toggle_night_mode
Hujjat 04.03.2024 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qimmatbaho metallarni birja savdolarida sotishda zargarlik sohasida ish oʻrinlarini yaratgan tadbirkorlik subyektlariga chegirmalar berish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va mahalliy zargarlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 22-dekabrdagi PQ-452-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, qimmatbaho metallarni birja savdolarida sotishda zargarlik sohasida ish oʻrinlarini yaratgan tadbirkorlik subyektlariga chegirmalar berish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-oktabrdagi “Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, import qilish va ularning realizatsiyasi monitoringini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 834-son qarori.
1 .Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va mahalliy zargarlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 22-dekabrdagi PQ-452-son qarorining 2-bandida:
a) 2023-yil 1-fevraldan boshlab 2026-yil 1-fevralga qadar “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan qimmatbaho metallarni birja savdolarida sotishda zargarlik sohasida 100 dan 300 tagacha ish oʻrinlarini yaratgan tadbirkorlik subyektlariga — London qimmatbaho metallar bozori uyushmasining ertalabki fiksing narxining 1 foizi miqdorida, 300 dan 500 tagacha ish oʻrinlarini yaratganlarga — 2 foizi miqdorida, 500 dan 1 000 tagacha ish oʻrinlarini yaratganlarga — 3 foizi miqdorida, 1 000 ta va undan ortiq ish oʻrinlarini yaratganlarga — 4 foizi miqdorida chegirma berish joriy etilganligi;
Keyingi tahrirga qarang.
b) Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi bilan birgalikda zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatini va ular tomonidan yaratilgan zargarlik sohasidagi ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJga kiritib borilishi va yangilab borilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi “Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va mahalliy zargarlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-452-son qarorining 2-bandi.
v) chegirmalardan foydalanadigan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining roʻyxati (keyingi oʻrinlarda — roʻyxat) quyidagi mezonlarni inobatga olgan holda shakllantirilishi:
zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan yaratilgan ish oʻrinlari soni.
Bunda ushbu ish oʻrinlarining kamida 70 foizini Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorida (MXSK — 08 boʻyicha kodi 7313) belgilangan zargarlik buyumlari va qimmatbaho metall buyumlari ishlab chiqarish bilan shugʻullanadigan ishchilar kasblari tashkil etishi lozimligi;
Keyingi tahrirga qarang.
yaratilgan ish oʻrinlariga ishga qabul qilingan xodimlar bilan belgilangan tartibda mehnat shartnomasi tuzilganligi, ularga kamida olti oy davomida mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining bir baravaridan kam boʻlmagan miqdorda ish haqi hisoblanganligi hamda ushbu holat soliq organlari tomonidan tasdiqlanganligi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 12-bobi.
zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarida yuqori qoʻshilgan qiymatli zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnika bazasi, uskunalar va boshqa texnika vositalari, shuningdek, zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish boʻyicha belgilangan talablarga javob beradigan ishlab chiqarish maydonlari va sharoitlarining mavjudligi;
g) Qimmatbaho metallarni birja savdolarida sotishda chegirmalar berish uchun zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatini shakllantirish va yuritish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Qimmatbaho metallarni birja savdolarida sotishda chegirmalar berish uchun zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Keyingi tahrirga qarang.
qimmatbaho metallarni birja savdolarida sotishda chegirmalar berish uchun zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini har oyning 5-sanasiga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Vakolatli organ) tomonidan qabul qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini har oyning 20-sanasiga qadar belgilangan mezonlarga muvofiqligini oʻrganib chiqish, shu jumladan, yuqori qoʻshilgan qiymatli zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish hamda zamonaviy texnologiyalar joriy etilganligini baholash;
Keyingi tahrirga qarang.
zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatini shakllantirish tartibi;
zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining roʻyxati Komissiya tomonidan har oyning 25-sanasiga qadar koʻrib chiqilishi va maʼqullanishi, shuningdek, chegirmalarning toʻgʻri qoʻllanilishi muvofiqlashtirilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining roʻyxati har oyning 25-sanasiga qadar chegirmalar qoʻllash uchun “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJga kiritib borilishi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Zargarlik sohasidagi tadbirkorlik subyektlariga taqdim etilgan imtiyozlarning toʻgʻri qoʻllanilishini muvofiqlashtirish komissiyasi 2-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin va uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
zargarlik sohasidagi tadbirkorlik subyektlariga taqdim etilgan imtiyozlarning toʻgʻri qoʻllanilishini tahlil qilish;
imtiyozlardan foydalanish natijasida zargarlik sohasidagi tadbirkorlik subyektlarida yaratiladigan qoʻshilgan qiymat miqdorini oʻrganish, shu jumladan yuqori qoʻshilgan qiymatga ega mahsulotlarni eksport qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
imtiyozlardan foydalanishda zargarlik sohasidagi tadbirkorlik subyektlari tomonidan ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha mavjud talablarga rioya etilishini oʻrganish.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchkorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 4-mart,
109-son

