Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Naqd pul emissiyasini qisqartirish va uning muomalada boʻlishini tezlashtirish asosida pul muomalasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Naqd pul muomalasini tezlashtirishga oid dasturiy chora-tadbirlar 1 — 8-ilovalarga
* muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga Respublika hududida naqd pul emissiyasi (qaytarib olinishi) darajasining belgilangan cheklangan miqdorlariga qanday rioya qilinayotganligi ustidan doimiy nazorat oʻrnatish va har oyda hukumatga axborot berib turish tavsiya etilsin.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining joylardagi organlari bilan birgalikda bir hafta muddatda mazkur qarorning
1-bandiga muvofiq shaharlar va tumanlarda naqd pul emissiyasini qisqartirishga oid mintaqaviy dasturlarni ishlab chiqishni nihoyasiga yetkazsinlar va tasdiqlasinlar. Ularning amalga oshirilishini qatʼiy nazorat qilishni taʼminlasinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin.