Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq maslahatiga oid faoliyat toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2013-yil 14-oktabrdagi 95-son “Soliq maslahati milliy standarti (4-sonli SMMS) “Soliqqa oid nizoni sudgacha hal qilish davomida va sudda mijozning (ishonch bildiruvchining) manfaatlarini koʻzlab vakillik qilish”ni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi
buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2526, 2013-yil 18-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 47-son, 620-modda)
ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
1. Buyruqning
muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq maslahatiga oid faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:”.
2. Ilovaning
muqaddimasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu Soliq maslahati milliy standarti (4-sonli SMMS) (bundan keyingi oʻrinlarda standart deb yuritiladi) soliqqa oid nizoni sudgacha hal qilish davomida va sudda mijozning (ishonch bildiruvchining) manfaatlarini koʻzlab vakillik qilish tartibini belgilaydi.”.