qadar toʻliq versiyasini joriy etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Reyestrning asosiy vazifalari sifatida quyidagilar nazarda tutilsin:
jinoyatlarni fosh etish, tergov samaradorligini oshirish, uyushgan jinoiy guruhlarni tezkorlik bilan aniqlash maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlardan tushayotgan jinoiy ishlar boʻyicha davlat sirlari bilan bogʻliq boʻlmagan materiallarni yigʻish, hisobga olish, saqlash va tahlil qilish;
davlat sirlariga oid boʻlmagan fotosuratlar, video, audio yozuvlar, elektron hamyonlar, kripto-aktivlar manzillari, IP-manzillar, Internet manzillar (domen), hisobga olish yozuvi (akkaunt), raqamli dalillarning aniqlangan joyi, vaqti va boshqa muhim belgilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish;
raqamli dalillar bazasida davlat sirlariga oid boʻlmagan axborotni saqlash, qayta ishlash va himoya qilish mexanizmlari, axborot infratuzilmasi ishonchliligi, maʼlumotlar bazalarining zaxiralarini taʼminlash.
8. Belgilab qoʻyilsinki:
Reyestrni ishlab chiqish va zarur uskunalarni xarid qilish surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshirish vakolatiga ega davlat organlarining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
raqamli dalillarni Reyestrga kiritish prokuratura, ichki ishlar organlari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining surishtiruvchi va tergovchilari hamda davlat sud-ekspertiza muassasalari, davlat organlarining ekspertiza boʻlinmalari ekspertlari tomonidan amalga oshiriladi;
Reyestr Akademiya serverlarida saqlanadi hamda uning uzluksiz ishlashi, axborot xavfsizligi taʼminlanishi uchun Akademiya masʼul hisoblanadi.
9. Bosh prokuratura:
bir oy muddatda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda Akademiyaning xarajatlar smetalari va shtat jadvaliga mazkur qarorga muvofiq oʻzgartishlar kiritsin;
uch oy muddatda Institutni malakali, oʻziga yuklatilgan vazifalarni yuksak professional darajada bajarishga qodir kadrlar, birinchi navbatda, axborot texnologiyalari va huquq sohasidagi mutaxassislar bilan toʻldirsin;
Institut, uning boʻlinmalari va xodimlarini mebel, kompyuter texnikasi, aloqa vositalari, raqamli kriminalistika yoʻnalishidagi maxsus apparat, apparat-dasturiy hamda dasturiy vositalar bilan taʼminlasin;
Akademiyada tergov, surishtiruv xodimlari va tergov sohasida nazoratni amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan prokurorlar, shu jumladan, prokuror-kriminalistlar uchun raqamli dalillarni aniqlash, saqlash va tahlil qilishga oid qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etib borsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
11. Mazkur qarorda belgilangan chora-tadbirlarning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori N.T. Yoʻldoshev belgilansin.
Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi D.B. Kadirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 21-iyun,
PQ-229-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-229-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot institutining
tuzilmasi

Institut boshligʻi

Raqamli tergovga koʻmaklashish boʻlimi

4

Ixtisoslashtirilgan raqamli tadqiqot markazi

4

Uslubiy yordam koʻrsatish boʻlimi

2

Raqamli kriminalistika laboratoriyasi

3

Izoh: boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 14 nafar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-229-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot institutining faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

1.

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi (keyingi oʻrinlarda — Akademiya) Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Idoraviy hujjat

2024-yil avgust

-

Bosh prokuratura

(S. Samadov)

2.

Institutni kompyuter, raqamli kriminalistika qurilmalari va maxsus apparat dasturiy taʼminoti bilan jihozlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar dasturi

2024-yil avgust

Akademiya va prokuratura organlarining budjetdan tashqari mablagʻlari

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov)

3.

Institutda tadqiqot laboratoriyalarini (kiberlaboratoriyalarni) tashkil etish va jihozlash.

Oʻquv faoliyatini tashkillashtirish uchun kiberpoligonlar tayyorlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar dasturi

2025-yil mart

Akademiya va prokuratura organlarining budjetdan tashqari mablagʻlari

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev),

Davlat xavfsizlik xizmati

(A. Azizov),

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov)

4.

Institut uchun uchuvchisiz uchadigan apparatlarni (dronlarni) oʻrnatilgan tartibda xarid qilish, ulardan belgilangan tartibda foydalanish va saqlashga ruxsat berish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil oktyabr

Akademiya va prokuratura organlarining budjetdan tashqari mablagʻlari

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

Institut tomonidan raqamli kriminalistika boʻyicha sud ekspertizalari va tadqiqotlarni oʻtkazish tartibini belgilash va ushbu amaliyotni yoʻlga qoʻyish.

Idoraviy hujjat

2024-yil oktyabr

-

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev)

6.