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-martdagi 109-son qaroriga

1-ILOVA

Qimmatbaho metallarni birja savdolarida sotishda chegirmalar berish uchun zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom qimmatbaho metallarni birja savdolarida sotishda chegirmalar berish uchun zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatini shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 1-martdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ birja savdolarida qimmatbaho metallarni sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
2. Ushbu Nizomda kuyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
tadbirkorlik subyektlari — belgilangan mezon va talablarga muvofiq faoliyatini yoʻlga qoʻygan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlari;
tadbirkorlik subyektlarining roʻyxati — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va mahalliy zargarlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 22-dekabrdagi PQ-452-son qarorining 2-bandida nazarda tutilgan chegirmalardan foydalanish maqsadida shakllantirilgan belgilangan mezon va talablarga muvofiq faoliyatini yoʻlga qoʻygan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining roʻyxati;
chegirma — “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan qimmatbaho metallarni birja savdolarida sotishda zargarlik sohasida 100 dan 300 tagacha ish oʻrinlarini yaratgan tadbirkorlik subyektlariga — London qimmatbaho metallar bozori uyushmasining ertalabki fiksing narxining 1 foizi miqdorida, 300 dan 500 tagacha ish oʻrinlarini yaratganlarga — 2 foizi miqdorida, 500 dan 1000 tagacha ish oʻrinlarini yaratganlarga — 3 foizi miqdorida, 1 000 ta va undan ortiq ish oʻrinlarini yaratganlarga — 4 foizi miqdorida chegirma;
Keyingi tahrirga qarang.
Komissiya — Vazirlar Mahkamasi tomonidan tarkibi tasdiqlanadigan zargarlik sohasidagi tadbirkorlik subyektlariga taqdim etilgan imtiyozlarning toʻgʻri qoʻllanilishini muvofiqlashtirish komissiyasi;
Vakolatli organ — Iqtisodiyot va moliya vazirligi;
yuqori texnologiyali ishlab chiqarish jarayoni — zargarlik sohasidagi tadbirkorlik subyektlari tomonidan baholash mezonlari asosida aniqlanadigan ishlab chiqarish jarayonlari.
3. Tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatini shakllantirish va yuritishning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:
tadbirkorlik subyektlari tomonidan zargarlik buyumlari va qimmatbaho metall buyumlari ishlab chiqarish bilan shugʻullanadigan ishchilar uchun yangi ish oʻrinlari yaratilishini ragʻbatlantirish;
tadbirkorlik subyektlari tomonidan zamonaviy texnologiyalarni joriy qilgan holda yuqori qoʻshilgan qiymatli eksportga yoʻnaltiriladigan zargarlik buyumlari ishlab chiqarilishini kengaytirish;
tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini yaratish, chegirmalarni toʻgʻri qoʻllash va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish.
2-bob. Tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatini shakllantirish va yuritish tartibi
4. Tadbirkorlik subyektlari roʻyxatining shakli Vakolatli organ tomonidan ishlab chiqiladi va Komissiya tomonidan tasdiqlanadi.
5. Tadbirkorlik subyektlarining roʻyxati davlat tilida shakllantiriladi va yuritiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni.
6. Tadbirkorlik subyektlarining roʻyxati ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq shakllantiriladi.
7. Tadbirkorlik subyektlari tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatiga kirish uchun Vakolatli organga har oyning 5-sanasiga qadar quyidagi maʼlumotlarni ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiladi:
chegirma berish mezonlariga muvofiq yaratilgan ish oʻrinlari soni haqidagi maʼlumot (bunda ushbu ish oʻrinlarining kamida 70 foizi Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorida (MXSK — 08 boʻyicha kodi 7313) belgilangan zargarlik buyumlari va qimmatbaho metall buyumlari ishlab chiqarish bilan shugʻullanadigan ishchilar tashkil etishi lozim);
Keyingi tahrirga qarang.
tadbirkorlik subyektlarida yaratilgan ish oʻrinlariga ishga qabul qilingan va qonunchilik hujjatlari asosida mehnat shartnomasi tuzilgan xodimlarga kamida olti oy davomida mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining bir baravaridan kam boʻlmagan miqdorda ish haqi hisoblanganligi haqidagi maʼlumot;
mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan mezonlarga muvofiq yuqori texnologiyali ishlab chiqarish jarayoni joriy etilganligi toʻgʻrisida maʼlumot;
