1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.03.00 Sport tashkilotlari. Jismoniy sogʻlomlashtirish va sport yoʻnalishidagi jamoat birlashmalari]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Yuqori malakali sport kadrlarini zamon talablaridan kelib chiqib mutlaqo yangi sharoitlarda tayyorlash, yangi avlod sportchilari va trenerlarini yetishtirish orqali sportdagi yutuqlarimizni yanada kengaytirish, jismoniy tarbiya va sport sohasida oʻquv va ilmiy-tadqiqot jarayonini xalqaro standartlar asosida tashkil qilish maqsadida:
1. Sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi va Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasining Sport vazirligi huzuridagi Oliy sport mahorati instituti negizida Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi (keyingi oʻrinlarda — Akademiya)ni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.03.00 Sport tashkilotlari. Jismoniy sogʻlomlashtirish va sport yoʻnalishidagi jamoat birlashmalari]
2. Amaldagi yuridik shaxs maqomi hamda moliyalashtirish tartibi saqlangan holda quyidagilar 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab Akademiya huzuriga oʻtkazilsin:
Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti;
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda uning tegishli filiallari.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.08.00 Taʼlim turlari / 13.01.08.06 Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
3. Quyidagilar Akademiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
sport sohasida natijalari yuqori boʻlgan davlatlarning yetakchi oliy sport-taʼlim tashkilotlari tajribasi asosida zamonaviy kadrlarni tayyorlash;
kadrlarni tayyorlash jarayoniga xorijiy tajribalarni qoʻllagan holda oʻquv jarayonini tashkil qilish hamda ilmiy asoslangan metodikalarini yaratish;
sport sohasida kompleks ilmiy tadqiqotlar, eksperimentlar hamda laborator sinovlar tashkil etish;
jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishning zamonaviy oʻqitish mexanizmlarini joriy etish;
respublikada sport sohasida zamonaviy nazariya va amaliyot tizimini joriy qilish usullari hamda xususiyatlarini oʻrganish orqali yuqori mahoratli sportchilarni tayyorlab borish;
musobaqalar natijalarini chuqur ilmiy yondashuv asosida tahlil qilib borish, ular natijasida sportdagi yutuqlarni yanada kengaytirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish.
4. Quyidagilar:
Oʻzbekiston davlat sport akademiyasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston davlat sport akademiyasida tashkil etiladigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi faoliyatini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Akademiyada oʻquv jarayoni 2025/2026 oʻquv yilidan boshlanadi;
Akademiya Toshkent shahri, Yashnobod tumanida barpo etilayotgan Olimpiya shaharchasiga joylashtiriladi;
Akademiya davlat oliy taʼlim muassasasi shaklidagi yuridik shaxs boʻlib, oʻz faoliyatida Sport vazirligiga hisobdordir;
Akademiyaga talabalarni qabul qilish parametrlari Respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi doirasida belgilanadi;
Akademiya talabalarining kontingenti, birinchi navbatda, olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida rivojlantirilayotgan sport turlari boʻyicha soʻnggi bir yilda Jahon, Osiyo va Oʻzbekiston chempionatlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan olimpiya va paralimpiya kollejlari, shuningdek, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarining bitiruvchilari orasidan ularning sport natijalariga qarab, saralash (seleksiya) asosida shakllantiriladi.