Institutga raqamli kriminalistika sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, jinoyatlarni fosh etish va tergovni olib borishda amaliy yordam koʻrsatish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarning kriminalistika hisobotlari va axborot-qidiruv tizimlaridan foydalanish imkoniyatini yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar d�sturi

2024-yil noyabr

-

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev),

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Bojxona qoʻmitasi

(A. Mavlonov)

7.

Institutni maxsus oʻquv qoʻllanma va adabiyotlar, shuningdek, ilmiy nashrlar, oʻquv-uslubiy, ilmiy-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash hamda ilgʻor elektron maʼlumotlar bazalaridan foydalanishga sharoit yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar dasturi

2025-yil fevral

Akademiya va prokuratura organlarining budjetdan tashqari mablagʻlari

Bosh prokuratura

(S. Samadov)

8.

Yetakchi xorijiy va mahalliy innovatsion va ilmiy-texnologik tuzilmalar (IT-parklar, texnoparklar, innovatsion markazlar va boshqalar) bilan tajriba almashish, ekspert maslahatlarini olish, sheriklik asosida ilgʻor ishlanmalardan foydalanish imkoniyatini yaratish maqsadida ilmiy-amaliy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

Tashkiliy chora-tadbirlar dasturi

Doimiy

Akademiya va prokuratura organlarining budjetdan tashqari mablagʻlari

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov)

9.

Kibermakonda sodir etilgan jinoyatlarni fosh etish hamda zamonaviy raqamli kriminalistika faoliyatini ilmiy va uslubiy jihatdan tadqiq etishga yoʻnaltirilgan xalqaro va davlat grantlarida Institutning ishtirokini tashkil etish choralarini koʻrish.

Chora-tadbirlar dasturi

Doimiy

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ilmiy-tadqiqot loyihalari boʻyicha oʻtkaziladigan tanlov natijalari asosida ajratiladigan grantlar, xalqaro grantlar

Bosh prokuratura

(S. Samadov),

Oliy taʼlim, fan

va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov)

10.

1. “Raqamli dalillar yagona reyestri” idoralararo avtomatlashtirilgan tizimini yaratish va yuritish boʻyicha nizom loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Idoraviy hujjat

2024-yil sentyabr

Surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshirish vakolatiga ega davlat organlarining budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev),

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Davlat xavfsizlik xizmati

(A. Azizov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov)

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. “Raqamli dalillar yagona reyestri” idoralararo avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish boʻyicha texnik topshiriqni ishlab chiqish va zarur uskunalarni xarid qilish.

Tashkiliy tadbirlar

2024-yil noyabr

3. “Raqamli dalillar yagona reyestri” idoralararo avtomatlashtirilgan tizimining sinov versiyasini ishga tushirish.

Tashkiliy tadbirlar

2025-yil mart

4. Sinov natijalariga koʻra “Raqamli dalillar yagona reyestri” idoralararo avtomatlashtirilgan tizimidagi kamchiliklarni bartaraf etish hamda uning toʻliq versiyasini joriy etish.

Tashkiliy tadbirlar

2025-yil avgust

11.

Institut tomonidan sud-ekspertlik faoliyati qamrovini kengaytirish hamda zamonaviy fan va texnikaning ilgʻor yutuqlarini mamlakatimizda qoʻllash amaliyotini joriy etish maqsadida katta hajmdagi maʼlumotlar (“Big Data”) ekspertizasi oʻtkazilishini yoʻlga qoʻyish.

Tashkiliy chora-tadbirlar dasturi

2024-yil dekabr

-

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

12.

Raqamli kriminalistika sohasida tajriba almashish maqsadida:

raqamli kriminalistika va kiberjinoyatchilikka qarshi kurash sohasida yetakchi xorijiy ilmiy-tadqiqot institutlari, markazlar va laboratoriyalar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish;

Institut xodimlari va Akademiya professor-oʻqituvchilarini xorijiy mamlakatlarning yetakchi turdosh idora, markaz va oliy taʼlim muassasalarida zamonaviy raqamli kriminalistika va raqamli tergovni amalga oshirish boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslarida oʻqitishni tashkil etish;

respublikaning boshqa taʼlim muassasalari bilan sohaga oid ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, talabalar uchun amaliy bazalarni tayyorlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yil davomida

Akademiya va prokuratura organlarining budjetdan tashqari mablagʻlari

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev),

Oliy taʼlim, fan

va innovatsiyalar vazirligi

(K. Sharipov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov)

13.

Raqamli kriminalistika sohasini zamonaviy tahdidlarga moslashtirish va ilgʻor yutuqlar asosida rivojlantirishning istiqbollariga bagʻishlangan yuqori saviyadagi xalqaro ilmiy-amaliy tadbirlarni oʻtkazish.

Chora-tadbirlar dasturi

Doimiy

Akademiya va prokuratura organlarining budjetdan tashqari mablagʻlari

Bosh prokuratura,

(S. Samadov),

Davlat xavfsizlik xizmati

(A. Azizov),

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

14.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarga hodisa joyida raqamli izlarni aniqlash, ashyoviy dalillarni koʻzdan kechirish, olib qoʻyish boʻyicha tezkor-qidiruv tadbirlari va tergov harakatlarini oʻtkazishda koʻmaklashish uchun Institutga zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan koʻchma raqamli kriminalistika laboratoriyasi sifatida 1 ta avtotransport vositasi, avtotransport vositasi uchun zarur hajmdagi avtobenzin va dizel yoqilgʻisi belgilangan tartibda ajratilishi va xarid qilinishini taʼminlash.

Kompleks tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil may

Davlat budjeti mablagʻlari

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(J. Qoʻchqorov)

15.

Oʻzbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish organlari, Yevropol va Interpol vakillari ishtirokida har yili mamlakatda kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha xalqaro konferensiya oʻtkazilishini yoʻlga qoʻyish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy

Akademiya va prokuratura organlarining budjetdan tashqari mablagʻlari

Bosh prokuratura,

(S. Samadov),

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

m�nfaatdor vazirlik va idoralar

16.

Surishtiruvchi, tergovchi va prokurorlarning raqamli dalillar bilan samarali ishlashi uchun raqamli kriminalistikaning texnik vositalari bilan jihozlangan “maxsus jamlanma”ni ishlab chiqish va ularni bosqichma-bosqich taʼminlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil sentyabr

Surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshirish vakolatiga ega davlat organlarining budjetdan tashqari mablagʻlari

Bosh prokuratura,

(N. Yoʻldoshev),

Davlat xavfsizlik xizmati

(A. Azizov),

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

17.

Institutda “Raqamli kriminalistika” xalqaro ilmiy-amaliy jurnalini taʼsis etish boʻyicha tashkiliy choralarni koʻrish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil noyabr

Akademiya va prokuratura organlarining budjetdan tashqari mablagʻlari

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

18.

Akademiya xodimlari mehnatiga munosib haq toʻlash va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashning samarali tizimini tatbiq etishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish.

Tahliliy materiallar

2024-yil dekabr

-

Bosh prokuratura

(N. Yoʻldoshev)

Izoh: “Yoʻl xaritasi”da koʻzda tutilgan tadbirlar tegishli chora-tadbirning sohasi va predmetiga qarab qayta koʻrib chiqilishi, shuningdek, bir hujjatga birlashtirilishi mumkin. Bunda ikki yoki undan ortiq chora-tadbirlar birlashtirilgan hollarda, ushbu masalalarning oxirgi bajarilish muddati qoʻshma chora-tadbirlarning bajarilishi uchun belgilangan oxirgi muddat hisoblanadi. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish jarayonida “Yoʻl xaritasi”da koʻrsatilgan tadbirlar mazmuniga mos keladigan boshqa masalalar ham hisobga olinishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-229-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 12-sentabrdagi PQ-2036-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasi organlari va muassasalarida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi nizomning 27-bandi rus tilidagi matnida:
yettinchi xatboshi “starshiye prepodavateli i starshiye prokurori” soʻzlaridan keyin “, a takje starshiye prokurori-kriminalisti” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
sakkizinchi xatboshi “prepodavateli i prokurori” soʻzlaridan keyin “, a takje prokurori-kriminalisti” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 13-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2065-son qaroriga 1-ilovani rus tilidagi matnining “Naimenovaniye doljnosti” ustunida:
5-pozitsiyadagi “(upravleniya, fakulteta, otdela, tsentra)” soʻzlari “(instituta, upravleniya, laboratorii, fakulteta, otdela, tsentra)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-pozitsiyadagi “starshiy prepodavatel, starshiy prokuror otdela (upravleniya, fakulteta, tsentra)” soʻzlari “starshiy prepodavatel, starshiy prokuror-kriminalist, starshiy prokuror otdela (upravleniya, laboratorii, fakulteta, tsentra)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8-pozitsiyadagi “prepodavatel, prokuror otdela (upravleniya, fakulteta, tsentra)” soʻzlari “prepodavatel, prokuror-kriminalist, prokuror otdela (upravleniya, laboratorii, fakulteta, tsentra)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 3-iyuldagi 339-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat xizmatchilarining lavozimlari roʻyxatining “Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi” boʻlimi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi
Boshliq
Boshliqning birinchi oʻrinbosari
Boshliq oʻrinbosari
Boshliq yordamchisi
Kafedra (institut, boshqarma, fakultet, boʻlim, markaz, laboratoriya) boshligʻi
Professor
Dotsent
Katta oʻqituvchi
Oʻqituvchi
Boʻlim (boshqarma, fakultet, markaz) katta prokurori
Boʻlim (laboratoriya) katta prokurori-kriminalisti
Boʻlim (boshqarma, fakultet, markaz) prokurori
Boʻlim (laboratoriya) prokurori-kriminalisti
Bosh mutaxassis
Yetakchi mutaxassis
1-toifali mutaxassis
2-toifali mutaxassis”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.06.2024-y., 07/24/229/0438-son)