1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.11.00 Favquloddagi holatlar va jamiyat xavfsizligining boshqa masalalari;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
[TSZ:
1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Favqulodda vaziyatlar. Ommaviy tartibsizliklar]
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining
buyrugʻi
Davlat yongʻin nazorati organlari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 3-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3097-8]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 4-oktabrdagi 272-son “Davlat yongʻin nazorati toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2018-yil 28-oktabrdagi 228-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 3097, 2018-yil 11-dekabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2018-y., 10/18/3097/2314-son) bilan tasdiqlangan Davlat yongʻin nazorati organlari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomagailovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi va Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. QOʻLDOSHEV
Toshkent sh.,
2024-yil 6-may,
131-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Raisi D. VAXABOV
2024-yil 23-aprel
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil D. KASIMOV
2024-yil 29-aprel
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori A. JUMANAZAROV
2024-yil 26-aprel
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri B. ZAKIROV
2024-yil 24-aprel
Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining 2024-yil 6-maydagi 131-son buyrugʻiga
ILOVA
Davlat yongʻin nazorati organlari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Yoʻriqnoma muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Yoʻriqnoma respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, boshqa tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari, shuningdek fuqarolar tomonidan yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini tekshirish va tekshiruv natijalari boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish maqsadida amalga oshiriladigan davlat yongʻin nazorati organlari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.”.
beshinchi xatboshidagi “davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, tashkilotlar,” degan soʻzlar “respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, boshqa tashkilotlar,” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi yettinchi — oʻn oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
davlat yongʻin nazorati (bundan buyon matnda DYON deb yuritiladi) organlari — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining davlat yongʻin nazoratini amalga oshirish vakolatiga ega boʻlinmalari;
yozma koʻrsatma — yongʻin nazorati boʻyicha davlat inspektorining yongʻin xavfsizligi talablari buzilishini bartaraf etish, shu jumladan qurilayotgan korxonalar va obyektlarning, shuningdek tovarlarni ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish)da yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tadbirlarning belgilangan muddatlarda tegishli mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan yozma farmoyishi;
yongʻin nazorati boʻyicha davlat inspektori (bundan buyon matnda inspektor deb yuritiladi) — Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining davlat yongʻin nazoratini amalga oshirish vakolatiga ega boʻlgan mansabdor shaxsi;
yongʻinlar profilaktikasi — yongʻinlar kelib chiqish ehtimolini istisno etishga va ularning oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan ogohlantirish chora-tadbirlari majmui;
tadbirkorlik subyektiga tegishli boʻlgan obyektning yongʻin-profilaktik koʻrigi (bundan buyon matnda koʻrik deb yuritiladi) — tadbirkorlik subyektiga yongʻin kelib chiqishi kuchayishining (tarqalishining) oldini olishga qaratilgan yozma tavsiyalar berish uchun obyektning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida oʻtkaziladigan tadbir;
yongʻin xavfsizligi — odamlarning, yuridik va jismoniy shaxslar mol-mulkining, shuningdek atrof tabiiy muhitning yongʻinlardan himoyalanganligi holati;
monitoring va profilaktika tadbiri (bundan buyon matnda profilaktika tadbiri deb yuritiladi) — tadbirkorlik subyektlariga amaldagi yongʻin xavfsizligiga oid qonunchilik hujjatlarini va ularga kiritilgan oʻzgartirishlarni tushuntirish, ushbu qonunchilik hujjatlari talablari buzilishining oldini olishga qaratilgan tavsiyalar berish maqsadida oʻtkaziladigan tadbir;
“E-maʼmuriy ish” tizimi — huquqbuzarlik sodir etilgan holat yuzasidan maʼmuriy ish hujjatlarini elektron tarzda rasmiylashtirish va shakllantirish, vakolatli organga elektron yuborish hamda huquqbuzarlik sodir etgan shaxs, jabrlanuvchi, guvoh va xolislar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash, umumlashtirish, saqlash, tahlil qilish, shuningdek vakolatli organlar oʻrtasida idoralararo axborot almashishning yagona markazlashtirilgan elektron tizimi;
“E-material” tizimi — jinoyat va hodisalarga oid ariza, xabar va boshqa maʼlumotlarni qabul qilish, roʻyxatga olish, koʻrib chiqish, qabul qilingan qarorlar hisobini yuritish va tergovga qadar tekshiruv jarayoni ustidan nazoratni amalga oshirish imkonini beradigan elektron dasturiy taʼminot;
“Yagona davlat nazorati” axborot tizimi — tadbirkorlik sohasida davlat nazorati bilan bogʻliq katta hajmdagi maʼlumotlarni yigʻish, tahlil qilish va qayta ishlash imkonini beruvchi elektron axborot tizimi.”.
“markaziy DYON organi — Favqulodda vaziyatlar vazirligining (bundan buyon matnda FVV deb yuritiladi) Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi departamenti tarkibiga kiruvchi Davlat yongʻin nazorati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, Shaharsozlik faoliyati sohasida profilaktika boshqarmasi va Oʻta muhim va toifalangan obyektlarda yongʻin xavfsizligini taʼminlashni tashkil etish boshqarmasi;”;
uchinchi xatboshidagi “FVVga bevosita boʻysunuvchi yongʻin xavfsizligi markazlari;” degan soʻzlar “Oʻta muhim va toifalangan obyektlarda yongʻin xavfsizligini taʼminlashni tashkil etish boshqarmasiga bevosita boʻysunuvchi yongʻin xavfsizligini taʼminlashni tashkil etish markazlari (boʻlim, boʻlinmalari) va “Qamchiq” maxsus qidiruv, yongʻin-qutqaruv boshqarmasi;” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“obyektdagi DYON organi — Favqulodda vaziyatlar boshqarmalariga bevosita boʻysunuvchi oʻta muhim davlat ahamiyatiga molik yoki yongʻin va portlash xavfi yuqori boʻlgan obyektlardagi yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻlimlari (boʻlinmalari, guruhlari).”.
