Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 14-martdagi OʻRQ-759-son “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2014-yil 15-apreldagi 5-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2584, 2014-yil 15-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 20-son, 237-modda) bilan tasdiqlangan Odamning immunitet tanqisligi virusiga tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish
qoidalariga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1.
5-band “pasport” degan soʻzdan keyin “identifikatsiya ID-kartasi, tugʻilganlik haqida guvohnoma (bolalar uchun)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
2. 1-ilova
matni “F.I.O., pasport” degan soʻzlardan keyin “identifikatsiya ID-kartasi, tugʻilganlik haqida guvohnoma (bolalar uchun)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.