Oʻzbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksining
71-moddasiga muvofiq buyuraman:
1. “ShNQ 2.07.01-03 “Shaharsozlik. Shahar va qishloq aholi punktlari hududlarini rivojlantirish va qurilishini rejalashtirish” shaharsozlik normalari va qoidalarining
3-bandi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Harbiy obyektlar va boshqa rejimli hududlarning chegaralaridan 50 m gacha boʻlgan masofada bino va inshootlar loyihalanmasligi, mazkur harbiy obyektlar va boshqa rejimli hududlarning chegaralaridan 50 m dan soʻng, bino va inshootlarning balandligini 30 m gacha loyihalanilishi lozim.
Agar bino va inshootlar balandligi 30 m dan oshirilganda har bir metr balandlik uchun mos ravishda masofa ham 1,5 m ga uzaytirilishi kerak.
Bino va inshootlar portlash xavfi mavjud obyektlargacha 400 — 5000 m masofada loyihalanishi zarur.”.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Ushbu buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.