1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.01 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar;
2.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
2005-2006-YILLARDA KORXONALARNI DAVLAT TASARRUFIDAN CHIQARISH VA XUSUSIYLASHTIRISH DASTURI TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati qoʻshma majlisidagi maʼruzasida belgilab berilgan xususiy sektorning jadal rivojlanishini, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yoʻnalishi sifatida ushbu sektorning mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi koʻpayishini taʼminlash, shuningdek xoʻjalik jamiyatlarining ustav jamgʻarmalarida davlat ulushini tubdan qisqartirish, ularning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, qimmatli qogʻozlar, eng avvalo ikkilamchi qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish maqsadida:
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 10-iyuldagi PQ-407-sonli Qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 28-29-son, 264-modda)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.05.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
3.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar]
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu qarorning 1—3 ilovalarida koʻrsatilgan korxonalar, obyektlar hamda davlatga qarashli boshqa aktivlarni baholash, savdoga qoʻyish va sotish jadvallarini tasdiqlasin.
3. Davlat tender komissiyasi (R.S. Azimov) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi hamda Vazirlar Mahkamasining komplekslari bilan birgalikda 2005 va 2006-yillar yakunlari boʻyicha 1-ilovada koʻrsatilgan korxonalar va obyektlarni xususiylashtirish natijalarini puxta hisobga olib, birja savdolarida sotilmagan obyektlar boʻyicha ularni investitsiya majburiyatlari evaziga bepul berish toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
4. Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalarida aksiyalarning davlat ulushidan samarali foydalanilishi monitoringi boʻyicha komissiyaga (R.S. Azimov) aksiyalar (ulushlar)ning nazorat paketlarini sotib olmasalarda, korxonalarni modernizatsiyalash va texnikaviy qayta qurollantirishga katta hajmdagi investitsiyalarni qoʻshayotgan investorlarga investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilarga boshqarish uchun topshirishga moʻljallangan davlat ulushini boshqarish huquqini tanlov oʻtkazmagan holda berish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish huquqi berilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 11-yanvardagi PQ-1259-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 1-2-son, 5-modda)
1 va 3-ilovalarga kiritilgan obyektlar hamda davlatning joylashtirilmagan aktivlari belgilangan tartibda birja savdolarida sotiladi, Davlat tender komissiyasi tomonidan sotiladigan aktivlar bundan mustasno;
LexUZ sharhi
5-bandning ikkinchi xatboshisiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 10-iyuldagi PQ-407-sonli Qaroriga muvofiq oʻzgartirish kiritilgan. Mazkur xatboshining rus tilidagi matnga qarang.
strategik ahamiyatga ega korxonalarni, shuningdek Hukumat kafolatiga asosan xorijiy kreditlar olgan korxonalarni xususiylashtirish Davlat tender komissiyasining xulosalari asosida Vazirlar Mahkamasining qarorlari boʻyicha amalga oshiriladi;
yengil sanoat korxonalarida davlat aktivlarini strategik investorlarga sotish xom ashyoning chuqur qayta ishlanishi hamda tayyor mahsulot eksporti koʻpayishini taʼminlaydigan ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnikaviy qayta qurollantirish biznes-rejalari mavjud boʻlgan taqdirda faqat Davlat tender komissiyasining roziligi bilan amalga oshiriladi;
aksiyadorlik kompaniyalari va xoldinglarning ustav jamgʻarmalariga topshirilgan aksiyalar (ulushlar)ning davlat paketlarini ular ikkilamchi bozorda faqat Davlat tender komissiyasining qaroriga binoan sotadilar, olingan pul mablagʻlarini esa yangi korxonalar barpo etish, ishlab turgan korxonalarni modernizatsiyalash va texnikaviy qayta qurollantirish boʻyicha loyihalarni investitsiya bilan taʼminlashga yoʻnaltiradilar.
6. Davlat tender komissiyasi (R.S. Azimov) uch oy muddatda bolalar sogʻlomlashtirish lagerlarining texnikaviy holatini tekshirib, roʻyxat qilib chiqsin hamda ulardan maqsadli, shu jumladan Oʻzbekiston Bolalar sporti jamgʻarmasiga topshirish yoʻli bilan foydalanish toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. Davlat tender komissiyasi korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi boʻyicha Hukumat komissiyasi bilan birgalikda:
2005-yilning oxirigacha xususiylashtirilgan barcha sanoat korxonalari faoliyatining samaradorligini tahlil qilsin;
iqtisodiy nochorlik (bankrotlik) alomatlari mavjud boʻlgan yuridik shaxslar boʻyicha oʻtkazilgan tahlil natijalariga koʻra qonun hujjatlarida koʻzda tutilgan tartibot, yaʼni bankrot boʻlgan korxonalar tugatilishi hamda ularning mulkiy majmualari investitsiya majburiyatlari va moliyaviy sogʻlomlashtirish rejalari evaziga yangi xususiy mulkdorlarga sotilishini oʻz ichiga olgan tartibotni amalga oshirsin.
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.06.00 Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish (shuningdek, 03.08.05.00ga qarang);
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.09.00 Ommaviy axborot vositalaridagi axborot (shuningdek, 13.03.19.00.ga qarang)]
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi ushbu qaror bilan tasdiqlangan 2005-2006-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi qanday bajarilayotganligini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etsinlar.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Ayrim korxonalar va mol-mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning baʼzi masalalari toʻgʻrisida” 1995-yil 31-avgustdagi 119-1-sonli qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, bunda xususiylashtirilishi mumkin boʻlmagan korxonalar va mol-mulk turlari hamda guruhlarini qisqartirish nazarda tutilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4 va 5-ilovalarga* muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin hamda baʼzilariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.