Bunda, Olimpiya va paralimpiya kollejlaridan saralab olingan bitiruvchilar Akademiyaga toʻgʻridan-toʻgʻri ikkinchi bosqichga qabul qilinadi;
Akademiya bitiruvchilariga Oʻzbekiston Respublikasida oliy taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan davlat namunasidagi diplom beriladi;
Akademiya talabalari sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga muvofiq oʻtkaziladigan respublika musobaqalarida toʻgʻridan-toʻgʻri ishtirok etadi;
Akademiyada sport turlari boʻyicha tahsil olayotgan talabalarni yashash uchun zaruriy jihozlar hamda sutkalik oziq-ovqat normasi bilan taʼminlashda olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari normativlari tatbiq etiladi;
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti rektori hamda Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti direktori Akademiya rektorining tavsiyasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi sport vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Bunda, Akademiya rektori Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar salohiyatini oshirish hamda ilmiy faoliyatini rivojlantirish boʻyicha kuzatuv kengashi taqdimnomasiga koʻra Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.02.00 Taʼlim tizimini boshqarish;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
6. Akademiyaga quyidagi huquqlar berilsin:
Akademiyaning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun malaka talablarini belgilangan tartibda ishlab chiqish;
ilgʻor xorijiy davlatlar tajribasi asosida sport taʼlimi jarayonlarining oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini belgilash, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda ularning oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish hamda tasdiqlash;
Sport vazirligi bilan birgalikda Sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi va homiylik mablagʻlari hisobidan xorijiy mutaxassislarni, shu jumladan, mahalliy yuqori malakali professor-oʻqituvchilarni, terma jamoa trenerlarini jalb qilish, shuningdek, mehnatga haq toʻlash miqdorlarini bozor konyunkturasidan kelib chiqqan holda oʻrnatilgan tartibda belgilash;
chet ellik olimlar, oʻqituvchilar va mutaxassislar uchun milliy valyutada borish-kelish aviachiptalarini (uzoq muddatli mehnat shartnomalari tuzilganda bir yilda koʻpi bilan ikki marta) xarid qilish va mehmonxonada yashash xarajatlarini toʻlash;
sport sohasida kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, ilmiy tadqiqotlar olib borish boʻyicha xorijiy sheriklar bilan hamkorlik toʻgʻrisida idoralararo bitimlar, shartnomalar tuzish;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqaruv]
7. Belgilansinki:
Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar salohiyatini oshirish hamda ilmiy faoliyatini rivojlantirish boʻyicha kuzatuv kengashiga, zarur hollarda, Akademiya tuzilmasiga xodimlarning umumiy cheklangan soni hamda mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi beriladi;
Akademiya bitiruvchilariga trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun malaka sertifikati, istisno tariqasida, toʻgʻridan-toʻgʻri 6 yilga beriladi;
Akademiyani tamomlagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Boshqaruv samaradorligi agentligi tomonidan Milliy kadrlar zaxirasiga, uch yillik ish stajiga ega boʻlgandan keyin — mutaxassisligi boʻyicha rahbarlik lavozimlariga tayinlanadigan istiqbolli nomzodlar roʻyxatiga kiritiladi.
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)
8. Sport vazirligi (A. Ikramov) 2025/2026 oʻquv yiliga qadar:
Akademiyaning ustavini ishlab chiqib tasdiqlasin hamda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Akademiyaning fakultetlari va kafedralari shakllantirilishini, ularning jismoniy tarbiya va sport sohasida zamonaviy bilimlarga hamda taʼlim tizimida ilmiy-amaliy ish tajribasiga ega yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirilishini taʼminlasin;
oliy taʼlim muassasalari uchun belgilangan normativlarga muvofiq Akademiya tuzilmasi tasdiqlanishini taʼminlasin.
9. Belgilab qoʻyilsinki, 2025-yildan boshlab Akademiya faoliyatini moliyalashtirish bilan bogʻliq barcha xarajatlar Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
10. Sport vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasining Akademiya tizimida davlat muassasasi shaklidagi Davlat sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
[OKOZ:
1.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.03.00 Sport tashkilotlari. Jismoniy sogʻlomlashtirish va sport yoʻnalishidagi jamoat birlashmalari]
Belgilansinki, Davlat sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi sport tibbiyoti sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi, sport turlari boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoalari aʼzolarini tibbiy jihatdan musobaqalarga tayyorlashni tashkil qiluvchi davlat tibbiyot muassasasi hisoblanadi.
Sport vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda 2025/2026 oʻquv yiliga qadar Davlat sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi faoliyatini tashkil qilish boʻyicha Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
11. Belgilab qoʻyilsinki, sportchilarga xorijiy tillar va Oʻzbekiston tarixini chuqurlashtirilgan holda oʻrgatish maqsadida Akademiya tuzilmasida Axborot-kutubxona markazini oʻz ichiga oluvchi yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Oʻzbekiston tarixi va xorijiy tillarni oʻqitish markazi tashkil etiladi.
12. Innovatsion rivojlanish agentligi jismoniy tarbiya va sport sohasining dolzarb yoʻnalishlarini oʻrganish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari uchun belgilangan tartibda davlat buyurtmasini shakllantirsin va har yili ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida tanlov eʼlon qilib borsin.
13. Quyidagilar Akademiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Davlat budjeti mablagʻlari;
toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
xoʻjalik faoliyatidan va shartnoma asosida koʻrsatilgan xizmatlardan tushumlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyundagi “Oliy sport mahorati instituti faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-269-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
15. Sport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
16. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi sport vaziri A.I. Ikramov belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departamenti rahbari O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 28-may,
PQ-197-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-maydagi PQ-197-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston davlat sport akademiyasining tashkiliy
TUZILMASI
Oʻzbekiston davlat sport
akademiyasi
Jismoniy tarbiya va sport ilmiy-tadqiqotlar instituti
Davlat sport tibbiyoti ilmiy amaliy markazi
Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda uning Nukus, Samarqand va Fargʻona filiallari
Oʻzbekiston tarixi va xorijiy tillarni oʻqitish markazi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-maydagi PQ-197-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston davlat sport akademiyasida tashkil etiladigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari
Trener, sport sohasida tashkiliy boshqaruv mutaxassisi
2 yil
2.
Adaptiv jismoniy tarbiya va sport (parasport)
3.
Sport huquqi
Sport huquqshunosi
2 yil
4.
Sport menejmenti
Sport menejeri
2 yil
5.
Sport marketingi
Sport marketologi
2 yil
6.
Sport psixologiyasi
Sport psixologi
2 yil
Izoh: mazkur roʻyxatdagi tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari Oʻzbekiston davlat sport akademiyasida mavjud talab va ehtiyojdan kelib chiqib tashkil etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-maydagi PQ-197-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi faoliyatini tashkil etish boʻyicha
I. Kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy bazani hamda maʼmuriy boshqaruv tizimini takomillashtirish
1.
Sport akademiyasining ustavini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish.
1. Rivojlangan davlatlarning sport akademiyalari faoliyatini oʻrganish.
2. Sport akademiyasining ustavini ishlab chiqish va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish.
—
2025/2026 oʻquv yiliga qadar
Sport vazirligi (A. Ikramov)
2.
Sport akademiyasining boʻlimlari, fakultetlari, kafedralarini shakllantirish, unga jismoniy tarbiya va sport sohasida zamonaviy bilimlar hamda taʼlim tizimida ilmiy-amaliy ish tajribasiga ega yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish.
1. Sport akademiyasining boʻlimlari, fakultetlari va kafedralarini shakllantirish.
2. Jismoniy tarbiya va sport sohasida zamonaviy bilimlargahamda taʼlim tizimida ilmiy-amaliy ish tajribasiga ega yuqori malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislar bilan toʻldirish.
3. Mutaxassislarning professional koʻnikmalari va bilim darajalarini uzluksiz oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish.
4. Sifatli taʼlim berishda yuqori malakaga, tajribaga ega boʻlgan professor-oʻqituvchilarni moddiy hamda maʼnaviy ragʻbatlantirish mexanizmini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish.
—
2025/2026 oʻquv yiliga qadar
Sport vazirligi (A. Ikramov)
3.
Sport akademiyasida talabalar uchun sport klubini tashkil qilish.
Sport klubining nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash.
—
2026/2027 oʻquv yiliga qadar
Sport vazirligi (A. Ikramov)
4.
Sport akademiyasining veb-saytini yaratish.
Sport akademiyasi veb-saytini yaratish.
Ijrochilar mablagʻlari
2025/2026 oʻquv yiliga qadar
Raqamli texnologiyalar vazirligi
(Sh. Shermatov),
Sport vazirligi (A. Ikramov)
5.
Sport akademiyasining xususiyatidan kelib chiqib, shtatlar jadvalini ishlab chiqish.
Sport akademiyasining boshqaruv, pedagog, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlari hamda trenerlar tarkibining shtat jadvalini ishlab chiqish.
—
2025/2026 oʻquv yiliga qadar
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B. Musayev), Sport vazirligi (A. Ikramov)
II. Oʻquv-uslubiy jarayonni takomillashtirish, taʼlim sifati va ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish hamda yangi oʻqitish uslublarini joriy etish
6.
Sport akademiyasidagi taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlarini belgilangan talablar boʻyicha ishlab chiqish.
1. Oʻquv-meʼyoriy hujjatlarni oʻrganish va tahlil qilish.
2. Oʻrganish va tahlil natijalari asosida taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha malaka talablari, oʻquv rejalari va fan dasturlarini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda tasdiqlash.
—
2025-yil
may
Sport vazirligi (A. Ikramov),
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
(K. Sharipov)
7.
Taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari uchun darslik va oʻquv qoʻllanmalarini yaratish.
Taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari xususiyatini hisobga olgan holda xorijiy tajribalarni oʻrganish orqali yangi darslik va oʻquv qoʻllanmalarini yaratish.
Davlat budjeti mablagʻlari
2024/2025 oʻquv yili davomida
Sport vazirligi (A. Ikramov)
8.
Axborot-kutubxona markazini mahalliy hamda xorijiy oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar, darsliklar hamda oʻquv qoʻllanmalari bilan toʻldirish.