“4. DYON organlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
davlat yongʻin nazoratini amalga oshirish;
yongʻinlar profilaktikasini oʻtkazish;
qonunchilikda belgilangan tartibda yongʻinlar va yongʻin xavfsizligi talablari buzilishiga oid ishlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazish;
qonunchilikda belgilangan tartibda yongʻinlarni va ularning oqibatlarini hisobga olish, shuningdek yongʻinlarga doir axborotlarni toʻplash hamda oʻzaro almashish ishlarini olib borish;
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolar bilan yongʻin xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha hamkorlikni amalga oshirish;
barcha turdagi yongʻindan saqlash xizmati boʻlinmalarining yongʻinlarni oʻchirishga shayligi holati va yongʻinlar profilaktikasi oʻtkazilishiga doir ishlarning bajarilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;
yongʻin xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
qurilish uchun maydonlar (trassalar) tanlash (ajratish) komissiyalari, shuningdek, qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan obyektlarni qabul qilib olish komissiyalari tarkibida qonunchilikda belgilangan tartibda ishtirok etish;
yongʻin avtomatikasi tizimlarini (avtomatik yongʻin signalizatsiyasi, yongʻindan xabardor va evakuatsiya qilish, tutunga qarshi shamollatish tizimlari hamda avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalari va boshqa avtomatik yongʻinga qarshi himoya texnik uskunalari) montaj qilish, shuningdek, qurilish konstruksiya va materiallarini olovbardoshlik darajasini oshirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar sifatini tekshirish va qabul qilish;
yongʻin xavfsizligi sohasidagi texnik reglamentlar, standartlar, normalar, qoidalar va boshqa texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
tashkilotlarning xodimlariga, sugʻurtalangan shaxslarga, maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarga va boshqa taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan shaxslarga yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlarini qoʻllashni oʻrgatish sifati va tashkil etilishini nazorat qilish;
yongʻin xavfsizligi sohasidagi ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish sifatini nazorat qilish;
fuqarolar va tashkilotlarning yongʻin xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha murojaatlarini koʻrib chiqish;
litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi qonunchilik asosida faoliyatning litsenziyalanadigan turi boʻyicha hamda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni rasmiylashtirish uchun yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosalar berish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga asosan bino va inshootlarning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligini baholash (yongʻin auditi) xizmatini bajarish;
jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan bino va inshootlarning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligini mustaqil baholovchi yongʻin auditorlik tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va uslubiy qoʻllab-quvvatlash.”.
5. 3-bobning nomidagi “ishini rejalashtirish va faoliyatini tahlil qilish” degan soʻzlar “faoliyatini tahlil qilish va rejalashtirish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“11. Har bir mahalliy DYON inspektori ushbu Yoʻriqnomaning 1-ilovasiga muvofiq oylik ish reja-jadvalini tuzishi lozim. Oylik ish reja-jadval inspektorning bevosita boshligʻi tomonidan keyingi oyning birinchi sanasiga qadar tasdiqlanadi. Inspektor tomonidan koʻriklar, profilaktika tadbirlari va tekshirishlar oʻtkazish uchun bir oyda kamida 15 ish kuni rejalashtirilishi lozim.”.
birinchi xatboshidagi “davlat tasarrufidagi obyektlar, soʻngra tadbirkorlik subyektlariga tegishli boʻlgan obyektlar yongʻin xavfliligiga koʻra 1, 2 va 3-guruhlar boʻyicha ketma-ketlikda kiritiladi.” degan soʻzlar “davlat tasarrufidagi, soʻngra tadbirkorlik subyektlariga tegishli boʻlgan obyektlar yongʻin xavfliligiga koʻra 1, 2, 3 va 4-guruhlar boʻyicha ketma-ketlikda kiritiladi.” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Obyektlarni yongʻin chiqish xavfi yuzasidan guruhlarga boʻlish boʻyicha metodika mazkur Yoʻriqnomaning 21-ilovasida keltirilgan.”;
9. 17-bandda “mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan” degan soʻzlar “respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, xoʻjalik birlashmalaridan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“18. Har bir obyektga ushbu Yoʻriqnomaning 3-ilovasiga muvofiq nazorat-kuzatuv ishi (bundan buyon matnda NKI deb yuritiladi) yuritilishi lozim. NKIda koʻriklar, profilaktika tadbirlari va tekshiruvlar natijalari boʻyicha oxirgi besh yil mobaynida tuzilgan hujjatlar (yozma koʻrsatmalar, dalolatnomalar, tavsiyalar maʼlumotnomalari, tavsiyanomalar, bayonlar, qarorlar, farmoyishlar, buyruqlar va boshqalar nusxalari), obyektning yongʻin xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha boshqa hujjatlar nusxalari yoki asli saqlanadi.
Tadbirkorlik subyektlariga tegishli boʻlgan obyektlarning NKIda oxirgi tekshiruv oʻtkazilgan sanadan qatʼi nazar, oxirgi ikkita tekshiruv natijasi boʻyicha tuzilgan hujjatlar, shuningdek oxirgi besh yil mobaynida oʻtkazilgan koʻriklar va profilaktika tadbirlari natijasi boʻyicha tuzilgan hujjatlar saqlanadi.”.
“19. Yangi obyekt haqida maʼlumot kelib tushganda, DYON organi oʻn kunlik muddatda NKI tuzish va koʻriklarni, profilaktika tadbirlarni yoki tekshiruvlarni rejalashtirish uchun birlamchi maʼlumot olish maqsadida vakolatli organlarga soʻrovlar yuboradi. Birinchi koʻrik, profilaktika tadbiri yoki tekshiruvlar oʻtkazilgunga qadar yangi obyektning NKIda vakolatli organlardan yoki boshqa manbalardan kelgan ushbu obyektga taalluqli hujjatlar jamlanadi.”.
12. 5-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5-bob. Koʻrikni, profilaktika tadbirni hamda tekshirishni rejalashtirish va oʻtkazish”.
“20. Tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli obyektlarda DYON organlari tomonidan quyidagi tartibda tekshiruvlar oʻtkaziladi:
batafsil (dastlabki) tekshiruv va nazorat tekshiruv — bir yilda koʻpi bilan bir martadan;
tezkor tekshiruv — jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari, ommaviy axborot vositalari va boshqa manbalardan olingan maʼlumotlar asosida.”;
oʻn ikkinchi xatboshidagi “odamlarga xabar beradigan moslamalarning” degan soʻzlar “odamlarni yongʻindan xabardor va evakuatsiya qilishni boshqarish tizimlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
14. 21-banddagi “obyektlarni tekshirish va/yoki yongʻin-profilaktika koʻrigidan oʻtkazishni” degan soʻzlar “obyektlarda koʻrikni, profilaktika tadbirini yoki tekshirishlarni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
15. Quyidagi mazmundagi 211-band bilan toʻldirilsin:
“211. Koʻriklar oylik ish reja-jadvallar asosida, profilaktika tadbirlari esa mazkur Yoʻriqnomaning 31-ilovasiga muvofiq shakldagi choraklik reja-grafik asosida har chorakda kamida bir marotaba faqat tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladi.”.
16. 23-banddagi “Tekshiruv va/yoki yongʻin-profilaktika koʻriklari” degan soʻzlar “Koʻriklar, profilaktika tadbirlari va tekshiruvlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“24. Koʻriklar, profilaktika tadbirlari va tekshiruvlar DYON organi rahbarining buyrugʻi asosida oʻtkaziladi.
