Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar izchilligini taʼminlash, bozor tamoyillari asosida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qoʻllab-quvvatlash hamda pensiya va nafaqalar miqdorlarining rasman belgilangan eng kam isteʼmol xarajatlaridan kam boʻlmasligini taʼminlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-iyuldagi “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-120-son Farmonining
1-bandida:
birinchi xatboshidagi “2024-yil 1-fevraldan boshlab” soʻzlari “2024-yil 1-maydan boshlab” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 17-noyabrdagi “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi PF-196-son Farmoni 2-bandining
oʻninchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilaridagi “621 000 soʻm” soʻzlari “648 000 soʻm” soʻzlari bilan almashtirilsin.