Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Davriy matbuotni tarqatuvchi korxonalar ishi samaradorligini yanada oshirish, bosma nashrlarni respublika aholisiga oʻz vaqtida yetkazish, ularni yetkazib berishni jadallashtirish va tannarxini pasaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilansinki, “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasi va kompaniya tarkibiga kiruvchi korxonalar 2000-yil 1-maydan boshlab 2003-yil 31-dekabrgacha yalpi daromaddan besh foiz miqdorida soliq toʻlaydilar va yalpi daromaddan Respublika yoʻl jamgʻarmasiga 0,5 foiz miqdorida mablagʻ ajratadilar, boʻshab qolgan mablagʻlar matbuot tarqatish tarmoqlarini rivojlantirishga yoʻnaltiriladi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2000-yil 1-maydan boshlab 2003-yil 31-dekabrgacha “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasiga davlat budjetidan davriy matbuotni aviatsiya, temir yoʻlda va maxsus avtotransportda tashish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizini qoplash uchun maqsadli foydalaniladigan mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligiga “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasi va kompaniya tarkibiga kiruvchi korxonalarga elektr energiyasini “Nosanoat isteʼmolchilar, budjet tashkilotlari” isteʼmolchilar beshinchi guruhi boʻyicha berish;
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasiga bosma nashrlar viloyat markazlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasiga har kuni barvaqt yetkazib berilishini nazarda tutgan holda samolyotlar uchishi jadvalini qayta koʻrib chiqish tavsiya qilinsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishni nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirning oʻrinbosari V.Y. Otayev zimmasiga yuklansin.