Bunda, ushbu buyruqda obyekt nomi, joylashgan manzili, koʻrik, profilaktika tadbir va tekshiruvni oʻtkazish muddati, unda ishtirok etadigan inspektorning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi koʻrsatilishi lozim.
Koʻriklar, profilaktika tadbirlari va tekshiruvlar faqat buyruqda koʻrsatilgan inspektorlar tomonidan amalga oshiriladi.
Tadbirkorlik subyektlariga tegishli obyektlarda inspektor tomonidan tekshiruv boshlanishidan oldin:
tadbirkorlik subyekti rahbari (rahbar vazifasini bajaruvchi shaxs) tekshiruv maqsadi bilan tanishtirilishi;
xizmat guvohnomasi va tekshiruv oʻtkazish huquqini beruvchi maxsus guvohnoma koʻrsatilishi;
tekshiruvni oʻtkazishga asos boʻlgan hujjatlar (tekshiruv oʻtkazish kelishilganligi yoki vakolatli organ tekshiruv haqida xabardor etilganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, DYON organining tekshiruv oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻi va tekshiruv dasturi) nusxalari tilxat olingan holda taqdim qilinishi;
“Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga tekshiruvning unikal kodini kiritish orqali tekshiruvga doir maʼlumotlarni olish huquqi tushuntirilishi lozim.
Tadbirkorlik subyektlariga tegishli obyektlarda inspektor tomonidan koʻriklar va profilaktika tadbirlari boshlanishidan oldin:
tadbirkorlik subyekti rahbari (rahbar vazifasini bajaruvchi shaxs) koʻrik yoki profilaktika tadbirining maqsadi bilan tanishtirilishi;
xizmat guvohnomasi koʻrsatilishi;
koʻrik yoki profilaktika tadbirlarini oʻtkazishga asos boʻlgan hujjatlar nusxalari taqdim qilinishi kerak.”.
18. 25-banddagi “taklif etilgan” degan soʻzlar “kiritilgan” degan soʻz bilan almashtirilsin.
19. 26-banddagi “koʻrsatmada bajarish uchun taklif etilgan” degan soʻzlar “koʻrsatmaga kiritilgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
20. Quyidagi mazmundagi 271 — 273-bandlar bilan toʻldirilsin:
“271. Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlarni oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishgan yoki uni xabardor etgan holda “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida roʻyxatga olish orqali amalga oshiriladi.
Bunda, oʻtkazilgan tekshiruvlarning natijalari hamda profilaktika tadbirlari toʻgʻrisida maʼlumot tekshiruv yoki profilaktika tadbirlari tugagan kundan boshlab inspektor tomonidan uch kun muddatda “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga kiritiladi.
272. Tekshiruvlarning davriyligi obyektning yongʻin xavflilik guruhiga koʻra belgilanadi. Jumladan:
1-guruh obyekti bir yilda koʻpi bilan bir martadan batafsil va nazorat tartibida tekshiruvdan oʻtkaziladi;
2-guruh obyekti ikki yilda koʻpi bilan bir martadan batafsil va nazorat tartibida tekshiruvdan oʻtkaziladi;
3-guruh obyekti uch yilda koʻpi bilan bir martadan batafsil va nazorat tartibida tekshiruvdan oʻtkaziladi;
4-guruh obyektida davlat yongʻin nazorati zaruratga qarab amalga oshiriladi.
“Yongʻindan ogohlik” umummilliy kampaniyasi doirasidagi “Yongʻin xavfsizligi aʼlochisi” yillik tanlov gʻolibi yoki yongʻin auditi tashkilotidan yongʻin xavfsizligi talablari boʻyicha ijobiy xulosasini olgan hamda yongʻin va boshqa xatarlardan oʻziga tegishli obyektlarni sugʻurtalagan obyektlarda qonunchilikda belgilangan davr mobaynida tekshiruvlar oʻtkazilmaydi.
273. Yongʻin xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan profilaktika tadbirlari tasdiqlangan choraklik reja-grafiklar asosida quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
bevosita joyiga chiqmagan va tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga aralashmagan holda huquqiy targʻibot, seminarlar, tushuntirish ishlari va amaliy mashgʻulotlar tashkil etish;
tadbirkorlik subyektlariga pochta aloqasi yoki elektron axborot tizimlari orqali ularning faoliyati yuzasidan qonunchilik talablari buzilishining oldini olishga qaratilgan tavsiyalar, tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritayotgan sohada sodir etilayotgan tizimli huquqbuzarliklarning sabablari va ularga imkon beruvchi shart-sharoitlar boʻyicha xabarnomalar yuborish;
amaldagi qonunchilik talablarini tushuntirish yuzasidan ommaviy axborot vositalarida chiqishlar qilish;
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolarni ommaviy muhokama qilish maqsadida Internet jahon axborot tarmogʻida veb-saytlar, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda blog va chatlarni tashkil etish;
“ochiq eshiklar kuni” tadbirlarini tashkil etish va ularda qatnashish;
tadbirkorlik subyektlarini qonunchilik talablari aks ettirilgan tarqatma materiallar va boshqa qoʻllanmalar bilan taʼminlash.
Yongʻin xavfsizligini, fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilari, sanoat uchun moʻljallangan portlovchi materiallar, pirotexnika buyumlari, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlar saqlanadigan joylar (obyektlar)ning texnik mustahkamligini, obyekt ichki va ruxsat berish rejimini taʼminlash maqsadida oʻtkaziladigan profilaktika tadbirlari tadbirkorlik subyektlariga tegishli obyektlarni koʻzdan kechirish orqali amalga oshirilishi mumkin.”.
21. 6-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6-bob. Koʻriklar, profilaktika tadbirlarini va tekshiruvlarni oʻtkazish bilan bogʻliq tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni amalga oshirish”.
birinchi xatboshidagi “tekshiruv va yongʻin-profilaktika koʻrigini” degan soʻzlar “koʻrikni, profilaktika tadbirini va tekshiruvni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “tekshiruvlar va/yoki yongʻin-profilaktika koʻriklarida” degan soʻzlar “koʻrikda, profilaktika tadbirida va tekshiruvda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “tekshirish va/yoki yongʻin-profilaktika koʻriklarini” degan soʻzlar “koʻrik, profilaktika tadbirini va tekshiruv” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“29. Koʻrik, profilaktika tadbiri va tekshiruv mazkur Yoʻriqnoma va yongʻin xavfsizligi sohasiga oid boshqa qonunchilik hujjatlari asosida oʻtkazilishi lozim.”;
ikkinchi xatboshi “oʻtkaziladigan” degan soʻzdan keyin “koʻriklar, profilaktika tadbirlari va” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.”.
