1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.05 Protez-ortopediya yordami]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 27-fevraldagi PQ-88-son qarori ijrosini taʼminlash hamda muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.05 Protez-ortopediya yordami]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 27-fevraldagi PQ-88-son qaroriga muvofiq:
2024-yil 1-mayga qadar elektr yuritmali kreslo-aravacha, velo kreslo-aravacha, sanitariya uskunalari bilan jihozlangan mexanik kreslo-aravacha, yurish moslamasi (rollator), toʻrt oyoqli hassa, ovozli termometr va tonometr hamda boshqa vositalarni inobatga olgan holda, davlat tomonidan kafolatlangan tarzda taʼminlanadigan protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari (keyingi oʻrinlarda — protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari) turlarini 18 tadan 30 taga koʻpaytirilishi;
2024-yil 1-maydan boshlab protez moslamalari va reabilitatsiya vositalarini xarid qilish uchun davlat tomonidan muhtoj shaxslarga qoplab beriladigan mablagʻlar miqdori bozor konyunkturasidan kelib chiqib, oʻrtacha uch baravargacha, ayrim vositalarning turlarini esa oʻn baravargacha oshirilishi;
2024-yil 1-oktabrga qadar respublikaning barcha hududlarida muhtoj shaxslarni protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan vaucher asosida taʼminlash tartibi joriy etilishi belgilanganligi;
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlaridagi ijtimoiy xodimlar guruhlari tomonidan ishlab chiqilgan individual tartibdagi ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatish rejalariga muvofiq protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlangan muhtoj shaxslarni taʼlim va sportga jalb etish hamda ularning bandligini taʼminlash kabi yoʻnalishlarda ijtimoiy hayotga moslashtirish choralari koʻrilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.05 Protez-ortopediya yordami]
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
protez moslamalari va reabilitatsiya vositalariga muhtojlikni belgilash va ularga boʻlgan ehtiyojni aniqlash tartibi;
protez moslamalari va reabilitatsiya vositalarini xarid qilish, yetkazib berish va toʻlovlarni toʻlash tartibi;
protez moslamalari va reabilitatsiya vositalarini boshqasiga almashtirish tartibi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.05 Protez-ortopediya yordami]
3. Davlat tomonidan kafolatlangan tarzda taʼminlanadigan protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Bunda muhtoj shaxslarga protez moslamalari va reabilitatsiya vositalarini elektron tijorat orqali xarid qilishi uchun davlat tomonidan ushbu qarorga 2-ilovaga muvofiq belgilangan miqdorlarda tegishli mablagʻlar qoplab beriladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.05 Protez-ortopediya yordami]
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) hamda Raqamli texnologiyalar vazirligining nogironlikni belgilash tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida yangi “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” modulini ishlab chiqish va texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq xarajatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.05 Protez-ortopediya yordami]
5. Belgilansinki:
a) vaucher tizimi joriy etilmagan hududlarda muhtoj shaxslarni protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan sertifikat tizimi asosida taʼminlash tartibi saqlab qolinadi;
b) protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida yuritiladigan Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini sotuvchi tadbirkorlik subyektlari reyestriga (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) kiritilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan vaucherga muvofiq realizatsiya qilinadi. Bunda protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari uchun davlat tomonidan muhtoj shaxslarga qoplab beriladigan mablagʻlar vaucher asosida Reyestrga kiritilgan tadbirkorlik subyektlariga oʻtkazib beriladi.
Tadbirkorlik subyektlarining Reyestrga kirmaganligi ularning protez moslamalari va reabilitatsiya vositalarini ishlab chiqarish yoki sotish faoliyatiga toʻsqinlik qilmaydi;
v) ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, muhtoj shaxslarni protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlash bilan bogʻliq “SMS” xabarnomani yuborish xarajatlari Agentlikning Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi;
g) mehnat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq holda jarohatlangan, kasb kasalliklariga chalingan yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zarardan jabrlangan xodimlar protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan vaucherga muvofiq taʼminlangan hollarda, vaucher qiymatiga teng mablagʻlar javobgar boʻlgan ish beruvchi mablagʻlari hisobidan respublika budjetining tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Agar moddiy javobgar boʻlgan ish beruvchi mablagʻlarni oʻz ixtiyoriga koʻra bir oy muddat ichida qaytarmasa, Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan sud tartibida undiriladi;
d) Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlarga oʻziga tegishli bino va inshootlarni protez moslamalari va reabilitatsiya vositalarini taʼmirlash, almashtirish, servis xizmatini koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga, shuningdek topshirish punktlarini tashkil etish uchun Agentlik tomonidan jalb etilgan elektron savdo maydonchasi operatorlariga Agentlik direktorining buyrugʻiga muvofiq belgilangan tartibda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma asosida tekin foydalanish uchun berishga ruxsat etiladi;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
e) reabilitatsiya vositalarini muhtoj shaxslar yashash joyiga yetkazib berish “Oʻzbekiston pochtasi” AJ joylardagi pochta aloqa bogʻlamasi orqali “Oʻzbekiston pochtasi” AJ va Agentlik tomonidan jalb etilgan elektron savdo maydonchasi operatori yoki Agentlik oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida mazkur vositalar xaridi uchun rejalashtirilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi;
j) nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashtirish boʻyicha davlat ijtimoiy buyurtmasi shartnomasi Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari va gʻolib nodavlat notijorat tashkiloti oʻrtasida tuziladi. Bunda davlat ijtimoiy buyurtmasi boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar Agentlikning Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.
6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Agentlik bilan birgalikda 2025-yil 1-yanvarga qadar vaucherda koʻrsatilgan miqdordagi mablagʻ va sotib olingan narx oʻrtasidagi ijobiy farq summasining 20 foizini ragʻbatlantirish tarzida olish huquqiga ega boʻlgan muhtoj shaxslarga mazkur ragʻbatlantirish mablagʻlarini avtomatik tarzda toʻlab borish tizimini yoʻlga qoʻysin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 30-aprel,
253-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-apreldagi 253-son qaroriga
1-ILOVA
Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom nogironligi boʻlgan shaxslarni, jumladan, nogironligi boʻlgan bolalarni hamda nogironlik guruhiga ega boʻlmagan pensiya yoshidagi shaxslarni (keyingi oʻrinlarda — muhtoj shaxslar) protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tartibini belgilaydi.
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.05 Protez-ortopediya yordami]
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
vaucher — protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalarini davlat tomonidan qoplab beriladigan mablagʻlar (subsidiya) hisobidan xarid qilish imkoniyatini taqdim etuvchi matritsali shtrix kod (QR-kod) bilan tasdiqlangan elektron hujjat;
ijtimoiy xodim — ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga mahallada kompleks ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatishni tashkil etadigan yoki bevosita ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatuvchi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining masʼul xodimi;
nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma — tibbiy-ijtimoiy ekspertiza yakuni boʻyicha rasmiylashtiriladigan nogironlik guruhi, sababi va muddatini belgilovchi hamda ekspertiza xulosasi va tavsiyalarini oʻz ichiga olgan matritsali shtrix kod (QR-kod) bilan tasdiqlangan elektron hujjat;
protez-ortopediya moslamalari — mavjud boʻlmagan qoʻl-oyoqlarning yoki tananing boshqa qismlari oʻrnini bosish uchun moʻljallangan, organizmning buzilgan yoki yoʻqolgan funksiyalarini kompensatsiya qiluvchi, shuningdek, cheklangan tana qismlarining funksionalligini tiklash yoki yaxshilash uchun moʻljallangan moslamalar (keyingi oʻrinlarda — protez moslamalari);
Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash moduli — muhtoj shaxslarni protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlash, ularni taʼmirlash va boshqasiga almashtirish boʻyicha tartib-taomillarni amalga oshirishga moʻljallangan “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimining alohida tarkibiy qismi (keyingi oʻrinlarda — “Ijtimoiy himoya” AT);
reabilitatsiya qilishning texnik vositalari — muhtoj shaxslarning jismoniy cheklovlarini qoplash yoki bartaraf qilishga yordam beradigan hamda ularni reabilitatsiya qilish tizimining muhim tarkibiy qismi boʻlgan texnik, shu jumladan, maxsus yechimlarni oʻz ichiga olgan qurilmalar (keyingi oʻrinlarda — reabilitatsiya vositalari);
sotuvchi — protez moslamalari va reabilitatsiya vositalarini ishlab chiqarish, yetkazib berish, muqaddam yetkazib berilgan protez moslamalari va reabilitatsiya vositalarini taʼmirlash yoki boshqasiga almashtirish xizmatini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari;
tibbiy xulosa — nogironlik guruhiga ega boʻlmagan pensiya yoshidagi shaxslarning protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalariga muhtojligini belgilaydigan hamda muhtojlik belgilangan protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasining nomi, turi va foydalanish muddati koʻrsatiladigan matritsali shtrix kod (QR-kod) bilan tasdiqlangan elektron hujjat;
xarid narxi — protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalarining sotib olingan narxi;
elektron savdo maydonchasi — reabilitatsiya vositalari oldi-sotdisini raqobatli usulda masofadan turib amalga oshirish imkonini beruvchi axborot tizimi;
elektron savdo maydonchasining operatori — elektron savdo maydonchasi xizmatlarini raqobatli usulda koʻrsatuvchi hamda buyurtmalar yetkazib berilishini taʼminlovchi yuridik shaxs;
elektron savdo platformasi — protez moslamalari, shuningdek, raqamli eshitish moslamasi oldi-sotdisini raqobatli usulda masofadan turib amalga oshirish imkonini beruvchi “Ijtimoiy himoya” ATning tarkibiy qismi;
3. Muhtoj shaxslar vaucher asosida protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalarini oʻz tanloviga koʻra mazkur Nizomning 3-bobi 1-paragrafida belgilangan talablarga muvofiq “Ijtimoiy himoya” ATda avtorizatsiyadan oʻtgan sotuvchilardan elektron savdo platformasi yoki elektron savdo maydonchalari (keyingi oʻrinlarda — elektron savdo) orqali xarid qiladi.
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
3.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.05 Protez-ortopediya yordami]
4. Muhtoj shaxslarni protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlash uchun zarur boʻladigan xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
5. Muhtoj shaxslar protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalari bilan mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha taʼminlanadi.
2-bob. Protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalariga muhtojlikni belgilash va ularga boʻlgan ehtiyojni aniqlash tartibi
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.05 Protez-ortopediya yordami]
6. Nogironligi boʻlgan shaxslar, jumladan, nogironligi boʻlgan bolalarning protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalariga muhtojligi nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnomaga asosan belgilanadi.
Nogironlik guruhiga ega boʻlmagan pensiya yoshidagi shaxslarning protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalariga muhtojligi mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi tibbiy xulosaga asosan belgilanadi.
7. “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” elektron axborot tizimida:
nogironligi boʻlgan shaxslar, jumladan, nogironligi boʻlgan bolalarga — tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari (keyingi oʻrinlarda — TIEK) tomonidan shaxsni nogironligi boʻlgan shaxs (nogironligi boʻlgan bola) deb topish bilan birgalikda protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasiga muhtojligi belgilangan holda nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma rasmiylashtiriladi;
nogironlik guruhiga ega boʻlmagan pensiya yoshidagi shaxslarga — tuman (shahar)lardagi markaziy koʻp tarmoqli poliklinikaning vrachlik-maslahat komissiyalari (keyingi oʻrinlarda — VMK) tomonidan pensiya yoshidagi shaxslar yoki ularning qonuniy vakili arizasiga hamda davolovchi shifokorning tibbiy hujjatlariga asosan tibbiy xulosa rasmiylashtiriladi.
8. Protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalariga muhtojlik belgilanishida mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq Protez-ortopediya moslamalariga muhtojlikni aniqlash boʻyicha tibbiy koʻrsatmalarga hamda ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq Reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga muhtojlikni aniqlash boʻyicha tibbiy koʻrsatmalariga (keyingi oʻrinlarda — tibbiy koʻrsatmalar) asoslaniladi.
9. Nogironlik guruhiga ega boʻlmagan pensiya yoshidagi shaxslarga berilgan tibbiy xulosalar muddati har bir kasallik uchun kasallikning xususiyati va kechishiga, organizm funksiyalarining buzilish darajasiga va kompensator mexanizmlarining holatiga qarab belgilanadi.
Nogironligi boʻlgan muhtoj shaxslarga berilgan nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar esa nogironlikning muddatidan kelib chiqib, qayta TIEK koʻrigidan oʻtish muddatigacha beriladi, nogironlik muddatsiz davrga belgilanadigan holatlar bundan mustasno.
10. Nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma yoki tibbiy xulosalarning asoslanganligi va toʻgʻri rasmiylashtirilishi uchun uni rasmiylashtirgan shaxslar javobgar hisoblanadi.
11. “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” elektron axborot tizimida nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma yoki tibbiy xulosa rasmiylashtirilishi bilan protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalariga muhtojligi belgilangan muhtoj shaxslar haqidagi maʼlumotlar avtomatik tarzda “Ijtimoiy himoya” ATda mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakldagi Protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalariga muhtojligi belgilangan muhtoj shaxslar roʻyxatiga (keyingi oʻrinlarda — muhtoj shaxslarning roʻyxati) kiritib boriladi.
12. Muhtoj shaxslarning birinchi marta muhtojlik belgilanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlari muhtoj shaxslarning roʻyxatiga kiritilgandan yoki ularning protez moslamalari va reabilitatsiya vositalarini olish huquqi takroran vujudga kelgandan soʻng “Ijtimoiy himoya” ATda avtomatik tarzda mazkur Nizomga 6-ilovaga muvofiq shakldagi Protez-ortopediya moslamalari yoki reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini xarid qilish uchun vaucher har bir protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasi uchun alohida shakllanadi.
Bir juft boʻlgan yoki toʻplam shaklida taqdim etiladigan protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasi uchun bitta vaucher shakllantiriladi.
13. “Ijtimoiy himoya” ATda vaucher shakllanishi bilan bir vaqtda avtomatik tarzda:
muhtoj shaxslar protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasini xarid qilish huquqi vujudga kelganligi toʻgʻrisida mobil aloqa vositasiga SMS-xabar yuborish orqali xabardor qilinadi;
protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasini xarid qilish huquqi vujudga kelgan muhtoj shaxsning yashash joyi boʻyicha “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining “Ijtimoiy himoya” ATdagi shaxsiy kabinetiga bu toʻgʻrisida xabar kelib tushadi.
14. Muhtoj shaxs tomonidan bir oy ichida vaucher asosida protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasini xarid qilish uchun buyurtma berilmagan taqdirda, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi buyurtma berilmaganligi sabablarini oʻrganib, “Ijtimoiy himoya” ATda mazkur Nizomga 7-ilovaga muvofiq shaklda protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalariga muhtojlik belgilangan shaxslarning ehtiyojini oʻrganish boʻyicha dalolatnomani rasmiylashtiradi.
15. Mazkur Nizomning 14-bandida belgilangan tartibda oʻrganish jarayonida:
muhtoj shaxsning protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalarini elektron savdo orqali xarid qila olmaganligi aniqlangan taqdirda ushbu Nizomning 24-bandida belgilangan tartibda ijtimoiy xodim muhtoj shaxs nomidan protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalari uchun buyurtmani shakllantiradi;
muhtoj shaxsning qoʻshimcha protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalariga ehtiyoji vujudga kelganligi aniqlangan hollarda, ushbu shaxslar tegishliligi boʻyicha TIEK yoki VMKga qoʻshimcha muhtojlikni belgilash uchun yoʻnaltiriladi.
3-bob. Muhtoj shaxslarni protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlash tartibi
1-§. Protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron savdoga chiqarish tartibi
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.05 Protez-ortopediya yordami]
16. Protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar elektron savdoga mazkur Nizomga 8-ilovaga muvofiq yuritiladigan Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini sotuvchi tadbirkorlik subyektlari reyestriga (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) kiritilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan chiqariladi.
Reyestr Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan elektron shaklda yuritiladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.05 Protez-ortopediya yordami]
17. Protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalarini vaucherga muvofiq muhtoj shaxslarga sotish va yetkazib berish istagini bildirgan tadbirkorlik subyektlari Reyestrga kirish uchun “Ijtimoiy himoya” ATda elektron ofertani tasdiqlash orqali bepul va ixtiyoriylik asosida avtorizatsiyadan oʻtadi.
Tadbirkorlik subyektlari Reyestrga kirish uchun “Ijtimoiy himoya” ATda avtorizatsiyadan oʻtishda quyidagi maʼlumotlarni koʻrsatadi:
yuridik shaxslar uchun soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) hamda telefon raqami;
yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun pasport seriyasi va raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) hamda telefon raqami;
tadbirkorlik subyekti va uning filiali yuridik manzillari, hisobvaragʻi, bank rekvizitlari, ishonchli vakil haqida maʼlumotlar hamda uning telefon raqami;
sotiladigan (yetkazib beriladigan) protez moslamalari va (yoki) reabilitatsiya vositalarining turlari va nomi hamda qonunchilikda belgilangan hollarda ularning muvofiqlik sertifikati raqamlari hamda amal qilish muddatlari.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.05 Protez-ortopediya yordami]
18. Avtorizatsiyadan tegishli maʼlumotlar toʻldirilib, elektron raqamli imzo (keyingi oʻrinlarda — ERI) yoki “Ijtimoiy himoya” ATda “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiya qilishning yagona axborot tizimi (OneID) orqali tasdiqlangandan soʻng oʻtiladi.
Bunda tadbirkorlik subyekti elektron ofertani tasdiqlaganidan soʻng ular tomonidan koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi va toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarining mavjud emasligi “Ijtimoiy himoya” ATda idoralararo elektron hamkorlik orqali avtomatik tarzda aniqlanadi.
Sotuvchilar tomonidan koʻrsatilgan maʼlumotlar toʻgʻriligi hamda ularning faoliyati tugatilmaganligi aniqlangan taqdirda, sotuvchilar Reyestrga kiritiladi va ular uchun “Ijtimoiy himoya” ATda tadbirkorlik subyektlarining shaxsiy kabineti ochiladi.
Elektron savdo maydonchalari orqali reabilitatsiya vositalarini realizatsiya qiluvchi Reyestrga kiritilgan tadbirkorlik subyektlari “Ijtimoiy himoya” ATda koʻrsatilgan elektron savdo maydonchalarining veb-saytida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtishi lozim.
19. Mazkur Nizomning 18-bandida belgilangan talablarga javob bermaydigan sotuvchilar Reyestrga kiritilmaydi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.05 Protez-ortopediya yordami]
20. Quyidagilar Reyestrdan chiqarish uchun asos hisoblanadi:
tadbirkorlik subyekti tugatilganda yoki bankrot deb topilganda;
muhtoj shaxslarga ayni bir tadbirkorlik subyekti tomonidan besh va undan koʻp marotaba sifatsiz va nuqsonli protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalari yetkazib berilganda, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan mazkur Nizomning 34-bandiga muvofiq rasmiylashtirilgan dalolatnomada koʻrsatilgan protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalarida aniqlangan nuqsonlar bartaraf etilganligi yoki boshqa yangi protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasi yetkazib berilganligi bundan mustasno;
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.05 Protez-ortopediya yordami]
21. Reyestrga kiritilgan sotuvchilar protez moslamalari va (yoki) reabilitatsiya vositalarini elektron savdoda realizatsiya qilish uchun ular toʻgʻrisidagi quyidagi maʼlumotlarni tegishlicha “Ijtimoiy himoya” ATning “Protez-ortopediya moslamalari” va “Reabilitatsiya qilishning texnik vositalari” boʻlimiga elektron ofertaga ilova qilinadigan minimal texnik talablarga muvofiq joylashtiradi:
har bir protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasining nomi, narxi, foydalanish va kafolat muddatlari, ularning texnik tavsifi va koʻrsatkichlari, foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma, kafolat va foydalanish muddatlari tugamasdan yoki tugaganidan soʻng amalga oshiriladigan tadbirlar;
qonunchilikda belgilangan hollarda muvofiqligi baholanishi yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasi boʻyicha ularning muvofiqlik sertifikati va davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
har bir protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasining fotosuratlari. Bunda realizatsiya qilinadigan protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasiga muvofiq kelmaydigan fotosuratlarni joylashtirish taqiqlanadi;
protez moslamasi boʻyicha qoʻshimcha ravishda uni tayyorlash va yetkazib berish muddatlari hamda ularni tayyorlash uchun muhtoj shaxs oʻlchovlarini olish uchun respublika boʻyicha oʻlchov olish imkoniyati mavjud boʻlgan manzillar.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.05 Protez-ortopediya yordami]
22. Protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalarining minimal texnik talablarga muvofiqligi hamda ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlar toʻgʻriligi va toʻliqligi “Ijtimoiy himoya” ATda qabul qilingandan soʻng ular tegishlicha “Ijtimoiy himoya” ATning “Protez-ortopediya moslamalari” yoki “Reabilitatsiya qilishning texnik vositalari” boʻlimlari orqali elektron savdoga chiqariladi.
Bunda minimal texnik talablarga muvofiq kelmaydigan hamda qonunchilikda belgilangan hollarda olinishi lozim boʻlgan muvofiqlik sertifikati yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma olinmaganda va ularning amal qilish muddati tugaganda ushbu protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalarini elektron savdoga chiqarishga yoʻl qoʻyilmaydi.
2-§. Protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalarini xarid qilish va yetkazib berish tartibi
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.05 Protez-ortopediya yordami]
23. Muhtoj shaxs unga nisbatan vaucher shakllanganligi toʻgʻrisidagi xabarni olgandan soʻng bevosita oʻzi yoki qonuniy vakili orqali elektron savdo platformasi yoki elektron savdo maydonchalarida vaucherga muvofiq tegishli protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasiga buyurtma berish uchun “Ijtimoiy himoya” ATda shaxsni tasdiqlovchi hujjat (biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta) maʼlumotlari va telefon raqamini kiritgan holda roʻyxatdan oʻtadi.
Kiritilgan maʼlumotlar shaxsning roziligini ifodalaydigan hamda uni identifikatsiya va autentifikatsiya qilish imkonini beradigan elektron tasdiqlash usullari (SMS-xabarnoma, “Face-ID”) yoki “Ijtimoiy himoya” ATda yaratilgan maxsus identifikatsiya qilish (Yagona identifikatsiya tizimi (OneID), Mobile-ID) orqali tasdiqlangandan soʻng roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Roʻyxatdan oʻtgan muhtoj shaxslarga “Ijtimoiy himoya” ATda shaxsiy kabinet ochiladi.
24. Muhtoj shaxslar “Ijtimoiy himoya” ATda roʻyxatdan oʻtish hamda vaucherga muvofiq protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasiga buyurtma berish uchun bevosita oʻzi yoki qonuniy vakili orqali “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi yoki ijtimoiy xodimga murojaat qilishi mumkin.
Muhtoj shaxslar yoki ular qonuniy vakillarining murojaatlariga asosan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi yoki ijtimoiy xodim elektron qurilma vositalari yordamida real vaqt rejimida muhtoj shaxslarni “Ijtimoiy himoya” ATda roʻyxatdan oʻtkazadi hamda muhtoj shaxslarning nomidan vaucherga muvofiq tegishli protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasiga buyurtmani shakllantiradi.
25. Muhtoj shaxslar vaucherga muvofiq reabilitatsiya vositalarini harid qilishda toʻgʻridan-toʻgʻri “Ijtimoiy himoya” AT da koʻrsatilgan elektron savdo maydonchalarining veb-saytida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtish orqali oʻz buyurtmalarini berishi mumkin.
26. Muhtoj shaxslar elektron savdo orqali protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalariga bergan buyurtmalarining toʻliqligi va toʻgʻriligi uchun masʼul hisoblanadi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.05 Protez-ortopediya yordami]
27. Muhtoj shaxslarni protez moslamalari, shuningdek, raqamli eshitish moslamasi bilan taʼminlashda:
muhtoj shaxs oʻz xohishiga koʻra “Ijtimoiy himoya” ATning “Protez-ortopediya moslamalari” boʻlimi orqali protez moslamasi yoki raqamli eshitish moslamasi sotuvchisini hamda vaucherda koʻrsatilgan protez moslamasining turini yoki raqamli eshitish moslamasi turini tanlaydi va buyurtma qiladi;
sotuvchi buyurtmani “Ijtimoiy himoya” AT orqali qabul qilib olgandan soʻng uch kun ichida buyurtma qilingan protez moslamasini tayyorlash uchun sarflanadigan vaqtni hisobga olgan holda uni tayyor boʻlish muddati haqidagi maʼlumotlarni, shuningdek, muhtoj shaxsdan oʻlchov olish zarurati mavjud boʻlgan hollarda, muhtoj shaxs bevosita murojaat qilishi lozim boʻlgan manzil va murojaat qilish sanasi haqida muhtoj shaxsni elektron tarzda yoki mobil aloqa vositasi orqali xabardor qiladi;
sotuvchi tomonidan protez moslamasini tayyorlash uchun muhtoj shaxslardan oʻlchov olinishi zarur boʻlgan hollarda, muhtoj shaxslardan oʻlchov olinadi, bunda muhtoj shaxslar xabarnomada koʻrsatilgan manzilga belgilangan muddatda yetib borishi lozim;
agar muhtoj shaxs oʻn besh kun ichida uch marotaba xabardor qilingandan soʻng ham oʻlchov olish uchun xabarnomada koʻrsatilgan manzilga yetib bormaganda, sotuvchi muhtoj shaxsning buyurtmasini bekor qilish huquqiga ega boʻladi. Buyurtma bekor qilingan hollarda, bu toʻgʻrisidagi maʼlumot “Ijtimoiy himoya” ATda qayd etiladi;
muhtoj shaxslarning buyurtmasi bekor qilinishi ularning takroran buyurtma qilish huquqini cheklamaydi;
oʻlchab koʻrilgan protez moslamasi muhtoj shaxsning jismoniy holatiga mos kelgan taqdirda, sotuvchilar protez moslamasini bevosita muhtoj shaxsning oʻziga topshirilishini hamda ulardan foydalanish va oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish oʻrgatilishini taʼminlaydi. Bunda protez moslamalarini tayyorlash, yetkazib berish va ulardan foydalanishni oʻrgatish muddati oʻttiz kundan, murakkab turdagi protez moslamalari (son protezi, boldir protezi, qoʻl protezlari, apparatlar, murakkab ortoped poyabzal) boʻyicha esa qirq besh kundan oshmasligi lozim;
sotuvchilar raqamli eshitish moslamasi boʻyicha buyurtmani qabul qilib olgandan soʻng bir kun ichida buyurtma qilingan mazkur moslamani yetkazib berish sanasi va joyi haqida muhtoj shaxsni elektron tarzda yoki uning mobil aloqa vositasi orqali xabardor qiladi. Bunda sotuvchilar raqamli eshitish moslamasini muhtoj shaxslarga besh kun ichida yetkazib berilishi hamda ularni muhtoj shaxslarning jismoniy holatiga moslashtirib, sozlab berilishini taʼminlashi lozim;
protez moslamasi yoki raqamli eshitish moslamasi bevosita muhtoj shaxsning oʻziga topshirilgan hamda ulardan foydalanish oʻrgatilgandan soʻng sotuvchilar buyurtma muhtoj shaxsga yetkazib berilganligini “Ijtimoiy himoya” ATda tasdiqlaydi.
(27-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-noyabrdagi 741-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2024-y., 09/24/741/1098-son)
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.05 Protez-ortopediya yordami]
28. Muhtoj shaxslarni reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlashda:
muhtoj shaxslar oʻz xohishiga koʻra “Ijtimoiy himoya” ATning “Reabilitatsiya qilishning texnik vositalari” boʻlimida koʻrsatilgan elektron savdo maydonchasini tanlash yoki toʻgʻridan-toʻgʻri ularning veb-saytiga kirish orqali vaucherda koʻrsatilgan reabilitatsiya vositasining turini tanlaydi va buyurtma qiladi;
elektron savdo maydonchasining operatori buyurtmani qabul qilib olgandan soʻng bir kun ichida buyurtma qilingan reabilitatsiya vositasini yetkazib berish muddati toʻgʻrisida muhtoj shaxsning mobil aloqa vositasiga SMS-xabar yuborish orqali xabardor qiladi;
elektron savdo maydonchasining operatori tomonidan reabilitatsiya vositasi bevosita muhtoj shaxsning yashash manzilidagi topshirish punktiga yetkazib beriladi, bunda reabilitatsiya vositalarini muhtoj shaxslarga yetkazib berish muddati tegishli buyurtma qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kundan oshmasligi lozim;
elektron savdo maydonchasining operatori reabilitatsiya vositasi muhtoj shaxsga yetkazib berilganligini elektron savdo maydonchasida tasdiqlashi lozim, bunda mazkur maʼlumot avtomatik tarzda elektron shaklda “Ijtimoiy himoya” ATga yuboriladi.
29. Sotuvchilar tomonidan har bir buyurtma boʻyicha protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasi uning texnik pasporti, foydalanish boʻyicha yoʻriqnomasi bilan birgalikda topshirilishi shart.
Foydalanish yoʻriqnomasida protez moslamasi va reabilitatsiya vositasini saqlash, foydalanish tartibi va qoidalari foydalanuvchilar uchun sodda va oson tushunadigan holda yoritilishi hamda oʻzbek va rus tillarida chop etilishi lozim.
3-§. Toʻlovlarni toʻlash tartibi
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.05 Protez-ortopediya yordami]
30. Iqtisodiyot va moliya vazirligining Davlat moliyasini boshqarish axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — DMBAT) protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalari boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish va hisobini yuritish uchun Agentlikka alohida shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi ochiladi.
31. Muhtoj shaxslar tomonidan vaucherga muvofiq mazkur Nizomda belgilangan tartibda buyurtma berilganidan soʻng bu toʻgʻrisidagi maʼlumotlar elektron savdo platformasi yoki elektron savdo maydonchalari orqali “Ijtimoiy himoya” ATga avtomatik tarzda yuboriladi. Bunda buyurtmalar kesimida maʼlumotlar “Ijtimoiy himoya” ATda shakllantirilib boriladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.05 Protez-ortopediya yordami]
32. Muhtoj shaxslar tomonidan vaucherga muvofiq tanlangan buyurtmaning xarid narxi va vaucherda koʻrsatilgan miqdordagi mablagʻ oʻrtasida salbiy farq mavjud boʻlganda, muhtoj shaxs tomonidan dastlab ushbu salbiy farq summasi toʻlanishi lozim.
Buyurtmaning xarid narxi va vaucherda koʻrsatilgan miqdordagi mablagʻ oʻrtasidagi salbiy farq summasi muhtoj shaxs tomonidan toʻlanmagan taqdirda, sotuvchi yoki elektron savdo maydonchasining operatori buyurtmani qabul qilishni rad qiladi.
33. Buyurtmalar mazkur Nizomning 27 va 28-bandlarida belgilangan tartibda muhtoj shaxsga yetkazib berilganligi tasdiqlanganidan soʻng muhtoj shaxslarning yashash joyi boʻyicha “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining “Ijtimoiy himoya” ATdagi shaxsiy kabinetiga bu toʻgʻrisida xabarlar kelib tushadi.
34. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi ijtimoiy xodimlari “Ijtimoiy himoya” ATdagi shaxsiy kabinetiga xabar kelib tushgandan soʻng besh ish kuni ichida buyurtmalar muhtoj shaxslarga haqiqatda yetkazib berilganligini, ularning elektron savdoda eʼlon qilingan talablariga muvofiqligini hamda muhtoj shaxslarning buyurtma toʻgʻrisidagi fikrlarini joyiga chiqqan holda oʻrganadi. Oʻrganish natijasida:
yetkazib berilgan buyurtmaning sifatsizligi, nuqsonlari mavjudligi hamda ular muhtoj shaxslarning jismoniy holatiga mos kelmasligi aniqlangan hollarda, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan “Ijtimoiy himoya” ATda mazkur Nizomga 9-ilovaga muvofiq shaklda Muxtoj shaxslar tomonidan vaucher asosida sotib olingan protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalarining muhtoj shaxslarga haqiqatda yetkazib berilganligi, muhtoj shaxslarning buyurtma toʻgʻrisidagi fikrlarini oʻrganish boʻyicha dalolatnoma tuziladi va sotuvchilarga uni maqbul sifatlisiga almashtirish choralarini koʻrish uchun elektron shaklda yuboriladi. Bunda buyurtmaning sifatsizligi va nuqsonlarini tasdiqlovchi fotosuratlar dalolatnomaga ilova qilinadi;
muhtoj shaxslarning buyurtmalari haqiqatda yetkazib berilgan hamda ularda nuqsonlar aniqlanmagan taqdirda, ijtimoiy xodimlar tomonidan bir ish kuni ichida “Ijtimoiy himoya” ATda mazkur Nizomga 10-ilovaga muvofiq shaklda vaucher asosida muhtoj shaxslarga yetkazib berilgan protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalari uchun sotuvchilarga vaucher qiymatidan koʻp boʻlmagan miqdordagi mablagʻlarni oʻtkazish boʻyicha bildirishnoma rasmiylashtiriladi. Bunda muhtoj shaxs buyurtmani haqiqatda olganligini tasdiqlovchi fotosurati bildirishnomaga ilova qilinadi.
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.05 Protez-ortopediya yordami]
35. Agar buyurtmani qabul qilib olgan muhtoj shaxs yashash manzilidan koʻchib ketgan va u yerda yashamayotganligi aniqlangan hollarda, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan “Ijtimoiy himoya” ATda mazkur Nizomga 9-ilovaga muvofiq shaklda elektron dalolatnoma tuziladi va ushbu dalolatnoma koʻrsatilgan maʼlumot asosida muhtoj shaxsning hozirgi yashash manzilidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining “Ijtimoiy himoya” ATdagi shaxsiy kabinetiga xabar kelib tushadi.
Bunda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi “Ijtimoiy himoya” ATdagi shaxsiy kabinetiga kelib tushgan xabarni qabul qilib olgandan soʻng besh ish kuni ichida buyurtmalar muhtoj shaxslarga haqiqatda yetkazib berilganligini, ularning elektron savdoda eʼlon qilingan talablariga muvofiqligini hamda muhtoj shaxslarning buyurtma toʻgʻrisidagi fikrlarini joyiga chiqqan holda mazkur Nizomning 34-bandida belgilangan tartibda oʻrganadi.
36. Muhtoj shaxslar buyurtmani qabul qilib olgandan soʻng “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan oʻrganish davrida vafot etgan hollarda, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi “Ijtimoiy himoya” ATda mazkur Nizomga 10-ilovaga muvofiq shaklda elektron bildirishnoma rasmiylashtiradi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.05 Protez-ortopediya yordami]
37. “Ijtimoiy himoya” ATda bildirishnoma rasmiylashtirilgandan soʻng bu toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Ijtimoiy himoya” AT orqali Davlat imtiyozlari yagona elektron platformasiga yuboriladi.
Davlat imtiyozlari yagona elektron platformasi orqali buyurtmaning xarid narxi, biroq belgilangan protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasi uchun vaucherda koʻrsatilgan miqdordagi mablagʻdan koʻp boʻlmagan miqdordagi mablagʻ DMBATga yoʻnaltiriladi. Bunda DMBAT tomonidan tegishli pul mablagʻlari sotuvchilarning bank hisobvaragʻiga buyurtma muhtoj shaxsga yetkazib berilganligi tasdiqlangandan soʻng avtomatik tarzda oʻtkaziladi.
Mablagʻlar sotuvchilarning bank hisobvaragʻiga dam olish kuniga yoxud bayram yoki boshqa ishlanmaydigan kunga toʻgʻri kelsa, undan keyingi birinchi ish kunida oʻtkaziladi.
Xarid qilingan protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasi xarid narxi vaucherdan kam boʻlgan taqdirda, oʻrtada hosil boʻlgan ijobiy farq summasi shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida qoldiriladi.
38. Muhtoj shaxslarning buyurtmalari ularga yetkazib berilmagan hollarda, shuningdek, buyurtmalarda nuqsonlar mavjudligi hamda ular muhtoj shaxslarning jismoniy holatiga mos kelmasligi toʻgʻrisida ijtimoiy xodimlar tomonidan dalolatnoma rasmiylashtirilgan taqdirda, mablagʻlar sotuvchilarning bank hisobvaragʻiga oʻtkazilmaydi.
4-bob. Protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalarini boshqasiga almashtirish yoki takroran taʼminlash tartibi
39. Muhtoj shaxslarga berilgan protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalari kafolat muddati davomida nosoz boʻlib qolsa, protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalari ularni yetkazib bergan (realizatsiya qilgan) sotuvchilar tomonidan bepul taʼmirlab beriladi yoki boshqasiga almashtiriladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.05 Protez-ortopediya yordami]
40. Protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalari kafolat muddati davomida nosoz boʻlib qolganda yoki ularda nosozliklar borligi aniqlanganda, muhtoj shaxslar “Ijtimoiy himoya” AT orqali yoki “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaat qilishi mumkin.
Bunda muhtoj shaxslarning murojaatlari ijtimoiy xodimlar tomonidan oʻn kun muddat ichida oʻrganilib, “Ijtimoiy himoya” ATda mazkur Nizomga 9-ilovaga muvofiq shaklda elektron dalolatnoma tuziladi.
Protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalari kafolat muddati davomida nosoz boʻlib qolganligi yoki ularda nosozliklar borligi oʻz tasdigʻini topgan hollarda, ijtimoiy xodimlar “Ijtimoiy himoya” ATda tuzilgan dalolatnomani sotuvchilarga protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasini maqbul sifatlisiga almashtirish uchun yuboradi.
Sotuvchilar tomonidan protez moslamalari va reabilitatsiya vositalarini taʼmirlash yoki boshqasiga almashtirib berish Oʻzbekiston Respublikasining “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi va “Elektron tijorat toʻgʻrisida”gi qonunlariga hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Muhtoj shaxslarning protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalari kafolat muddati davomida nosoz boʻlib qolganligi toʻgʻrisidagi murojaatlarini koʻrib chiqish natijalari “Ijtimoiy himoya” ATda qayd etib boriladi.
41. Muhtoj shaxslar protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalaridan belgilangan foydalanish muddati davomida foydalanadilar.
42. Protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalarining foydalanish muddati tugagandan soʻng takroran protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlanish huquqiga ega boʻlgan muhtoj shaxslar uchun elektron shakldagi vaucher tibbiy koʻrsatmalar hamda nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma yoki tibbiy xulosadan kelib chiqib, muhtoj shaxslarning roʻyxati asosida mazkur Nizomda belgilangan tartibda umumiy asoslarda shakllanadi.
43. Tibbiy koʻrsatmaga asosan TIEK yoki VMK tomonidan takroran protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalariga muhtojlik belgilanishi lozim boʻlgan hollarda, muhtoj shaxslar protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalarining foydalanish muddati tugashidan kamida bir oy oldin muhtoj shaxslarning roʻyxatiga muvofiq mobil aloqa vositasiga SMS-xabar yuborish orqali xabardor qilinadi.
Muhtoj shaxslar SMS-xabarni qabul qilib olgandan soʻng tegishli TIEK yoki VMKga belgilangan kun va vaqtda yetib kelishi lozim.
Agar muhtoj shaxslar xabardor qilingandan keyin belgilangan manzilga yetib kelmasa, TIEK yoki VMK tomonidan ularga takroran protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalariga muhtojlik belgilanmaydi hamda bu toʻgʻrisidagi maʼlumot muhtoj shaxslarning roʻyxatiga kiritiladi. Bunda muhtoj shaxslarning tegishli TIEK yoki VMKga qaytadan murojaat qilish huquqi saqlanib qoladi.
Muhtoj shaxslarning protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalariga muhtojligi tegishli TIEK yoki VMK tomonidan umumiy asoslarda belgilanadi.
44. Muhtoj shaxslar nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma yoki tibbiy xulosada belgilangan muddatlarda tibbiy koʻrsatmaga asosan takroran protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlanadigan hamda TIEK yoki VMK tomonidan qayta muhtojlik belgilanmaydigan holatlarda ularga elektron shakldagi vaucher muhtoj shaxslarning roʻyxati asosida mazkur Nizomda belgilangan tartibda umumiy asoslarda avtomatik shakllanadi.
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.05 Protez-ortopediya yordami]
45. Quyidagi hollarda protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalarini foydalanish muddati tugamasdan boshqasiga almashtirib beriladi:
muhtoj shaxslarning jismoniy rivojlanishi oqibatida protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalari oʻlchamlari ularga toʻgʻri kelmasa;
muhtoj shaxslarda kasallik kechishining yomonlashuvi, shuningdek, oʻtkazilgan jarrohlik muolajalaridan soʻng yuzaga kelgan anatomik yoki fiziologik oʻzgarishlar oqibatida protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalari foydalanishga yaroqsiz boʻlib qolsa.
46. Muhtoj shaxslar ushbu Nizomning 45-bandida nazarda tutilgan holatlar vujudga kelganda “Ijtimoiy himoya” AT orqali yoki bevosita “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi yoxud TIEK va VMKga murojaat qilishi lozim.
Bunda murojaatlar qabul qilingandan soʻng muhtoj shaxslar oʻn kun muddat ichida tegishli TIEK yoki VMKlarda koʻrikdan oʻtkaziladi hamda koʻrik natijalari asosida “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” elektron axborot tizimida ularga yangi turdagi protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalarini olish uchun muhtojlik belgilanadi yoki muhtojlik belgilash rad etiladi.
Yangi turdagi protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalarini olish uchun muhtojlik belgilangan muhtoj shaxslarga elektron shakldagi vaucher muhtoj shaxslarning roʻyxati asosida mazkur Nizomda belgilangan tartibda umumiy asoslarda shakllanadi.
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.05 Protez-ortopediya yordami]
47. Protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasining kafolat muddati tugagandan keyin foydalanish muddati davomida ular foydalanish uchun yaroqsiz boʻlib qolgan taqdirda muhtoj shaxslar Ijtimoiy himoya AT orqali yoki “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaat qilishi mumkin.
Bunda, muhtoj shaxslarning murojaatlari ijtimoiy xodimlar tomonidan besh ish kuni ichida oʻrganilib, Ijtimoiy himoya ATda mazkur Nizomning 9-ilovasiga muvofiq shaklda elektron dalolatnoma tuziladi hamda protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasining yaroqsiz boʻlib qolganligi toʻgʻrisidagi fotosuratlar dalolatnomaga ilova qilinadi.
Protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasi uning foydalanish muddati davomida yaroqsiz boʻlib qolganligi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida tashkil etiladigan komissiyada oʻz tasdigʻini topsa, ijtimoiy xodimning dalolatnomasiga muvofiq bu toʻgʻrisidagi maʼlumotlar muhtoj shaxslarning roʻyxatiga kiritiladi hamda muhtoj shaxslarga elektron shakldagi vaucher mazkur Nizomga muvofiq umumiy asoslarda shakllanadi.
48. Sotuvchi ular tomonidan qabul qilingan buyurtmalar asosida protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalari belgilangan sifat va muddatda yetkazib berilishini taʼminlash uchun javobgar hisoblanadi.
49. Muhtoj shaxslar protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasidan foydalanish yoʻriqnomasi bilan toʻliq tanishib chiqishi hamda protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasini saqlash, foydalanish muddati davomida foydalanish, uning foydalanish tartib va qoidalariga rioya qilishi lozim.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.05 Protez-ortopediya yordami]
50. Muhtoj shaxslar tomonidan protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalarini boshqa shaxslarga foydalanish uchun berish, undan boshqa maqsadlarda foydalanish, boshqa shaxslarga sovgʻa qilish hamda ularning qismlarini almashtirish yoki sotish qatʼiyan taqiqlanadi.
Agar muhtoj shaxslar tomonidan protez moslamasi va reabilitatsiya vositasi yoki uning tegishli qismlari foydalanish muddati davomida sotib yuborilgan, begonalashtirilgan hollarda, muhtoj shaxslarga ushbu davr mobaynida mazkur turdagi protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasiga muhtojlik belgilanmaydi.
51. Muhtoj shaxslar “Ijtimoiy himoya” ATda roʻyxatdan oʻtishda foydalangan hamda muhtoj shaxslarning roʻyxatiga kiritilgan mobil telefon raqamlarini oʻzgartirgan hollarda, oʻn kun ichida yangi mobil telefon raqamlarini muhtoj shaxslarning roʻyxatida yangilash uchun “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi yoki ijtimoiy xodimga murojaat qilishlari lozim.
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.05 Protez-ortopediya yordami]
52. Muhtoj shaxslar protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalari bilan birinchi marotaba taʼminlanganligi toʻgʻrisidagi xabar muhtoj shaxslarning yashash joyi boʻyicha “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining “Ijtimoiy himoya” ATdagi shaxsiy kabinetiga kelib tushgandan soʻng muhtoj shaxslarning xohishiga koʻra ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish, taʼlim olish va sportga jalb etish hamda ularning bandligini taʼminlash choralarini oʻz ichiga olgan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining ijtimoiy xodimlar guruhlari tomonidan individual tartibdagi ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatish rejalari ishlab chiqiladi.
Bunda individual tartibdagi ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatish rejalari hamda muhtoj shaxslarning roziligi asosida muhtoj shaxslar taʼlim, sport va kasbga belgilangan tartibda yoʻnaltiriladi.
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari individual tartibdagi ijtimoiy xizmatlar va yordamlar koʻrsatish rejalari bajarilishi holatini monitoring qilib boradi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.05 Protez-ortopediya yordami]
53. Muhtoj shaxs protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalarini buyurtma qilishdan oldin vafot etgan taqdirda, unga nisbatan shakllantirilgan vaucher oʻz kuchini yoʻqotadi.
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.05 Protez-ortopediya yordami]
54. Protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlangan muhtoj shaxslar oʻz foydalanishida boʻlgan protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalariga ehtiyoji mavjud boʻlmagan hollarda, ularni “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga qaytarish toʻgʻrisida bevosita oʻzlari yoki qonuniy vakillari orqali ariza bilan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaat qilish huquqiga ega.
55. Muhtoj shaxslar vaucher tizimidan tashqari Davlat budjeti, budjetdan tashqari mablagʻlar va homiylik xayriyalari hisobidan protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlangan hollarda, ular uchun shakllangan vaucher oʻz kuchini yoʻqotadi yoki vaucher shakllantirilmaydi hamda bu toʻgʻrisidagi maʼlumotlar muhtoj shaxslarning roʻyxatiga kiritiladi.
56. Homiylik qilish istagini bildirgan homiylik subyektlariga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan tegishli hududdagi muhtoj shaxslarning roʻyxatini taqdim etish orqali koʻmaklashib boriladi.
57. Muhtoj shaxslarga yetkazib berilgan protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalarining sifati va texnik talablarga muvofiqligi Agentlikning Ijtimoiy inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
58. Muhtoj shaxslarni protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlash uchun zarur boʻladigan yillik mablagʻlarning moliyalashtirish hajmi muhtoj shaxslarning roʻyxatiga muvofiq har yili 20-dekabrga qadar keyingi yil uchun aniqlanadi.
59. Muhtoj shaxslarni protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlash uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlarning maqsadli va samarali sarflanishi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
60. Elektron savdo maydonida reabilitatsiya vositalarini vaucher asosida realizatsiya qilish istagini bildiruvchi elektron savdo maydonchasining operatorlari mavjud boʻlmaganda yoki elektron savdo maydonchasining operatorlari tomonidan reabilitatsiya vositalari realizatsiya qilinmayotgan hollarda, muhtoj shaxslar reabilitatsiya vositalari bilan “Ijtimoiy himoya” ATning elektron savdo platformasida hamda Agentlik yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan markazlashgan holda xarid qilish tartib-taomili asosida taʼminlanadi.
Bunda elektron savdo platformasida realizatsiya qilingan reabilitatsiya vositalari muhtoj shaxslarga bevosita sotuvchilar tomonidan yoki pochta aloqa bogʻlamalari orqali yetkazib beriladi.
(60-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-noyabrdagi 741-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2024-y., 09/24/741/1098-son)
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat koʻrsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sogʻliqni saqlash / 14.01.03.00 Aholiga davolash-profilaktika yordami koʻrsatish / 14.01.03.05 Protez-ortopediya yordami]
61. Muhtoj shaxslar ularni protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlash bilan bogʻliq tartib-taomillarni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning hamda protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalarini sotuvchi va elektron savdo maydonchasining operatorining xatti-harakatlari ustidan Agentlikka yoki bevosita sudga shikoyat qilishi mumkin.
62. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 511-moddasi.
Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
1. Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari.
2. Vrachlik-maslahat komissiyalari.
1. “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” elektron axborot tizimida muhtoj shaxslarning protez-ortopediya moslamalari yoki reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga muhtojligi belgilanishi bilan ular haqidagi maʼlumotlar avtomatik tarzda “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda — “Ijtimoiy himoya” AT) yoʻnaltiradi.
2. Protez-ortopediya moslamalari yoki reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga muhtojlik belgilangan muhtoj shaxslar haqidagi maʼlumotlar muhtoj shaxslarning elektron roʻyxatiga kiritib boriladi.
Nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma yoki tibbiy xulosa rasmiylashtirilgandan soʻng oʻn daqiqa mobaynida
2-bosqich
Ijtimoiy himoya milliy agentligining Ijtimoiy himoya AT
1. Muhtoj shaxslarning birinchi marta muhtojlik belgilanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarini muhtoj shaxslarning roʻyxatiga kiritilgandan yoki ularning protez moslamalari va reabilitatsiya vositalarini olish huquqi takroran vujudga kelgandan soʻng “Ijtimoiy himoya” ATda avtomatik tarzda elektron shakldagi bir martalik vaucher har bir protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasi uchun alohida shakllantiradi.
Muhtoj shaxslarning maʼlumotlari kelib tushgandan yoki ularning protez moslamalari va reabilitatsiya vositalarini olish huquqi takroran vujudga kelgandan soʻng oʻn daqiqa mobaynida
2. “Ijtimoiy himoya” ATda vaucher shakllanishi bilan muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamasi yoki reabilitatsiya qilishning texnik vositasini xarid qilish huquqi vujudga kelganligi toʻgʻrisida mobil telefon raqamiga qisqa matnli SMS-xabar yuborish orqali xabardor qiladi hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining “Ijtimoiy himoya” ATdagi shaxsiy kabinetiga bu toʻgʻrisida xabar kelib tushadi.
Vaucher shakllangandan soʻng oʻn daqiqa mobaynida
3-bosqich
Muhtoj shaxs
Vaucher shakllanganligi toʻgʻrisidagi xabarni olgandan soʻng bevosita oʻzi yoki qonuniy vakili orqali “Ijtimoiy himoya” ATda pasport maʼlumotlari va telefon raqamlarini kiritgan holda roʻyxatdan oʻtish orqali oʻz shaxsiy kabinetidagi “Protez-ortopediya moslamalari” va “Reabilitatsiya qilishning texnik vositalari” boʻlimlarida koʻrsatilgan elektron savdo platformasi yoki elektron savdo maydonchalarida vaucherga muvofiq tegishli protez-ortopediya moslamasi yoki reabilitatsiya qilishning texnik vositasiga buyurtma beradi.
Muhtoj shaxsning soʻroviga koʻra
4-bosqich
Sotuvchi
1. Protez-ortopediya moslamalari boʻyicha buyurtmani “Ijtimoiy himoya” AT orqali qabul qilib olgandan soʻng buyurtma qilingan protez-ortopediya moslamasini tayyorlash uchun ketadigan vaqtni hisobga olgan holda, uni tayyor boʻlish muddati haqidagi maʼlumotlarni, shuningdek, muhtoj shaxsdan oʻlchov olish zarurati mavjud boʻlgan hollarda muhtoj shaxs bevosita murojaat qilishi lozim boʻlgan manzil va murojaat qilish sanasi haqida muhtoj shaxsni elektron tarzda va (yoki) telefon orqali xabardor qiladi.
Uch kun ichida
Raqamli eshitish moslamasi boʻyicha buyurtmani qabul qilib olgandan soʻng buyurtma qilingan mazkur moslamani yetkazib berish sanasi va joyi haqida muhtoj shaxsni elektron tarzda va (yoki) uning mobil aloqa vositasi orqali xabardor qiladi.
Bir kun ichida
Elektron savdo maydonchasining operatori
2. Reabilitatsiya qilishning texnik vositalari boʻyicha buyurtmani qabul qilib olgandan soʻng buyurtma qilingan reabilitatsiya qilishning texnik vositasini yetkazib berish muddati toʻgʻrisida muhtoj shaxsning mobil telefon raqamiga qisqa matnli SMS-xabar yuborish orqali xabardor qiladi.
Bir kun ichida
5-bosqich
Sotuvchi
1. Oʻlchab koʻrilgan protez-ortopediya moslamasi muhtoj shaxsning jismoniy holatiga mos kelgan taqdirda, protez-ortopediya moslamasini bevosita muhtoj shaxsning oʻziga topshirilishini taʼminlaydi.
Oʻttiz ish kunida, murakkab turdagi protez-ortopediya moslamalari boʻyicha qirq besh ish kunida
Raqamli eshitish moslamasini muhtoj shaxslarga yetkazib berilishi hamda ularni muhtoj shaxslarning jismoniy holatiga moslashtirib sozlab berilishini taʼminlaydi.
Besh ish kuni ichida
2. Buyurtma yetkazib berganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni “Ijtimoiy himoya” ATda tasdiqlaydi.
Buyurtma yetkazib berilgandan soʻng darhol
6-bosqich
Elektron savdo maydonchasining operatori
1. Reabilitatsiya qilishning texnik vositasini muhtoj shaxsning yashash manzilidagi topshirish punktiga yetkazib beradi.
Besh ish kunida
2. Buyurtma yetkazib berilganligini elektron savdo maydonchasida tasdiqlashi bilan mazkur maʼlumot avtomatik tarzda elektron shaklda “Ijtimoiy himoya” ATga kelib tushadi.
Buyurtma yetkazib berilgandan soʻng oʻn daqiqada mobaynida
7-bosqich
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari, ijtimoiy xodimlar
1. “Ijtimoiy himoya” ATdagi shaxsiy kabinetiga buyurtmalar muhtoj shaxsga yetkazib berilganligi toʻgʻrisidagi xabar kelib tushgandan soʻng buyurtmalar muhtoj shaxslarga haqiqatda yetkazib berilganligi holati, ularning elektron savdoda eʼlon qilingan talablariga muvofiqligini hamda muhtoj shaxslarning buyurtma toʻgʻrisidagi fikrlarini joyiga chiqqan holda oʻrganadi.
Besh ish kuni ichida
2. Oʻrganish natijasida muhtoj shaxslarning buyurtmalari haqiqatda yetkazib berilgan hamda ularda nuqsonlar aniqlanmagan taqdirda “Ijtimoiy himoya” ATda bildirishnoma rasmiylashtiradi.
Bir ish kuni ichida
8-bosqich
Ijtimoiy himoya milliy agentligi
1. “Ijtimoiy himoya” ATda bildirishnoma rasmiylashtirilgandan soʻng bu toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Ijtimoiy himoya” AT orqali Davlat imtiyozlari yagona elektron platformasiga yuboradi.
2. Davlat imtiyozlari yagona elektron platformasi orqali buyurtmaning xarid narxi, biroq belgilangan protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasi uchun vaucherda koʻrsatilgan miqdordagi mablagʻdan koʻp boʻlmagan miqdordagi mablagʻlarni DMBATga yoʻnaltiradi. Bunda, DMBAT tomonidan tegishli mablagʻlar sotuvchilarning bank hisob raqamiga avtomatik tarzda oʻtkaziladi.
Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Nogironlik guruhiga ega boʻlmagan pensiya yoshdagi shaxslar uchun protez
moslamalari va reabilitatsiya vositalariga muhtojlik toʻgʻrisidagi
vrachlik-maslahat komissiyaning
tibbiy xulosasi
№_______________
Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):
F.I.O.
Manzili:
Tugʻilgan sanasi:
Telefon raqami:
Klinik tashxis (XKT-MKB10):
Vrachlik-maslahat komissiyaning xulosasi
Muhtojlikni aniqlash boʻyicha tibbiy koʻrsatma:
Protez-ortopediya moslamasi va reabilitasiya qilishning texnik vositasi turi:
Aravacha
Mahsulotkodi:
Birlamchi, takroran:
Tibbiy xulosa berilgan sana:
Mahsulotdan foydalanish muddati:
Tibbiy xulosaning amal qilish muddati
Mahsulot bilan taʼminlanganlik sanasi*:
* Muhtojlik belgilangan shaxs muqaddam protez-ortopediya moslamasi yoki reabilitatsiya qilishning texnik vositasi bilan taʼminlangan sana koʻrsatiladi.
Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Protez-ortopediya moslamalariga muhtojlikni aniqlash boʻyicha
TIBBIY KOʻRSATMALAR
I. Son protezi
sonning choʻltoqligi.
II. Chanoq-son boʻgʻimi ekzoartikulyatsiyasi protezi
chanoq-son boʻgʻimi ekzoartikulyatsiyasi.
III. Tizza boʻgʻimi ekzoartikulyatsiyasi protezi
tizza boʻgʻimi ekzoartikulyatsiyasi.
IV. Boldir protezi
boldirning choʻltoqligi.
Absolyut tibbiy qarshi koʻrsatmalar:
statika va harakatni muvofiqlashtirishning sezilarli buzilishi (giperkinetik, ataktik buzilishlar); pastki monoplegiya, pastki ifodalangan monoparez .
Nisbiy tibbiy qarshi koʻrsatmalar:
tibbiy reabilitatsiya choralarini va/yoki rekonstruktiv jarrohlik aralashuvlarni talab qiladigan choʻltoq terisi va unga yaqin segmentning yaxlitligi buzilishi, choʻltoq nuqsonlari va kasalliklari;
yurak-qon tomir tizimi, nafas olish tizimi, ovqat hazm qilish tizimi, endokrin tizimi, qon yaratish va immunitet tizimi, siydik chiqarish tizimi funksiyalarining sezilarli darajada buzilishi; aqliy funksiyalarning kuchli ifodalangan buzilishlari (oʻz holatini va umuman vaziyatni tanqidiy baholash imkoniyatining sezilarli darajada pasayishi yoki yoʻqligi);
statika va harakat muvofiqlashtirishning sezilarli buzilishi (giperkinetik, ataktik buzilishlar);
Nisbiy tibbiy qarshi koʻrsatmalar:
tibbiy reabilitatsiya choralarini va/yoki rekonstruktiv jarrohlik aralashuvlarni talab qiladigan choʻltoq terisi va unga yaqin segmentning yaxlitligi buzilishi, choʻltoq nuqsonlari va kasalliklari;
aqliy funksiyalarning kuchli ifodalangan buzilishlari (oʻz holatini va umuman vaziyatni tanqidiy baholash imkoniyatining sezilarli darajada pasayishi yoki yoʻqligi);
Kasalliklar, shikastlanishlar oqibatlari, rivojlanish anomaliyalari tufayli qoʻl va oyoqlarning asab-mushak, skelet va harakatga bogʻliq (statodinamik) funksiyalarining doimiy oʻrtacha, ifodalangan yoki kuchli ifodalangan buzilishlari:
poliomiyelit asoratlari;
bolalar serebral falajligi asoratlari;
tugʻma yoki orttirilgan patologiyalar natijasida oyoqning 3 santimetr va undan ortiq kaltaligi;
son va boldir sohasidagi soxta boʻgʻimlar.
Nisbiy tibbiy qarshi koʻrsatmalar:
aqliy funksiyalarning ifodalangan, kuchli ifodalangan buzilishlari (oʻz holatini va umuman vaziyatni tanqidiy baholash imkoniyatining sezilarli darajada pasayishi yoki yoʻqligi).
X. Tutorlar
poliomiyelit asoratlari, sekin bitadigan siniqlar va soxta boʻgʻimlarda oyoqni kerakli holatda barqaror ushlab turish lozim boʻlgan xolatlarda.
aqliy funksiyalarning ifodalangan, kuchli ifodalangan buzilishlari (oʻz holatini va umuman vaziyatni tanqidiy baholash imkoniyatining sezilarli darajada pasayishi yoki yoʻqligi).
XI. Korsetlar
Kasalliklar, shikastlanishlar oqibatlari va rivojlanish anomaliyalari tufayli umurtqa pogʻonasining asab-mushak, skelet va harakatga bogʻliq (statodinamik) funksiyalarining doimiy oʻrtacha, ifodalangan va kuchli ifodalangan darajada buzilishlari:
1) kifoz, skolioz;
2) umurtqa pogʻonasi jarohati asoratlari (umurtqalar oʻynoqiligi, orqa miya faoliyatining buzilishi, spondilolistez);
aqliy funksiyalarning ifodalangan, kuchli ifodalangan buzilishlari (oʻz holatini va umuman vaziyatni tanqidiy baholash imkoniyatining sezilarli darajada pasayishi yoki yoʻqligi).
Izoh: 3 va 4-bandlarda koʻrsatilgan xolatlarda korsetning yaroqlilik muddati tugagandan soʻng qaytadan vaucherni rasmiylashtirish uchun TIEK yoki VMK tomonidan muhtojlik belgilanishi lozim.
XII. Murakkab ortoped poyabzal va protezga poyabzal
8. Oyoq panjasining kuyish, sovuq urishi, elektr jarohati yoki jarrohlik muolajasi natijasidagi deformatsiya va kontrakturalari.
9. Oyoq panjasining rivojlangan va turgʻun limfastazi (fil oyoqlik) va u bilan bogʻliq boʻlgan trofik oʻzgarishlar.
10. “Diabetik tovon”.
Nisbiy tibbiy qarshi koʻrsatmalar:
oyoqning keng trofik yaralari;
yumshoq toʻqimalarda keng tarqalgan yiringli jarayonlar;
yaraga moyil boʻlgan toʻqimalarning keng chandiqlari tufayli oyoqning tayanch faoliyatining buzilganligi;ortopedik mahsulot materiallariga allergik reaksiyalar.
Izoh: 9, 10-bandlarda koʻrsatilgan xolatlarda poyabzalning yaroqlilik muddati tugagandan soʻng qaytadan vaucherni rasmiylashtirish uchun TIEK yoki VMK tomonidan muhtojlik belgilanishi lozim.
XIII. Bandajlar
qaytalanuvchi yoki jarrohlik amaliyotini qoʻllash imkoni boʻlmagan churralar.
Nisbiy tibbiy qarshi koʻrsatmalar:
terining oʻtkir, oʻtkirosti yalligʻlanish jarayonlari bilan kechuvchi trofik buzilishlar;
mahsulot materiallariga allergik reaksiyalar;
absolyut tibbiy qarshi koʻrsatmalar: umurtqa pogʻonasi patologiyasi yoki qorin devorining keng churrasi mavjudligi sababli yarim qattiq yoki qattiq korsetdan foydalanishni talab qilinadigan xolatlar.
Izoh: bandajning yaroqlilik muddati tugagandan soʻng qaytadan vaucher rasmiylashtirish uchun TIEK yoki VMK tomonidan muhtojlik belgilanishi lozim.
XIV. Koʻz olmasi protezi
1) koʻz olmasining enukleatsiyasi yoki eviseratsiyasidan keyingi anoftalm;
2) koʻz olmasining tugʻma nuqsonlari — mikroftalm, anoftalm;
3) koʻz olmasining shikastlanish yoki kasallikdan keyingi subatrofiyasi yoki atrofiyasi.
Absolyut qarshi koʻrsatmalar:
orbita suyaklarining protezlashga mos kelmaydigan deformatsiyasi.
Nisbiy qarshi koʻrsatmalar:
1) uveit; koʻz ichi bosimining oshishi;
2) koʻz ichidagi yot tana;
3) koʻzda oʻsimta borligiga taxmin;
4) korneal sezgirligi saqlanib qolgan normal diametrli shaffof shox parda, simblefaron, keratokonus, distrofik keratit.
Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga muhtojlikni aniqlash boʻyicha
TIBBIY KOʻRSATMALAR
I. Xonaga moʻljallangan oʻrindiqli aravacha
Quyidagi hollarda tavsiya etiladi:
1) surunkali yurak yetishmovchiligi NYHA boʻyicha IV funksional sinf;
2) III daraja nafas olish yetishmovchiligi bilan asoratlangan nafas olish organlari kasalliklari, har qanday darajadagi qon aylanishi yetishmovchiligi bilan uygʻunlikda;
3) portal gipertenziya va assit bilan birgalikda kechuvchi jigar kasalliklari oqibatida yuzaga kelgan yurish va turishning kuchli ifodalangan buzilishlari;
4) IV daraja (terminal bosqichi)dagi surunkali buyrak yetishmovchiligiga olib keladigan kasalliklar hamda surunkali buyrak kasalliklari V darajasi tufayli yuzaga kelgan yurish turishning kuchli ifodalangan buzilishlari;
5) surunkali arteriya va vena kasalliklari tufayli yuzaga kelgan yurish turishning kuchli ifodalangan buzilishlari;
6) ikkala tomonlama “fil oyoqlik” bosqichida limfedema tufayli yuzaga kelgan yurish turishning kuchli ifodalangan buzilishlari;
7) Kuchli ifodalangan pastki paraparez;
8) ikkala chanoq-son va (yoki) tizza boʻgʻimlarini endoprotezlash asoratlaridan keyin yuzaga kelgan yurish-turishning kuchli ifodalangan buzilishlari;
9) bir oyoq funksiyasi ifodalangan darajada buzilgan holdagi ikkinchi oyoqning amputatsiya choʻltoqligi (oyoq panjasi kaft suyaklari va barmoqlar sohasidagi amputatsion choʻltoqliklar bundan mustasno);
10) ikkala chanoq-son va (yoki) tizza boʻgʻimlarining III-IV darajali artrozi;
11) pastki paraplegiya, triplegiya (oyoqning bittasi plegiya boʻlganda), tetraplegiya;
12) ifodalangan akinetik-rigid sindromi va kuchli ifodalangan ataksiya, vestibulyar-miyacha buzilishlari, giperkinetik buzilishlar;
13) ikkala tizza va undan yuqoridagi amputatsion choʻltoqligi;
14) ikkala oyoq va tos suyaklari kuchli ifodalangan nuqsoni, deformatsiyasi va tugʻma anomaliyasi (rivojlanish nuqsonlari);
15) aqliy zaiflik va ruhiy kasalliklarning ogʻir darajasi va demensiya.
Izoh: 1 — 10-bandlarda koʻrsatilgan holatlarda xonaga moʻljallangan oʻrindiqli aravachaning yaroqlilik muddati tugagandan soʻng qaytadan vaucherni rasmiylashtirish uchun TIEK yoki VMK tomonidan muhtojlik belgilanishi lozim.
Qarshi koʻrsatmalar: nogironligi boʻlgan shaxsning oʻtirgan holatida patologik jarayonning rivojlanishiga olib keladigan kasalliklar, shikastlanishlar va nuqsonlarning oqibatlari.
II. Sayr qilishga moʻljallangan oʻrindiqli aravacha
1. Ikkala tizza va undan yuqoridagi amputatsion choʻltoqlik.
2. Oyoqlar va tos suyaklari nuqsoni, deformatsiyasi va tugʻma anomaliyasi (rivojlanish nuqsonlari) oqibatida yurish va turishning kuchli ifodalangan buzilishlari.
3. Gemiplegiya, pastki paraplegiya, triplegiya.
4. Ikkala chanoq-son va (yoki) tizza boʻgʻimlarini endoprotezlash asoratlaridan keyin yuzaga kelgan yurish turishning kuchli ifodalangan buzilishlari.
5. Kuchli ifodalangan gemiparez, kuchli ifodalangan pastki paraparez, kuchli ifodalangan triparez, kuchli ifodalangan tetraparez.
6. Bir oyoq funksiyasi ifodalangan darajada buzilgan holdagi ikkinchi oyoqning amputatsiya choʻltoqligi (oyoq panjasi kaft suyaklari va barmoqlar sohasidagi amputatsion choʻltoqliklar bundan mustasno).
7. Surunkali arteriya va vena kasalliklar tufayli yuzaga kelgan yurish turishning kuchli ifodalangan buzilishlari.
8. Ikkala tomonlama “fil oyoqlik” bosqichida limfedema tufayli yuzaga kelgan yurish turishning kuchli ifodalangan buzilishlari.
Izoh: 4 — 8-bandlarda koʻrsatilgan holatlarda sayr qilishga moʻljallangan oʻrindiqli aravachaning yaroqlilik muddati tugagandan soʻng qaytadan vaucherni rasmiylashtirish uchun TIEK yoki VMK tomonidan muhtojlik belgilanishi lozim.
Qarshi koʻrsatmalar: nogironligi boʻlgan shaxsning oʻtirgan holatida patologik jarayonning rivojlanishiga olib keladigan kasalliklar, shikastlanishlar va nuqsonlarning oqibatlari; epileptik xurujlarning mavjudligi.
III. Sanitariya uskunalari bilan jihozlangan mexanik kreslo-aravacha (dush, hammom, hojatxonaga moʻljallangan)
1. Yurish va turish funksiyalarining kuchli ifodalangan buzilishiga olib kelgan ikkala oyoq, tos suyagi, umurtqa pogʻonasi, markaziy va periferik asab tizimining kasalliklari, shikastlanishi va deformatsiyalari.
2. Yurish va turish funksiyalarining kuchli ifodalangan buzilishiga olib kelgan III darajali surunkali yurak yetishmovchiligi yoki zoʻriqish stenokardiyasi III, IV funksional sinf; III darajali nafas yetishmovchiligi; portal gipertenziya va assit bilan asoratlangan jigar kasalliklari; IV darajali surunkali buyrak yetishmovchiligi.
Izoh: 2-bandda koʻrsatilgan holatlarda sanitariya uskunalari bilan jihozlangan mexanik (dush, hammom, hojatxonaga moʻljallangan) kreslo-aravaning yaroqlilik muddati tugagandan soʻng qaytadan vaucherni rasmiylashtirish uchun TIEK yoki VMK tomonidan muhtojlik belgilanishi lozim.
Qarshi koʻrsatmalar: aqliy funksiyalarning kuchli ifodalangan buzilishlari (oʻz holatini va umuman vaziyatni tanqidiy baholash imkoniyatining sezilarli darajada pasayishi yoki yoʻqligi); nogironligi boʻlgan shaxsning oʻtirgan holatida patologik jarayonning rivojlanishiga olib keladigan kasalliklar, shikastlanishlar va nuqsonlarning oqibatlari.
IV. Ikkala oyoq, tos aʼzolarni shikastlanishi va miya yarim falaji kasalligi mavjud boʻlgan yosh bolalar va oʻsmirlar mustaqil harakatlanishi uchun elektr yuritmali kreslo-aravachalar
Ikkala oyoq statodinamik funksiyalarning kuchli ifodalangan buzilishlariga olib kelgan:
Izoh: ikkala oyoq, tos aʼzolarni shikastlanishi va miya yarim falaji kasalligi mavjud boʻlgan yosh bolalar va oʻsmirlar mustaqil harakatlanishi uchun elektr yuritmali kreslo-aravachaning yaroqlilik muddati tugagandan soʻng qaytadan vaucherni rasmiylashtirish uchun TIEK yoki VMK tomonidan muhtojlik belgilash talab etilmaydi.
Qarshi koʻrsatmalar: aniq yoki sezilarli darajada koʻrish buzilishi, koʻrish keskinligi tuzatish kiritish bilan (yaxshi koʻruvchi koʻzda); oʻrta ifodalangan giperkinetik, ataktik buzilishlar; 8 yoshdan kichik bolalar (biologik yoshga muvofiq koʻnikma va koʻnikmalarni shakllantirishni hisobga olgan holda); tez-tez qaytalanuvchi epileptik tutqanoqlar; ruhiy funksiyalarning ifodalangan, kuchli ifodalangan darajada buzilishi, xulq-atvorning buzilishi, shaxsning psixopatizatsiyasi; yurak-qon tomir tizimi, nafas olish tizimi, ovqat hazm qilish tizimi, siydik chiqarish tizimi, qon yaratish tizimi, modda va energiya almashinuvi tizimi, ichki sekretsiya, immunitet tizimining kuchli ifodalangan buzilishlari.
V. Qoʻlda boshqariladigan velo kreslo-aravacha (mexanik)
Jarohatlanishlar va kasalliklar oqibatida kelib chiqgan tayanch-harakat tizimidagi kuchli ifodalangan buzilishlar (bunda qoʻllar harakat faoliyati saqlangan holda, oyoqlar faoliyatidagi buzilishlar hisobga olinadi):
pastki paraplegiyalar va kuchli ifodalangan pastki paraparezlar, ikkala son yoki boldirning oʻrta yoki yuqori uchligidan amputatsion choʻltoqligi.
Izoh: qoʻlda boshqariladigan velo kreslo-aravachaning yaroqlilik muddati tugagandan soʻng qaytadan vaucherni rasmiylashtirish uchun TIEK yoki VMK tomonidan muhtojlik belgilash talab etilmaydi.
nisbatan yaxshi koʻruvchi koʻz koʻrish oʻtkirligi 0,1 — korreksiya bilan;
yurak-qon tomir tizimi, nafas olish tizimi, ovqat hazm qilish tizimi, siydik funksiyasi, qon yaratish, modda va energiya almashinuvi, ichki sekretsiya, immunitet funksiyalarining ifodalangan buzilishlari;
aqliy funksiyalarning kuchli ifodalangan buzilishlari (oʻz holatini va umuman vaziyatni tanqidiy baholash imkoniyatining sezilarli darajada pasayishi yoki yoʻqligi); xulq-atvorning buzilishi, psixopatik kasalliklar, shaxsning psixopatizatsiyasi;
nogiron boʻlgan shaxsning oʻtirgan holatida patologik jarayonning rivojlanishiga olib keladigan kasalliklar, shikastlanishlar va nuqsonlarning oqibatlari;
1. Kuchli ifodalangan gemiparez, pastki paraparez, triparez (qoʻlning bittasi parez boʻlganda), tetraparez.
2. Surunkali arteriya va vena kasalliklar tufayli yuzaga kelgan yurish turishning kuchli ifodalangan buzilishlari.
3. Ikkala tizza va bilak-kaft boʻgʻimlarining birgalikda kechuvchi IV darajali artrozlari.
4. Ikkala chanoq-son va (yoki) tizza boʻgʻimlarining III-IV darajali artrozlari tufayli yuzaga kelgan yurish turishning kuchli ifodalangan buzilishlari.
5. Ikkala chanoq-son va (yoki) tizza boʻgʻimlarini endoprotezlashdan keyingi ogʻir asoratlari tufayli yuzaga kelgan yurish turishning kuchli ifodalangan buzilishlari.
6. Gemiplegiya, pastki paraplegiya, triplegiya (qoʻlning bittasi plegiya boʻlganda).
7. Ikkala tizza va undan yuqoridagi amputatsion choʻltoqligi.
8. Ikkala oyoq va tos suyaklari nuqsoni, deformatsiyasi va tugʻma anomaliyasi (rivojlanish nuqsonlari) tufayli yuzaga kelgan yurish turishning kuchli ifodalangan buzilishlari.
Izoh: 1 — 5-bandlarda koʻrsatilgan holatlarda Elektr yuritmali aravaning yaroqlilik muddati tugagandan soʻng qaytadan vaucherni rasmiylashtirish uchun TIEK yoki VMK tomonidan muhtojlik belgilanishi lozim.
Qarshi koʻrsatmalar: aniq yoki sezilarli darajada koʻrish buzilishi, koʻrish keskinligi tuzatish kiritish bilan (yaxshi koʻruvchi koʻzda); oʻrta ifodalangan giperkinetik, ataktik buzilishlar; 8 yoshdan kichik bolalar (biologik yoshga muvofiq koʻnikma va koʻnikmalarni shakllantirishni hisobga olgan holda); tez-tez qaytalanuvchi epileptik tutqanoqlar; ruhiy funksiyalarning ifodalangan, kuchli ifodalangan darajada buzilishi, xulq-atvorning buzilishi, shaxsning psixopatizatsiyasi; yurak-qon tomir tizimi, nafas olish tizimi, ovqat hazm qilish tizimi, siydik chiqarish tizimi, qon yaratish tizimi, modda va energiya almashinuvi tizimi, ichki sekretsiya, immunitet tizimining kuchli ifodalangan buzilishlari.
VII. Eshitish moslamasi
Tugʻma, orttirilgan va aralash koxlear nevritlarda eshitish qobiliyati pasayishining III-IV darajasi.
Izoh:surdologning ikkala quloqning eshitish qobiliyati pasayganligi va eshitish moslamasidan foydalanishga koʻrsatma borligi toʻgʻrisidagi xulosa asosida.
Qarshi koʻrsatmalar:binaural protez qoʻyilgan xollarda —yassi audiogramma (bir quloqda) va tik pastga tushayotgan audiogramma (boshqa quloqda) mavjudligi; eshitish analizatorining asosan retrokoxlear buzilishida.
VIII. Qoʻltiq tayoq, jumladan, tirsakli qoʻltiq tayoq
1. Yurish va turishning ifodalangan buzilishlariga olib kelgan oyoq, chanoq-son va umurtqa pogʻonasining kasalliklari, shikastlanishlari, jarohatlari asoratlari.
2. Bitta yoki ikkala oyoqning amputatsion choʻltoqligi.
3. Ikkala oyoq tugʻma rivojlanmaganligi (artrogrippoz).
4. Ikkala chanoq-son va (yoki) tizza boʻgʻimlarini endoprotezlashdan keyingi yurish va turishning ifodalangan buzilishlari.
5. Yurish va turishning ifodalangan buzilishlariga olib kelgan markaziy va periferik asab tizimining kasalliklari va jarohatlari asoratlari (pastki paraparez).
6. Surunkali arteriya va vena kasalliklar tufayli yuzaga kelgan yurish turishning ifodalangan buzilishlari.
7. Ikki tomonlama “fil oyoqlik” tufayli yuzaga kelgan yurish turishning ifodalangan buzilishlari.
Izoh: 4 — 7-bandlarda koʻrsatilgan holatlarda qoʻltiq tayoqning yaroqlilik muddati tugagandan soʻng qaytadan vaucherni rasmiylashtirish uchun TIEK yoki VMK tomonidan muhtojlik belgilanishi lozim.
Qoʻltiq tayoq erta reabilitatsiya davrida hamda doimiy qattiq tayanch talab qilingan holatlarda buyuriladi.
Qoʻltiq tayoqlarni doimiy asosda ishlatish tavsiya etilmaydi (ikki yildan ortiq). Agar reabilitatsiya davri juda uzoq boʻlsa, keyinchalik tirsakli qoʻltiq tayoqdan foydalanish tavsiya etiladi.
Tirsakli qoʻltiq tayoq doimiy ravishda qoʻltiq tayoqdan foydalanish lozim boʻlgan holatlar hamda, yurish paytida biroz tayanch talab qilinadigan holatlarda (reabilitatsiyaning kechki bosqichlarida) buyuriladi.
Qarshi koʻrsatmalar: ikkala qoʻl faoliyatining ifodalangan, kuchli ifodalangan buzilishlari:
aqliy funksiyalarning kuchli ifodalangan buzilishlari (oʻz holatini va umuman vaziyatni tanqidiy baholash imkoniyatining sezilarli darajada pasayishi yoki yoʻqligi);
1) murakkab protez va ortez bilan taʼminlangan holatlarda;
2) tizza va chanoq-son boʻgʻimini endoprotezlashdan keyingi holat;
3) yurish va turishning oʻrta darajada buzilishlariga olib kelgan markaziy va periferik asab tizimining kasalliklari va jarohatlari;
4) surunkali arteriya va vena kasalliklar tufayli yuzaga kelgan yurish turishning oʻrta darajada ifodalangan buzilishlari.
Izoh: 3 va 4-bandlarda koʻrsatilgan holatlarda hassaning yaroqlilik muddati tugagandan soʻng qaytadan vaucherni rasmiylashtirish uchun TIEK yoki VMK tomonidan muhtojlik belgilanishi lozim.
Qarshi koʻrsatmalar:statodinamik funksiyalarning ifodalangan buzilishi (giperkinetik, ataktik sindromlar); ikkala qoʻl faoliyatining ifodalangan buzilishlari; aqliy funksiyalarning kuchli ifodalangan buzilishlari (oʻz holatini va umuman vaziyatni tanqidiy baholash imkoniyatining sezilarli darajada pasayishi yoki yoʻqligi).
X. Toʻrt oyoqli hassa
Yurish va turishning oʻrta darajada buzilishlariga olib kelgan oyoq, chanoq-son va umurtqa pogʻonasining shikastlanishi, jarohatlari asoratlari:
1) murakkab protez va ortez bilan taʼminlangan holatlarda;
2) tizza va chanoq-son boʻgʻimini endoprotezlashdan keyingi holat;
3) yurish va turishning oʻrta darajada buzilishlariga olib kelgan markaziy va periferik asab tizimining kasalliklari va jarohatlari;
4) surunkali arteriya va vena kasalliklar tufayli yuzaga kelgan yurish turishning oʻrta darajada ifodalangan buzilishlari.
Izoh: 3 va 4-bandlarda koʻrsatilgan holatlarda hassaning yaroqlilik muddati tugagandan soʻng qaytadan vaucherni rasmiylashtirish uchun TIEK yoki VMK tomonidan muhtojlik belgilanishi lozim.
Qarshi koʻrsatmalar: statodinamik funksiyalarining ifodalangan buzilishi (giperkinetik, ataktik sindromlar); ikkala qoʻl faoliyatining ifodalangan buzilishlari; aqliy funksiyalarning kuchli ifodalangan buzilishlari (oʻz holatini va umuman vaziyatni tanqidiy baholash imkoniyatining sezilarli darajada pasayishi yoki yoʻqligi).
XI. Koʻzi ojizlar hassasi
Mutlaq yoki amaliy koʻrlik.
Qarshi koʻrsatmalar:ikkala qoʻl faoliyatining kuchli ifodalangan buzilishlari; statodinamik funksiyalarning kuchli ifodalangan buzilishi (giperkinetik, ataktik sindromlar).
Izoh: foydalanish muddati tugagandan soʻng qaytadan vaucherni rasmiylashtirish uchun TIEK yoki VMK tomonidan muhtojlik belgilash talab etilmaydi.
XII. Yurish moslamasi (xodunok)
1. Ikkala oyoq, chanoq-son va umurtqa pogʻonasi jarohatlari asoratlaridan keyingi tik turish va yurishning ifodalangan buzilishlari;
2. Markaziy va periferik asab tizimining kasalliklari va jarohatlari asoratlaridan keyingi tik turish va yurishning ifodalangan buzilishlari (ifodalangan pastki paraparez).
Qarshi koʻrsatmalar:ifodalangan gemiparez, triparez, tetraparez; paraplegiyalar; statodinamik funksiyalarning kuchli buzilishi (giperkinetik, ataktik kasalliklar); yurak-qon tomir tizimi va nafas olish tizimi funksiyalarining ifodalangan buzilishlari; aqliy funksiyalarning kuchli ifodalangan buzilishlari (oʻz holatini va umuman vaziyatni tanqidiy baholash imkoniyatining sezilarli darajada pasayishi yoki yoʻqligi); epileptik xurujlarning mavjudligi.
Izoh: yurish moslamasining foydalanish muddati tugagandan soʻng qaytadan vaucherni rasmiylashtirish uchun TIEK yoki VMK tomonidan muhtojlik belgilanishi lozim.
XIII. Yurish moslamasi (xodunok-rollator)
Ikkala oyoq, chanoq-son va umurtqa pogʻonasi jarohatlari asoratlaridan keyingi tik turish va yurishning ifodalangan buzilishlari.
Qarshi koʻrsatmalar:ifodalangan gemiparez, triparez, tetraparez; paraplegiyalar; statodinamik funksiyalarning kuchli buzilishi (giperkinetik, ataktik kasalliklar); yurak-qon tomir tizimi va nafas olish tizimi funksiyalarining ifodalangan buzilishlari; aqliy funksiyalarning kuchli ifodalangan buzilishlari (oʻz holatini va umuman vaziyatni tanqidiy baholash imkoniyatining sezilarli darajada pasayishi yoki yoʻqligi); epileptik xurujlarning mavjudligi.
Izoh: yurish moslamasi (xodunok-rollator)ning foydalanish muddati tugagandan soʻng qaytadan vaucherni rasmiylashtirish uchun TIEK yoki VMK tomonidan muhtojlik belgilanishi lozim.
XIV. Peshob qabul qilgich
Peshob chiqarish aʼzolarida stoma mavjudligi.
Qarshi koʻrsatmalar:terida allergik reaksiyalar.
Izoh: operatsiya qilib bartaraf etib boʻlmaydigan stomalarda qaytadan vaucherni rasmiylashtirish uchun TIEK yoki VMK tomonidan muhtojlik belgilash talab etilmaydi.
XV. Najas qabul qilgich
Ichakda stoma mavjudligi.
Qarshi koʻrsatmalar:peristomal dermatit;
Izoh: operatsiya qilib bartaraf etib boʻlmaydigan stomalarda qaytadan vaucherni rasmiylashtirish uchun TIEK yoki VMK tomonidan muhtojlik belgilash talab etilmaydi.
XVI. Brayl alifbosi
1. Koʻz toʻqimalarida oʻzgarishlarning barqaror va qaytarilmas oʻzgarishlari.
2. Koʻz kasalliklari Vis=0,03/0,03 (yaxshi koʻradigan koʻzi 0,03 boʻlganda).
Qarshi koʻrsatmalar: statodinamik funksiyalarning ifodalangan buzilishi (giperkinetik, ataktik sindromlar); yoshi 6 yoshdan kichik bolalar
Izoh: foydalanish muddati tugagandan soʻng qaytadan vaucherni rasmiylashtirish uchun TIEK yoki VMK tomonidan muhtojlik belgilash talab etilmaydi.
XVIII. Ovozli termometr
1. Koʻrish oʻtkirligining kuchli ifodalangan darajada buzilishi — yagona yoki yaxshiroq koʻradigan koʻzning koʻrish oʻtkirligi tuzatish kiritish bilan 0 — 0,04, olingan maʼlumotlardan ongli foydalanish imkoniyati saqlangan;
2. Toʻliq yoki amaliy koʻrlik.
Qarshi koʻrsatmalar:karlik; 7 yoshdan kichik bola (biologik yoshga muvofiq koʻnikma va malakalarni shakllantirishni hisobga olgan holda).
Izoh: foydalanish muddati tugagandan soʻng qaytadan vaucherni rasmiylashtirish uchun TIEK yoki VMK tomonidan muhtojlik belgilash talab etilmaydi.
XIX. Ovozli tonometr
1. Koʻrish oʻtkirligining kuchli ifodalangan darajada buzilishi — yagona yoki yaxshiroq koʻradigan koʻzning koʻrish oʻtkirligi tuzatish kiritish bilan 0 — 0,04, olingan maʼlumotlardan ongli foydalanish imkoniyati saqlangan xolda, turli xil qon bosimi kasalliklari (gipertoniya va gipotenziya) bilan bogʻliq boʻlgan tashxis bilan birga kechganda;
2. Toʻliq yoki amaliy koʻrlik.
Qarshi koʻrsatmalar: karlik; 18 yoshdan kichik bola.
Izoh: foydalanish muddati tugagandan soʻng qaytadan vaucherni rasmiylashtirish uchun TIEK yoki VMK tomonidan muhtojlik belgilash talab etilmaydi.
XX. Ovozi glyukometr
1. Koʻrish oʻtkirligining kuchli ifodalangan darajada buzilishi (yagona yoki yaxshiroq koʻradigan koʻzning koʻrish oʻtkirligi korreksiya bilan 0 — 0,03) mavjud boʻlib, qandli diabetning 1 va 2-turi aniqlangan (qabul qilingan axborotni tushunib ishlata olish imkoniyati saqlangan) holatlarda.
2. Toʻliq yoki amaliy koʻrlik mavjud boʻlib, qandli diabetning 1 va 2-turi aniqlangan (qabul qilingan axborotni tushunib ishlata olish imkoniyati saqlangan) holatlarda.
Qarshi koʻrsatmalar: karlik; 18 yoshdan kichik bola.
Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalariga muhtojligi belgilangan muhtoj shaxslar
ROʻYXATI
T/r
F.I.O.
Tugʻilgan yili
Jinsi
Yashash manzili
Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsya raqami (JSHSHIR)
Mobil telefon raqami
Nogironligi boʻlgan muhtoj shaxs (bola) yoki pensiya yoshidagi muhtoj shaxs
Nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma yoki tibbiy xulosa rasmiylashtirilgan sana va raqami
Nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma yoki tibbiy xulosaning amal qilish muddati
Nogironlik guruhi, sababi va muddati
Tashxisi
TIEKda qayta koʻrikdan oʻtish muddati
Muhtojlik belgilangan protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasining turi va nomi
Muhtojlik belgilangan protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasidan foydalanish muddati
Protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasini olish uchun vaucher shakllantirilgan sana
Protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasi uchun shakllantirilgan vaucherning qiymati
Vaucher asosida protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasiga buyurtma berilgan sana
Vaucher asosida buyurtma muhtoj shaxsga yetkazib berilgan sana
Vaucher asosida sotib olingan protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasining narxi
Vaucher qiymatidan past narxda protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasi sotib olingan taqdirda 20 foiz ragʻbatlantirish mablagʻlarini huquqi vujudga kelganligi
Protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasi bilan oxirgi marta taʼminlangan sana
Nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma yoki tibbiy xulosa asosida hamda muhtojlik belgilangan
protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasidan foydalanish muddatiga muvofiq
takroran
(keyingi marta) protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasini olish huquqi vujudga keladigan sana
Homiylik xayriya mablagʻlari hisobiga protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasi bilan taʼminlangan sana
Protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasi bilan taʼminlanmayotganligi sabablari
(Oʻzbekiston Respublikasi hududida emasligi)
Takroran protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlanish huquqiga ega boʻlgan muhtoj shaxslar tomonidan protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalaridan foydalanmayotganligi va ularga ehtiyoji mavjud emasligi aniqlangan hollarda ularni TIEK, PTIEK va VMKga muhtojlikni qayta belgilash uchun yoʻnaltirilganligi
Muhtoj shaxslarning qoʻshimcha protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalariga ehtiyoji vujudga kelganligi aniqlangan hollarda ularni tegishli TIEK, PTIEK va VMKga qoʻshimcha muhtojlikni belgilash uchun yoʻnaltirilganligi
Protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlanish huquqini yoʻqotganligi sabablari
(takroran taʼminlanish huquqiga ega emasligi, vafot etganligi, mahsulotni olishni rad etganligi)
3. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):_____________________________
4. Yashash manzili _________________________________
5. Telefon raqami _____________________________________________
6. TIEKnogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi yoki VMK tibbiy xulosasi rasmiylashtirilgan sana va raqami, ____________________________________________________
7. Muhtoj shaxsning toifasi va unga nisbatan qoʻyilgan tashxis
11. Protez-ortopediya moslamasi yoki reabilitatsiya qilishning texnik vositasidan foydalanish muddati _______________________________________________________________________________
* Protez-ortopediya moslamasi yoki reabilitatsiya qilishning texnik vositasi uchun davlat tomonidan qoplab beriladigan mablagʻlarning miqdori shu davrda amalda boʻlgan bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqib shakllanadi.
Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA
Protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalariga muhtojlik belgilangan shaxslarning ehtiyojini oʻrganish boʻyicha
DALOLATNOMA
20__ yil ___ ___________
_________ shahri (tumani)
Dalolatnomani rasmiylashtiruvchi ______________________ tuman (shahar) “Inson”ijtimoiy xizmatlar markazlariijtimoiy xodim ______________________________________
(F.I.O.)
Muhtoj shaxsning F.I.O hamda jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) _____________________________________
Muhtoj shaxsning yashash manzili: ________________________________
Muhtoj shaxslarga nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma yoki tibbiy xulosa rasmiylashtirilgan sana va raqami: _______________________________________________________
Takroran protez-ortopediya moslamasi yoki reabilitatsiya qilishning texnik vositasi bilan taʼminlanish huquqi vujudga keladigan sana ________________________________________________
Muhtoj shaxslar takroran taʼminlanadigan protez-ortopediya moslamasi yoki reabilitatsiya qilishning texnik vositasining turi va nomi _______________________________________________
Protez-ortopediya moslamasi yoki reabilitatsiya qilishning texnik vositasi bilan taʼminlanish huquqiga ega boʻlgan muhtoj shaxslarning protez-ortopediya moslamasi yoki reabilitatsiya qilishning texnik vositasiga boʻlgan real ehtiyojlarini aniqlash (tanlanadi):
a) muhtoj shaxs protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasi bilan tegishli yilda homiylik xayriyalari hisobiga taʼminlanganligi sababli protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasiga ehtiyoji mavjud emasligi _______________________________________________________________
b) protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasi bilan taʼminlanish huquqiga ega boʻlgan muhtoj shaxs tomonidan vaucherdan foydalanish yoki protez moslamasi va reabilitatsiya vositasini qabul qilishni rad etish holatlari: _______________________________________________________
v) muhtoj shaxsning protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasidan sogʻligʻidagi ijobiy oʻzgarishlar sababli foydalanmayotganligi aniqlanganda, muhtoj shaxsni tegishliligiga koʻra TIEK yoki VMKga protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasiga muhtojlikni qayta belgilash maqsadida yoʻnaltirish: __________________________________________________________________
g) protez moslamasi yoki reabilitatsiya vositasi bilan taʼminlanish huquqiga ega boʻlgan muhtoj shaxs yashash manzilidan koʻchib ketgan va u yerda yashamayotganligi holatlari:______________
d)muhtoj shaxslarning protez-ortopediya moslamalari yoki reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga ehtiyoji yoki qoʻshimcha ehtiyoji mavjudligi holatlari _________________________*
Muhtoj shaxslarning protez-ortopediya moslamalari yoki reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga ehtiyojini aniqlash uchun oʻrganish oʻrganilgan sana va vaqt ________________________
* Oʻrganish jarayonida muhtoj shaxsning qoʻshimcha protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalariga ehtiyoji vujudga kelganligi aniqlangan hollarda ushbu shaxslar tegishliligi boʻyicha TIEK yoki VMKga qoʻshimcha muhtojlikni belgilash uchun yoʻnaltiriladi.
Muvofiqlik sertifikati raqami va amal qilish muddati
Filiallari manzili va telefon raqamlari
1.
2.
3.
...
Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
9-ILOVA
Muxtoj shaxslar tomonidan vaucher asosida sotib olingan protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalarining muhtoj shaxslarga haqiqatda yetkazib berilganligi,
muhtoj shaxslarning buyurtma toʻgʻrisidagi fikrlarini oʻrganish boʻyicha
DALOLATNOMA
20__ yil ___ ___________
_________ shahri (tumani)
Dalolatnomani rasmiylashtiruvchi ______________________ tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari ijtimoiy xodim _____________________________________________________
(F.I.O)
Muhtoj shaxsning F.I.O hamda jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) _____________________________________
Muhtoj shaxsning yashash manzili: _______________________
Muhtoj shaxslarning vaucher asosida sotib olgan protez-ortopediya moslamasi yoki reabilitatsiya qilishning texnik vositasi yetkazib berilgan va muhtoj shaxs tomonidan qabul qilib olingan sana ____________________
Muhtoj shaxslar tomonidan vaucher asosida sotib olingan protez-ortopediya moslamasi yoki reabilitatsiya qilishning texnik vositasi turi va nomi ______________________________________
Yetkazib berilgan (muhtoj shaxsga topshirilgan) protez-ortopediya moslamasi yoki reabilitatsiya qilishning texnik vositasi turi va nomi ______________________________________
Yetkazib berilgan, muhtoj shaxsga topshirilgan protez-ortopediya moslamasi yoki reabilitatsiya qilishning texnik vositasining holati (texnik talablarga muvofiqligi, sifati, nuqsonlari mavjudligi va muhtoj shaxslarning jismoniy holatiga mos kelishi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
I. Muhtoj shaxslar foydalanishida boʻlgan protez-ortopediya moslamasi yoki reabilitatsiya qilishning texnik vositasining nosoz yoki foydalanish uchun yaroqsiz boʻlib qolganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:
a) kafolat muddati davomida nosoz boʻlib qolganligi holatlari _________________________
b) kafolat muddati tugagandan soʻng foydalanish muddati davomida yaroqsiz boʻlib qolganligi holatlari _____________________________________________________________________________*
Muhtoj shaxslarning buyurtma toʻgʻrisidagi fikr va mulohazalari ________________________________________________________________________________________
II. Buyurtmani qabul qilib olgan muhtoj shaxs yashash manzilidan koʻchib ketgan va u yerda yashamayotganligi holatlari hamda hozirda yashash manzili toʻgʻrisidagi maʼlumotlar _____________________________________________
Buyurtmalarning yetkazib berilganligi va ularning texnik holati oʻrganilgan sana va vaqt ________________________________________________________________________________________
* Protez-ortopediya moslamasi yoki reabilitatsiya qilishning texnik vositasining sifatsizligi, nuqsonlari mavjudligi va foydalanish uchun yaroqsiz boʻlib qolganligini tasdiqlovchi fotosuratlar ilova qilinadi.
Ijtimoiy xodim: ______________________
__________________
(F.I.O)
QR-kod
(matrik shtrixli kod)
Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
10-ILOVA
Vaucher asosida muhtoj shaxslarga yetkazib berilgan protez-ortopediya moslamalari yoki reabilitatsiya qilishning texnik vositalari uchun sotuvchilarga vaucher qiymatidan koʻp boʻlmagan miqdordagi mablagʻlarni oʻtkazish boʻyicha
BILDIRISHNOMA
20__ yil ___ ___________
_________ shahri (tumani)
Dalolatnomani rasmiylashtiruvchi ______________________ tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari ijtimoiy xodim _________________________________________
(F.I.O.)
Muhtoj shaxsning F.I.O hamda jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) _____________________________________
Muhtoj shaxsning yashash manzili: _______________________
Muhtoj shaxslarning vaucher asosida sotib olgan buyurtmalari yetkazib berilgan va muhtoj shaxs tomonidan qabul qilib olingan sana _________________________________________________
Muhtoj shaxslar tomonidan vaucher asosida sotib olingan protez-ortopediya moslamasi yoki reabilitatsiya qilishning texnik vositasi turi, nomi va narxi _______________________________________________________________________________________
Sotib olingan tegishli protez-ortopediya moslamasi yoki reabilitatsiya qilishning texnik vositasi uchun belgilangan vaucher qiymati _________________________________________________
Yetkazib berilgan, muhtoj shaxsga topshirilgan protez-ortopediya moslamasi yoki reabilitatsiya qilishning texnik vositasining haqiqatda muhtoj shaxslarga yetkazib berilganligi va ularda nuqsonlar aniqlanmaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar _____________________________________ *
Buyurtmani qabul qilib olgan muhtoj shaxsning vafot etganligi holatlari. Bunda, muhtoj shaxsning vafot etganligi Adliya vazirligining tegishli axborot tizimlari orqali oʻlim toʻgʻrisidagi maʼlumotlari asosida tasdiqlanishi lozim.
Sotuvchi tashkilotning nomi va INN raqami ___________________________________________
Sotuvchining bank xisobvaragʻi va MFO raqami __________________________________________
* Muhtoj shaxslarning buyurtmani haqiqatda olganligini tasdiqlovchi fotosurat ilova qilinadi.
Nogironligi boʻlgan, shaxslarning past aʼzolarni shikastlanishi va miya yarim falaji kasalligi mavjud boʻlgan yosh bolalar va oʻsmirlar shaxslar mustaqil harakatlanishi uchun elektr yuritmali kreslo-aravachalar
Nogironligi boʻlgan, shaxslarning past aʼzolarni shikastlanishi va miya yarim falaji kasalligi mavjud boʻlgan yosh bolalar va oʻsmirlar shaxslar mustaqil harakatlanishi uchun elektr yuritmali kreslo-aravachalar
Nogironligi boʻlgan, shaxslarning past aʼzolarining shikastlanishi va miya yarim falaji kasalligi mavjud boʻlgan yosh bolalar va oʻsmirlar shaxslar mustaqil harakatlanishi uchun elektr yuritmali kreslo-aravachalar
Izoh:*vaucherga muvofiq muhtoj shaxslar taʼminlanadigan protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari elektron savdoda mavjud boʻlmaganda yoki keskin qisqarib ketgan hollarda yoxud ularning elektron savdoga qoʻyilayotgan narxlarivaucher qiymatiga nisbatan sezilarli ravishda ortiq boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda “Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK bilan kelishgan holda, protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari uchun davlat tomonidan qoplab beriladigan mablagʻlarning eng kam miqdorlarini oʻzgartirish va ularni oʻzining rasmiy veb-saytida eʼlon qilish huquqiga ega.