yuqori qoʻshilgan qiymatli zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnika bazasi, uskunalar va boshqa texnika vositalari, shuningdek, zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish boʻyicha belgilangan talablarga javob beradigan ishlab chiqarish maydonlari va sharoitlarning mavjudligi haqidagi maʼlumot.
Tadbirkorlik subyektlari oʻz xohishiga koʻra oʻzida yaratilgan imkoniyatlar haqidagi boshqa maʼlumotlarni ham taqdim etishi mumkin.
8. Vakolatli organ tomonidan Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi hamda “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi bilan birgalikda har oyning 20-sanasiga qadar mazkur Nizomning 7-bandiga asosan taqdim etilgan ariza va maʼlumotlarning belgilangan talablarga muvofiqligi oʻrganib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Oʻrganish jarayonida mazkur Nizomning 8-bandida belgilangan muddat doirasida Vakolatli organga quyidagi xulosalar taqdim etiladi:
a) Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan — tadbirkorlik subyektlari tomonidan belgilangan talablarga muvofiq ish oʻrinlari yaratilganligi toʻgʻrisidagi xulosa.
Bunda xulosada ushbu ish oʻrinlarining kamida 70 foizi Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorida (MXSK — 08 boʻyicha kodi 7313) belgilangan zargarlik buyumlari va qimmatbaho metall buyumlari ishlab chiqarish bilan shugʻullanadigan ishchilar tashkil etishi tahlil qilinadi;
Keyingi tahrirga qarang.
b) Soliq qoʻmitasi tomonidan — yaratilgan ish oʻrinlariga ishga qabul qilingan va qonunchilik hujjatlari asosida mehnat shartnomasi tuzilgan xodimlarga tadbirkorlik subyektlari tomonidan kamida olti oy davomida mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining bir baravaridan kam boʻlmagan miqdorda ish haqi hisoblanganligini tasdiqlash toʻgʻrisida xulosa;
v) Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi bilan birgalikda quyidagilarni nazarda tutuvchi xulosa:
mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan mezonlarga muvofiq yuqori texnologiyali ishlab chiqarish jarayoni joriy etilganligini baholash natijalari;
yuqori qoʻshilgan qiymatli zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnika bazasi, uskunalar va boshqa texnika vositalari, shuningdek, zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish boʻyicha belgilangan talablarga javob beradigan ishlab chiqarish maydonlari va sharoitlarning mavjudligi.
10. Vakolatli organ har oyning 20-sanasiga qadar tadbirkorlik subyektlarining arizalarini va ular yuzasidan tegishli tashkilotlarning xulosalari asosida tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatini shakllantirib, koʻrib chiqish uchun Komissiyaga kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Komissiya har oyning 25-sanasiga qadar tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatini kollegial tarzda koʻrib chiqadi va uni maʼqullash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Komissiyaning tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatini maʼqullash toʻgʻrisidagi qarori bayon koʻrinishida rasmiylashtiriladi.
12. Komissiya tomonidan maʼqullangan tadbirkorlik subyektlarining roʻyxati Vakolatli organ tomonidan har oyning 25-sanasiga qadar “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJga kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatiga kiritishni rad etish va undan chiqarish uchun quyidagilar asos boʻladi:
tadbirkorlik subyektlarining oʻz arizalariga asosan;
tadbirkorlik subyektlari ushbu Nizomning 7 va 9-bandlarida belgilangan mezon va talablarga mos kelmasligi aniqlanganda;
tadbirkorlik subyektlari tomonidan soxta hujjatlar, notoʻgʻri yoki yolgʻon maʼlumotlar taqdim etilganda;
tadbirkorlik subyektlari tugatilganda.
Ushbu bandda koʻrsatilmagan boshqa asoslar boʻyicha tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatiga kiritish rad etilishi va roʻyxatdan chiqarilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
14. Vakolatli organ tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatiga kiritish rad etilgan taqdirda tadbirkorlik subyektini bir kun muddatda rad etishning aniq sabablarini koʻrsatgan holda xabardor qiladi.
15. Tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatiga kiritish rad etilgan tadbirkorlik subyektlari koʻrsatilgan rad etish sabablarini bartaraf etgan holda Vakolatli organga umumiy asoslarda qayta murojaat qilish huquqiga ega.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
16. Tadbirkorlik subyektlariga mazkur Nizomda belgilangan chegirmalar toʻgʻri qoʻllanilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
17. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining XVI1 bobi.
18. Mazkur Nizom 2026-yil 1-fevralga qadar amal qiladi.