24. 30-bandda “Tekshiruvlar davrida” degan soʻzlar “Koʻriklar, profilaktika tadbirlari va tekshiruvlar davrida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
25. 7-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7-bob. Koʻriklar, profilaktika tadbirlari va tekshirishlar natijalarini rasmiylashtirish”.
“32. Tekshiruvlar natijasi boʻyicha ushbu Yoʻriqnomaning 4-ilovasiga muvofiq DYON organlarining yozma koʻrsatmasi, koʻriklar va profilaktika tadbirlari natijasi boʻyicha
ushbu Yoʻriqnomaning 41-ilovasiga muvofiq tavsiyalar maʼlumotnomasi rasmiylashtiriladi.
Tadbirkorlik subyektlariga tegishli obyektlarda oʻtkazilgan tekshiruvlar natijalari yuzasidan yozma koʻrsatmadan tashqari dalolatnoma ham tuziladi.
Yozma koʻrsatmalar ushbu Yoʻriqnomaning 42-ilovasiga muvofiq yuritiladigan yozma koʻrsatmalarni hisobga olish jurnalida hisob roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Nazorat tartibidagi tekshiruv davrida yozma koʻrsatmaga kiritilgan tadbirlar belgilangan muddatlarda bajarilganligi va (yoki) bajarilmaganligi haqida yozma koʻrsatmaning tegishli boʻlimida belgi qoʻyiladi.”.
“33. Yozma koʻrsatma, dalolatnoma va tavsiyalar maʼlumotnomasi ikki nusxada tuziladi. Yozma koʻrsatmaning bir nusxasi tekshiruv tugagandan soʻng besh kundan kechiktirmasdan, dalolatnoma va tavsiyalar maʼlumotnomasining nusxasi esa koʻrik va profilaktika tadbiri tugagan kunning oʻzida obyekt rahbariga (yoki uning vakiliga) imzo orqali topshiriladi. Obyekt rahbari yozma koʻrsatmaning, dalolatnoma yoki tavsiyalar maʼlumotnomasi nusxasini olganligi haqida imzo qoʻyishdan bosh tortgan taqdirda, bu haqida unga tegishli belgi qoʻyilib, pochta xizmati orqali yuboriladi va topshirilganligi haqida bildirish xati NKIda qoladigan ikkinchi nusxasiga qoʻshib qoʻyiladi.”;
toʻrtinchi xatboshidagi “koʻrsatmada taklif etilgan” degan soʻzlar “koʻrsatmaga kiritilgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “taklif etilayotganligi” degan soʻzlar “kiritilganligi” degan soʻz bilan almashtirilsin.
28. 34-banddagi “xonadonli” degan soʻz “kvartirali” degan soʻz bilan almashtirilsin.
29. 37-bandning ikkinchi xatboshisidagi “quyidagi takliflardan” degan soʻzlar “quyidagilardan” degan soʻz bilan almashtirilsin.
“39. Yongʻin xavfsizligi talablariga mos kelmaydigan mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish boʻyicha aniqlangan holatlar haqida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasiga xabar qilinadi.”.
31. 40-banddagi “tekshiruv va/yoki yongʻin-profilaktika koʻrigi” degan soʻzlar “koʻrik, profilaktika tadbiri va tekshiruv” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“42. Mahalliy DYON organining tegishli buyrugʻi bilan biriktirilgan inspektorlar tomonidan aholi yashash uylarini tekshirish hamda tungi vaqtda odamlar ommaviy boʻladigan obyektlarni koʻrikdan oʻtkazish natijalari yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlari alohida yigʻma jildlarga tikiladi va ularning hisobi yuritiladi.”.
“Qaror plombalash yoki muhrlash yoʻli bilan 71-ilovasiga muvofiq bayonnoma bilan ijroga qaratilib, bayonnomaning bir nusxasi obyekt rahbariga (yoki uning vakiliga) imzo orqali topshiriladi.”.
34. 9-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9-bob. Shaharsozlik faoliyati sohasida profilaktika ishlari”.
birinchi xatboshidagi “Meʼyoriy-texnik ishlar” degan soʻzlar “Shaharsozlik faoliyati sohasida profilaktika ishlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “yongʻin oʻchirish” degan soʻzlar “yongʻin-qutqaruv” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“yangi va qayta ishlab chiqilayotgan yongʻin xavfsizligi talablari mavjud boʻlgan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni, shuningdek shaharsozlik normalari va qoidalarini ishlab chiqishda ishtirok etish va kelishish;”;
oʻninchi xatboshidagi “berish.” degan soʻz “berish;”degan soʻz bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi oʻn birinchi va oʻn ikkinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilishda amaldagi shaharsozlik normalari va qoidalarida nazarda tutilgan yongʻin xavfsizligi talablarining loyihalash va qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilishi ustidan tanlov asosida nazoratni amalga oshirish;
rivojlangan davlatlar amaliyotidan kelib chiqqan holda, jamoat va maʼmuriy binolarni loyihalashtirish va qurish uchun ishlab chiqilgan maxsus texnik shartlarni koʻrib chiqish.”.
36. 48-banddagi “qurilish meʼyorlari” degan soʻzlar “shaharsozlik normalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
37. 49-bandning ikkinchi xatboshisidagi “tavfsiya” degan soʻz “tavsiya” degan soʻz bilan almashtirilsin.
“yongʻin joyiga yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari oʻz vaqtida yetib borishini hisobga olgan holda yongʻin-qutqaruv depolari joylashtirilganligiga.”.
39. 52-band “maʼlumotlar” degan soʻzdan keyin “ushbu Yoʻriqnomaning 101-ilovasiga muvofiq” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
40. 54-banddagi “Davlat yongʻin nazoratini tashkil etish bosh boshqarmasi” degan soʻzlar “markaziy DYON organi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
41. Quyidagi mazmundagi 541-band bilan toʻldirilsin:
“541. Qurilish obyektlari uchun ishlab chiqilayotgan loyiha-smeta hujjatlarining arxitekturaga oid qismi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan Loyiha-smeta hujjatlarini kelishish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga asosan koʻrib chiqiladi.”.
birinchi xatboshidagi “qurilish norma”, “amalga oshiriladi.” degan soʻzlar tegishli ravishda “shaharsozlik normalari”, “ham amalga oshirilishi mumkin.” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
44. 57-bandning birinchi xatboshisidagi “qurilish” degan soʻz “shaharsozlik” degan soʻz bilan almashtirilsin.
45. Quyidagi mazmundagi 571-band bilan toʻldirilsin:
“571. Loyiha hujjatlarini oʻrganish natijalari ushbu Yoʻriqnomaning 102-ilovasiga muvofiq shakldagi “Loyihalarni oʻrganib chiqish boʻyicha xulosalarni qayd etish jurnali”da qayd etiladi.”.