** Elektr yuritmali kreslo-aravacha va raqamli eshitish moslamalari uchun davlat tomonidan qoplab beriladigan mablagʻlarning miqdorlari Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan xarid qilish tartib-taomillari asosida oxirgi marta xarid qilish xarajatlaridan kelib chiqib belgilab boriladi.
*** Najas qabul qilgich uchun 1 oyda 15 dona hisobidan kelib chiqib, har olti oy uchun bitta vaucher shakllanadi. Vaucher qiymati 6 oy uchun 15 donadan hisoblanib, 90 donaga BHMning 0,07 baravarini koʻpaytirish orqali aniqlanadi.
**** Peshob qabul qilgich uchun 1 oyda 15 dona hisobidan kelib chiqib, har olti oy uchun bitta vaucher shakllanadi. Vaucher qiymati 6 oy uchun 15 donadan hisoblanib, 90 donaga BHMning 0,02 baravarini koʻpaytirish orqali aniqlanadi.
(2-ilova izoh qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-noyabrdagi 741-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2024-y., 09/24/741/1098-son)
***** Muhtoj shaxslar Brayl alifbosi bilan faqat bir marotaba taʼminlanadi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-avgustdagi 485-sonli qarori tahririda)
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-apreldagi 253-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2021-yil 1-iyuldagi 411-son qarorida:
4-bandning birinchi xatboshisidagi “muhtoj shaxslarning tibbiy xulosasi va murojaatiga” soʻzlari “elektron shakldagi nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma yoki tibbiy xulosaga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“7. Muhtoj shaxslarning protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga muhtojligi nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma yoki mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladigan tibbiy xulosa asosida belgilanadi. Bunda nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma yoki tibbiy xulosalar “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” elektron axborot tizimida elektron shaklda muhtoj shaxslarning doimiy yashash joyi boʻyicha:
a) pensiya yoshidagi muhtoj shaxslarga Tibbiy-maslahat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — TMK) tomonidan;
b) 18 yoshgacha nogironligi boʻlgan bolalarga — Pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari (keyingi oʻrinlarda — PTIEK) tomonidan;
v) 18 yosh va undan katta yoshdagi nogironligi boʻlgan shaxslarga — Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — TIEK) tomonidan rasmiylashtiriladi”;
“18 yoshgacha boʻlgan nogironligi boʻlgan bolaga qonuniy vakilining arizasi, 18 yosh va undan katta yoshdagi nogironligi boʻlgan shaxslarga nogironligi boʻlgan shaxsning yoki qonuniy vakilining arizasi asosida nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma rasmiylashtiriladi.
TIEK va PTIEK tomonidan shaxsni nogironligi boʻlgan shaxs yoki 18 yoshgacha nogironligi boʻlgan bola deb topish boʻyicha xulosa berish jarayonida ular muhtoj shaxs deb topilganda bir yoʻla protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga muhtojligi belgilanadi”;
“9. TIEK, PTIEK va TMK tomonidan muhtoj shaxslarning protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga muhtojlik belgilanishida protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga koʻrsatmalarga asoslanilishi lozim. Rasmiylashtirilgan nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma yoki tibbiy xulosalar haqidagi maʼlumotlar tegishli TIEK, PTIEK va TMK tomonidan yuritiladi”;
10-banddagi “Tibbiy xulosalarning” soʻzlari “Nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma yoki tibbiy xulosalarning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Pensiya yoshdagi shaxslar uchun protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalariga muhtojlik toʻgʻrisidagi vrachlik-maslahat komissiyaning
TIBBIY XULOSASI
№ _______________
Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):
F.I.Sh.
Manzili:
Tugʻilgan sanasi:
Telefon raqami:
Klinik tashxis (XKT-MKB 10):
Vrachlik-maslahat komissiyaning xulosasi
Muhtojlikni aniqlash boʻyicha tibbiy koʻrsatma:
Protez-ortopediya moslamasi va reabilitatsiya qilishning texnik vositasi turi:
Mahsulot kodi:
Birlamchi, takroran:
Tibbiy xulosa berilgan sana:
Mahsulotdan foydalanish muddati:
Tibbiy xulosaning amal qilish muddati
Mahsulot bilan taʼminlanganlik sana:*
* Muhtojlik belgilangan shaxs muqaddam protez-ortopediya moslamasi yoki reabilitatsiya qilishning texnik vositasi bilan taʼminlangan sana koʻrsatiladi.
“Pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi, Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi (Tibbiy-maslahat komissiyasi)da nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma yoki tibbiy xulosalarni qayd etish
JURNALI
T/r
F.I.O.
Nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma yoki tibbiy xulosa berilgan sana
(kun, oy, yil)
Yashash joyi
Nogironligi boʻlgan muhtoj shaxs yoki pensiya yoshidagi muhtoj shaxs
Nogironlik guruhi, sababi va muddati
(nogironligi boʻlgan shaxs boʻlsa)
Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari turi
Nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma yoki tibbiy xulosaning qaytarma qismi
qabul qilingan sana
Berilgan protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositasi nomi
Nogironlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma yoki tibbiy xulosani qabul qilib oluvchi shaxsning imzosi
2. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-oktabrdagi 654-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan oilalarni aniqlash, ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash hamda maʼlumotnoma olish uchun elektron koʻrinishda ariza berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentida:
a) 11-banddagi “26” raqami “16” raqami bilan almashtirilsin;
b) quyidagi mazmundagi 151-band bilan toʻldirilsin:
“151. Soʻrovnoma asosida ariza beruvchi va uning oila aʼzolari tarkibi, arizada koʻrsatilgan manzil boʻyicha yashayotganligi, oilaning mavjud chorva mollari, parrandalari hamda arizachi va uning oila aʼzolari nomiga rasmiylashtirilmagan biroq foydalanuvida boʻlgan avtotransport vositalari, noturar binolari, koʻchmas mulklari, bogʻ va dehqon xoʻjalik yerlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar soʻrovnomada koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiqligini joyiga chiqqan holda, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi va “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazlarining ijtimoiy xodimlari tomonidan ariza berilgan oyning 26-sanasiga qadar oʻrganib chiqiladi. Oʻrganish natijalari ushbu Reglamentga 4-ilovaga muvofiq shaklda dalolatnoma (keyingi oʻrinlarda — dalolatnoma) bilan rasmiylashtiriladi. Bunda, dalolatnoma hokim yordamchilari va ijtimoiy xodimlar tomonidan toʻldiriladi xamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi raisi va kamida 2 nafar masʼul xodimlar tomonidan tasdiqlanadi”;
“16. “Yagona reyestr” AT tomonidan, mazkur qaror bilan tasdiqlangan Kam taʼminlangan oilalarni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlash, ularga kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan mezonlar hamda ushbu Reglamentning 151-bandiga muvofiq tasdiqlangan dalolatnomaga asosan oilani kam taʼminlangan deb eʼtirof etish, ijtimoiy nafaqa tayinlash yoki tayinlashni rad etish va koʻrib chiqish uchun keyingi oyga (kutish roʻyxatlariga) oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi”;
g) 1a-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan deb eʼtirof etish, kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam tayinlash hamda maʼlumotnoma olish uchun elektron koʻrinishda ariza berish boʻyicha davlat xizmati
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Ariza beruvchi
1. Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat qiladi.
2. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) roʻyxatdan oʻtadi va soʻrovnomani toʻldiradi, tekshiradi va tasdiqlaydi.
3. Mahalla fuqarolar yigʻinidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlaridagi ijtimoiy xodimlar orqali murojaat qiladi.
Xohishiga koʻra, biroq har oyning 16-sanasiga qadar
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
1. Soʻrovnomani toʻldirib, elektron shaklda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga yuboradi.
Soʻrovnoma toʻldirilgandan keyin 5 daqiqa ichida
2. YIDXP
2. Soʻrovnomani “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga (keyingi oʻrinlarda — “Yagona reyestr” AT) yuboradi.
Avtomatik ravishda
3-bosqich
“Mahalla yettiligi” masʼul xodimlari
1. Ariza beruvchi va uning oila aʼzolari tarkibi, arizada koʻrsatilgan manzil boʻyicha yashayotganligi, oilaning mavjud chorva mollari, parrandalari hamda arizachi va uning oila aʼzolari nomiga rasmiylashtirilmagan biroq foydalanuvida boʻlgan avtotransport vositalari, noturar binolari, koʻchmas mulklari, bogʻ va dehqon xoʻjalik yerlarini joyiga chiqqan holda oʻrganadi.
2. Oʻrganish natijalari “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga taqdim etiladi.
Har oyning 26-sanasiga qadar
4-bosqich
“Yagona reyestr” AT
Tegishli vazirlik va idoralarga elektron shaklda soʻrov yuboradi.
Avtomatik ravishda
5-bosqich
Vazirlik va idoralar
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga elektron shaklda javob qaytaradi.
Avtomatik ravishda
6-bosqich
“Yagona reyestr” AT
1. Oilaning har bir aʼzosiga toʻgʻri keladigan daromad miqdorini aniqlaydi va belgilangan mezonlarga solishtiradi.
2. Ijtimoiy nafaqani tayinlash yoki tayinlashni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
3. Tuman (shahar) budjetida nazarda tugilgan mablagʻlar hajmidan kelib chiqib, arizalarni keyingi oyda qayta koʻrib chiqish uchun (kutish roʻyxatlariga) oʻtkazadi.
4. Ariza beruvchilarning uyali telefon raqamiga yoki YIDXPga ijtimoiy nafaqa tayinlanganligi, tayinlash rad etilganligi yoki koʻrib chiqish uchun keyingi oyda (kutish roʻyxatlariga) oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi xabarni yuboradi.
Ariza berilgan oydan keyingi oyning 1-sanasiga qadar
7-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi
2. YIDXP
Nafaqa tayinlangan taqdirda, nafaqani qachon va qayerdan olish toʻgʻrisida murojaat qiluvchini xabardor qiladi.
Nafaqa tayinlash rad etilgan taqdirda, rad etish sabablari toʻgʻrisida murojaat qiluvchini xabardor qiladi.
Maʼlumot olinganidan soʻng 5 daqiqada
”;
d) quyidagi mazmundagi 4-ilova bilan toʻldirilsin:
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan oilalarni aniqlash, ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash hamda maʼlumotnoma olish uchun elektron koʻrinishda ariza berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
4-ILOVA
DALOLATNOMA
____________ tuman (shahar)
kun. oy. yil
_____________ tuman (shahar) va _____________ mahalla fuqarolar yigʻini raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va “Inson” ijtimoiy xizmatlari markazining ijtimoiy xodimi tomonidan ___________ koʻchasi ________ uyda yashovchi ________________ (F.I.O.) oilasining iqtisodiy ahvoli va oila tarkibini oʻrganish maqsadida yashash manziliga chiqildi.
Oʻrganish davomida quyidagilar aniqlandi.
T/r
Koʻrsatkichlar
Miqdori
1.
Uy xoʻjaligining (murojaat etgan kunda) mavjud chorva mollari va parrandalari soni:
1.1
Buqa va sigirlar
1.2
Yosh qoramollar
1.3
Ot va tuyalar
1.4
Katta yoshdagi choʻchqalar
1.5
Qoʻylar
1.6
Katta yoshdagi parrandalar
1.7
Yosh parrandalar
2.
Arizachi va uning oila aʼzolari nomiga rasmiylashtirilmagan, biroq oilaning foydalanuvida boʻlgan:
2.1
Yuk avtotransport vositalari soni
2.1.1
Ishlab chiqarilgan yili
2.1.2
Davlat raqami belgisi
2.1.3
Ishlab chiqarilgan yili
2.1.4
Davlat raqami belgisi
2.2
Yengil avtotransport vositalari soni
2.2.1
Ishlab chiqarilgan yili
2.2.2
Davlat raqami belgisi
2.2.3
Ishlab chiqarilgan yili
2.2.4
Davlat raqami belgisi
2.3
Daromad olib keluvchi noturar joylari soni
2.4
Sugʻoriladigan bogʻ va dehqon xoʻjaligi yerlari maydoni (sotix)
3.
Doimiy birga yashovchi turmush oʻrtogʻi (FHDY organlarida nikohi qayd etilmagan, shu jumladan aliment toʻlayotgan, nikohi bekor qilinmagan) pasport (identifikatsiyalovchi ID-kartasi) seriyasi va raqami, F.I.O.
4.
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi, Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligi hamda ularning tizimidagi tashkilotlarning xizmatchilari va xodimlari yoki pensionerlari boʻlgan oila aʼzosi mavjudligi (ha/yoʻq)
5.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-yanvardagi 11-son qarori bilan tasdiqlangan Sudyalar va ularning oila aʼzolari pensiya taʼminoti shartlari, meʼyorlari hamda tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan pensiyalar bilan taʼminlangan oila aʼzosi mavjudligi (ha/yoʻq)
6.
Oila aʼzosi chet eldagi oliy taʼlim muassasasi talabasimi? (ha/yoʻq)
7.
Oila aʼzosi chaqiriq boʻyicha harbiy xizmatdami? (ha/yoʻq)
8.
Oila aʼzosi harbiy taʼlim muassasasi tinglovchisimi (kursantimi)? (ha/yoʻq)
3. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining namunaviy tuzilmasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi raisi, vrach-ekspert
Vrach-ekspertlar
6
Vrach-metodist
1
Katta xamshira
1
Xamshira
1
Yordamchi xodimlar
3
Xodimlarning cheklangan soni — 12 nafar.
Izoh:
1. Vrach-ekspertlardan biri tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi raisi hisoblanadi.
2. Alohida bino boʻlganda qorovul, avtotransport vositasi boʻlganda haydovchi lavozimlari qoʻshimcha kiritiladi.
3. Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori xodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida oʻzgartirish kiritishi mumkin”.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoyani rivojlantirish instituti va Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 30-sentabrdagi 518-son qarori 5-bandining “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi “toʻlov-shartnoma asosida” soʻzlaridan keyin “30 soatgacha boʻlgan ishdan ajralgan yoki ishdan ajralmagan holda onlayn (real vaqt rejimida) shakldagi” soʻzlari bilan toʻldirilsin.