Qimmatbaho metallarni birja savdolarida sotishda chegirmalar berish uchun zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

1-ILOVA

Qimmatbaho metallarni birja savdolarida sotishda chegirmalar berish uchun zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatini shakllantirish va yuritish

SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyekti (keyingi oʻrinlarda — tadbirkorlik subyekti)

Tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatiga kiritish toʻgʻrisida Iqtisodiyot va moliya vazirligiga (keyingi oʻrinlarda — Vakolat organ) ariza bilan murojaat qiladi.

Har oyning 5-sanasiga qadar

2-bosqich

Vakolatli organ

Tadbirkorlik subyektlarining arizasini Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi hamda “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi bilan birgalikda belgilangan talablarga muvofiqligini oʻrganib chiqadi xamda Tadbirkorlik subyektlariga taqdim etilgan imtiyozlarning toʻgʻri qoʻllanilishini muvofiqlashtirish boʻyicha Komissiyaga maʼqullash uchun kiritadi.

Har oyning 20-sanasiga qadar

3-bosqich

Komissiya

Tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatini koʻrib chiqadi va maʼqullaydi.

Har oyning 25-sanasiga qadar

4-bosqich

Vakolatli organ

Komissiya tomonidan maʼqullangan roʻyxatni “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJga kiritib boradi.

Har oyning 25-sanasiga qadar

5-bosqich

“Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ

Komissiya tomonidan maʼqullangan roʻyxatga kiritilgan tadbirkorlik subyektlariga qonunchilikda nazarda tutilgan chegirmalarni qoʻllagan holda birja savdolarini amalga oshiradi.

Birja savdolarini oʻtkazish muddatlarida

Keyingi tahrirga qarang.

Qimmatbaho metallarni birja savdolarida sotishda chegirmalar berish uchun zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

2-ILOVA

Yuqori texnologiyali ishlab chiqarish jarayonini joriy etgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarini baholash
MEZONLARI

T/r

Koʻrsatkichlar

Salmoq oʻlchovi

Minimal meʼyor

1.

Korxonaning ishlab chiqarish texnologiyalari bilan jihozlanganligi, shundan:

1.1.

Xomashyo tayyorlash boʻlimi (umumlashtirilgan tarzda hisoblanadi):

30

5 ball

1.1.1.

Uzluksiz uyish uskunasi

10

1.1.2.

Sim va plastina tortish dastgohlari

5

1.1.3.

Shakl berish, prokatlash uskunalari

5

1.1.4.

Sim va prokatni toblash pechi

10

1.2.

Avtomatlashtirilgan zanjir toʻqish texnologiyasi asosida zargarlik buyumlari ishlab chiqarish yoʻnalishida (umumlashtirilgan tarzda hisoblanadi):

20

5 ball

1.2.1.