“60. Har bir qurilish obyektiga NKI yuritiladi va quyidagi hujjatlar jamlanadi:
yer uchastkasini oʻrganish boʻyicha DYON organi xulosasi;
loyiha hujjatlarini shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiqligini oʻrganish natijalari boʻyicha DYON organi xulosalari va yozma tavsiyalari;
koʻrik, profilaktika tadbirlari va tekshirish jarayonida tuzilgan hujjatlar, qurilish obyektining yongʻin xavfini tavsiflovchi boshqa materiallar va yozishmalar;
qurilish obyektiga oʻrnatilgan YOQTHVlarning tizimlarining texnik holatini tekshirish, sinash va foydalanishga qabul qilish natijalari hamda qurilish konstruksiyalari va materiallarini olovbardoshlik darajasini oshirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar boʻyicha tuzilgan hujjatlar;
qurilish obyektini foydalanishga qabul qilish ishchi va davlat komissiyasi dalolatnomasi yoki qurilish-montaj ishlari tugallangan obyektdan foydalanish uchun ruxsatnoma.”.
49. 61-bandning birinchi xatboshisidagi “tekshiruvlar va yongʻin-profilaktika koʻriklari” degan soʻzlar “koʻriklar, profilaktika tadbirlari va tekshirishlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
50. 63-banddagi “yongʻin-profilaktika koʻrigidan” degan soʻzlar “koʻrikdan” degan soʻz bilan almashtirilsin.
ikkinchi xatboshidagi “ishchi va davlat”, “rahbarlari yoki meʼyoriy-texnik boʻlimi mutaxassislari” degan soʻzlar tegishli ravishda “qabul qilish”, “inspektorlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“65. DYON organi vakili qurilish ishlari tugallangan obyektni foydalanishga qabul qilish masalasi (tasdiqlangan loyiha hamda shaharsozlik normalari va qoidalarida belgilangan yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi) oʻrganiladi.”.
“66. Qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish komissiyasida DEN organi vakilining ishtiroki va hujjatlarni rasmiylashtirish SHNQ 3.01.04 “Qurilish ishlari tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish” shaharsozlik normalari va qoidalariga asosan amalga oshiriladi.”.
54. 67 va 68-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
“70. Qurilish ishlari tugallangan obyektni DYON organi vakili uch ish kuni mobaynida joyiga chiqqan holda yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi yuzasidan oʻrganib chiqadi va natijasi toʻgʻrisida bevosita rahbariga bildirgi orqali axborot beradi.
Oʻrganish natijalari boʻyicha asosli eʼtiroz boʻlmagan taqdirda ijobiy xulosa tuziladi, bino va inshoot yongʻin xavfsizligi talablariga javob bermagan taqdirda, aniq asoslarini koʻrsatgan holda rad etish xulosasi rasmiylashtiriladi va shu kunning oʻzida qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasiga yoki murojaat etuvchiga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuboriladi.”.
ikkinchi xatboshi “obyektning NKIga” degan soʻzlardan keyin “va ushbu Yoʻriqnomaning 104-ilovasiga muvofiq” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
57. 73-banddagi “komissiya tarkibidagi DYON xodimlarining vazifalari hamda komissiya ishiga jalb etiladigan DYON yoʻnalishlari, obyektlarning” degan soʻzlar “ushbu obyektlarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“Maʼmuriy ishlar “E-maʼmuriy ish” tizimiga elektron shaklida kiritilishi orqali amalga oshiriladi. Maʼmuriy ishlarni qogʻoz shaklida yuritish zarurati yuzaga kelganda, ushbu hujjatlar “E-maʼmuriy ish” tizimiga elektron shaklida kiritiladi hamda uning qogʻoz shakli bevosita tegishli DYON organida saqlanadi.”.
birinchi xatboshi “nusxasi” degan soʻzdan keyin “u chiqarilgan paytdan boshlab” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “tumanlararo maʼmuriy” degan soʻzlar “jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
62. 93-banddagi “qonunlarda” degan soʻz “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
63. 11-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11-bob. Yongʻin yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari”.
64. 102-bandda “DYON organlari” degan soʻzlar “Mahalliy DEN organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
65. 103-band “tekshiruv ishlari” degan soʻzlardan keyin “mahalliy” degan soʻz bilan toʻldirilsin.
66. Quyidagi mazmundagi 1031-band bilan toʻldirilsin:
“1031. Yongʻin yuzasidan tekshiruv ishlarini olib boruvchi inspektorga kelib tushgan jinoyat va hodisalarga oid ariza, xabar va boshqa maʼlumotlar oʻz tasdigʻini topgan hollarda u tomonidan bevosita boshligʻi nomiga bildirgi rasmiylashtiradi.
Jinoyat va hodisalarga oid ariza, xabar va boshqa maʼlumotlar kelib tushgan kunning oʻzida, ish vaqti tugaganidan keyin kelib tushgan taqdirda esa, keyingi ish kunida inspektor tomonidan tegishli kitobda va “E-material” tizimida roʻyxatga olinadi.”.
beshinchi xatboshidagi “boʻlmasa.” degan soʻz “boʻlmasa;” degan soʻz bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini ixtiyoriy ravishda qoplash va (yoki) jinoyat oqibatlarini bartaraf etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasida belgilangan muddat oʻtmagan boʻlsa.
Tergovga qadar tekshiruv muddatini uzaytirish boʻyicha qaror ushbu qaror qabul qilingan kunning oʻzida pdf formatida skaner qilingan holda “E-material” tizimiga kiritiladi.”.
68. 111-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Jinoyat va hodisalarga oid ariza, xabar va boshqa maʼlumotlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisida qaror yoki jinoyat ishining tergovga tegishliligi boʻyicha yoʻllanma xat shu kunning oʻzida pdf formatida skaner qilingan holda “E-material” tizimiga kiritiladi.”.
69. 121-banddagi “ichki ishlar” degan soʻzlar “DYON” degan soʻz bilan almashtirilsin.
70. 123-bandda “Yongʻin haqidagi dalolatnoma,”, “DYON organlari” degan soʻzlar tegishli ravishda “Yongʻinlar va ularning oqibatlari yongʻin haqidagi dalolatnoma,”, “DYON organlari tomonidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“124. Yongʻin va uning oqibatlarini “Yongʻinlarni hisobga olish” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish maqsadida yongʻinni tekshirish materiallariga asosan inspektor tomonidan yongʻinni hisobga olish varaqasi toʻldiriladi va unga yongʻinlarni hisobga olish jurnaliga muvofiq raqam beriladi.”.
