Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-sentabrdagi PQ-291-son “Kapital bozorini rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2009-yil 4-martdagi 2009-18-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1919, 2009-yil 9-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 10-11-son, 126-modda) bilan tasdiqlangan Qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning hisob registri toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu Nizom uyushmagan birjadan tashqari qimmatli qogʻozlar bozorida amalga oshirilgan qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlarning hisob registrini yuritish hamda ularning qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilari tomonidan roʻyxatga olinishi tartibini belgilaydi.
Mazkur Nizomning talablari aksiyalar, korporativ va infratuzilma obligatsiyalar, shuningdek qimmatli qogʻozlarning hosilalari bilan birjadan tashqari bitimlarga tatbiq etiladi.”.
oʻn birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi tahrirdagi oʻn uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“qimmatli qogʻozlar savdosining tashkilotchilari — fond birjasi va fond boʻlimini tashkil etgan valyuta birjasi;”;
birinchi xatboshidagi “Qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari bitimlar yozma” degan soʻzlardan keyin “yoki elektron” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
“qimmatli qogʻozlar tegishli shartnomalarni tuzish yoʻli bilan birinchi egalariga begonalashtirilganda, bundan qimmatli qogʻozlar savdosi tashkilotchisining maydonchalarida tuzilgan bitimlar mustasno;
aksiyadorlarning talabiga koʻra aksiyadorlik jamiyati tomonidan oʻz aksiyalari sotib olinganda, bundan qimmatli qogʻozlar savdosi tashkilotchisining maydonchalarida tuzilgan bitimlar mustasno;”.