1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga raqamli xizmatlardan foydalanish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Mamlakatimizda aholi va tadbirkorlik subyektlariga raqamli xizmatlardan foydalanish uchun qulay sharoitlar yaratish boʻyicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini aniqlash boʻyicha boʻlib oʻtadigan sinovlarda qatnashish uchun talabgorlarga elektron ariza topshirish imkoniyati yaratildi va davlat namunasidagi sertifikatlarni elektron shaklda berish yoʻlga qoʻyildi.
Shu bilan birga, umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test sinovlarida ishtirok etishga ariza berish va berilgan sertifikatlarning elektron shaklini yuklab olish borasida raqamli xizmatlarni koʻrsatish imkoniyatlarini yanada kengaytirish, shu jumladan, ushbu xizmatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish zarurati yuzaga kelmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 24-maydagi PQ-162-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, milliy test sinovlarida ishtirok etishda davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonlarini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test sinovlarida ishtirok etish boʻyicha murojaatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali elektron shaklda qabul qilish tartibini joriy etish;
talabgordan davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun toʻlov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasini talab qilishni bekor qilish;
umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisidagi sertifikatni QR-kod qoʻygan holda, YIDXP orqali test sinovi natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida talabgorga yuborish haqidagi qoidani belgilash.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari K.H. Karimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 10-yanvar,
17-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qarorida:
a) 2-bandning beshinchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi” soʻzlari “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“2. Umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini aniqlash va davlat namunasidagi sertifikatni (keyingi oʻrinlarda — sertifikat) berish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan toʻlov asosida amalga oshiriladi, sertifikat elektron shaklda beriladi.
Sertifikat berish uchun talabgordan ariza berilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida toʻlov undiriladi.
Umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini aniqlash boʻyicha A+, A, B+, B, C+, C, darajali sertifikatlar beriladi.
Test natijalari xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanadi. Unga koʻra:
70 balldan yuqori ball olgan talabgorga A+ daraja;
65 — 69,9 ball olgan talabgorga A daraja;
60 — 64,9 ball olgan talabgorga B+ daraja;
55 — 59,9 ball olgan talabgorga B daraja;
50 — 54,9 ball olgan talabgorga C+ daraja;
46 — 49,9 ball olgan talabgorga C darajali sertifikat beriladi.
Sertifikat 3 yil muddatga beriladi. Bunda:
A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentlarga oliy taʼlim muassasasi bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish boʻyicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi;
B+, B, C+, C, darajali sertifikat olgan abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida oliy taʼlim muassasasi bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish boʻyicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.
Milliy sertifikatga ega boʻlgan abituriyentga tegishli majburiy fanlar boʻyicha belgilangan eng yuqori ball beriladi”;
“Chet tilini bilish darajasini baholash va malaka sertifikatini berish Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-fevraldagi 73-son qarori bilan tasdiqlangan Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga muvofiq amalga oshiriladi”;
4-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi” soʻzlari “Agentlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
“6. Talabgor sertifikat olish maqsadida test sinovida qatnashish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali elektron shaklda ariza berib roʻyxatdan oʻtadi.
7. Talabgor mustaqil ravishda ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani YIDXP orqali elektron ravishda toʻldiradi. Talabgordan soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Talabgorga soʻrovnoma rasmiylashtirilganidan soʻng vakolatli organ tomonidan YIDXP orqali test sinovidan oʻtish qoidalari toʻgʻrisidagi eslatma beriladi.
Talabgorning soʻrovnomasida uning elektron manzili koʻrsatilishi mumkin. Soʻrovnomada talabgor elektron manzilining koʻrsatilgani uning soʻrovnoma boʻyicha qabul qilingan qaror, test sinovi natijalari yuzasidan apellatsiya xulosasi haqida axborot tizimi orqali xabarnoma olishga roziligini anglatadi.
Talabgordan soʻrovnomadagi hujjatlardan boshqa qoʻshimcha hujjatlar talab etilmaydi.
Talabgor haqidagi maʼlumotlarning toʻgʻriligiga talabgorning oʻzi shaxsan javobgar hisoblanadi.
Test sinovini oʻtkazish sanasi u oʻtkaziladigan kundan kamida yetti kun oldin YIDXP orqali eʼlon qilinadi.
Talabgor test sinovi oʻtkaziladigan sana va joy toʻgʻrisidagi maʼlumotga YIDXP orqali ega boʻladi.
Fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va chet el fuqarolari Adliya vazirligi tomonidan vaqtincha roʻyxatga olinadi hamda ular JShShIR raqami shakllantiriladi.
Bunda 16 yoshga toʻlmagan shaxslar ID-karta yoki xorijga chiqish pasporti orqali roʻyxatga olinadi”;
“17. Test sinovlari natijalari ular yakunlangan kundan boshlab yigirma bir ish kunidan kechikmay, Agentlikning rasmiy veb-saytida hamda YIDXP orqali eʼlon qilinadi.
171. Test sinovlari natijalari boʻyicha testologiya meʼyorlarining buzilish holati aniqlansa, Agentlik tomonidan test sinovi natijalari bekor qilinadi.
Quyidagi holatlarda testologiya meʼyorlari buzilgan deb hisoblanadi:
test materiallari xavfsizligi va maxfiyligini taʼminlash qoidalari buzilsa;
talabgorlar tomonidan test materiallarini oldindan qoʻlga kiritish holati aniqlansa;
test sinovi natijalari tahliliga koʻra taqsimot normal taqsimotdan keskin farq qilsa.
Bunda mazkur bandning beshinchi xatboshisida koʻrsatilgan holat faqat ayrim hududlarda aniqlangan taqdirda, ushbu hududlardagi test sinovlari natijalari bekor qilinadi.
Test sinovi natijalari mazkur bandga muvofiq bekor qilingan holatlarda, talabgorlarning xohishiga koʻra amalga oshirilgan toʻlov miqdori qaytariladi yoki qayta test sinovlari tashkil etiladi.
18. Davlat xizmati koʻrsatilishi uchun roʻyxatdan YIDXP orqali oʻtilganligi sababli talabgordan belgilangan toʻlov miqdorining 90 foizi undiriladi.
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga mazkur davlat xizmatini koʻrsatishda belgilangan toʻlovning 50 foizi miqdorida chegirma qoʻllaniladi.
Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun toʻlov amalga oshirilganligi Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanadi.
Toʻlov summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
11,75 foizi — “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi maxsus hisobvaragʻiga (shu jumladan, 0,5 foizi toʻlov amalga oshirilganligi Yagona billing tizimi orqali tasdiqlanganligi uchun);
qolgan mablagʻlar — Bilim va malakalarni baholash agentligini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Talabgor toʻlovni YIDXP orqali shakllantirilgan invoys raqami orqali amalga oshiradi.
19. Agar ariza beruvchi turli sabablarga koʻra test sinovlarida ishtirok eta olmaydigan boʻlsa, Agentlikka test sinovlari oʻtkaziladigan kundan kamida uch kun oldin YIDXP orqali elektron shaklda murojaat etishi lozim.
Uzrli sababga koʻra (kasalligi yoki oila aʼzolarining vafot etganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etganda) test sinovlarida qatnasha olmagan talabgor test sinovi oʻtkazilgan sanadan besh ish kundan kechikmay, ushbu holatni tasdiqlovchi hujjatlarni YIDXP orqali Agentlikka elektron shaklda taqdim etishi lozim.
Bunda talabgorga Bilim va malakalarni baholash agentligini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobvaragʻiga kelib tushgan toʻlov miqdori Agentlik tomonidan, boshqa hisobvaraqlarga taqsimlangan toʻlov toʻliq miqdorda YIDXP orqali qaytariladi.
Talabgor toʻlovni qaytarish boʻyicha Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani YIDXP orqali elektron tarzda toʻldiradi.
20. Talabgor test sinoviga kechikkan yoki sababsiz kelmagan hollarda, talabgor tomonidan amalga oshirilgan toʻlov qaytarilmaydi”;
“22. Test sinovidan oʻta olmagan talabgor test sinovi natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida YIDXP orqali Agentlikka apellatsiya shikoyati berish huquqiga ega.
Talabgor apellatsiya shikoyati berish uchun ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani YIDXP orqali elektron tarzda toʻldiradi”;
27-band quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Amal qilish muddati tugashiga 10 kun qolgan sertifikat egalariga YIDXPdagi shaxsiy kabineti orqali xabarnoma hamda Agentlikning tegishli axborot tizimi orqali talabgor roʻyxatdan oʻtishda kiritgan telefon raqamiga bepul “SMS-xabarnoma” yuboriladi”;
quyidagi mazmundagi 1 — 3-ilovalar bilan toʻldirilsin:
“Umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish boʻyicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun
SOʻROVNOMA
__________________
(sanasi)
________________
(raqami)
1. F.I.O.:
2. Pasport (tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma, identifikatsiyalovchi ID-kartasi) maʼlumotlari (seriyasi va raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, agar mavjud boʻlsa):
3. Doimiy yashash manzili (viloyat, shahar/tuman, koʻcha, uy):
4. Telefon raqami:
5. Elektron pochta manzili (e-mail):
6. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan chegirma qoʻllanilish huquqiga egaligi (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslar, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar):
Ha/Yoʻq
7. Imtihonni topshirish hududi:
8. Imtihonni topshirish fani:
9. Imtihonni topshirish tili:
Umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Toʻlovni qaytarish boʻyicha
SOʻROVNOMA
__________________
(sanasi)
____________
(raqami)
1. F.I.O.:
2. Pasport (tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma, identifikatsiyalovchi ID-kartasi) maʼlumotlari (seriyasi va raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, agar mavjud boʻlsa):
3. Doimiy yashash manzili (viloyat, shahar/tuman, koʻcha, uy):
4. Telefon raqami:
5. Elektron pochta manzili (e-mail):
6. Imtihon sanasi:
7. Imtihonni topshirish fani:
8. Uzrli sababga koʻra (kasalligi yoki oila aʼzolarining vafot etganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etganda) test sinovlarida qatnasha olmagan talabgorning ushbu holatni asoslovchi hujjatlar�:
Umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini aniqlash va sertifikat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Imtihon natijalari yuzasidan apellatsiya shikoyatini berish uchun
SOʻROVNOMA
__________________
(sanasi)
_____________
(raqami)
1. F.I.O.:
2. Pasport (tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma, identifikatsiyalovchi ID-kartasi) maʼlumotlari (seriyasi va raqami, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami, agar mavjud boʻlsa):
3. Doimiy yashash manzili (viloyat, shahar/tuman, koʻcha, uy):
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI NUZURIDAGI
BILIM VA MALAKALARNI BANOLASN AGENTLIGI
UMUMTAʼLIM FANINI BILISN DARAJASI
TOʻGʻRISIDA SERTIFIKAT
Sertifikat raqami:
Talabgorning shaxsiy kodi:
Familiyasi:
Ismi:
Otasining ismi:
Umumtaʼlim fani:
Umumiy toʻplagan bali:
Umumiy ballga nisbatan
foiz koʼrsatkichi:
Sertifikat darajasi
Boʻlimlar
boʻyicha test
sinovi natijalari:
Berilgan sanasi
Amal qilish muddati:
Direktor
Imzo
F.I.O.
Umumtaʼlim fanlari boʻyicha bilish darajasini baholash toʻgʻrisidagi sertifikat A4 formatdagi oq qogʻozga ofset usulida bosiladi. Bunda beshta rangdan foydalaniladi: qora rang — matn uchun, yashil, koʻk, qizil ranglar — rasmlarni tasvirlash uchun, och jigarrang — fon uchun. Varaqning yuqori qismida 25 mm diametrda Davlat gerbining tasviri joylashtirilgan.
Varaqning qolgan qismiga davlat tilida lotin yozuvida “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI NUZURIDAGI BILIM VA MALAKALARNI BANOLASN AGENTLIGI. UMUMTAʼLIM FANINI BILISN DARAJASINI BANOLASN TOʻGʻRISIDA SERTIFIKAT” soʻzlari bosiladi. Sertifikat olti raqamli tartib raqamiga egadir”.
2. Vazirlar Mahkamasining “Chet tilini bilish darajasini aniqlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 16-fevraldagi 73-son qarorida:
a) 1-bandining toʻrtinchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining” soʻzlari “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-bandining birinchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining” soʻzlari “Agentlikning” soʻzi bilan almashtirilsin;
v) 4, 6 va 9-bandlardagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi” soʻzlari “Agentlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
g) 10-banddagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi” soʻzlari “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-bandining ikkinchi xatboshisidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi” soʻzlari “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10-bandining yettinchi xatboshisidagi “yigʻim toʻlanganligi” soʻzlari “toʻlov amalga oshirilganligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;