“125. Yongʻinlarni hisobga olish ishlarini yuritish va “Yongʻinlarni hisobga olish jurnali”ni toʻldirish hamda yongʻinlarni hisobga olish varaqalaridan maʼlumotlarni “Yongʻinlarni hisobga olish” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish ishlari hududiy DYON organining buyrugʻi bilan yoki xizmat vazifalarida koʻrsatilgan holda aniq bir xodimga yuklatiladi.”.
“127. DYON organlari kundalik faoliyatida obyektlarda yongʻinlar profilaktikasini, yongʻinga qarshi targʻibotni amalga oshirishda, shuningdek, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari hamda tashkilotlar bilan ularga tegishli obyektlarning yongʻinga qarshi himoyasini kuchaytirish masalalari boʻyicha hamkorlik qilishda yongʻinlar tahlilining natijalaridan foydalanishlari lozim.”.
74. 128-banddagi “insonlarni halok boʻlishi, shuningdek boshqa ogʻir oqibatlar bilan bogʻliq sodir boʻlgan” degan soʻzlar “ogʻir oqibatli (insonlarning jarohatlanishi va (yoki) halok boʻlishi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
75. 129-bandning uchinchi xatboshidagi “budjet” degan soʻz “budjet yoki budjetdan tashqari hamda qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
76. 135-band quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Uy-joy sektorida yongʻinlarning oldini olish va yongʻin xavfsizligi chora-tadbirlarini targʻib qilishga jalb etilgan tuman (shahar) DYON organi instruktorlari va yongʻin-qutqaruv qismlari shaxsiy tarkibi tomonidan uy egalariga yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriqlar beriladi.
Bunda, ular aniqlangan yongʻin chiqish xavfi boʻlgan holatlar yuzasidan shu kunning oʻzida mahalliy inspektorlarga xabar beradi. Inspektor yongʻin chiqish holatini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi.”.
77. 14-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14-bob. Yongʻinga qarshi texnik himoya vositalarini montaj qilish, taʼmirlash va foydalanish sohasida bajarilayotgan ishlar (xizmatlar) sifati ustidan nazorat”.
“138. YOQTHV foydalanishga qabul qilish ishlari shaharsozlik normalari va qoidalari hamda avtomatik yongʻin oʻchirish va signalizatsiya qurilmalarini oʻrnatish, ishlarni bajarish, qabul qilish hamda texnik xizmat koʻrsatish sohasidagi hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshiriladi.”;
“Shaharsozlik normalari va qoidalari hamda avtomatik yongʻin oʻchirish va signalizatsiya qurilmalarini oʻrnatish, ishlarni bajarish, qabul qilish hamda texnik xizmat koʻrsatish sohasidagi hujjatlarga asosan YOQTHVning ish qobiliyatini.”.
80. 140-bandning ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin.
81. 15-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15-bob. Qonunchilikka muvofiq faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashda, ruxsat berishda, xabardor qilishda va xizmatlarni sertifikatlashda DYON organlarining ishtiroki”.
82. 142-banddagi “Yuridik shaxs (litsenziya daʼvogari)ning arizasi yoki litsenziya (sertifikat) beradigan organlarning murojaatlari asosida DYON organi inspektori arizada” degan soʻzlar “DYON organiga yuridik shaxs (daʼvogar)ning arizasi yoki litsenziya (sertifikat) beradigan organning murojaati asosida inspektorlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
“146. Xulosa DYON organining rasmiy blankasida tayyorlanib, mazkur organ rahbari yoki uning oʻrinbosari tomonidan imzolanadi va murojaat etgan yuridik shaxs (tadbirkorlik subyekti)ga yoki litsenziya (sertifikat) beradigan vakolatli organiga maxsus elektron tizimi yoki pochta orqali yuboriladi.”.
84. 151-banddagi “yagona tizimga” degan soʻzlar “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
85. 163-banddagi “maxsus” degan soʻz “harbiy” degan soʻz bilan almashtirilsin.
86. 165-bandning birinchi xatboshisidagi “yongʻin xavfsizligi boʻlimi (boʻlinmasi)” degan soʻzlar “favqulodda vaziyatlar boʻlimi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
87. 1-ilovaning matnidagi “Tekshirish va yongʻin-profilaktika koʻriklaridan”, “Yongʻin-profilaktika koʻriklari”, “Rejali koʻriklar”, “Qoʻshimcha koʻriklar” degan soʻzlar tegishli ravishda “Tekshirish, yongʻin-profilaktika koʻriklari hamda monitoring va profilaktika tadbirlaridan”, “Yongʻin-profilaktika koʻriklari, monitoring va profilaktika tadbirlari”, “Rejali”, “Qoʻshimcha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
88. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1-ilovasiga muvofiq tahrirdagi 21-ilova bilan toʻldirilsin.
89. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 2-ilovasiga muvofiq tahrirdagi 31-ilova bilan toʻldirilsin.
90. 4-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 3-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
91. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 4 va 5-ilovalariga muvofiq tahrirdagi 41 va 42-ilovalar bilan toʻldirilsin.
92. 6-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 6-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
93. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 7-ilovasiga muvofiq tahrirdagi 71-ilova bilan toʻldirilsin.
94. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 8, 9, 10, 11-ilovalariga muvofiq tahrirdagi 101, 102, 103 va 104-ilovalar bilan toʻldirilsin.
Davlat yongʻin nazorati organlari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
1-ILOVA
“Davlat yongʻin nazorati organlari faoliyatini tashkil etish boʻyicha Yoʻriqnomaga
21-ILOVA
Obyektlarni yongʻin chiqish xavfi boʻyicha guruhlarga boʻlish
METODIKASI
1. Nazorat obyektlarida oʻtkaziladigan batafsil tekshiruvlarning davriyligi ushbu obyektlarning yongʻin chiqish xavfi boʻlgan guruhiga koʻra belgilanadi.
2. Obyektlar yongʻin xavfliligi boʻyicha 4 ta guruhga boʻlinadi:
1-guruhga mansub obyektlar — xavfli;
2-guruhga mansub obyektlar — oʻrta darajada xavfli;
3-guruhga mansub obyektlar — past darajada xavfli;
4-guruhga mansub obyektlar — xavfsiz.
