1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini roʻyxatga olish]
Yuridik shaxslar birlashmalarini DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTKAZISh HAQIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda; )
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 542-sonli “Tadbirkorlik subyektlari boʻlmagan ayrim yuridik shaxslarni tashkil etish va tugatishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi Farmonining 12-bandiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.06 Yuridik shaxslar birlashmalari (assotsiatsiyalar, uyushmalar va h.k.)]
1. Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)
2. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan xoʻjalik birlashmalari (korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, ittifoqlar, aksionerlik jamiyatlari va boshqalar), mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, 1994-yil 1-iyulgacha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida va joylarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligida, viloyat hokimliklari adliya boshqarmalarida davlat roʻyxatidan oʻtishlari kerak.
Belgilangan muddatda davlat roʻyxatidan oʻtmagan xoʻjalik birlashmalarining faoliyati noqonuniy hisoblanadi hamda ularning daromadi tegishli budjetga musodara qilinadi.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari faoliyat koʻrsatayotgan barcha xoʻjalik birlashmalarining 1994-yil 1-iyulgacha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtishlarini taʼminlash majburiyatlarini yuklasinlar.
4. Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 12-iyundagi 159-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston SSR hududidagi Nizomning 1-bandidan “birlashmalar” soʻzi chiqarib tashlansin (OʻzSSR, QT, 1991, 6-son, 19-modda).
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 22-mart,
153-son
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 22-martdagi 153-son qarori bilan TASDIQLANGAN
Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqida
Nizom
(nizom nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-yil 15-16-son, 106-modda)
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.06 Yuridik shaxslar birlashmalari (assotsiatsiyalar, uyushmalar va h.k.)]
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasidagi yuridik shaxslar birlashmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini nazarda tutadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2001-y., 15-16 -son , 106-modda)
2. Respublika ahamiyatiga ega boʻlgan yuridik shaxslar birlashmalari, shuningdek, Toshkent shahrida joylashgan yuridik shaxslar birlashmalari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtadilar.
Respublika ahamiyatiga ega boʻlgan yuridik shaxslar birlashmasi deyilganda qatnashchilari ikki yoki undan koʻp maʼmuriy-hududiy tuzilmalar (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyatlar)da joylashgan birlashma tushuniladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi, viloyatlardagi yuridik shaxslar birlashmalari tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligida, viloyat hokimliklari adliya boshqarmalarida roʻyxatdan oʻtadilar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgust 347-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2001-y., 15-16-son , 106-modda)
5. Yuridik shaxslar birlashmasini davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik uchun eng kam ish haqining besh baravari miqdorida yigʻim undiriladi. Olingan mablagʻning 20 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining markazlashtirilgan schyotiga, qolganlari respublika (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilganda) yoki mahalliy budjetga oʻtkaziladi.
Taʼsis hujjatlari oʻzgarganda yoki ularga qoʻshimchalar kiritilganda, shuningdek, yuridik shaxslar birlashmasi qayta tashkil etilganda qayta roʻyxatdan oʻtkazish amalga oshiriladi, buning uchun roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun toʻlangan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)
6. Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish zarur hujjatlar ilova qilingan roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza taqdim etilgan vaqtdan boshlab 10 kun mobaynida amalga oshiriladi. Yuridik shaxslar birlashmalari reyestri va davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma tadbirkorlik subyektlari uchun belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22-avgust 2001-yil 347-sonli qarori asosida oʻz kuchini yoʻqotdi— OʻR QHT, 2001-y., 15-16-son , 106-modda)
8. Faoliyat koʻrsatib turgan yuridik shaxslar birlashmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid boʻlgan taʼsis hujjatlari taqdim etilganligi munosabati bilan uni davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilganda, roʻyxatga oluvchi bu haqda hisob-kitob operatsiyalarini toʻxtatish uchun mablagʻ bilan taʼminlovchi bankka maʼlum qiladi. Yuridik shaxslar birlashmasini tugatish Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22-avgustdagi 2001-yil 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 15-16-son , 106-modda)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi roʻyxatga oluvchi organ sifatida yuridik shaxslar birlashmalari tomonidan oʻzlarining taʼsis shartnomalari va ustavlariga rioya etishlari ustidan nazoratni amalga oshiradi. Roʻyxatdan oʻtkazish va qayta roʻyxatdan oʻtkazish tartibi buzilgan taqdirda, shuningdek, yuridik shaxslar birlashmalari tomonidan taʼsis hujjatlariga rioya qilinmaganda (korxonalarning xoʻjalik faoliyatiga aralashish va boshqalar) roʻyxatga oluvchi organ birlashmadan xoʻjalik sudi orqali eng kam ish haqining 100 baravari miqdorida jarima undirib olishga haqlidir.
Jarima respublika budjeti daromadiga oʻtkaziladi. Bunday daʼvolar bilan xoʻjalik sudiga murojaat qilishda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning organlari davlat boji toʻlashdan ozod qilinadilar.
Agar yuridik shaxslar birlashmalari ulardan jarima undirib olingandan keyin amaldagi qonun hujjatlarini buzishni davom ettirsalar hamda taʼsis hujjatlarida belgilangan vakolatlardan chetga chiqsalar, roʻyxatga oluvchi organ ularni tugatish toʻgʻrisidagi daʼvo bilan xoʻjalik sudiga murojaat qilishga haqlidir.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)
10. Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan yuridik shaxslar birlashmalari qayta tashkil etilgan yoki asosiy faoliyat turlarida oʻzgartishlar yuz bergan taqdirda, ular bir hafta muddatda roʻyxatdan oʻtkazgan organga qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun hujjatlarni taqdim etadilar.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)
11. Yuridik shaxslar birlashmalari vakolatli davlat organlarini oʻzlarining pochta manzillari oʻzgarganligi toʻgʻrisida oʻn kun muddatda xabardor qilishga majburdir. Vakolatli davlat organlarini pochta manzili oʻzgarganligi toʻgʻrisida xabardor qilmaganlik uchun yuridik shaxslar birlashmalarining mansabdor shaxslari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)