Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirining
Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi
Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktorining 2012-yil 5-martdagi 5-yu-son “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda ularga elektron raqamli imzo kalitlarini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi
buyrugʻi (roʻyxat raqami 2349, 2012-yil 5-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-yil, 14-son, 160-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.