3. 1-guruhga mansub obyektlarga quyidagilar kiradi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilangan oʻta muhim, birinchi va ikkinchi toifali muhim obyektlar;
tarkibida portlab-yonish va yongʻin xavfi boʻyicha “A”, “B” va “V1-V4” toifalarga mansub xonalar (“A”, “B” va “V” toifaga mansub binolar, “At”, “Bt” va “Vt” toifalarga mansub tashqi qurilmalar) boʻlgan obyektlar;
paxta xom ashyosini saqlash shoxobchalari, paxta xom ashyosini qayta ishlash korxonalari, paxta tolasini saqlash obyektlari, paxta-toʻqimachilik klasterlari va shu kabi obyektlar;
portlovchi moddalar, kuchli taʼsir etuvchi zaharli moddalar bilan bogʻliq ishlab chiqarish obyektlari, ushbu moddalarni saqlash omborlari mavjud obyektlar;
yongʻinga xavfli kimyoviy va oʻtkir taʼsir etuvchi zaharli moddalar (mahsulotlar) bilan bogʻliq ishlab chiqarish obyektlari, ushbu moddalar (mahsulotlar)ni saqlash omborlari;
radioaktiv moddalar va radioaktiv chiqindilar aylanishi bilan bogʻliq obyektlar;
barcha turdagi avtomobillarga yoqilgʻi quyish va gaz toʻldirish stansiyalari;
don va don mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash korxonalari;
havo va temir yoʻl transporti binolari va inshootlari;
barcha turdagi taʼlim muassasa (tashkilot)lari (maktabgacha taʼlim va tarbiya, umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, professional, oliy, oliy taʼlimdan keyingi, maktabdan tashqari taʼlim va kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish);
statsionar davolashga moʻljallangan tibbiyot muassasalari;
statsionar tibbiy sogʻlomlashtirish muassasalari;
xalqaro konferensiyalar, koʻrgazma, yarmarka, forumlar va boshqa ommaviy odam yigʻiladigan tadbirlarni oʻtkazishga moslashtirilgan obyektlar;
tunda ommaviy odam qoladigan obyektlar (saxovat uylari, muruvvat uylari va shu kabi obyektlar);
ommaviy odam yigʻiladigan diniy tadbirlar oʻtkaziladigan obyektlar;
28 m dan baland boʻlgan koʻp kvartirali uylar, maʼmuriy va jamoat binolari;
madaniy-tomosha muassasalari, madaniy-ommaviy tadbirlar oʻtadigan obyektlar;
yuz va undan koʻp oʻringa moʻljallangan mehmonxonalar, motel, kemping, yotoqxona va shu kabi obyektlar;
ixtisoslashtirilgan va buyum bozorlari, savdo-koʻngilochar majmualar (savdo komplekslari);
gipermarketlar;
umumiy ovqatlanish (restoran, qahvaxona, bar, toʻy va shu kabi boshqa marosimlar oʻtkaziladigan) maskanlari;
sanoat muzlatkichlari;
alohida yopiq turdagi yer osti va yer usti koʻp qavatli avtoturargohlar;
kiyim-kechak savdosi bilan shugʻullanadigan savdo obyektlari (autletlar, riteyl-parklar va shu kabi obyektlar);.
teleradio uzatish markazlari (minoralari);
yangi qurilayotgan, rekonstruksiya qilinayotgan, kengaytirilayotgan, texnik jihatdan qayta jihozlanayotgan va kapital taʼmirlanayotgan obyektlar.
4. 2-guruhga mansub obyektlarga quyidagilar kiradi:
tarkibida portlab-yonish va yongʻin xavfi boʻyicha “G” toifaga mansub xonalar (“G” toifaga mansub binolar, “Gt” toifaga mansub tashqi qurilmalar) boʻlgan obyektlar;
mingdan koʻp oʻringa moʻljallangan stadion, yopiq sport inshootlari va manejlar;
ambulator davolashga moʻljallangan tibbiyot muassasalari;
dehqon (oziq-ovqat) bozorlari;
universal magazin (univermag)lar;
supermarketlar;
yuz oʻringacha moʻljallangan mehmonxonalar, motel, kemping, yotoqxona va shu kabi obyektlar;
15,5 m (besh qavat)dan 28 m gacha (28 m ham) boʻlgan koʻp kvartirali uylar, maʼmuriy va jamoat binolari;
5. 3-guruhga mansub obyektlarga quyidagilar kiradi:
tarkibida portlab-yonish va yongʻin xavfi boʻyicha “D” toifaga mansub xonalar (“D” toifaga mansub binolar, “Dt” toifaga mansub tashqi qurilmalar) boʻlgan obyektlar;
gidrotexnik inshootlar;
aloqa va boshqa muhandislik-kommunikatsiya tizimlari (inshootlari);
ming oʻringacha moʻljallangan stadion, yopiq sport inshootlari va manejlar;
15,5 m (besh qavat)gacha boʻlgan koʻp kvartirali uylar, maʼmuriy va jamoat binolari;
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, adliya va prokuratura organlari, sudlar, oʻzini-oʻzi boshqarish organlari va shu kabi xizmatlarning maʼmuriy binolari;
istirohat bogʻlari;
ochiq turdagi avtoturargohlar.
6. 4-guruhga mansub obyektlarga quyidagilar kiradi:
1 — 3-guruhlarga kirmagan obyektlar.”.
Davlat yongʻin nazorati organlari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
2-ILOVA
“Davlat yongʻin nazorati organlari faoliyatini tashkil etish boʻyicha Yoʻriqnomaga
31-ILOVA
“TASDIQLAYMAN”
Favqulodda vaziyatlar vaziri
oʻrinbosari (yoʻnalish boʻyicha)
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan respublika hududida joylashgan bir vaqtning oʻzida 50 nafardan koʻp odamlar boʻladigan obyektlarda 20____-yilning __________ oylarida monitoring va profilaktika tadbirlarni oʻtkazish
REJA-GRAFIGI
T/r
tuman
(shahar)
obyekt nomi
obyekt manzili
STIR
profilaktika tadbirini oʻtkazish muddati
yongʻin xavfliligi boʻyicha guruhi
1.
2.
”.
Davlat yongʻin nazorati organlari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
3-ILOVA
“Davlat yongʻin nazorati organlari faoliyatini tashkil etish boʻyicha Yoʻriqnomaga
4-ILOVA
(Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbining tasviri)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI
(obyektning nomi, manzili, STIR, MSHK, THSHK va XXTK kodlari)
yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishi tekshirildi.
Tekshiruv vaqtida aniqlangan yongʻin xavfsizligi talablarining buzilishini bartaraf etish hamda yongʻinlarni oldini olish maqsadida, yongʻin xavfsizligi sohasidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq quyidagi chora-tadbirlarni bajarilishi talab etiladi:
T/r
Tadbirlar nomi
(tadbirlar tegishli normativ-huquqiy hujjatning nomi va bandini koʻrsatgan holda asoslantiriladi)
Bajarish muddati
Bajarilgani haqida belgi
1
2
3
4
Koʻrsatilgan chora-tadbirlar korxona, muassasa va tashkilotlarning mansabdor shaxslari hamda fuqarolari uchun shart hisoblanadi.
Bajarish uchun kiritilgan chora-tadbirlar yoki ularni bajarish muddatlaridan norozi boʻlsangiz, Siz 10 kun ichida yuqori turuvchi davlat yongʻin nazorati organiga murojaat qilishingiz mumkin.
