Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Iqtisodiy islohotlarning sifat jihatidan yangi bosqichga oʻtishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 26-fevraldagi 98-son qarorining
7-bandidan “goʻsht, choy” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 6-martdagi 59-son qarori 3-bandining uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin;
“normalashtirilgan tovarlar roʻyxatiga kiritilmagan oziq-ovqat tovarlari bilan taʼminlash mahalliy sharoitlarni, tovar resurslari mavjudligini, isteʼmol bozoridagi talab va taklifni hisobga olgan holda amalga oshirilsin”.