1. Axborot-kutubxona markazini tashkil qilish.
2. Axborot-kutubxona markazini oʻquv-metodik adabiyotlar, axborot materiallari (shu jumladan ularning elektron shakllari), maxsus davriy nashrlar bilan taʼminlash.
3. Axborot-kutubxona markazi moddiy-texnik bazasini mustahkamlash (mebel, zarur inventar, axborot-kommunikatsiya vositalari).
Davlat budjeti mablagʻlari
2026-yil
dekabr
Sport vazirligi (A. Ikramov), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
(K. Sharipov)
9.
Sport akademiyasiga xorijiy talabalarni jalb etish choralarini koʻrish.
1. Xorijiy mamlakatlar mehnat bozoridagi talabni oʻrganish va xalqaro taʼlim koʻrgazmalarida ishtirok etish rejasini ishlab chiqish.
2. Xorijiy talabalarni jalb etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari bilan aloqalarni oʻrnatish.
3. Xorijiy fuqarolarni toʻlov-kontrakt asosida, shu jumladan, masofaviy taʼlim shaklida oʻqishga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish.
Sport akademiyasining budjetdan tashqari mablagʻlari
2026/2027 oʻquv yili davomida
Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov),
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (K. Sharipov),
Sport vazirligi (A. Ikramov)
10.
Sport akademiyasi talabalari uchun maxsus stipendiya joriy qilish.
1. Sport akademiyada tahsil olayotgan talabalarga yilda bir marotaba beriladigan “Yil sportchisi” stipendiyasini taʼsis etish.
2. “Yil sportchisi” stipendiyasi nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash.
Sport akademiyasining budjetdan tashqari mablagʻlari
2026/2027 oʻquv yili davomida
Sport vazirligi (A. Ikramov)
11.
Olimpiya va paralimpiya sport turlarida malakali sportchilarni tayyorlash boʻyicha har yili kamida 5 ta maqsadli grant loyihasini ajratish.
1. Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti tomonidan olimpiya va paralimpiya sport turlarida malakali sportchilarni tayyorlashga yoʻnaltirilgan maqsadli grant loyihalarini shakllantirish.
2. Har yili eʼlon qilinadigan fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarga Innovatsion rivojlanish agentligiga olimpiya va paralimpiya sport turlarida malakali sportchilarni tayyorlash boʻyicha kamida 5 ta maqsadli grant loyihasini kiritish.
Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari
2026-yil yanvar va har yili reja asosida
Innovatsion rivojlanish agentligi (Sh. Rajabbayev),
Sport vazirligi (A. Ikramov)
12.
Akademiya uchun 3 ta xizmat avtotransport vositasi, shu jumladan, 1 ta shaxsiy biriktirilgan va 1 ta navbatchi avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratish.
Yengil avtomobil va mikroavtobusni belgilangan tartibda xarid qilish.
Davlat budjeti mablagʻlari
2025/2026 oʻquv yiliga qadar
Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Sport vazirligi (A. Ikramov)
III. Yoshlar bilan ishlash, talaba-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ular faoliyati samaradorligini oshirish
13.
Sport akademiyasini sport turlari boʻyicha zamonaviy texnik vositalar va maxsus ilmiy laboratoriya uskunalari (anjomlari) bilan jihozlash.
1. Sport akademiyasida tashkil etiladigan laboratoriyalar hamda ular uchun zarur boʻlgan jihozlar roʻyxatini shakllantirish.
2. Sport akademiyasi laboratoriyalarini zamonaviy texnik uskunalar bilan jihozlash.
Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari
2025/2026 oʻquv yiliga qadar
Innovatsion rivojlanish agentligi (Sh. Rajabbayev),
Sport vazirligi (A. Ikramov)
14.
Sport akademiyasining talabalaridan volontyorlik guruhlarini shakllantirish.
Volontyorlik guruhlariga taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha iqtidorli talabalar orasidan yetakchilarni saralab olish.
—
2026/2027 oʻquv yiliga qadar
Sport vazirligi
(A. Ikramov)
15.
Sport akademiyasi talabalarini talabalar turar joyi bilan taʼminlash.
Talabalar yashashlari uchun 400 oʻrinli talabalar turar joyini tashkil etish va zarur jihozlar bilan taʼminlash.
Tashabbuskorlar va homiylar mablagʻlari
2025/2026 oʻquv yiliga qadar
Sport vazirligi (A. Ikramov)
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi PF-226-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.05.2024-y., 07/24/197/0374-son; 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son; 09.12.2025-y., 06/25/243/1128-son)