_______________________________________________
_____________
(DYON organi mansabdor shaxsining lavozimi, F.I.O.)
Davlat yongʻin nazorati organlari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
4-ILOVA
Davlat yongʻin nazorati organlari faoliyatini tashkil etish boʻyicha Yoʻriqnomaga
41-ILOVA
(Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbining tasviri)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI
(tadbirkorlik subyektiga tegishli boʻlgan obyektning nomi)
Yongʻin xavfsizligi talablarining buzilishi holatlarini bartaraf etish boʻyicha quyidagilarni amalga oshirilishi tavsiya etiladi: __________________________________________________________
(DYON organi mansabdor shaxsining lavozimi, F.I.O.)
(imzo)
20___ yil “_____” _______________
Tanishdim va bitta nusxasini oldim:
______________________________________________
______________
(tashkilot rahbarining lavozimi, F.I.O.)
(imzo)
20___ yil “_____” _____________
”.
Davlat yongʻin nazorati organlari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
5-ILOVA
“Davlat yongʻin nazorati organlari faoliyatini tashkil etish boʻyicha Yoʻriqnomaga
42-ILOVA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI
Davlat yongʻin nazoratining yozma koʻrsatmalarini hisobga olish
JURNALI
Yuritilish boshlandi: 20___ yil “___” __________
Yuritilish tugallandi: 20___ yil “___” __________
T/r
Obyekt nomi
Yongʻin xavfliligi boʻyicha guruhi
Tekshiruv sanasi
Tekshiruv oʻtkazgan xodimning F.I.O.
Kiritilgan bandlar
(soni)
Qayta tekshiruv sanasi
Bartaraf etilgan bandlar
(soni)
1
2
3
4
5
6
7
8
”.
Davlat yongʻin nazorati organlari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
6-ILOVA
“Davlat yongʻin nazorati organlari faoliyatini tashkil etish boʻyicha Yoʻriqnomaga
6-ILOVA
(Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbining tasviri)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI
Binolar, inshootlar, alohida ishlab chiqarishlar va xonalardan foydalanishni, ayrim yongʻin xavfiga qarshi ishlarni olib borishni qisman yoki butunlay toʻxtatib qoʻyish haqidagi
yongʻin kelib chiqishiga, tarqalishiga yoki uni bartaraf etishni qiyinlashtirilishiga va (yoki) odamlarning xavfsizligiga tahdid solishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 4-oktabrdagi 272-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat yongʻin nazorati toʻgʻrisidagi Nizomga asoslanib,
(DYON organi mansabdor shaxsining lavozimi, unvoni va F.I.O.)
3. Qaror ____________________________________________________________ yoʻli bilan bajarilsin.
4. Ushbu qaror, topshirilgan kundan boshlab, 5-kunlik muddat ichida yuqori DYON organi yoxud sudga shikoyat qilish huquqi borligi ______________________________________________ga tushuntirilsin.
(obyekt rahbarining F.I.O.)
5. ____________________________________________________ dan foydalanishga yuqorida koʻrsatilgan kamchiliklar toʻliq bartaraf etilgandan soʻng, ruxsat etiladi. Tadbirkorlik subyektlari uchun qarorning amal qilish muddati 10 ish kunigacha.
Davlat yongʻin nazorati organlari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
7-ILOVA
“Davlat yongʻin nazorati organlari faoliyatini tashkil etish boʻyicha Yoʻriqnomaga
71-ILOVA*
(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI
Binolar, inshootlar, alohida ishlab chiqarishlar va xonalardan foydalanishni, ayrim yongʻin xavfiga qarshi ishlarni olib borishni qisman yoki butunlay toʻxtatib qoʻyish haqidagi qarorni ijro etish toʻgʻrisida
(ishtirok etgan obyekt vakillarining lavozimi va F.I.O.)
agar muhr qoʻygan shaxsning ruxsatisiz muhr (plomba) buzilsa yoki yulib olinsa aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi eʼlon qilinsin.
Bayonnomani tuzgan shaxsning imzosi _______________________________________
Bayonnoma bir nusxasini oldim ___________________________________________________________
(javobgar shaxsning F.I.O. va imzosi)
20 ___ yil “____” _______________
”.
Davlat yongʻin nazorati organlari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
8-ILOVA
“Davlat yongʻin nazorati organlari faoliyatini tashkil etish boʻyicha Yoʻriqnomaga
101-ILOVA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI
Qurilish obyektlari uchun ajratilishi tavsiya etilgan yer maydonlarini roʻyxatga olish jurnali
Yuritilish boshlandi: 20___ yil “___” __________
Yuritilish tugallandi: 20___ yil “___” __________
T/r
Murojaat kelib tushgan sana va raqami
Ajratilishi tavsiya etilgan yer maydoni maqsadi (obyekt turi)
Murojaatni oʻrganib chiqqan DYON organi vakilining lavozimi, F.I.O.
Qabul qilingan qaror boʻyicha tuzilgan xulosaning chiqish raqami va sanasi
Rad etish sababi, shaharsozlik normalari talablaridan chetga chiqishlar
1.
2
3
4
5
6
”.
Davlat yongʻin nazorati organlari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
9-ILOVA
“Davlat yongʻin nazorati organlari faoliyatini tashkil etish boʻyicha Yoʻriqnomaga
102-ILOVA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI
Loyihalarni oʻrganib chiqish boʻyicha xulosalarni qayd etish jurnali
Yuritilish boshlandi: 20___ yil “___” __________
Yuritilish tugallandi: 20___ yil “___” __________
T/r
Murojaat kelib tushgan sana va raqami
Loyiha tashkiloti, loyiha nomi va manzili
Loyihani oʻrganib chiqqan DYON organi vakilining lavozimi, F.I.O.
Loyihani oʻrganib chiqish natijasi boʻyicha tuzilgan xulosaning chiqish raqami va sanasi
Aniqlangan loyihalash normalari talablaridan chetga chiqishlar (kamchiliklar) soni
1
2
3
4
5
”.
Davlat yongʻin nazorati organlari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
10-ILOVA
“Davlat yongʻin nazorati organlari faoliyatini tashkil etish boʻyicha Yoʻriqnomaga
103-ILOVA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI
Loyiha hujjati boʻyicha ekspertiza organi xulosasi raqami va sanasi
Loyiha hujjati oʻrganib chiqilganligi boʻyicha DENO xulosa raqami va sanasi
Biriktirilgan DENO inspektori
Tekshiruv, monitoring yoki koʻrik sanasi
1-chorak
2-chorak
3-chorak
4-chorak
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
”.
Davlat yongʻin nazorati organlari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
11-ILOVA
“Davlat yongʻin nazorati organlari faoliyatini tashkil etish boʻyicha Yoʻriqnomaga
104-ILOVA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI