toggle_night_mode
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “AVTOTRANSPORT VOSITALARINI xARID QILISH-SOTISH, ALMASHTIRISH VA HADYA ETISH BITIMLARINI RASMIYLASHTIRISH TARTIBI TOʻGʻRISIDA” 1991-YIL 16-SENTABRDAGI 233-SON QARORIGA OʻZGARTIRISHLAR KIRITISH HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtotransport vositalarini xarid qilish-sotish, almashtirish va hadya etish bitimlarini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida” 1991-yil 16-sentabrdagi 233-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1991-yil 9-son 30 modda)ga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
3 va 4-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3. Belgilab qoʻyilsinki, Avtotransport vositalarini xarid qilish-sotish, almashtirish va hadya etish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun notarial idoralari tomonidan undiriladigan poshlinasi summasining 80 foizi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlari avtotransport vositalarini qayta roʻyxatga olganliklari uchun undiriladigan summaning 85 foizi mahalliy budjetlarga oʻtqiziladi. Qolgan 20 va 15 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining adliya va sud muassalarini rivojlantirish fondining va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining YHX bosh boshqarmasining hisob-kitob schyotlariga oʻtqiziladi.
4. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan avtotransport ishlab chiqaruvchi korxonalardan, ularning vakillaridan, vositachi (distribyutor) tashkilotlardan, shuningdek, kimoshdi savdolaridan sotib olingan avtomototransportni roʻyxatga olish davlat notarial idorasida xarid qilish-sotish shartnomasini tasdiqlamasdan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarida amalga oshiriladi”.
(toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 12-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 1-2-son, 8-modda)
2. band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1994-yil 29-sentabr,
491-son