1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha davlat dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish jarayonlarini samarali tashkil etishga qaratilgan qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2024-yil 29-yanvarda qurilish, uy-joy va kommunal xoʻjaligi, transport hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish yoʻnalishlari boʻyicha belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash, shu jumladan, qurilish sohasida raqamlashtirish jarayonlarini izchil davom ettirish, markazlashtirilgan manbalar hisobiga amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi qoʻshimchalar kiritilsin:
markazlashtirilgan manbalar hisobiga bajarilgan qurilish ishlari boʻyicha pudrat tashkilotlari hisobotlarini raqamlashtirish hamda amalga oshirilgan xarajatlarni moliyalashtirishni takomillashtirish;
kelgusi yil Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshiriladigan loyihalar boʻyicha loyiha-qidiruv ishlari, loyiha-smeta hujjatlarini koʻrib chiqish va davlat ekspertizasidan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni joriy yilda moliyalashtirish.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 12-iyun,
330-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-iyundagi 330-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-avgustdagi 489-son qarori bilan tasdiqlangan Hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni toʻldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) quyidagi mazmundagi 31-bob bilan toʻldirilsin:
“31-bob. Bajarilgan qurilish-montaj ishlari boʻyicha hisobvaraq-fakturalarni toʻldirish xususiyatlari
171. 2024-yil 1-oktabrdan boshlab budjet tizimi budjetlari hisobidan bajarilgan qurilish-montaj ishlari topshirilganda ushbu Nizomga 3-ilovadagi shaklda hisobvaraq-faktura taqdim etiladi.
172. Hisobvaraq-faktura quyidagi tartibda toʻldiriladi:
1-ustunda — tartib raqami;
2-ustunda — normativ shifr raqami (ShNQga koʻra);
3-ustunda — ish turi nomi;
4-ustunda — mahsulotlarning (tovar va xizmatlarning) Yagona elektron milliy katalogi boʻyicha identifikatsiya kodi;
5-ustunda — oʻlchov birligi;
6-ustunda — jami ish hajmlari va xarajatlarning haqiqiy koʻrsatkichlari;
7-ustunda — joriy yildagi ishlab chiqarish grafigi boʻyicha ish hajmlari va xarajatlarning haqiqiy koʻrsatkichlari;
8-ustunda — jami shartnomaviy narx qiymati;
9-ustunda — joriy yilda shartnomaviy narx qiymati;
10-ustunda — ishning boshlangan davridan buyon bajarilgan ishlarning fizik koʻrsatkichlari;
11-ustunda — ishning boshlangan davridan buyon bajarilgan ishlarning umumiy ishga nisbatan foiz hisobidagi ulushi;
12-ustunda — ishning boshlangan davridan buyon bajarilgan ishlarning shartnomaviy narxi;
13-ustunda — joriy yilning hisobot davri boshidan buyon bajarilgan ishlarning fizik koʻrsatkichlari;
14-ustunda — joriy yilning hisobot davri boshidan buyon bajarilgan ishlarning umumiy ishga nisbatan foiz hisobidagi ulushi;
15-ustunda — joriy yilning hisobot davri boshidan buyon bajarilgan ishlarning shartnomaviy narxi;
16-ustunda — joriy oyda bajarilgan ishlarning fizik koʻrsatkichlari;
17-ustunda — joriy oyda bajarilgan ishlarning umumiy ishga nisbatan foiz hisobidagi ulushi;
18-ustunda — joriy oyda bajarilgan ishlarning shartnomaviy narxi;
yakunlovchi uchta satrlarda — 6 — 9, 12, 15 va 18-ustunlar boʻyicha summalar, qoʻshilgan qiymat soligʻi miqdori hamda qoʻshilgan qiymat soligʻini qoʻshgan holdagi jami qiymatlar alohida koʻrsatiladi”.
b) quyidagi mazmundagi 3-ilova bilan toʻldirilsin:
“Hisobvaraq-fakturalarning shakllari xamda ularni toʻldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
20___ yil “___” ___________ dagi ___-son shartnomaga 20___ yil “___” ___________ dagi ___-son
HISOBVARAQ-FAKTURA
(budjet tizimi budjetlari hisobidan bajarilgan qurilish-montaj ishlari uchun)
Pudrat tashkiloti ______________________
Buyurtmachi ______________________
Manzil ______________________
Manzil ______________________
Pudrat tashkilotining identifikatsiya raqami (STIR) _________________
Buyurtmachining identifikatsiya raqami (STIR) __________________
QQS roʻyxat raqami ______________________
QQS roʻyxat raqami ______________________
Bank hisobvaragʻi ______________________
Bank hisobvaragʻi ______________________
Bank MFO ______________________
Bank MFO ______________________
Obyekt nomi ______________________
Obyektning identifikatsiya raqami ______________________
Lot raqami ______________________
T/r
Normativ shifr raqami
(ShNQga koʻra)
Ish turi nomi
Mahsulotlarning (tovar va xizmatlarning) Yagona elektron milliy katalogi boʻyicha identifikatsiya kodi
Oʻlchov birligi
Ish hajmlari va xarajatlarning haqiqiy koʻrsatkichlari
Shartnomaviy narx qiymati
Bajarilgan ishlar
ishning boshlangan davridan
shundan, joriy yilning hisobot davri boshidan
shundan, joriy oyda
jami
shundan, joriy yildagi ishlab chiqarish grafigi boʻyicha
jami
shundan, joriy yilda
fizik koʻrsatkichlar
jami umumiy ishga nisbatan, %da
shartnomaviy narxda
fizik koʻrsatkichlar
jami umumiy ishga nisbatan, %da
shartnomaviy narxda
fizik koʻrsatkichlar
jami umumiy ishga nisbatan, %da
shartnomaviy narxda
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
1
2
...
Jami
QQS qiymati
Hammasi
Buyurtmachi rahbari ______________________
Pudrat tashkiloti rahbari ______________________
Buyurtmachi texnik nazoratchisi ______________________”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-apreldagi 206-son qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom quyidagi mazmundagi 441-band bilan toʻldirilsin:
“441. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlangan loyihalarning dastlabki manzilli roʻyxati asosida kelgusi yil loyihalarining loyihaoldi va (yoki) loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish uchun zarur mablagʻlarni joriy yilda ajratilishini taʼminlaydi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.06.2024-y., 09/24/330/0420-son)