Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Sud amaliyotida yuzaga kelayotgan ayrim masalalarni inobatga olgan holda “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning
17-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 22-dekabrdagi “Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 16-sonli
qaroriga quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1. 8-bandi
birinchi xatboshisidagi “Agar amnistiya aktida” soʻzlaridan keyin “yoki uni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda” degan soʻzlar qoʻshilsin.
2. 10, 11, 13, 14-bandlari chiqarilsin.
3. 21-bandi
ikkinchi xatboshisidagi “Agar amnistiya aktida” soʻzlaridan keyin “yoki uni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda” degan soʻzlar qoʻshilsin.
“Birinchi, apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyasi sudi tomonidan amnistiya aktining jazo muddatini qisqartirishni nazarda tutuvchi bandini qoʻllash chogʻida jazoning amnistiya akti chiqqan kunga qadar amalda oʻtalgan muddati chegirib tashlangandan soʻng qolgan qismi qisqartiriladi”.