Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirining
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 4-noyabrdagi 588-son “Sportchilarga sport unvonlari va sport razryadlarini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasining 2017-yil 4-iyuldagi 3-mh-son qarori (roʻyxat raqami 2921, 2017-yil 28-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 35-son, 935-modda) bilan tasdiqlangan Sport turlari boʻyicha yagona sport tasnifi toʻgʻrisidagi
nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom sport turlari reyestriga kiritilgan sport turlari boʻyicha tegishli sport unvonlari va sport razryadlarini berish uchun bajarilishi zarur boʻlgan normalar va talablar hamda ularni bajarish shartlarining mazmunini, yagona sport tasnifini shakllantirish, shuningdek sport turlari boʻyicha sport unvonlari va sport razryadlarini berish boʻyicha malaka komissiyasi faoliyati tartibini belgilaydi.”.
2. Quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
“41. Sportchilarga sport unvonlari va sport razryadlarini berish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 4-noyabrdagi 588-son qarori bilan tasdiqlangan Sportchilarga sport unvonlari va sport razryadlarini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga muvofiq amalga oshiriladi.”.
3.
14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. YST Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari oʻtkazilishining davriyligini inobatga olib, har 4 yilda bir marta kelgusi 4 yil muddatga sport federatsiyalarining (uyushmalarining), sportning texnik va amaliy turlari boʻyicha esa — Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashining taqdimnomalariga asosan Olimpiya oʻyinlari oʻtkazilgan yil yakuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.”.
5.
39-banddagi “sport turlari boʻyicha oliy sport mahorati maktablari” degan soʻzlar “sport turlarini rivojlantirish respublika markazlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6.
42-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“42. Malaka komissiyasi tomonidan soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlar Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat kelib tushgandan soʻng besh ish kuni muddatida koʻrib chiqiladi.”.