Avtomatlashtirilgan zanjir toʻqish dastgohi

5

1.2.2.

Tunelsimon payvandlash pechi yoki lazer uskunasi

5

1.2.3.

Olmos yordamida jilo berish uskunasi

5

1.2.4.

Zanjirga shakl berish dastgohlari

5

1.3.

Ichi boʻsh zargarlik buyumlari ishlab chiqarish yoʻnalishida (umumlashtirilgan holda hisoblanadi):

10

5 ball

1.3.1.

Trubkalar va naychalarni tortish va bukish dastgohi

5

1.3.2.

Tortish dastgohlari

5

1.4.

Shtamplash texnologiyasi asosida zargarlik buyumlari ishlab chiqarish yoʻnalishida (umumlashtirilgan holda hisoblanadi):

6

6 ball

1.4.1.

Shtamplash uskunasi

6

1.5.

Quyma zargarlik buyumlari ishlab chiqarish yoʻnalishida (umumlashtirilgan holda hisoblanadi):

20

4 ball

1.5.1.

Mumdan qolip yasash uskunasi

4

1.5.2.

3D texnologiyasi yordamida qolip yasash uskunasi

4

1.5.3.

Avtomatlashtirilgan gips qoliplarni toblovchi pech

4

1.5.4.

Vakuum yordamida quyish uskunasi

4

1.5.5.

Aylana harakat asosida quyish uskunasi

4

2.

Sinov laboratoriyaning mavjudligi (asillik darajasini belgilash yuzasidan texnik jihatdan tartibga solish organlarida yoki xalqaro tashkilotlar tomonidan akkreditatsiyadan oʻtgan, attestatsiya qilingan boʻlishi)

10

10 ball

3.

Affinaj faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya mavjudligi

5

5 ball

4.

Ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotda eksportning ulushi (kontrakt asosida eksport qilingan mahsulotning qiymati boʻyicha hisoblanadi)

10 ball

4.1.

0 dan 5 foizgacha

10

4.2.

6 dan 10 foizgacha

12

4.3.

11 dan 15 foizgacha

14

4.4.

16 dan 20 foizgacha

16

4.5.

21 dan 30 foizgacha

18

4.6.

31 foiz va undan yuqori

20

5.

Koʻrgazma zali (show room) mavjudligi

10

10 ball

Jami:

201

60 ball

Izoh. Yuqori texnologiyali ishlab chiqarish jarayonini joriy etgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarini baholashda tegishli koʻrsatkichlar natijalari ular boʻyicha belgilangan minimal meʼyorlardan kam boʻlgan holatlarda boshqa koʻrsatkichlar natijalari hisobidan shakllangan ballar umumiy ballni hisoblashda inobatga olinadi.

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-martdagi 109-son qaroriga

2-ILOVA

Zargarlik sohasidagi tadbirkorlik subyektlariga taqdim etilgan imtiyozlarning toʻgʻri qoʻllanilishini muvofiqlashtirish komissiyasining

TARKIBI

1.

J.A. Xodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Komissiya rahbari

2.

B.B. Xodjayev

iqtisodiyot va moliya vazirining oʻrinbosari

3.

Kelishuv asosida

Bosh prokuror oʻrinbosari

4.

M.M. Mirzayev

Soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

5.

A.R. Jumanazarov

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktori

6.

A.A. Kadirxodjayev

togʻ-kon sanoati va geologiya vazirining oʻrinbosari

7.

R.E. Turdiboyeva

kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining oʻrinbosari

8.

D.T. Axmedov

investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining oʻrinbosari

9.

D.N. Samatov

“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi raisi

10.

Sh.X. Ortiqov

Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi boshligi, Komissiya kotibi

Izohlar.

Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ularning oʻrniga lavozimga tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalar yuklatilgan shaxslar kiritiladi.

Komissiya tomonidan Komissiya ishiga boshqa davlat organlarining va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning tegishli mutaxassislari jalb qilinishi mumkin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.03.2024-y., 09/24/109/0181-son; 10.06.2026-y., 06/26/108/0579-son)