Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
IJARAGA OLINGAN BINOLAR VA XONALARDA JOYLAShGAN, DAVLAT TASARRUFIDAN ChIQARILGAN VA XUSUSIYLAShTIRILGAN AHOLIGA MAIShIY XIZMAT KOʻRSATISh, SAVDO, UMUMIY OVQATLANISh HAMDA SOGʻLIQNI SAQLASh KORXONALARI VA TAShKILOTLARINING FAOLIYATI TOʻGʻRISIDA
Aholiga maishiy xizmat koʻrsatish, savdo, umumiy ovqatlanish va sogʻliqni saqlash korxonalarining mulkchilik shakli oʻzgartirilgan sharoitlarda uzluksiz ishlashini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi boshqa organlari:
mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan, sanoat korxonalaridan, jamoa va davlat xoʻjaliklaridan, tashkilotlar va korxonalardan ijaraga olingan ishlab chiqarish maydonlarida hamda uy-joylar yoniga qurilgan binolarda mehmonxonalarda, doʻkonlarida joylashgan aholiga maishiy xizmat koʻrsatish, savdo, umumiy ovqatlanish va sogʻliqni saqlash obyektlarini qatʼiy hisobga olishni taʼminlasinlar hamda ularning aholiga xizmat koʻrsatish sohasini saqlab qolishga koʻmaklashsinlar;
davlat mulkini tasarruf etuvchi bilan mulkning yangi egasi oʻrtasidagi bitim amalda boʻlgan davrda yuqorida qayd etilgan binolar va xonalarda joylashgan aholiga maishiy xizmat koʻrsatish, savdo, umumiy ovqatlanish hamda sogʻliqni saqlash obyektlarini olib qoʻyish yoki yopib qoʻyishni taqiqlasinlar, hukumat qarorlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasnodir.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Xalq isteʼmol mollari, savdo va pulli xizmat koʻrsatish hamda Ijtimoiy masalalar, fan va madaniyat boʻlimlariga yuklansin.